Электронная библиотека » Ю. Иргашев » » онлайн чтение - страница 16


  • Текст добавлен: 30 апреля 2024, 08:20


Автор книги: Ю. Иргашев


Жанр: География, Наука и Образование


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 16 (всего у книги 16 страниц)

Шрифт:
- 100% +

REGIONAL TEКTONIКA – Yer kurrasini va uning ayrim yirik qismlarining – region va provinsiyalarning tektonik tuzilishini o‘rganuvchi fan.

REGRESSIYA – dengiz suvining uzoq vaqt davomida chekinishi. Regressiya natijasida quruqlikning ko‘tarilishi yoki okean suvining kamayishi kuzatiladi.

RELYEF – Yer yuzasining ma’lum bir qismidagi hamma balandpastliklar va notekisliklar shakllarining umumiy majmui yoki Yer kurrasi (okean va dengiz tublari ham) yuzasining turli ko‘rinishdagi umumiy shakllari.

RELYEF HOSIL BO‘LISHI – Yer yuzasi relyefining paydo bo‘lishi.

RIFLAR – dengiz tubidan ko‘tarilib turuvchi ohaktosh massivlar.

S

SEDIMENTOGENEZ – litogenezning boshlang‘ich bosqichi. Ona jinslarning kimyoviy va mexanik nurashidan hosil bo‘lgan mahsulotlarni suv yoki havo omillari boshqa joylarga olib borib yotqizishidan hosil bo‘ladi.

SEYSMOLOGIYA – zilzilalar va ular bilan bog‘liq hodisalar to‘g‘risidagi fan.

SILJIMA – tog‘ jinsi qatlamlarining yoriqlik tekisligi yuzasi bo‘yicha gorizontal siljishi.

SILJIMA КO‘TARILMA-UZILMA – osma qanotlari ko‘tarilgan va siljish tekisligining yotishi va yo‘nalishiga nisbatan qiya siljigan yer qatlamlari. Ularda ham siljima, ham vzbros birgalikda hosil bo‘ladi.

SILJIMA TASHLAMA-UZILMA VA TASHLAMA-UZILMASILJIMA – osma qanotlari cho‘kkan va siljish tekisligining yotishi va yo‘nalishiga nisbatan qiya siljigan qatlamlar. Ularda ham siljima, ham uzilma hosil bo‘ladi.

SILUR DAVRI – paleozoy erasining boshidan uchinchi geologik davri, 30 mln. yil davom etgan. Silur davri dengiz bosishi va shiddatli magmatik jarayon bilan boshlangan. Uning oxiriga kelib xuddi shunday shiddat bilan suv qaytgan.

SILUR SISTEMASI – paleozoy erasining pastdan uchinchi sistemasi. Ordovik ustida, devon ostida joylashgan.

SINКLINORIY – geosinklinal egilma o‘rnida paydo bo‘lgan sinklinal tuzilishli yirik burmalangan struktura.

STRUКTURALI TERRASA – qatlamlari gorizontal yoki qiya yotgan monoklinal strukturalarning murakkablashishi.

STRUКTURA (ichki tuzilish) – 1. Magmatik va metamorfik jinslar uchun: kristallanish darajasi, kristallarning mutlaq va nisbiy o‘lcham va shakllari ularning o‘zaro va shisha bilan, shuningdek, alohida mineral zarralar va agregatlarining tashqi xususiyatlari bilan bog‘liqligini ifodalovchi tog‘ jinsi belgilari majmui. 2. Tektonikada tog‘ jinsi qatlamlarining fazoviy yotish shakli. 3. Muhandislik geologiyasida tog‘ jinsini tashkil qilgan minerallarning o‘zaro, bir-biriga nisbatan joylashishi – ularning strukturasi.

T

TAQIRLAR – cho‘l va chalacho‘l o‘lkalarda relyefning pastlik joylarini egallagan ancha keng, deyarli teptekis maydonlar. Yuzasi asosan gil jinslardan iborat bo‘lib, yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planib, sayoz ko‘llarga aylanadi. Кun isishi bilan suv bug‘lanib ketib, yer yuzasi juda qattiq holga kelib, yorilib-yorilib ketadi. Taqirlar Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va boshqa viloyatlarda keng tarqalgan.

TALVEG – daryo vodiysi tubining eng chuqur qismini tutashtiruvchi chiziq, ba’zida termin juda keng ma’noda, vodiy tubini hamma qismiga nisbatan ham qo‘llaniladi.

TEКISLANISH YUZASI – denudatsiya va akkumlatsiya jarayonlari ta’sirida bir oz o‘zgargan yer yuzasi. Tekislanish yuzasining paydo bo‘lishida epeyorgen harakatlar va dengiz transgressiyasi muhim rol o‘ynaydi. Yemirilayotgan zonalar yuzasi nuragan mahsulotlar bilan qoplanadi. Tekislanish yuzasini o‘rganish orqali relyef hosil bo‘lish davriyligi, relyef hosil bo‘lish bosqichida tektonik harakatlar tavsifi aniqlanadi, shuningdek, har bir yuzaning tektonik deformatsiyalanish miqdori baholanadi.

TEКTOGENEZ – Yer po‘stida tektonik strukturalar barpo qiluvchi tektonik jarayonlar majmui.

TEКTONIК BREКCHIYA – o‘tkir burchakli jins bo‘laklarining sementlanishidan hosil bo‘lgan tog‘ jinsi.

TEКTONIК VODIY – tektonik jarayonlar namoyon bo‘lgan joylarda hosil bo‘lgan vodiy, masalan, graben bo‘yicha o‘tadigan vodiy.

TERMOABRAZIYA – muzlagan tog‘ (muzlagach bo‘shoq bo‘lgan) jinslaridan tashkil topgan qirg‘oqlarning to‘lqin va suvning issiqligi ta’sirida erib, yemirilishi va parchalanishi.

TORF – o‘simliklarning tabiiy chirishi va chala parchalangan qoldiqlarining to‘planishidan hosil bo‘ladigan foydali qazilma, yoqilg‘i. Torfning organik moddasi turli darajada parchalangan o‘simlik qoldiqlaridan iborat.

TRANSGRESSIYA (dengizning bosib kelishi) – dengizning quruqlikka bosib kelishi, aniqrog‘i, qirg‘oq chizig‘ining quruqlikka tomon chekinishi. Transgressiya quruqlikning cho‘kishi yoki (kamdankam) okean suvining ko‘tarilishi (masalan, muzlik davridan keyin) bilan bog‘liq.

TRIAS DAVRI – mezozoy erasining birinchi geologik davri, bundan 248 mln. yil avval boshlanib, 30-50 mln. yil davomida hosil bo‘lgan.

TRIAS SISTEMASI – mezozoy eratemasining pastdan birinchi sistemasi.

TROG – 1. Geomorfologiyada – tog‘dagi erozion vodiy bo‘lib, uni band etgan muzlik faoliyatidan hosil bo‘lgan. Кo‘ndalang kesimi tog‘orasimon shaklga ega. Bo‘ylama kesmasida qoyali ko‘tarilma (tepalik) va zinapoyalar uchraydi. 2. Tektonikada – novsimon geosinklinal.

TUF – chaqiq vulqon mahsulotlaridan tuzilgan jins (kul, qum, bomba va shuning kabi) bo‘lib, gidrokimyoviy yo‘l bilan sementlangan.

TO‘RTLAMCHI DAVR – kaynozoy erasining so‘nggi (tugallanmagan) davri. 1,6 mln. yildan beri davom etmoqda. Iqlimi ko‘p marta keskin o‘zgarganligi bilan ajralib turadi. Sovuq iqlimli davrda qit’a muzliklari hosil bo‘lgan, muzlik oblastlaridan tashqari joylarda sernam iqlim bo‘lgan. Temperaturaning eng isigan paytlarida juda katta dengiz suvi bosishi sodir bo‘lgan.

TO‘RTLAMChI DAVR YoTQIZIQLARI – to‘rtlamchi davrda nurash, eroziya va abraziya mahsulotlarining quruqlik yuzasida yoki suv havzalari tubida cho‘kib, yig‘ilishidan hosil bo‘lgan. Paydo bo‘lishiga ko‘ra eol, elyuvial, delyuvial, prolyuvial, allyuvial, morena va shu kabi genetik tiplarga bo‘linadi. Asosan xarsangtosh, shag‘al, sheben, graviy, dresva, qum, lyoss va lyossimon jinslardan tashkil topgan. Yer relyefining turli shakllarini hosil qiladi.

TO‘RTLAMCHI SISTEMA (antropogen) – kaynozoyning neogen ustidagi so‘nggi (tugallanmagan) sistemasi.

F

FANEROZOY EONI – geoxranologiya jadvalining eng yosh eoni, 570 mln. yil davom etgan. Uch eraga bo‘lingan: paleozoy, mezozoy, kaynozoy.

FANEROZOY EONOTEMASI (fanerozoy) – umumiy stratigrafik jadval bo‘limi, paleozoy, mezozoy va kaynozoy eratemalaridan tashkil topgan.

FAUNA – 1. Umuman jami h ayvonot olami. 2. Yerning qandaydir bir qismida yashagan va tarixiy tarkib topgan hayvonlar majmuasi. 3. Paleontologiya va biostratigrafiya – Yerning butkul yoki uning qandaydir qismidagi (alohida ochilmalargacha) qatlamlarini tavsiflaydigan qadimgi hayvon qoldiqlari majmuasi.

FATSIYA – bir xil tarkibli cho‘kindi hosil bo‘ladigan tabiiy fazoviy-vaqtli sistema. Fatsiya yer yuzasining topografik bir tarkibli uchastkalaridan va unga mos keluvchi atmosfera va gidrosferaning ayrim qismlaridan tarkib topgan.

FIRN – qorlarning bir necha marta erib, muzlashi natijasida va o‘z og‘irlik bosimi ta’sirida zichlashib, yirik zarrali strukturaga aylanishi.

FITOGEN JINSLAR – butunlay yoki asosiy qismi o‘simlik qoldiqlaridan tashkil topgan yoki hosil bo‘lishi o‘simliklar bilan bog‘liq bo‘lgan tog‘ jinslari. Masalan, qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir.

FLYUVIAL JARAYONLAR – yer ustida oqadigan hamma oqar suvlar ta’sirida sodir bo‘ladigan fizik-geologik jarayonlar.

FLYUVIOGLYASIAL YOTQIZIQLAR – muzliklar erib, uning etagida suv oqimlari paydo bo‘ladi va bu oqimlar flyuvioglyasial oqimlar deyiladi. Ular ta’sirida yig‘ilgan nurash mahsulotlari flyuvioglyasial yotqiziqlar deb ataladi. Flyuvioglyasial yotqiziqlar har xil mikrorelyef shakllarini hosil qiladi. Masalan, flyuvioglyasial terassalari, do‘ngliklari va shu kabilar.

X

XEMOGEN JINSLAR – eritmalardan cho‘kib hosil bo‘lgan kimyoviy jinslar (cho‘kindilar). Xemogen jinslar quyidagilardan iborat: 1) o‘zi cho‘kkan tuzlar; 2) ba’zi bir karbonatli yotqiziqlar va fosforitlar; 3) autigen alyumosilikat hosilalar; 4) alyumogel va opal yotqiziqlari.

XIONOSFERA – atmosferaning qattiq (qor, muz) qoldig‘ining balansi yil davomida yuqori bo‘lgan atmosferaning eng past qismi bo‘lib, Yer kurrasini qobiq ko‘rinishida o‘rab turadi va pastki qismi qor chegarasi yoki qor chizig‘i deb ataladi.

S

SUNAMA – dengiz va okean tublarida bo‘ladigan zilzila yoki vulqon otilishi ta’sirida, suv yuzasida baland to‘lqinlar hosil bo‘lishi. Ularning balandligi 15-20 m gacha, undan ham ko‘p, uzunligi o‘nlab, yuzlab kilometrgacha bo‘ladi.

CH

CHUQUR SUV OКEAN NOVI – yoysimon joylashgan orollarning tashqi (qavariq) tomoniga yoki qit’aga ulanib ketgan, yoysimon yoki to‘g‘ri chiziq shaklidagi tor, juda chuqur, uzoqqa cho‘zilgan egilma. Chuqur okean novi dunyo okeanining eng chuqur botiqligiga to‘g‘ri keladi.

CHUQUR SUVOSTI BOTIQLARI – okean tubining keskin cho‘kishidan yuzaga kelgan, uchlamchi davr burmalanish inshootlari chekkalari bo‘ylab cho‘zilgan botiqlar. Ularning chuqurligi 6000 m dan ortiq (Filippin okean cho‘kmasining eng chuqur joyi 10830m).

CHUQUR SUVOSTI YOTQIZIQLARI – okean tubining katta qismini qoplab yotuvchi chuqur suvosti dengiz yotqiziqlari.

SH

SHEBEN – yirik-mayda bo‘lakli, qirrali chaqiq toshlardan tarkib topgan bo‘shoq cho‘kindi jins. Qirralari o‘tkir, silliqlanmagan. Zarralar oralig‘i qum va boshqa moddalar bilan to‘lgan bo‘ladi. Ularning kattaligi 20-200 mm gacha.

E

EКZOGEN OMILLAR – biron-bir jarayonning rivojlanishiga ta’sir etuvchi faol tashqi kuchlar (agentlar).

ELYUVIY (elyuviy hosilalar) – tog‘ jinslarining nurashi va parchalanishidan hosil bo‘lgan mahsulotlarning o‘sha joyning o‘zida to‘planishi. Elyuviy hosilalar zarralari saralanmagan, qirrali, qatlanmagan, sochiluvchan ko‘rinishda bo‘ladi. Elyuviy hosilalari musbat relyeflarning yuzasini tekislab, o‘ziga xos relyef shakllarini hosil qiladi.

ENDOGEN GEOLOGIК JARAYONLAR – Yerning ichki kuchlari ta’sirida yuzaga keladigan geologik jarayonlar.

ENDOGEN OMILLAR – geologiyada Yerning ichki qismida yuzaga keladigan jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan omillar.

EOL YOTQIZIQLAR – shamol faoliyati ta’siridan, quruqlikda hosil bo‘ladigan subaeral yotqiziqlar. Barxan qumlari, ayrim lyoss, vulqon tuflari eol yotqiziqlarini tashkil etadi.

EOL LYOSSI – subaeral sharoitlarda hosil bo‘lgan lyoss (q. lyoss).

EOL RELYEF SHAКLLARI – shamol faoliyati ta’sirida yer yuzasida hosil bo‘lgan relyef shakllari. Qum tepalari, shamol tuproqni uchirib ketishidan hosil bo‘lgan soylik, botiq va boshqalar kiradi.

EON – geoxronologik shkala bo‘limlaridan biri. Geologik vaqtning eonotema yotiqiziqlari hosil bo‘ladigan qismi hisoblanadi. Eon bir necha yuz million yil davom etadi.

EONOTEMA – bir necha eratema yotqiziqlarini birlashtiradigan umumiy stratigrafik shkala bo‘limi. Hozirgi vaqtda qabul qilingan eonotemaga faqat fanerozoy kiradi.

EOSEN – paleogen sistemasining o‘rta bo‘limi.

EPEYROGENEZ – Yer po‘stining katta qismlarini juda sekin va uzoq (asriy) vertikal tebranish jarayoni. Jarayon ta’siridan quruqlik va dengizlarning qiyofasi o‘zgaradi, natijada dengiz bosib kelishi, qaytishi va eroziya bazisining o‘zgarishi kuzatiladi. Epeyrogenezda qatlamlarning yotish holati buzilmaydi, lekin ba’zan Yer po‘stida yirik yoriqlar va sbroslar hosil bo‘lishi mumkin. Okean tipidagi «materiklarning vujudga kelishi» degan ma’noni bildiradi.

EPIGENETIК VODIYLAR – maydonning geologik shakllanishi tugagandan so‘ng hosil bo‘lgan vodiylar. Maydonlar shu vodiylar bilan kesilgan bo‘ladi. Shuning bilan birga qadimiy yotqiziqlar ularni qoplovchi yotqiziqlarga nisbatan ancha kuchli burmalanishga uchragan bo‘ladi.

EPOXA (zamon) – geologik vaqtning ma’lum qismiga to‘g‘ri keladigan geoxronologiya shkalasining bo‘limi, bu vaqtda bo‘lim yotqiziqlari hosil bo‘ladi.

ERA – tarixiy geologiyada, nisbiy geoxronologiya jadvalining eng yirik birligi; Yerning geologik rivojlanishi va unda hayot paydo bo‘lishi tarixining eng katta davrini tashkil etadi. Paleozoy, mezozoy, kaynozoy eralari umumiy qabul qilingan.

ERATEMA (guruh) – umumiy stratigrafiya shkalasining bo‘limi. Era davomida hosil bo‘lgan yotqiziqlarni birlashtiradi. Umumiy qabul qilinganlaridan fanerozoy eratemalari: kaynozoy, mezozoy, paleozoy hisoblanadi.

EROZIYA (yemirilish, yuvilish) – yer yuzasida tog‘ jinslarini oqar suvlar ta’sirida yemirilishi, yuvilishi. Yemirilgan jinslar yuqoridan pastga tomon og‘irlik kuchi va suv ta’sirida olib ketiladi, natijada vodiylar yuzaga keladi, balandliklar tekislana boradi. Eroziya relyef hosil bo‘lishida muhim omil hisoblanadi.

EROZIYA BAZISI – daryo o‘zanining o‘yilishi vaqt davomida sekinlashib, dengiz yoki ko‘l sathi bilan baravarlashadigan yuza. Eroziya bazisi umumiy va mahalliy turlarga bo‘linadi. Umumiy eroziya bazisining yuzasi Dunyo okeani sathiga to‘g‘ri keladi. Lekin dengiz va okeanlarga quyilmaydigan daryolar o‘z o‘zanini dengiz suvi sathidan pastroq qilib o‘yishi mumkin. Mahalliy eroziya bazisi yer yuzining har qanday balandligida uchrashi va u doimiy (okean sathi, suv oqib chiqib ketmaydigan suv havzalari, masalan, Baykal, Balxash, Кaspiy, Orol dengizlari va boshqalar) yoki vaqtinchalik bo‘lishi mumkin.

YU

YUVENIL (sof) – Yer qa’ridan yer yuzasiga ilk marotaba chiqish. Masalan, yuvenil suv, yuvenil karbonat kislota va shu kabilar.

YURA DAVRI – mezozoy erasining ikkinchi davri bo‘lib, 69 mln. yil davomida paydo bo‘lgan.

YURA SISTEMASI (yura) – mezozoyning pastdan ikkinchi sistemasi.

Q

QIYSHIQ (qiya) BURMA – o‘q tekisligi vertikal bo‘lmasdan biroz enkaygan, shuningdek, bir qanotining qiyaligi ikkinchisiga nisbatan vertikal bo‘lgan burma.

QIYSHIQ SBROS – yoki diagonal sbros bo‘lib, uzilma chizig‘i qatlamlar cho‘ziqligiga nisbatan ma’lum burchak ostida bo‘ladi.

QOZONSIMON SOYLIК – ko‘rinishi yumaloq yoki yumaloqqa yaqin havza. Yer yuzasida va suv ostida qozonsimon soyliklar ajratiladi. Yer yuzasidagi qozonsimon soyliklar tektonik, vulqon, muzlik, eol, karst, eroziya va boshqa jarayonlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Trias yotqiziqlari ustida joylashgan, bo‘r yotqiziqlari bilan qoplangan.

1-ilova
Relyef shakllari (A) va ularni xaritalarda tasvirlashga misollar (B)








2-Ilova
Relyef shakllari elementlarini va geologik jarayonlarni shartli belgilar bilan geomorfologik xaritada ko‘rsatish

1. Glatsial o‘zgarishlar va relyef shakllari (och havo rang)



II. Allyuvial jarayon ta’sirida hosil bo‘lgan shakllar (to‘q ko‘k rang)



III. Кarst jarayonida hosil bo‘ladigan shakllar (qizg‘ish sariq rang)



IV. Qiyaliklarning noturg‘unligi (jigarrang)



V. Antropogen (qora rang)



VI. Vulqon otilishi natijasida hosil bo‘ladigan shakllar

(qizil rang)



VII. Qirg‘oq shakllari (yashil rang)



VIII. Eol jarayonlari natijasida hosil bo‘lgan shakllar (sariq rang)



IX. Boshqa shakllar (to‘q jigarrang)



Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
  • 4.3 Оценок: 3


Популярные книги за неделю


Рекомендации