Читать книгу "Асарлар. Махтумқули"
* * *
Maxtumquli-Firog‘iy o‘zining o‘lmas, rang-barang mavzulardagi she’rlari bilan hali tirikligidayoq mashhur bo‘lib ketgan edi. Uni ko‘pincha O‘rta va Yaqin Sharq xalqlari asl nusxada o‘qishsa, Evropa va boshqa, tili va an’analari uzoq xalqlar vakillari shoir asarlari bilan tarjima orqali tanishib bordilar. ”Maxtumqulinoma” kitobi muallifi O‘roz Yomg‘irning fikricha, Maxtumquli-Firog‘iy ushbu dunyoda yashab o‘tgan eng kuchli 5-6 nafar shoirning biri. Uni tarjima qilib emas, turkman tilini o‘rganib, keyin o‘qish kerak. Bu masalada u haq. Ammo barcha xalq vakillarining turkman tilini o‘rganishga imkoni yo‘q. Xususan, bu gap oddiy xalq vakillariga tegishli. Shuning uchun garchi tarjima asarlari tarjimashunoslardan birining ta’biricha, ilitma osh kabi bo‘lsa-da va asl nusxa o‘rnini to‘la bosa olmasada, har holda, ilitma osh ham qorin to‘ydirgani kabi yo‘qdan ko‘ra bori yaxshi. Xalqda“Uzoqdagi quyruqdan yaqindagi o‘pka yaxshi” degan gap bor. Shuning uchun ham Maxtumquli she’rlari qayta-qayta jahonning turli tillariga tarjima qilinayapti va o‘z muxlislarini topayapti. Jumladan, shoir she’rlari hali X1X asrdayoq Evropa tillariga tarjima qila boshlandi. Masalan, 1842-yilda polyak olimi A. Xodzko-Boreyko Maxtumqulining uchta she’rini ona tiliga ag‘darib, Londonda chop ettirdi. Qozon va Peterburg universitetlari professori I. N. Beryozin 1862-yilda “Turk xrestomatiyasi”ga Maxtumquli asarlaridan ham namunalar kiritdi. Budapesht dorilfununi professori, taniqli sayyoh, sharqshunos olim Xerman Vamberining sa’y-harakati bilan 1879-yilda shoirning bir dasta she’rlari Germaniyaning Leypsig shahrida nashr qilindi.
Maxtumqulining she’rlari bugungi kunda ham ko‘plab tillarga tarjima etilmoqda. Jumladan, Angliyada yashayotgan turkman farzandi, sharqshunos-turkolog olim Yusuf Azmun shoirning bir qancha she’rlarini baholi qudrat ingliz tiliga nasriy yo‘l bilan ag‘darib, taqdim etdi. Bu tarjimalarni o‘qigan inglizlar, biz Shekspirga qoyil qolib yurardik, Maxtumquli ham Uilyamday ulug‘ mutafakkir ekan, deb tan berishgan.
Shoir she’rlari qator turkiy va slavyan xalqlari tillariga, jumladan, ruschaga ko‘plab tarjima qilingan. Uning asarlari bo‘yicha ilmiy ishlar yoqlangan, maqola va risolalar chop etilgan va bu ezgu ishlar hozirgi paytda ham qizg‘in davom ettirilmoqda.
Turkmanlar bilan azal-azaldan bir yerda yashab, bir havodan nafas olib, qondosh-jondosh bo‘lib ketgan o‘zbek xalqi esa Maxtumqulini o‘z shoiri deb biladi. Faxrlanib aytish mumkinki, Maxtumquli siymosi, asarlari o‘zbek-turkman adabiy aloqalarining yorqin sahifalaridan biridir. Shuning uchun ham olim Karimboy Quramboyev o‘zining 1978– yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyotida chop etilgan ”O‘z-bekturkman adabiy aloqalari” degan asarida:“Maxtumqulini o‘zbek adabiyoti va san’ati, o‘zbek shoirlari ijodi, ularning adabiy merosi bilan bog‘laydigan dalillar shu qadar ko‘p va shu qadar rang-barangki, u hali yana ko‘plab ilmiy ishlarga material beradi”(55-bet), degan fikrni bayon qiladi.
Maxtumquli o‘zbek mumtoz shoirlari Navoiy, BobBuor‘ lsiajmod”i graa dkifalit tsaheh’ruidrma abtubikilkainulquagr‘asdhi.oirUgaob‘ozi‘nlginang“ hurmat-ehtiromini yuksak pardalarda ifodalagan. Shoir Navoiyning chor devoni,“Farhod va Shirin” dostoni, Zahiriddin Muhammad Boburning she’rlari o‘zida katta taassurot qoldirganligini, shuning uchun bu ijodkorlar qoshiga borib, Majnun bo‘lish tilagida ekanligini bayon etgan. OTu‘ltmM”,a”as xdYtaunamxbsqhuuirlriuonnqin””g, ra“B“Edolid‘fllmiimag s‘aatzu”at, ”ll“A,aryi“At”by,it l”a“Y,ne m“YNaaaxsvdsohaiinyd nubirnu”g“-,“ run” radifli g‘azallari o‘rtasida g‘oyaviy yaqinlik, mazmun, uslub o‘xshashligi borligini ham olimlarimiz qayd qilib o‘tishgan.
Shunisi e’tiborga molikki, Maxtumquli she’rlari, ayniqsa, Xorazmda juda mashhur bo‘lgan. Baxshi va oqinlar, xalfalar shoir she’rlarini to‘y-bazmlarda, xursandchilik kunlarida kuylashgan, g‘azallariga kuylar bastalashgan. Firog‘iy she’rlari O‘zbekistonda yig‘ilib, alohida devon shakliga keltirilgan. X1X asrdayoq xora-zmlik xattotlar tomonidan Maxtumquli– ning bir necha devonlari ko‘chirilgan. Hozirgi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyGAos‘zahmz’oaalriliyaorMti faoMxntaduximdtuaqmulsqih”uoliik”ran, bi“Mni gadsen“Dvaoevvnioylaonrtii i MMsaaaqxxlattnuummmoqqquudllii””a,“,“. Ma’lumki, Maxtumqulining devonini ilk bor Qurbonberdi Gurgoniy degan hamyurti to‘plab, Buxoroda toshbosma usulida chop ettirgan.
Oktyabr to‘ntarishidan oldin Firog‘iyning qo‘lyozmalari, g‘azallari toshbosmada Xiva, Toshkentda bir necha bor chop etilgan, o‘nlab she’rlari “Turkiston viloyatining gazetasi”da bosilgan. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Islom shoir Nazar o‘g‘li va xorazmlik baxshi-oqinlardan ko‘pchiligi Maxtumquli dahosidan ilhom olib, ijod qilishgan. Atoqli o‘zbek yozuvchisi Asqad Muxtor 1961-yili Maxtumquli tug‘ilgan kunning 225 yillik yubileyi munosabati bilan Ashxobodda o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda o‘zbek xalqining Maxtumquliga nisbatan mehr-muhabbatini ifodalab qu-yidagilarni aytgan: “Bizning ham Maxtumquliga siz bilan birga sherik bo‘lishga haqimiz bor. Uning faqat Buxoro yoki Xivada tahsil ko‘rganligi yo Navoiydan saboq olganligi uchun emas, Maxtumquli o‘zbek xalqi uchun ham qayg‘urgan, uning dardiga dardkash shoir bo‘lganligi tufayli biz o‘zimizni unga sherik deb bilamiz. Maxtumquli she’rlarini o‘zbek qardoshlaringiz qo‘shiq qilib kuylaydilar, ular tillardan tillarga, ellardan ellarga o‘tib, bizning vodiylarimizda yangraydi. Ulug‘ shoirning bundan bir necha asr muqaddam yozib qoldirgan asarlarini o‘qiganimizda, turkman birodarlarimizning qalbiga ishonamiz. Maxtumqulining nomi bizning qalblarimizda abadiy barhayot.” (Magtimguli. “225 yil”, Yubileyniy sbornik, Turkmendevneshir, Ashgabat, 1961, 41-saxipa).
Ha, Maxtumquli bugungi o‘zbek xalqi uchun g‘oyat qadrli va sevimlidir. O‘zbek shoiri Maqsud Shayxzoda o‘zining va o‘zbek xalqining shoirga mehr-muhabbati va yuksak hurmatini uning“Hey” radifli she’riga yozgan javobiyasida quyidagicha ifodalaydi:
Ey, oqsoqol, ey turkmanning otasi,
Sharqlik baxshilarning zo‘ri, kattasi. .
Yerni yoqdi ko‘z yoshing har qatrasi,
Seni izlab, ko‘k chashmalar yig‘lar, hey.
Diyoringni kelib ko‘rdim ko‘zim-la,
Shayxzodaman, derman yurak so‘zim-la,
O‘zbekning shoiri chuqur ta’zim-la,
Devoningni o‘pib, dilda saqlar, hey. (M. Shayxzoda, Xiyobon, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent, 1967, 79-bet).
O‘zbek xalqi shoirni e’zozlagani, she’rlarini sevib o‘qigani bois Maxtumquli asarlari hozirgacha o‘n marotabaga yaqin chop etildi. Shoir she’rlari bilan aytiladigan juda ko‘p qo‘shiqlarning radio va televidenie orqali qayta-qayta qo‘yilishi ham o‘zbek xalqining shoirga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbati, hurmatining yorqin ifodasidir.
Yaxshi tarjimalar hamisha kerak. Har bir ag‘darma asl nusxa sari yaqinlashib boradi va uning u yoki bu qirrasini yaxshiroq aks ettiradi. Tarjimonning iste’dodli bo‘lgani qanday yaxshi. Buning ustiga, u asl nusxa tilini yaxshi bilsa, nur ustiga nur. Aytish mumkinki, Surxondaryo viloyatining Amudaryo sohilidagi Pattakesar qishlog‘ilik Abdumo‘min Jumayev ana shunday ijodkorlar sirasidan. Bugungi kunda oltmish yoshdan o‘tgan Abdumo‘min Jumayev turkman farzandi. U ona tilini yaxshi biladi. Bu tilda she’rlar ham yozadi. Uning she’rlarini turkmanlar sevishadi. Maktabda o‘zbek tilida o‘qigan pattakesarlik shoir ijodini shu tilda she’r yozishdan boshlagan. Abdumo‘min Jumayev o‘zbek tilida bir necha she’riy to‘plamlar ham chiqardi va u she’rxonlar tomonidan yaxshi kutib olindi. Mana, qirq yildan oshdiki, Abdumo‘min Maxtumquli devonini deyarli har kuni qo‘liga oladi, mutolaa qiladi. Shoir merosining katta qismini yod ham biladi. Firog‘iy she’rlarini ichki bir ma’naviy ehtiyoj tufayli suyub, o‘zbekchaga ag‘daradi. Ulug‘ Maxtumquliga bo‘lgan mehr-mu-habbati, har ikki tilni mukammal bilishi tufayli uning tarjimalari alohida ajralib turadi.
6-7 yoshimdan boshlab Maxtumquli she’rlarini o‘qiyman. Bu mashg‘ulotga kirishganimga ellik yildan oshdi. Maxtumquli otamizning she’riyati o‘ziga xos bir olam, juda-juda qiziqarli va ba’zisi mo‘’jiza darajasidaligi, ikki dunyoda ham odam bolasiga asqotishi shubhasiz ekanligiga amin bo‘lganim uchun tarjima qilib, kitobsevar, she’rsevar xalqimizga ming bir istihola bilan taqdim qilmoqdaman, deydi tarjimon Abdumo‘min Jumayev. Maqtanishga yo‘ymang-u mening tarjimalarim boshqalarnikiga qaraganda, asliga yaqinroq. Sababi, mening bu ishga qo‘l urganimga o‘ttiz yildan oshgan bo‘lsa-da, ona tilim-turkman tilini hali-hanuz katta qiziqish bilan o‘rganishda davom etayapman. Lug‘at bilan ko‘p ishlayman. Otashnafas sHXhuaoqdirdoaMnb eiarcxghtagunamnq”sh,uoloii ‘rz”btdueirkrk.c mhKaa noibl‘apor raijtoibldii lkaobnri llaaifnrondi aayloat‘ggqaaidnniddmaa,“,“, ammo Maxtumquliday mohirona she’rlar yozgan shoirni uchratmadim. Men uni “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi xalq dostonlarini yoddan ayta oladigan darajada bilganiga va bu dostonlarni deyarli yarmigacha qayta ishlaganiga aminman. Chunki dostondagi she’rlar mukkammalligi, pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi va uning tarkibida MBiraixmtudma qbuillimsahdei’mrlaryiadxasnh in-yaommuonnanlai,r I(“Akkyirmildmaadtiamni”divma“ oKtuan-olanraimmn”)i”hammisrkailraibri qboillgaannlibgoi sshhluannudvacyhdi eymisahsihmhguar“ asos bo‘ladi. Holbuki, Maxtumquli davrigacha dostonda bunday she’rlar bo‘lmagan. Ulug‘ shoir she’rlarini tarjima qilish faxr. Lekin qancha kibrlanib yurmaylik, mening tarjimalarim ham asliyatdagi pishiq-uxtalikdan ancha yiroqdir.
– 1991-yilda Toshkentdagi “Kamalak” nashriyotida Abdumo‘min Juma-yevning Maxtumqulidan qilgan tarjimalari o‘n ming nusxada chop etilgandi. Unda shoirning 51 ta eng sara she’rlari o‘zbek kitobxonlari hukmiga havola etildi va yaxshi kutib olindi. “Bu naqldir” deb nomlangan ana shu kitobchamdan birini tog‘lik do‘stim, o‘qituvchi Cho‘pon Nazirovga sovg‘a qilgan edim, – deydi tarjimon Abdumo‘min Jumayev.—Oradan o‘n besh yillar o‘tib, “Cho‘pon, Maxtumqulini o‘qidingizmi, tushundingizmi?” desam, u “Ha, o‘qidim, o‘qiyapman. Maxtumquli bir umr o‘qib yuriladigan shoir”, dedi. Qarang, bor-yo‘g‘i 51 ta she’r bir ziyoli odamni zeriktirmay, ovuntirib kelayapti. Ziyoli deb urg‘u berishimga sabab, Cho‘pon Nazirov kitobsevar odam. Kitoblari ko‘p va doimiy o‘qishiga qaramasdan Maxtumqulini mana 15-20 yildirki, mutolaa qilishda davom etayapti. Bunday hol va gaplar esa meni tarjimaga yJYaaaynrxaaudtinali”s h ilanhlaoifsmbhorlaisyin”ot titrioda‘aypalpamtAi.ibdnua1ms9h9or6 ‘-mqyiiillnidnad iJ. uUTmenardmyaeivzsndhiaongig“ri“ qalamiga mansub o‘zbekcha she’rlar va doston bilan bir qatorda turkman mumtoz ijodkorlari, jumladan, Maxtumquli she’rlaridan bir qanchasi berilgan edi. Bundan ruhlangan shoir Maxtumquli-Firog‘iydan qilgan eng yaxshi tarjimalari – 163 ta she’rni saralab, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Adabiyot jamg‘armasi nashriyotiga topshirdi. Majmuaning nishona soni ham 2003-yilda dunyo yuzini ko‘rdi. Ammo mablag‘ bilan bog‘liq muammolar sababli to‘plamni ko‘p nusxada nashr qildirish imkoni bo‘lmadi.
Nihoyat, 2008-yilda Toshkentdagi “O‘zbekiston” nashriyotida Abdumo‘min Jumayev va Jumanazar Zulfiyevlarning hamkorlikda qilgan tarjimalari 400 sahifali kattagina kitob holida bosilib chiqdi. Bu to‘plam “2O0‘0zb8-e kyimlnuinmgt oeznagdyaabxiysohti i”k iytoo‘bnlaalriis”hikboo‘r‘iykic-thaanliokvkiinnicnhg“i o‘rinni oldi va maxsus diplom bilan taqdirlandi
Albatta, majmuadagi tarjimalarning fazilatlari xususida ko‘p va xub gapirish mumkin. Bu borada ommaviy axborot vositalarida anchagina fikrmulohazalar bildirildi. Yaxshi, o‘rinli gaplar bilan bir qatorda ayrim tanqidiy fikrlar va e’tirozlar ham bo‘ldi. Qoraqalpog‘istonlik olim Karimboy Quramboyev, adabiyotshunos, jurnalist Husanboy Nishonov va boshqalarning maqola, taqrizlari shular jumlasidandir.
To‘plam sifatli chop etilgan bo‘lsa-da, nashriyot xodimlari (muharrir va musahhih)larning e’tiborsizligi tufayli juda ko‘plab uslubiy va imlo xatolari o‘tib ketganligidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Buning ustiga, muharrir tomonidan noo‘rin, muvaffaqiyatsiz tIakhlarnirmvaas ”or‘zagdaifrltii rsihshe’lrairdaq i“Blinuglbaunl. sMenadsaanlakne, tashr,oifring‘ionng“ iklanmas” satrini muharrir “Bulbul sendan ketar, fig‘on kelgaydir” deb o‘zgartirgan. To‘g‘ri, mutarjimlar bir muncha arxaiklashgan “iklanmas” so‘zi o‘rnini bosuvchi o‘zbekcha kalom topishlari lozim edi. Muharrir esa“Qosh qo‘yaman…” tarzida ish qilgan, uning o‘zgartirishini o‘qigan she’rxonda “Bulbul ketsa, yana qanday fig‘on qolar ekan yoki kelar ekan?” degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. Bunday misollarni yana keltirish mumkin, albatta.
Mutarjim Abdumo‘min Jumayevning xizmatlaridan yana biri shundaki, u asliyatda va tarjimada yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘ri ilg‘ab olish bilan bir qatorda, ularni o‘z tarjimalari jarayonida tuzatib borish cAhlolorhaslaarn“insiarlkavoh‘raaldi i.s heT’ruidrkam:an mumtoz shoirining“
Maxtumquli bemora,
G‘ulom o‘lmish bechora,
Yuz ming meningdek zora,
Nurbaxsh etgan Allohsan,
deyilgan. Ammo Abdumo‘min Jumayev fikricha, birinchi misra Maxtumquli bim aro” bo‘lishi kerak. “Bir Allohdir” sarlavhali tarjima-she’rda “Chun tuproqdan bo‘lmish Ali” satri bor. Asl nusxada esa gap Hazrat Ali haqida emas, ilk inson – Odam Atoning yetti xil tuproqdan bunyod qilngani haqida ketmoqda. Shuning uchun mutarjim bu satrni “Chun tuproqdan bo‘lmish oli” (oli – oldi demakdir) tarzida tahrir va tarjima qiladi. Bunday misollar juda ko‘p va ularning har biri xususida batafsil to‘xtash imkonimiz yo‘q.
Maxtumqulining qo‘lingizdagi yangi ushbu to‘plami mutarjim Abdu-mo‘min Jumayevning ko‘p yillik zahmatli mehnatlari samarasi o‘laroq dunyoga kelgan. Unda shoir va tarjimon avvalgi chiqqan tarjimalar va kitoblardagi xatolarni takrorlamaslikka intilgan. Ag‘darmalariga ularni va o‘zi avval qilgan tarjimalarni tanqidiy tahlil qilgan holda yondoshgan.
O‘ylaymizki, Maxtumquli she’riyatidan qilingan yangi tarjimalar sizlarga ma’qul bo‘ladi. Kitob o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, azal-azaldan yondosh va jondosh bo‘lib yashab kelayotgan, bir otaonaning farzandlari bo‘lgan ikki xalqning bir-birini teran tushunishiga xizmat qiladi. U o‘zbek xalqining buyuk turkman shoiri Maxtumquli 290 yillik yubileyiga munosib tuhfasi hamdir.
Muhammad AZIMOV, filologiya fanlari nomzodi, Gretsiyadagi Antik dunyo xalqaro akademiyasining professori.