282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » Махтумкули » » онлайн чтение - страница 10

Читать книгу "Асарлар. Махтумқули"


  • Текст добавлен: 29 апреля 2024, 17:20


Текущая страница: 10 (всего у книги 19 страниц)

Шрифт:
- 100% +

SEL QOLMAS

 
Oltmish boshli, ola qorli tog‘lardan,
Tuman ko‘char, yomg‘ir o‘tar, sel qolmas.
Shaydo bulbul maskan tutmish bog‘lardan,
Xazon urar, yafrog‘ qochar, gul qolmas.
 
 
Har kim ichar ul sharobdan, ul jomdan,
Yurak jo‘shar, har so‘z uchar zabondan,
Kelgan o‘tar bul yolg‘onchi jahondan,
Xo‘ja, sayyid, bek, podishoh qul qolmas.
 
 
Cho‘x bezdirsa qarilikning zahari,
Buzuq bo‘lar ko‘ngil-vujud shahari,
Qo‘ldan ketsa yigitlikning bahori,
Quvvat qochar, tiz egilar, bel qolmas.
 
 
Bir nomardning ko‘p minnatli oshindan,
Qo‘l uzatma, chekilaver tashidan.
Elsiz qolg‘on baland tog‘lar boshindan,
Og‘och bitar, jodda yitar, yo‘l qolmas.
 
 
Maxtumquli, bul jahonda kim bo‘lar,
Ul makonga ketgan kelmas, gum bo‘lar,
Ko‘rar ko‘zing, ko‘rkli gavdang qum bo‘lar,
Dahan ketar, dandon tushar, til qolmas.
 

YIG‘LARMAN

 
Ey yoronlar, umrimdan,
Kechdi deya yig‘larman,
Shoshdi aqlim, o‘rnindan
Ko‘chdi deya yig‘larman.
 
 
Ketgan do‘nmas yo‘lidan,
Qaytmas yomon fe’lidan.
Diyonat xalq qo‘lidan,
Uchdi deya yig‘larman.
 
 
Hozir bizim zamonda,
Yomon so‘zlar zabonda,
Zulm ishlari jahonda,
Jo‘shdi deya yig‘larman.
 
 
Bul ayyomda badkorlar,
Yuz til ila aldarlar.
Qani cho‘x-cho‘x dildorlar,
O‘tdi deya yig‘larman.
 
 
Necha sodda tengdoshlar,
Shayton rohina boshlar,
Yuz o‘girib qardoshlar,
Qochdi deya yig‘larman.
 
 
Ko‘ring falakning o‘ynin,
Uzar olimning bo‘ynin,
Ne jononlar er qo‘ynin,
Quchdi deya yig‘larman.
 
 
Maxtumquli der marda,
Dunyo banddir, tan parda.
Bir boshim ming bir darda
Tushdi deya yig‘larman.
 

KO‘NGILLAR VAYRON

 
Dedim: «Yuzi tobona». Dedi: «Mengzar Menglixon!».
Dedim: «Qo‘yding armonda». Dedi «Ko‘ngildir vayron».
Dedim: «O‘laram emdi». Dedi: «Qolarsan omon».
Dedim: «O‘q kipriklaring». Dedi: «Qoshlarim kamon».
Dedimki: «Po‘shash kiymish» Dedi: «To‘ni zarafshon».
 
 
Dedim: «Yuzda xollar bor», Dedi: «Ro‘yda gullar, hey».
Dedim: «Qumri zabondir». Dedi «Shahdi-tillar, hey».
Dedim: «Kel, sen xabarlash». Dedi: «Bilar ellar, hey».
Dedim: «Ul ne sarvdir?» Dedi: «Incha bellar, hey».
Dedim: «Tovus ne joydan?» Dedi: «Joyi Hindiston».
 
 
Dedim: «Kechang qorong‘i». Dedi: «Uyquda oyim».
Dedim: «Kimlar yasovul?» Dedi: «Kiprigim-yoyim».
Dedim: «Qayda maskaning?» Dedi: «Lomakon joyim».
Dedim: «Zarafshon erur». Dedi: «Kavsardir choyim».
Dedim: «Andan ber menga!» Dedi: «Istarmish bejon».
 
 
Dedim: «Bul ne tutundir?» Dediki: «Qaro morlar»,
Dedim: «Qo‘rqaram andan». Dedi: «Elu kun zorlar».
Dedim: «So‘zning aslini». Dedi: «So‘rar-tuyarlar».
Dedim: «Sirni fosh etding». Dedi: «Aytmish ag‘yorlar».
Dedim: «Fano bor senga». Dedi: «Senga ham farmon».
 
 
Dedim: «Ey, Maxtumquli». Dedi: «Ko‘zlar yosh bo‘lar!».
Dedim: «Ul ne o‘g‘londir?» Dedi: «Sizga bosh bo‘lar».
Dedim: «Yaqindir Ka’ba». Dedi: «Ko‘hna tosh bo‘lar».
Dedim: «Yaxshi zamondir». Dedi: «Bul ham tush bo‘lar».
Dedim: «Endi ketarman», Dedi: «Ketsang bor omon».
 

NAMASAN

 
Aslo seni ko‘rmaganman, dildorim!
Qumrimisan, bulbulmisan, Namasan?!
G‘amgin ko‘nglim xayolingda aldarman,
Bog‘ ichinda gul-gulmisan, Namasan?!
 
 
Qaroqchimi, yo sayidmi, xo‘jami,
Yo soqiymi, yo sharobmi, yo jommi,
Yo yilmisan, yo kunduzmi, kechami,
Yo Oymisan, yo Kunmisan, Namasan?!
 
 
Yo mushkmisan, yo iformi, yo anbar,
Ayta bilmam yo charxmisan, yo chambar,
Daryomisan, yo mavjmisan, yo lambar,
Yo girdobmi, to‘lqinmisan, Namasan?!
 
 
Oltinmisan, kumushmisan, zarmisan,
Yo arshmisan, yo kursmisan, yermisan,
Yoqutmisan, yo marjonmi, durmisan,
Yo chirog‘mi, ziyomisan Namasan?!
 
 
Maxtumquli, kech nomusdan-oringdan,
Qo‘l ko‘targil bul vafosiz koringdan.
Jahon to‘lug‘, Sen g‘ofilsan yoringdan,
Yo mastmisan, yo shaydomi, Namasan?!
 

KO‘NGIL YOTMAS HECH

 
Olloh yodi bilan tirik bo‘lg‘an dil,
Ko‘z yumulmoq bilan ko‘ngil yotmas hech.
Ko‘ngil bo‘stonida orzu-toza gul,
Bir ochilsa turar, so‘lib ketmas hech.
 
 
Bor ne’matdan xushdir sog‘liq mazasi,
Bor qulluqdan nekdir Haqning rizosi.
Agar to‘g‘ri kelsa ajal qazosi,
Ming yolvormoq bilan dodga yetmas hech.
 
 
Yigitlar, so‘zimni tinglang, go‘sh soling,
Yolg‘onchidan do‘stlik ta’masin uzing.
Nimarsaga ko‘pdir ishqing-havasing,
Yotsang-tursang xayolingdan ketmas hech.
 
 
Buyon kelding bir kun uyon ketmog‘a,
Go‘rdir oxir borar yering yotmog‘a.
Jahd etarsan betin-jahon tutmog‘a,
Bul gaplarga magar aqling yetmas hech.
 
 
Ey, jahon mulkinda kezgan sarafroz,
Bir bandaman, oz bilarman-ayg‘um oz.
Dunyo bozorinda falak-qimarboz,
Hech yo‘l ila inson ani yutmas hech.
 
 
Osh-suv bilan garchi toparsan maza,
Shirin so‘zlar jon go‘shiga chin maza.
Jon uyindan hech nasihat ongmasa –
Qaro toshga tekkan suvdek o‘tmas hech.
 
 
Maxtumquli, yigitlik bir yoz ko‘rnar115115
  Ko‘rnar – ko‘rinar ma’nosida


[Закрыть]

Joni sog‘g‘a mudom suhbat-soz ko‘rnar,
Yaxshi kunlar ko‘p bo‘lsa-da, oz ko‘rnar,
Yomon kunlar oz bo‘lsa-da, o‘tmas hech.
 

TUROYIN DERSAN

 
Go‘zal bordir, go‘zallardan ziyoda,
Aning xizmatinda turoyin dersan.
Adabli, ikromli, muloyimzoda,
Umr bo‘yi birga yuroyin dersan.
 
 
Go‘zal bordir, oy jamolli, yoqimli,
Qorong‘i kechada tushar yolqini.
So‘zlagan har so‘zi shakar, bol kabi,
Olib, quchog‘iga kiroyin dersan.
 
 
Go‘zal bordir kunda-kunda ko‘raylik,
Ul sanamning siyo zulfin o‘raylik.
To‘kib xazinaning barin beraylik,
Aning savdosinda yuroyin dersan.
 
 
Go‘zal bordir sirka bosar sochini,
Artmas, yuvmas tovog‘ini, doshini.116116
  Dosh – qozon


[Закрыть]

Siylamas otasin, ona, yoshini,
Xizmatidan chetroq turoyin dersan.
 
 
Go‘zal bordir, oq qog‘ozdek bilagi,
Jon ichinda billa bo‘lar yuragi,
Shunday go‘zal har yigitning keragi.
Ne hojat istasa beroyin dersan.
 
 
Maxtumquli xush fe’l bo‘lsin go‘zalda,
Har ne qismat bo‘lsa tortar azalga.
Dun molin xarjlab yaxshi go‘zalga
Yomonning javobin beroyin dersan.
 

DEVONA KELDI

 
Bir kecha yotardim, sahar vaqtinda
Bahovuddin otli devona keldi.
Asosin sudraklab kelmish Buxordan,
Haq ishqina mastu mastona keldi.
 
 
Bir nechasi yor-u yoron turdilar,
Majlislar uzaydi, xalqa qurdilar,
Na’ralar chekildi, samo’ urdilar,
Sadolar tuzildi, jon-jona keldi.
 
 
G‘avg‘o qo‘pdi, rahmat-bo‘yandi tuzlar…
Sochildi qon yoshlar, ochildi ko‘zlar,
Yig‘ildi darveshlar, to‘kildi fayzlar,
Go‘yo dersan, oxir-zamona keldi.
 
 
O‘qir bo‘lsa ilmi-ladun ochig‘li,
Ham devona, ham bangi, ham ichig‘li.
Qo‘linda kosasi, sardan kechug‘li,
Siynamda qo‘ydilar, nishona keldi.
 
 
Maxtumquli aytar Qur’ona uydim,
G‘iybatni tashladim, haromni qo‘ydim,
Sig‘dira bilmadim, sirimni, dedim,
Saqlana bilmadim, zabona keldi.
 

BO‘LDIM ENDI

 
Ishq otashina tushdim, parvona bo‘ldim emdi,
Shavq o‘t-cho‘g‘ina kuydim, biryona bo‘ldim emdi,
Jismim kaboba do‘ndi, giryona bo‘ldim emdi,
Ganj istaganlar kelsin, vayrona bo‘ldim emdi,
Ayrildim ag‘yorlardan, begona bo‘ldim emdi.
 
 
Chiqardim boshdan endi dunyo havasin mutlaq,
Ne farshga oyoq berding, qayril, bir o‘zingga oq,
Qul bo‘lib, elga sovril, ul guzarda joning yoq,
Lozim o‘ldi o‘qimoq «anal haq-u» «minal haq».
May ichib mayxonadan, mastona bo‘ldim emdi.
 
 
Dun mendan behuzur, men ham bahra olmasman,
Dardim cho‘x, otash o‘tkir, xushvaqt bo‘lib kulmasman,
Qiymatbaho olamni olti pulga olmasman,
Do‘st qaysi, dushman qaysi farqin qila bilmasman.
Hech kishi ongmas holim, ayona bo‘ldim emdi.
 
 
Bir maqomga duch bo‘lib, fikr anda o‘yg‘a botdi,
Jon anda bejon o‘ldi, essindan ketib yotdi.
Jasad yo‘lda yo‘q bo‘ldi, ko‘ngil o‘zin unutdi,
Ishq qo‘shin yig‘nab keldi, aql mulkin tarqatdi.
Talonga berib aqlim, devona bo‘ldim emdi.
 
 
Maxtumquli har zamon naylayin bo‘lmay giryon,
Fikr loyina botdim, chiqa bilmasman bir yon.
Vujud xarob, tan turob, ko‘nglimning shahri vayron,
Jon, jasad, til, aqldan ayrilib qoldim giryon,
Ish keldi, boshga tushdi, mardona bo‘ldim emdi.
 

EY, DO‘ST

 
Bir sahar tushmish erdi yodimg‘a diyor, ey do‘st,
Jon go‘shiga yetishdi banogoh xabar, ey do‘st!
 
 
Tan mulkining ichinda jon turdi parvoz aydab,
Shavq ila yetib nogoh o‘zini nisor, ey do‘st!
 
 
Sabrim safinasini sindirdi shavqning seli,
Daryoyi-ummon soldi mato’-u qaror, ey do‘st,
 
 
Yor vasli jamolinnan har du jahonki kamyob,
Baxtim mushtariysina quraver bozor, ey do‘st.
 
 
Ahli olam g‘arq o‘lmish xirmon-xirmon gul ichra,
O‘n yil yursam uchramas olnimnan bahor, ey do‘st.
 
 
Xush boqmish jahon ichra, xo‘sh bo‘lmish erdim annan,
Olamda odam ichra mangodir qahr, ey do‘st.
 
 
Firog‘iy, ko‘zlaringnan yig‘lab qon ravon o‘ldi.
O‘rnina eltar ani, gar tegsa g‘ubor, ey do‘st.
 

KO‘RILSIN ENDI

 
Qo‘rqa-qo‘rqa iflos bir holga tushdik,
Taqdirda ne bo‘lsa, ko‘rilsin endi.
Fikr qozoninda qaynadik, pishdik,
Mayli, ul jo‘sh urib yurilsin endi.
 
 
Azal boshda Jabbor bor etdi yo‘qdan,
Nechani nurindan, ko‘pni tuproqdan.
Xabar keldi, do‘stlar, yaqin-yiroqdan,
YOvga gurk o‘yini qurilsin endi.
 
 
O‘tirmasin kampir, yoshlar tul bo‘lib,
Qolmangiz, tarkmanlar, elga til bo‘lib,
Raqib bari musulmonga qul bo‘lib,
Oldi so‘nggi-tog‘g‘a surilsin endi.
 
 
Ko‘z bilan ko‘rdingiz, ko‘plar gadodir,
Nechalar adashdi, necha fidodir.
Ey yoronlar, quvvat berar Xudodir,
Zulfiqor qinidan sug‘rilsin endi.
 
 
Nohaq to‘kilmasin qizil qonimiz,
Dushmanga qolmasin butun nonimiz,
YOdga oling, omonatdir jonimiz,
Zarur bo‘lsa, Haqqa berilsin endi,
 
 
Ustimizga yog‘iy kelib-olibdir,
Mo‘‘min bari jafo chekib qolibdir.
O‘g‘il-qizni ne ko‘ylarga solibdir,
Dushman o‘z yurtina surilsin endi.
 
 
Firog‘iy yuz tutar turkman elina,
Dushman qo‘l urmasin qizil gulina.
Do‘stlar, bizni oxiratning selina,
To g‘arq etmay, raqib qirilsin endi.
 

YOR BIZIM SARI

 
Qulzum117117
  Qulzum – dengiz nomi


[Закрыть]
ni qir bilib, qirq yo‘l kecharman,
Agarki mayl etsa yor bizim sari.
Qadam yerna qanot bog‘lab ucharman,
Desa dilbar: «Oshiq, yur bizim sari».
 
 
Qirq yil qo‘l qovishtirib qullukda tursam,
Olti kuncha ko‘rmay, oltmish yil yursam.
Bir shundoq bo‘lsaydi-ko‘rsam, jon bersam,
Jamolin ko‘rsatsa yor bizim sari.
 
 
Na loyiqli yuzim bordir tutarg‘a,
Na g‘ayri yerim andan ketarg‘a.
Umidim bor, qo‘ymay balo-batarg‘a.
Dargohindan ochsa dar bizim sari.
 
 
Bir kimsa yo‘liqdi dasti sharobli,
Yeldan joynamozli, suvdan mehrobli.
Egni oq ridoli, yashil niqobli,
O‘g‘rashdi bir ajab er bizim sari.
 
 
Yo‘ldosh bo‘lib, billa yurdim bir maydon,
Maydon ichra to‘lib o‘ltirmish mardon.
Bir ayvon ustinda chorlab to‘rt yerdan,
Dedilar: «Qo‘lingni ber bizim sari»
 
 
«Firog‘iy!» deb chaqirdilar, eltdilar,
«Qaydayding,» deb, qulog‘imdan tutdilar,
Ustixonim oltmish pora etdilar,
Dedilar: «Mard bo‘lsang, tur bizim sari».
 
 
Maxtumquli, besh kun ishrat surmog‘a,
Joyi ermas iklanibon118118
  Iklanmoq – hayallamoq, turib qolmoq


[Закрыть]
turmog‘a,
Qarorim yo‘q o‘tirmog‘a-turmog‘a,
Og‘zin ochib turmish er bizim sari.
 

QOLIBMAN

 
Johillikning jo‘shi chiqdi boshimdan,
Men ul jo‘shdan xoli bo‘lib qolibman,
Bir g‘amga ulashdim, qoldim hushimdan,
Bu dard ila to‘lug‘ bo‘lib qolibman.
 
 
Boshim yuz havasda, ko‘nglim jo‘shqinda,
Girdobg‘a tushibman dalli toshqinda.
Najd tog‘inda yurgan Majnun ishqinda
Yonar o‘tli Layli bo‘lib qolibman.
 
 
Yigitlik faslini zoye kechirdim,
Komillik kishtisin119119
  Kishti – kema, qayiq


[Закрыть]
loyga botirdim.
Biyik fikr ila, aqlim yitirdim,
El ichinda dalli bo‘lib qolibman.
 
 
Bul dunyoni ko‘chib borg‘on ko‘ch bildim,
Ishini bad anglab, o‘zin puch bildim,
Avvali, o‘yindek, so‘ngin hech bildim,
Tirik erkan, o‘lik bo‘lib qolibman.
 
 
Maxtumquli, fosh aylagil so‘zingni,
Falak mushti xok etmayin ko‘zingni.
Shul choqqacha yosh bilarding o‘zingni,
Emdi ko‘r-boq, ulli120120
  Ulli – ulug‘, katta


[Закрыть]
bo‘lib qolibsan.
 

BODI-SABONI KO‘RSAM

 
Dehistonning boyrinda121121
  Boyir – qir-tepa…


[Закрыть]

Bodi-saboni ko‘rsam.
Bahovuddin Mirkulol,
Zangi-boboni ko‘rsam.
 
 
Boshmog‘i arshg‘a tojdir,
Ismi olamg‘a bojdir,
Ikki jahon muhtojdir –
Arab zabonni ko‘rsam.
 
 
Kelg‘on kechar chosht etib,
Iklanmas guzasht etib,
Ko‘ngil aytar gasht etib,
Olam-jahonni ko‘rsam.
 
 
Hizr kabi cho‘llarda,
Ilyos kabi ko‘llarda.
Kovus kabi tog‘larda,
Yaxshi-yomonni ko‘rsam.
 
 
Yuqori-Hindistonni,
Orqada Turkistoni,
Avliyolar ummoni,
Ul Rumistonni ko‘rsam.
Jon foniy, jahon shaydo,
Mundan hech yo‘qdir foyda,
Yetti tog‘, yetti daryo,
Dali dunyoni ko‘rsam.
 
 
Maxtumquli xo‘sh bo‘lsa,
Oqsa diydam, yosh bo‘lsa,
Iymonim yo‘ldosh bo‘lsa,
Borsam, Ka’bani ko‘rsam.
 

UCHDIM YORONLAR

 
Bir jum’a kechasi ko‘rdim tushimda,
Bol urib, ko‘klarga uchdim yoronlar.
Parvoz aylab, sayron etdim dunyoni,
Bir obodon joyga tushdim, yoronlar.
 
 
Kahkashonga chiqib turfa samarlar,
Ming turli mevalar, xurram shajarlar,
Norinj, turunj leymu-totli shakarlar,
Bir obodon boqqa tushdim, yoronlar.
 
 
Ochilmishdir anda rangba-rang gullar,
Sho‘rish-u afg‘onda shaydo bulbullar.
Marmardan hovuzli, kavsardek suvlar,
Tahayyurda vola, shoshdim, yoronlar.
 
 
Ul qaro bog‘likda ko‘rdim bir chaman,
Ajoyib majlisin-ko‘rdim anjuman.
Ul davrada, ko‘rdim, o‘ltirmish chilton,
Salom berib, qo‘lin quchdim, yoronlar.
 
 
Bari og‘iz juftlab shunda kalomga:
«Va-alaykum…» dedilar bizning salomga.
Davra qurnab, sharob to‘ldilar jomga
Menga yetgach, qo‘lim ochdim, yoronlar.
 
 
Bilmadim, ko‘pmi yo menga oz berdi,
O‘zga olam, boshqa bir ovoz berdi,
Ishq oldi ko‘nglimni, tilga so‘z berdi,
Poygakdan-poygakka tushdim, yoronlar.
 
 
Maxtumquli, hushyor bo‘ldim, uyg‘ondim,
Uyg‘ondim, o‘rtandim, tutashdim, yondim,
Ma’ni bozorinda xayyot122122
  Hayyot – tikuvchi, chevar


[Закрыть]
ga do‘ndim,
Shirin g‘azal to‘nin bichdim, yoronlar.
 

BIR ISHGA ULASHDI

 
Tengi-to‘shim, er yigitlar,
Har kim bir ishga ulashdi.
Haq har kima bir roh berdi,
Har kim bir burchg‘a talashdi.
 
 
Kimi kirdi haq yo‘lig‘a –
Yaxshilik yordur fe’lig‘a.
Qilich oldi kim qo‘liga,
Chaldi, islom dinin ochdi.
 
 
Nar bedovli beklar, xonlar,
Otlansa to‘lar maydonlar,
So‘kdi dara, to‘kdi qonlar,
Botirlar sarindan kechdi.
 
 
Biz istadik ulug‘ yoron,
Nasib bizni, qo‘yda hayron,
Kimi ketdi Eron, Turon,
Kim Isfaxon, Tabriz oshdi.
 
 
Haqqa ayon bo‘ldi holim,
Xalqda bilgan-bo‘lmas ma’lum.
Maxtumquli, mening yo‘lim,
Ul do‘stlardan ayro tushdi.
 

NAYLARAM

 
Ahli-hol bo‘lsam, derman: «O‘zga holni naylaram»,
Bu savulmas dardni-yu, qiylu qolni naylaram.
Avvali zavqi-sarvar, hasratli molni naylaram,
Oxiri mavt-u qubur, bul bo‘sh xayolni naylaram,
Bo‘lmisham men zavq ahli, asbob-malolni naylaram.
 
 
Tushdi ishqning otashig‘a, qilcha jonim kuydi, yor,
Qoq jismimni o‘tdan olib, o‘tda yoqmoqda ne bor,
G‘amda ko‘nglim beqarordir, boshda dardim sad hazor,
Aning uchun dahr aro bir go‘sha qildim ixtiyor.
Ixtiyorim yo‘q turar, jangu jadalni naylaram.
 
 
Ko‘rnishing ishratnamo, ko‘rking uchun ko‘nglim gudoz,
Qisqa iqbolim qo‘li, do‘st, domani-vasfing daroz.
Purxatar ul yo‘l yiroq, ishqing garon-quvvatim oz,
Tushmisham bir mushkulga, sensan bul ishga chorasoz,
Iltifoting emdi qil, o‘tgan mahalni naylaram.
 
 
Har zamon, Maxtumquli, xalq ichra yurma lof etib,
Saqla g‘iybatdan tiling, har damda yur insof etib,
Qo‘l uzatma ko‘p fasodg‘a, yur Xudodan xavf etib,
So‘filik asbobi xushdir, kiy ichingni sof etib,
Bo‘lsa mo‘r-malax ichim, bu eski sholni naylaram.
 

UYLANGIN

 
Yigit holing qarilikka
Solayin desang, uylangin.
Kadxudolik andishasin
Qilayin desang, uylangin.
 
 
Kadxudolik go‘zal yo‘ldir,
Qartaymoqg‘a, ajab, eldir.
 
 
Yigitlik bir qizil guldir.
So‘loyin desang, uylangin.
 
 
Ev, el kerak, bistar-to‘shak,
Farzand-band, zan tushov beshak.
Yukka varzish bir bo‘z eshak
Bo‘loyin desang, uylangin.
 
 
Yurarsan o‘ynab, talashib,
G‘am-tashvishga cho‘x buloshib.
Hasratga, dardga ulashib
Qoloyin desang, uylangin.
 
 
Jo‘shqin etar sen o‘zingdan,
Ayrilib bahor-yozingdan,
Adog‘i yo‘q dard izingdan
Yeloyin desang, uylangin.
 
 
Quvib yigitlik zamonin,
Chorlar qarilik tumanin.
Dunyoning yaxshi, yomonin
Bilayin desang, uylangin.
 
 
Yigitlik bir qizil gulshan,
Qarilikda so‘nar ravshan.
Quchoq-quchoq qora yovshan
Yuloyin desang, uylangin.
 
 
Maxtumquli, kezib har toy,
Etmasding jahonda parvoy,
Payg‘ambar sunnatin barjoy
Qilayin desang, uylangin.
 

QON CHIQAR

 
Gar tutsa holimnan xabar, quruq og‘ochdan qon chiqar,
Sharorimnan topsa asar, inson tanindan jon chiqar.
 
 
Qorun qilib molin ado, sad jon istar, bo‘lsa fido,
Kun sham’idan bo‘lib judo, nurin qo‘yib, pinhon chiqar
 
 
Bir go‘shada bo‘lsam muqim, ko‘ngla123123
  Ko‘ngilga ma’nosida.


[Закрыть]
keltirsam qadri-siym,
Har go‘shayi-vayronadan sad ganji-bepoyon chiqar.
 
 
Ko‘nglimg‘a kelg‘on naqshlar ko‘zlarga zohir bo‘lsa gar
Qo‘shilsalar ko‘p nodonlar, komil bo‘lib, mardon chiqar
 
 
Hech anglamay zer-u zabar, gar topsa jazbamdan asar
«Alifdan», «bel»dan bexabar har damda bir «Qur’on» chiqar
 
 
Jabr etdi Jamshid jonina, ki kirdi ma’dan konina,
Yuz yil o‘qib, poyonina na Zol-u, na Luqmon chiqar.
 
 
Men ham Firog‘iy ul qadar, aqlimni qildim darbadar
Bir behuzur na topsa xabar par bog‘layub osmon chiqar
 
 
Maxtumquli, oz ayla so‘z, barcha qolar tog‘-u dengiz,
Tuproqqa to‘lsa ushbu ko‘z, Haqdan yana farmon chiqar.
 

YOR, SENDAN

 
Bulbullarni asir etgan gul-xandon,
Yo, Rab, xabar bilarmanmi, Yor, Sendan.
Yetti iqlim menga ko‘rinar zindon,
Yo, Rab, xabar bilarmanmi, Yor, Sendan!
 
 
Isfandiyor-mistan, Rustam Zolinda,
Shom, Najafda, Makka, Damashq elinda,
Arzi Qarsda, Karbaloning cho‘linda
Yo, Rab, xabar bilarmanmi, Yor, Sendan!
 
 
Sharob ichib, sarxush bo‘lib, sakrasam,
G‘anim jonin qiyma-qiyma to‘g‘rasam,
Go‘ro‘g‘lidek tog‘dan-toqqa o‘g‘rasam,
Yo, Rab, xabar bilarmanmi, Yor, Sendan!
 
 
Bir gul o‘sar go‘zal yorning bog‘inda,
Bulbul hujum aylar so‘l-u sog‘inda.
Baytullohning Safo, Marva tog‘inda,
Yo, rab, xabar bilarmanmi, Yor, Sendan!
 
 
Shayx San’ondek cho‘x qayg‘uga ulansam,
Shibliy kabi to‘z-turfog‘a bulansam.
Ka’ba tashin yetti karat aylansam,
Yo, Rab, xabar bilarmanmi, Yor, Sendan!
 
 
Yusuf kabi zindon ichra yig‘lasam,
Jirjis kabi jon yo‘linda chog‘lasam.
Yunus kabi haqqa qullik bog‘lasam,
Yo, Rab, xabar bilarmanmi, Yor, Sendan!
 
 
Duo qilib, ko‘kdan tilab o‘ltirsam,
Gul Farxordek qizil mengzim so‘ldirsam.
Qo‘biz olib, ulug‘ na’ra chaldirsam.
Yo, Rab xabar bilarmanmi, Yor, Sendan!
 
 
Iyso kabi xilvat tutsam samoda,
Idris kabi qulluq etsam ziyoda.
Xizr, Ilyos kabi kirsam zulmoda
Yo, Rab, xabar bilarmanmi, Yor, Sendan!
 
 
Maxtumquli, oshiqlarning mastinda,
Nargis ko‘zi hayron o‘lar do‘stinda.
Yetti erda, to‘qqiz falak ustinda,
Yo, Rab, xabar bilarmanmi, Yor Sendan!
 

OSHIQ BO‘LMISHAM

 
Ey, yoronlar, bir yuzi gul, Oya oshig‘ bo‘lmisham,
Barchalar maqsudi gul ra’noya oshig‘ bo‘lmisham.
Bulbulam, bog‘ ichra bir g‘avg‘oya oshig‘ bo‘lmisham,
O‘zi g‘oyib, zulflari yaldoya oshig‘ bo‘lmisham.
Manzilim tog‘ ichradir, sahroya oshig‘ bo‘lmisham.
 
 
Chun falak soldi meni ul kun fano tuprog‘ina,
Tushdi sayrim doimo Makka, Madina tog‘ina,
Bulbul o‘ldim, sayradim, kirdim Eramning bog‘ina,
Poyi band bo‘ldim u kun g‘am ahlining tuzog‘ina.
Yuz balo-mehnatli bir savdoya oshig‘ bo‘lmisham.
 
 
Ko‘nglim ichra yor g‘amidir, manzilim sahroda, hey.
Po‘shashim g‘am-g‘ussadir, men do‘nmisham Farhoda, hey.
Soldi ishqing, dilbar-o, jonu jigarim o‘tg‘a, hey,
Vodarig‘o, kechdi umrim zoye berdim bodg‘a, hey,
Ohi ko‘p, afg‘oni cho‘x, bir ko‘ya oshig‘ bo‘lmisham.
 
 
Bilmanam ul ne bahrdir, ne muazzam-tog‘idir,
Oldi ko‘nglim, ketdi aqlim, tan mudom nochog‘idir.
Oni nisbat etmak o‘lmas, qumri, bulbul, zog‘idir,
Alg‘araz, har zulfining yetmish ming er tussog‘idir,
Qaddi-qomati baland zeboya oshig‘ bo‘lmisham.
 
 
 Do‘st, havoyi vaslingni men shuncha chindan istaram,
 Domi-zulfing qaydina o‘zimni zindon istaram.
 Dema: «G‘amdan bir zamon ko‘nglimni xandon istaram,
  Bir g‘arib oshiq menam, yor, seni sendan istaram,
  Kechayu kunduz, biling, huv-hoya oshig‘ bo‘lmisham.
 
 
 Vasli-yorimdan digarga intizorim yo‘q mening,
 Qolmisham hayron bo‘lib, g‘ayri madorim yo‘q mening.
 Oldi jonim ishqning o‘ti, ixtiyorim yo‘q mening,
 Kelsa aqlim tarqatar, ketsa, qarorim yo‘q mening,
 G‘amzasi o‘q, qoshlari ul yoya oshig‘ bo‘lmisham.
 
 
 Aytadur Maxtumquli, anda tumana124124
  Tuman, ko‘p


[Закрыть]
o‘g‘radim,
 Sayr etib bordim falakka, Lomakona o‘g‘radim.
 Chun meni rasvo qilar ishqi yagona, o‘g‘radim.
 Yetmish ikki shahr ichinda ming bir do‘kona o‘g‘radim.
 Shuncha sargardon-safil-zoya, oshig‘ bo‘lmisham.
 

JONONA KO‘ZIM TUSHDI

 
Shukur, alhamdulillo,
Jonona ko‘zim tushdi.
Mayxonada may ichdim,
Mastona ko‘zim tushdi.
 
 
Ey, zulfi, sochi anbar,
Mehrob ki yuzing minbar.
Ey, la’li-labi gavhar –
Ummona ko‘zim tushdi.
 
 
Ey, ko‘zlari ahromi,
Kel, ko‘zlab boq yaramni.
Ey, ko‘nglimning oromi –
Iymona ko‘zim tushdi.
 
 
Ey, jodu jayron ko‘zli,
Ey, shahdu shakkar so‘zli.
Ey, Shams-u Qamar yuzli –
Tobona ko‘zim tushdi.
 
 
Orzuda kezar ellar,
Xizmatga kelar qullar,
Chaman ichra tar gullar –
Bo‘stona ko‘zim tushdi.
 
 
Har sochlari bir sunbul,
Go‘yoki men ham bulbul,
Ey, jannat aro bir gul,
Rizvona ko‘zim tushdi.
 
 
Bul dardima Sen darmon,
Ko‘yingda bo‘lam qurbon.
Maxtumquli der, ey, jon –
Jonona ko‘zim tushdi.
 

TO‘KIB BORADIR

 
G‘am tumani bosib g‘arib ko‘nglimni,
Ko‘zda yoshin artmay to‘kib borodir.
Kim bor rahm aylagan so‘rib holimni,
Buzuq ko‘nglim ko‘rkin yiqib borodur.
 
 
Garchand o‘t yoqsalar ishqning yog‘indan,
O‘lim oson erur do‘st firog‘indan.
Hijron meni quvdi sabr bog‘indan,
Firoq bo‘g‘im-bo‘g‘im so‘kib borodir.
 
 
Ul davru-davronim charx buloshtirdi,
G‘am jonim quvratdi, o‘t tutashtirdi.
Ishq meni yondirdi, haddan oshdirdi.
Yuragim ichimdan chiqib borodir.
 
 
Farog‘at yotardim nafsimni bastlab,
Turdi ko‘nglim YOr jamolin havaslab,
Haqdan hojat tilab, murodin istab,
Zor diydam yo‘llarga boqib borodir.
 
 
Maxtumquli, majolim bor-so‘ylayin,
Do‘stlarga dardimni bayon aylayin.
Ey, YOronlar, yig‘lamayin, naylayin,
Ishq meni yondirib, yoqib borodir.
 

OLDINGDA QO‘YARLAR UL KUN BU ISHNI

 
Bandasan, bad ishga botirlik etma,
Oldingda qo‘yurlar ul kun bu ishni.
Nafsing tiy, shaytonning ra’yiga ketma,
Xijolatda qo‘yar, bilgin bu ishni.
 
 
Nafsing aytar: «Urg‘il, bul bir huzurdir!»,
Joning aytar: «Hay, hay, Tangri hozirdir!»
Ko‘rmasang-da Olloh senga nozirdir,
O‘tong‘il, iymang‘il, qo‘ygin bu ishni.
 
 
Bir yo‘lda gunoh bor, bir yo‘lda savob,
Arosatda sendan istarlar javob.
Halolga hisob bor, haromg‘a-azob,
Shak deguldir, yodda tutgin bu ishni.
 
 
Umring o‘tib borar yozdir bir soat,
Ne bo‘lar bul fasl aylasang toat,
Savobga shodlik bor, sharrga xijolat,
Bo‘yningga olmag‘il, kelgin, bu ishni.
 
 
Boshing ko‘kka, ko‘ksing elga ko‘tarma,
Ko‘nglingga qo‘rquvni chala keltirma.
Yurakda yo‘q so‘zni tilga keltirma,
Ixlos qulog‘iga chalgin bu ishni.
 
 
Musofirsan, muqim ishin qurarsan,
Bebaqo dunyoda qancha turarsan,
Munda ne ish etsang, anda ko‘rarsan.
Yaxshidir, yomondir ul kun bu ishni.
 
 
Shayton aytar: «Shirin ishdir, azaqol!»
Rahmon aytar: «Nafs umidin uzaqol!»
Maxtumquli: «Tur, qulingni cho‘qqa sol!
To‘zib-chidab bilsang, qilgin bu ishni.
 

Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 | Следующая
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации