YO, RASUL
Bul mening jonim sening yo‘lingda qurbon, yo, Rasul,
Har nekim qilsang jafo bul jona darmon, yo Rasul.
Sevibon, bor aylamishdir seni Rahmon, yo Rasul,
Qullug‘ingda intizordir ushbu jahon, yo Rasul.
Ul azob-un noridan bo‘lmish sening yo‘ling yiroq,
O‘zingga qilmish Xudo Firdavs-a’lo ham Buroq,
Senki kelding dunyoya, bul-olama yondi chiroq,
Shukrilillo, to bayoni bo‘ldi jahon, yo Rasul.
Dard ila bul yuragim har lahza oh qildi necha,
Ohimning darmoni avval Abdulloh, Vaysal xo‘ja,
Har zamon mohi-jamoling tushimga kirmas kecha,
Qolar ul haddan ziyod jonimda armon, yo, Rasul.
Yig‘laya zor-intizor ham istayurman men seni,
Bu zalillik ichra ko‘p qo‘ymagil xo‘rlab meni.
Ham yana mezon qurilib, bo‘lganda ul mahshar kuni,
Ko‘p inonchim sen turursen, ulli devon, yo, Rasul.
Oshiq-ku «huv-huva!» deb bo‘lg‘usi ma’rifat guli,
Bu zalil bechoraning balki senga yetgay qo‘li,
Oh-u afg‘oning seningkim, yod etib Maxtumquli,
G‘am ichinda shundoq bir bemoru hayron, yo, Rasul.
XON CHIQAR
Bir kun ul Kunbotardan
O‘ta mashhur xon chiqar,
Yuzi mohi-tobondek,
Bilaklari qon chiqar.
Ko‘ring Husayn mirzoni,
Haqqa yozar arzani
Yerlar urar larzon-u
Isrofildan un chiqar.
Hayvon, inson sha’ninda,
Ajal bordir yoninda.
Dajjol yerga enganda
Boshqa millat, din chiqar.
Oshiqlarga ra’y bo‘lmas,
Dunyo yuki toy bo‘lmas.
Ko‘k yuzinda Oy bo‘lmas
Kunbotardan Kun chiqar.
Dajjol sozini qurgach,
Aysh ila ishrat surgach,
Do‘nib Makkaga kirgach,
Arvoh bilan jin chiqar.
Ya’juj, Ma’juj deyarlar,
Bir-birini yeyarlar.
U birin ham so‘yarlar,
Bir o‘rnina ming chiqar.
Maxtumquli der, hayhot,
Ro‘zi Mashhar qiyomat,
Ayo soqiy-ul-hojat,
Bari ish qiyin chiqar.
NE YUZ BILAN BORGAYMAN-O
Xoliq-o, behuda umrim bodga berdim-bilmadim,
Olmadim tovba-nusux, zulmat yarog‘in qilmadim.
Ushbu yolg‘on dunyoda ruhimni o‘tdan olmadim,
Ul qiyomatda ne yuz birlan Senga borgayman-o.
Xayru ehson menda yo‘qdir, jurmi-usyondir ishim,
Botmisham g‘am loyina, vayronadir mungli boshim,
Qilmadim avval yarog‘in, charx urib uchar qushim,
Ul qiyomatda ne yuz birlan Senga borgayman-a.
Qaqshatib a’zolarim, haybat-la olsa jonimni,
«Rabbing kim?» deb so‘rsalar Munkar, Nakir a’molimni.
Munda hosil qilmasam, hamroh-Nuri imonimni,
Ul qiyomatda ne yuz birlan Senga borgayman-o.
Jurmi ko‘p bir bandaman, cho‘xdir gunohim beadad,
Qil karam fazling ila Qulhuvallohu ahad.
Tongla faryod aylasam, bir kimsadan bo‘lmas madad,
Ul qiyomatda ne yuz birlan Senga borgayman-o.
Kel, bugun, Maxtumquli, ham, so‘zlagil afg‘on bila,
Charxi-aflok gardishinnan bo‘ldi bag‘rim qon bila,
Ozig‘imni olmayin borsam agar usyon bila,
Ul qiyomatda ne yuz birlan Senga borgayman-o.
VUJUDGA KELGAN ASH’YO
Olam sun’ing-la mavjud,
Vujudga kelgan ash’yo,
Ashyo hamdingga zokir,
Zikring tillarda go‘yyo,
Avvalingga yo‘q g‘oyat,
Oxiring benihoyat,
Bu borliqqa kifoyat,
Amring iladir barpo.
Shar’ing jahonga shoyi’,
Hukming olamga nofi’,
Amringga yo‘qdir moni’,
Arz-u samo mofiho.
Har zisht, zevar-u zeb,
Shohidi olam g‘oyib,
Sun’ing-la bo‘ldi lo rayb,
Az sifla-yu val ulyo.
Kelib gardonga gardun
Yurib mudom sarnigun,
Ash’yo kull o‘lub Majnun,
Visoling zavqi Laylo.
Men ojiz-u bad nafs-la,
Mulavvasman yuz qatla.
Har isming bir sifatla,
Har tolibg‘a tajallo.
Maxtumquli, men mag‘mum,
Havo uzra nafsim shum.
Darmondan bo‘lib mahrum,
Qoldim-ku men vovaylo.
BU RO‘ZA
Qodir Olloh bizga inoyat etmish,
Qabr ichinda bizga bordir bu ro‘za,
Kulli gunohlarga kaforat etmish,
Sirot uzra madadkordir bu ro‘za.
Tutsang muni sidqu ixlosing bila,
Do‘zaxga eltuvchi gunoh yuvila,
Qabul etsa zakot, saloting bila
Avval, qiyin o‘ylarda yordir bu ro‘za.
Ham xushsurat zebo bo‘lib ko‘rina,
Parvo qilar mo‘‘min qulning go‘rina,
Dalolat aylabon oxir korina,
Ayshu ishrat, ham huzurdir bu ro‘za.
Agar bersang, ro‘za-fitra adosin,
Mahsharda ko‘rarsan rohat, mazasin,
Tark aylasang tutavergin qazosin,
Behisht ichra murg‘zordir bu ro‘za.
Farz ayladi bizga qodiri Jabbor,
Kim tark etsa bular bedin-u badkor,
Do‘zax otashina bo‘lgay giriftor,
A’foli xo‘blarga yordir bu ro‘za.
Ayo, banda, g‘ofil bo‘lma, tutaver,
Tavba aylab, yomon yo‘ldan qaytaver,
To tiriksan Haq qullug‘in etaver,
Tutganlarga ko‘p xayrdir bu ro‘za.
Maxtumquli, tark aylama adosin,
Tark aylasang, tutavergin qazosin.
Ma’nisiga yetib, bilsang mazasin
Ajib pesha, ajib kordir bu ro‘za.
EY, BENAMOZ, EY BENAMOZ
Vallohi, billohi abu zim, ey benamoz, ey benamoz,
Bezor erur sendan Xudo, ey benamoz, ey benamoz.
Har kim senga bersa salom, yo bersa bir luqma taom,
La’nat yog‘ar har subhu shom, ey benamoz, ey benamoz.
Arshi a’lodin tashqari, ins-u malak dev ham pari,
Bezor erur sennan bari, ey benamoz, ey benamoz.
Ro‘zi-qiyomat hashrda bilgil tarozi qurilar,
Avval namozdan so‘ralar, ey benamoz, ey benamoz.
Mahshar kuni ochsang ko‘zing, qaro o‘lub qolg‘ay yuzing,
Bilmam nedur anda so‘zing, ey benamoz, ey benamoz.
Qo‘l-oyog‘ingni bog‘lasa, do‘zaxga eltib tashlasa,
Qolging tamug‘da toabad, ey benamoz, ey benamoz.
Kimki namozni tark etar, qasddan qazo qilsa netar,
Andog‘ demish Xayrulbashar, ey benamoz, ey benamoz.
Gar benamoz o‘lsa, anga xatmi-duo ermas ravo,
Shundoq buyurdi Mustafo, ey benamoz, ey benamoz.
Maxtumqulining ayg‘oni, haq Mustafoning degoni,
Zarracha ham yo‘q yolg‘oni, ey benamoz, ey benamoz.
CHIQIB O‘TIRMISH
G‘avs erga barobar bir kimsa yo‘qdir,
Tarki dunyo bo‘lib, chiqib o‘tirmish.
Oqtob bir manzildir, manzari haqdir,
Ul farshi-a’loya cho‘kib o‘tirmish.
Du tan o‘ng-so‘linda imomayn derlar,
O‘ngdagisi Ko‘kka aylar tadbirlar.
So‘ldagidan yerga saranjom derlar.
Yer anjomi bilan boqib o‘tirmish.
Anglaganim ishni aylasam izhor,
Bobil-haqdan kashf o‘lmishdir bu asror,
Yana avtod derlar to‘rt kimarsa bor,
Dunyoning to‘rt kunjin tutib o‘tirmish.
Shuncha ori, shuncha poki zotlari
Jahon ichra ziyo yoqqan o‘tlari,
Yetti yer bor budullodir
160
Budullo – bu yerda yaxshizodalar ma’nosida.
[Закрыть] otlari,
Bo‘lajak sharr ishni qoqib o‘tirmish.
Haqiqat yo‘linnan xabarli erlar
Bul so‘zim eshitgach chin go‘sh berurlar.
O‘n ikki eran bor, ruqoba
161
Ruqoba – bu yerda kuzatib turuvchilar ma’nosida.
[Закрыть] derlar,
Har qaysi bir ishda muqim o‘tirmish.
Bular jahong‘a jon, jahon go‘yo tan,
Aytoyin bayonin, quloq solgin san.
Otlari Nujabo
162
Nujabo – oq ko‘ngillilar, ma’nosida.
[Закрыть], o‘zlari chiltan,
Arba’inda mudom o‘qib o‘tirmish.
Yettinchi guruhi Nuqoba, biling,
Aytayin bayonin, bir quloq qo‘ying.
Uch yuz oltmish olti eran har yilning
Har kuniga biri nuqib o‘tirmish.
Bular nazar qilgan to‘sharlar jo‘shg‘a,
Solar dunyo mastin haqiqat ishqqa.
Afrodi-manno
163
Afrodi manno’ – «Etmang!» «Qilmanglar!» deb yomonlikdan qaytaruvchilar va h.
[Закрыть] der bulardan boshqa
Xalqni malomatga yoqib o‘tirmish.
Maxtumquli aytar, do‘stlar men gumroh,
Hayron qoldim, bir manzilda, topmay joh,
Uch yuz keldi, bo‘ldim alarga hamroh,
Yopiq bag‘rim yoshin to‘kib o‘tirmish.
TURKMANNING
Jayxun bilan bahri-Hazar orasi,
Cho‘l ustindan esar yoli turkmanning.
Gul g‘unchasi ko‘zim oqu qorasi,
Qora tog‘dan enar seli turkmanning.
Haq siylamish-bordir Haqning soyasi,
Charpinshar cho‘linda nori, moyasi,
Rangba-rang gul ochar yashil yaylovi,
G‘arq bo‘lar rayhonga cho‘li turkmanning.
Ol-yashil kiyinib chiqar parisi,
Barq urib bo‘y sochar anbarning isi.
Bek, to‘ra, oqsoqol, yurtning egasi,
Ahillikdan go‘zal eli turkmanning.
Ul mardning o‘g‘lidir, marddir padari,
Go‘ro‘g‘li qardoshi, sarxushdir sari.
Tog‘da, tuzda, quvsa sayyodlar tirik,
Ola bilmas, yo‘lbars o‘g‘li turkmanning.
Ko‘ngillar, yuraklar, bir bo‘lib boshlar,
Tortsa qo‘shin erir tuproqlar, toshlar,
Bir sufrada tayyor qilinsa oshlar,
Ko‘tarilar baxt-iqboli turkmanning.
Ko‘ngil havolanar otga chiqqanda,
Tog‘lar la’lga do‘nar qiyo boqqanda.
Bol keltirar to‘lib daryo oqqanda,
Berk tuttirmas kelsa seli turkmanning.
G‘ofil qolmas, savash kuni xor bo‘lmas,
Qarg‘ishga, na zorga giriftor bo‘lmas.
Bulbuldan ayrilib, so‘lib zor qolmas,
Doim anbar sochar guli turkmanning.
Tiyralar
164
Urug‘, tira – urug‘-aymoq, toifa.
[Закрыть] qardoshdir, yoridir,
Iqbollar ters kelmas Haqning nuridir.
Mardlar otlanishsa, savash saridir,
Yov ustiga yurar yo‘li turkmanning.
Sarxush bo‘lib chiqar, jigar dog‘lanmas,
Toshlarni sindirar, yo‘li bog‘lanmas.
Ko‘zim yotga tushmas, ko‘ngil ikkilanmas
165
Bir joyda turib qolmoq, orom tutmoq, hayallamoq va h.
[Закрыть],
Maxtumquli so‘zlar tili turkmanning.
QAYDALIGI BILINMAS
Orif bo‘lsang, sendan xabar olayin,
Ne minnatdir, qaydaligi bilinmas?
Xabar ber, so‘rayin ganji-xazina,
Faqirdami, boydaligi bilinmas?
Ne kerish ul band bo‘libdir kamona,
Qaysi kun qo‘parmish oxirzamona,
Ne sabab, ul, g‘arq bo‘libdir ummona,
Kanordami, soydaligi bilinmas?
Qay gavhar, ne yerda yotar, kam baho,
Neni isbot etmish, «Surai-Toho?»
Karg
166
Karg – karkidon
[Закрыть] ni enggan bilan vahshiy ajdaho
Boshi sanggar, o‘ydaligi bilinmas.
Ul ne qushdir o‘tirg‘ichli, simkashli,
Olti ming qanotli, ellik ming boshli.
Otasi qirqinda, o‘g‘li yuz yoshli,
To‘ydami, yo yosdaligi
167
Yos – bu yerda motam ma’nosida
[Закрыть] bilinmas?
Ul nedirkim, to‘rt yoninda yuzi bor,
Ul nedirkim, siynasinda ko‘zi bor,
Bir kalomdir uch yuz oltmish so‘zi bor,
Yerda, ko‘kda – qaydaligi bilinmas?
Ul nedirkim, oldi bor-u orti yo‘q,
Ul nedirkim, qo‘nar, ko‘char yurti yo‘q,
Hisob qila ko‘rsam yana to‘rti yo‘q,
Qay makonda, qaydaligi bilinmas?
Maxtumquli, uch ming uch yuzi tursin,
To‘rt ming to‘rt yuz qirq to‘rt safosin sursin,
Har kim ustod bo‘lsa, javobin bersin,
To‘rt «dol»ning bir «ze»daligi bilinmas?
BITMAK KERAK
(Alif -be168
«Alifbe» she’r taqozosiga ko‘ra, o‘z holicha o‘girildi.
[Закрыть])
Alif – Olloh yo‘lidir, to‘g‘ri turib ketmak kerak.
Be – birligin Xudoning barhaq bilib bitmak kerak,
Te – tavba aylaya, dunyoni unutmak kerak,
Se – sobit qadam o‘la, Haq amrini tutmak kerak.
Jim – joizdir qul xoja qullug‘in etmak kerak.
He – hamdin yod etib, hukm ila kimni ayladi,
Xe – Xudo menman dedi, ikki jahonni ayladi,
Dol – dalolat deyibon, Mustafoni ayladi,
Zol – zalillik chekmasin deb, bosafoni ayladi,
Re – rahmat bahrindan, ixlos, umid etmak kerak.
Ze – ziyoda nafsingni dunyo uchun yeldirmagin,
Sin – subhoning yod etib g‘aflata uydurmagin.
Shin – shayton olina gul ko‘nglingni oldirmagin,
Sod – sabr ayla savobing otashda yondirmagin.
Zod – zabt birla so‘rsa, qandoq javob etmak kerak.
To – ta’ma birla ko‘ngling nafs yo‘lina solmagil,
Zo – zulm aylab ul kun do‘zaxda nochor qolmagil.
Ayn – olam tuzdi karvon sen ham unnan qolmagil,
G‘ayn – g‘ani mol-mulkim boqiy debon aldanmagil,
Fe – farog‘at vaqt ekan, nafsingni rom etmak kerak.
Qof – qarobat istasang, bu yo‘lda beling bog‘lagin,
Gof – gunohing yod etib, turg‘il, saharlar yig‘lagin,
Lal – lutfin qil umid, shaytonnan o‘zning saylagin,
Mim – muroding istabon, ojizliging yod aylagin,
Nun – nuri rahmatinnan chin umid etmak kerak.
Vov – vasli rutbasin bir gizli bozor ayladi,
He – halokatlik ila oshiqlarin zor ayladi,
La ilaha illalloh deb o‘zin oshkor ayladi,
Iy – yerga berdi maskanat, osmonni davvor ayladi,
Mard o‘lg‘onlar ishq yo‘linda jonni unutmak kerak.
Yo – yaratgan yo‘lina noningni bersang oz hanuz,
Tan barahna o‘ltirib, to‘ningni bersang oz hanuz,
Rangi-surxing so‘ldirib, qoningni bersang oz hanuz,
Chok etib, Maxtumquli, joningni bersang oz hanuz,
Ne uchun jononni degan jonni xo‘b tutmak kerak.
VAFOT BOR
So‘filar, sofiylar, hozir bo‘linglar,
Ajal boru, hayot boru vafot bor.
Yomon ishdan hamma nosir bo‘linglar,
So‘rog‘ boru, savol boru, hayhot bor.
Munkar, Nakir tor go‘r ichra kelarlar,
«Tangri, payg‘ambaring kim?» deb so‘rarlar,
Bilmas ersang, ko‘p azoblar berarlar,
Gurzi boru, qahr boru, haybat bor.
Ul qorong‘i go‘r ichinda yotarsan,
Bechorasan, Haq buyrug‘in tutarsan,
Isrofil sur chalgach go‘rdan chiqarsan,
Mahshar boru, mezon boru, sirot bor.
Anda mezon tarozusin qurarlar,
A’mollaring birin-birin so‘rarlar,
Osiylarni do‘zax sari surarlar,
Malik boru, do‘zax boru, ham o‘t bor.
Firog‘iy, ko‘z yoshing aylagil giryon,
Ul kun haybatinnan aylar Haq omon,
O‘lsang oxir damda hamrohing imon,
Jannat boru, zahmat boru, najot bor.
OMON, HEY!
Hadisdan, roviydan bir so‘z deyoyin,
Hayhot kundan, zulmat kundan omon, hey!
Tangri qullariga oshkor etoyin,
Hayhot kundan, zulmat kundan omon, hey!
O‘ttiz ikki ming yildan bir zot kelarmish,
Nomi Dajjol, o‘zi kofir bo‘larmish,
O‘nginnan, so‘linnan to‘rt tog‘ yurarmish,
Hayhot kundan, zulmat kundan omon, hey!
«Tangri-men!» deb bo‘lar da’vo-taloshi,
Aning billa bo‘lar Mahdi savashi,
To‘rt shaharga qochar islom qardoshi,
Hayhot kundan, zulmat kundan omon hey.
Zanglar
169
Zang – qo‘ng‘iroqning bir turi.
[Закрыть] osar markabining bo‘yniga,
Musulmonlar kirmas uning o‘yniga.
Kofirlar haq bilib kirar diniga,
Hayhot kundan, zulmat kundan omon hey!
Dajjol xalqa urar, Ka’ba evrilar,
Bulutlar gumburlar, to‘fonlar turar,
Tayron Abobildan kofir qirilar,
Hayhot kundan, zulmat kundan omon hey.
Uch gal hangrar Dajjol, qichqirar qattig‘,
Quvib yeta bilmas Mahdining oti,
Shu vaqt ko‘tarilar Qur’onning xati,
Hayhot kundan, zulmat kundan omon hey.
Iyso sohib zamon kelar shu onda,
Mezon qurib, vazir bo‘lar shu kunda.
Tutib o‘ldirarlar Dajjolni shunda,
Hayhot kundan, zulmat kundan omon hey.
Ul unni eshitib Ya’juj qirq yildan,
Qofni teshib kelar, joy olar eldan,
Yutar uchraganni chiqarmas qo‘ldan,
Hayhot kundan, zulmat kundan omon hey.
Maxtumquli aytar so‘zning porasin,
Haqdan o‘zga hech kim bilmas chorasin.
Ya’juj so‘ngi ko‘rar mahshar g‘avg‘osin,
Hayhot kundan, zulmat kundan omon hey!
BO‘LMAS, YORONLAR
Bir zamon xo‘sh bo‘lib, qanimat yuring,
Dunyoning vafosi bo‘lmas, yoronlar!
Qutulgan yo‘q ajal dastidan, ko‘ring,
Jon jasadda boqiy qolmas, yoronlar.
Dunyo avval badal, qalbdir-qallobdir,
Charxi-chanbar bozigari-kazzobdir
Dunyo bir daryodir, odam hubobdir,
Hubob suvda boqiy turmas, yoronlar!
Mushkul safar bo‘lar o‘lim safari,
Vahmasi beqiyos, ko‘pdir xatari.
Qaytmasdir chopari, kelmas xabari,
Bu safarga ketgan kelmas, yoronlar!
Dunyo yolg‘onchidir, hirsu havasdir,
Yolg‘onchiga bel bog‘lamoq abasdir,
Haromidir, haromzoda, nokasdir,
Bir ahdu paymonda turmas, yoronlar.
Maxtumquli, dunyo foniydir, foniy,
Hasrat manzilidir, o‘limning koni.
Bozorinda mato odamning joni,
Andan boshqa matoh bo‘lmas, yoronlar!
KETMADING, DUNYO
Bir aybing bor, aytsam sening yuzingga,
Hech kim billa yo‘lga ketmading, dunyo!
Azal kelganlarga muhabbat etding,
Keyin kelganlarga yetmading, dunyo!
So‘zla endi, kimni barqaror etding,
Qancha katxudoni xoru zor etding,
Sulaymon taxtini tor-u mor etding,
Yusufni «qul» deya netmading dunyo.
Naylading sultonni, o‘ldirding xonni,
Shohi-Kaykovusni, Rustamni, Zolni,
Devlarga hukm etgan Sulaymon qani,
Alar bilan yo‘lga ketmading dunyo!
Yigit zo‘ri maydon ichra tik o‘la,
Unga o‘qlar bilan yoylar otila,
Bobo Umar qochdi, balki qutula,
Ani quva-quva sen tutding dunyo.
Maxtumquli, sennan qo‘rqar yuragim,
Haq yoninda qabul bo‘lsin tilagim.
Hasan, Husayn Arshu Kursga keragim,
Karbaloda shahid sen etding dunyo.
EKIB O‘TDI
Ilk Odam keldi dunyoga,
Bu dunyoni ekib o‘tdi.
Har payg‘ambar bir kasb ochdi,
Kasbin mudom etib o‘tdi.
Balo keldi lanbar-lanbar,
Duo qildi anbor-anbor
170
Mo‘l, uyum – uyum, ko‘p.
[Закрыть]O‘z davrinda Nuh payg‘ambar
Najjor kasbin tutib o‘tdi.
Azroyilga jonin bergan,
Aning bilan suhbat qurgan.
Jannat ichra tirik kirgan
171
«Yurgan» var, ham bor.
[Закрыть]Idris ko‘ylak tikib o‘tdi.
To Iyso kelguncha doim,
Ashobi-kahf yotar qoyim.
Haqning yo‘lida Ibroyim,
Jonin o‘tga yoqib o‘tdi.
Zoti egri tuzalmadi,
Asli to‘g‘ri buzilmadi.
Qurt Ayyubning tanin yedi,
Iblis shuncha nuqib o‘tdi.
Sulaymonning oliy johi,
To‘rt yuz qurilar borgohi
172
Ko‘shk, majlis o‘tadigan joy va h.
[Закрыть]Ins-u jinning podishohi,
Ul ham zanbil to‘qib o‘tdi.
Tur tog‘i der, tushar yo‘lga,
Roz aytishar Olloh bila,
Asosini olib qo‘lga,
Ul Muso qo‘y boqib o‘tdi.
Qobus tog‘ining burninda,
O‘g‘lin topmadi o‘rninda,
Yunus baliqning qorninda
«Anta subhon…» o‘qib o‘tdi.
Kan’on ichinda qirq yillab,
Kecha-kunduz duo aylab
Yusufjonim, deya yig‘lab
Yo‘l ustinda Ya’qub o‘tdi.
Xurma bitar, boq, og‘ochda,
Oyni ikki bo‘ldi arshda.
Rasulillo-ul Qurayshda
Ne jafolar chekib o‘tdi.
Haq yo‘ldosh etdi iymonin,
Oldilar jannat ayvonin,
Bir necha imomlar qonin,
Karbaloda to‘kib o‘tdi.
So‘zim yuqar Haq do‘stina,
Kor etmas dunyo mastina,
Dushman jafosi do‘stina,
Uysiz yerda buqib o‘tdi.
Maxtumquli, har kim xosdir,
Ishi dargohga ixlosdir,
Bizga alardan merosdir,
Har do‘stina tegib o‘tdi.
QOLAR, YORONLAR
Kel, ko‘nglim, azm ayla boqiy dunyoga,
Kim foniy dunyoda qolar, yoronlar.
Bu dunyo mulkinda mulki-mavloya
Ne kufurdir, munkir bo‘lar, yoronlar.
Kim qolar o‘lmayin ajal yetishgach,
Qo‘ymaslar yurmoqqa yoqang tutishgach.
Iyso bilan Mahdi kelib, o‘tishgach,
Isrofil bir sayxa qilar, yoronlar.
Haqning qudratina boqsin ko‘zlaring,
Yuzlari cho‘l qolar tog‘ning, tuzlarning,
Ucharning, yurarning, tili so‘zlarning
Azroyil jonini olar, yoronlar.
Azroyil qahr-la enar shaytonga,
Shayton ojizlikdan qochar har yonga.
Bilarki, qutulmas qochib bir yonga,
Sarandifda, borib, o‘lar, yoronlar.
Ul kunning hisobi o‘tar fardoya,
Osmonni sust aylar, zaminni zoya,
G‘azab to‘nin kiyib kelar daryoya,
Daryolar qo‘rqibon qurir, yoronlar.
Yiqilar, yo‘q bo‘lar tog‘lar, saroylar,
Yulduzlar to‘kilar, to‘lar bu joylar,
Kun shu’lasiz tug‘ar, tutilar Oylar,
Tog‘lar qo‘rg‘oshindek erir, yoronlar.
Odamzod nafsiday sepib boronni,
Chiqarar ja’l etib, o‘tday, insonni.
Azroyil ham berar omonat jonni,
To‘rt malak tirilib kelar, yoronlar!
Isrofil sur chalar qichqirib har yon,
Yo‘q bo‘lgan jasadlar, ayrilishgan jon.
Kesilgan tomirlar, quruq ustixon,
Chuktirib-chuktirib, turar, yoronlar.
Bir yonnan so‘roq bor, bir yonnan javob,
Bir yonnan otash bor, bir yonnan azob,
Bir yonnan mezon bor, bir yonnan hisob,
A’moling birma-bir so‘rlar, yoronlar.
Dinga guvoh derlar farzi, sunnati,
Yetmish firqa turur, ko‘ring, millati.
O‘n ikki guruh bo‘p Rasul ummati,
Har qaysi bir jinsda surlar, yoronlar.
Jabr etgan hokimlar bo‘larlar ko‘zsiz,
Ko‘rib, demaganlar qolarlar tilsiz.
Zinochilar boshi qornida, qo‘lsiz,
Oyog‘i boshinda bo‘lar, yoronlar.
Chog‘irxo‘rning ko‘zi bo‘lmas o‘rninda,
Tishi gov shohidek turar burninda.
Dudoq siynasinda, tili qorninda,
Yegani og‘zinnan kelar, yoronlar.
Kim og‘ritgan bo‘lsa ota-onani,
Otash-olov to‘nga tiqarlar ani.
Pes ochar-oqarar vujudi, tani,
Suv o‘rnina zahar berlar, yoronlar.
O‘n ikkinchi guruh, ko‘ring, netarlar,
Masjid bug‘ro bo‘lib, minib ketarlar
Imom Haydar, muazzini yetaklar
Yuzlari oy-nurli bo‘lar, yoronlar.
Bular yildirimdek yalpillap, kechar,
Va yo, bodipodek, par bog‘ bog‘lab uchar,
Egni yetmish to‘nli hur qizni quchar,
Hasrat ketib, ishrat kelar, yoronlar.
Kalomda ko‘rganin so‘zlar tilimiz,
Ajal ustinnandir oxir yo‘limiz,
Maxtumquli aytar, bizning holimiz,
Yo, Rab, ul kun nechuk bo‘lar, yoronlar.
KO‘NGIL JO‘SHINDADIR
Ko‘ngil bu – badan shohidir,
Har so‘z ko‘ngil xo‘shindadir.
Yetti iqlimning taxtinda
Har qaysi bir ishindadir.
Tog‘larning chiqib-enmog‘i,
Cho‘xlarning ko‘chib-qo‘nmog‘i.
Dunyoning og‘ib-do‘nmog‘i,
Falakning gardishindadir.
Bormi bul foniyda qolg‘on,
Menga chindir, sizga yolg‘on,
Biri-oq, bir qora yilon –
Sulaymonning qoshindadir.
Tegrasi zumurrad toshli,
Nor, moyali, qirq qardoshli.
Oltin taxtli, olmos tojli,
Dev, beklari toshindadir.
Aylanar, o‘tar davronlar,
Yiqilar obod ayvonlar,
Kunduz ko‘rgan oshno-jonlar,
Kecha yotsa-tushindadir.
Uch hissasi dalli daryo,
Bir hissada ming bir g‘avg‘o.
Kim bilarki, ko‘hna dunyo,
Yo, Rab, necha yoshindadir?!
Maxtumquli, omon-omon,
Ajal-o‘qdir, falak kamon.
Dunyo degan lo‘li zanon
Odamzodning boshindadir.
BOSHIMIZGA
Shum falak girdobi soldi ko‘p xayollar boshimizga,
Agarki chiqsak kanorga to‘r qurar ul tashimizga
Bosh olib ketsam-u yurtdan, tutsam-da g‘ayri bir vatan,
Kelar ul fasli bahorda, yomg‘ir yog‘ib qishimizga.
Ko‘ch tutar ko‘nglim qo‘shini boqib aning farmoniga,
Kunda bir vakilin yo‘llar, arz-dod etib, qoshimizga.
Ro‘-yu qomatini ko‘rsam, yo‘q qarorim, men naylayin,
Kunduzlari nolish etsam, tunda kirar tushimizga.
O‘libon ul yor qo‘lidan, bo‘ldim menam, base, shohid,
Bir zamon bermayin orom, qushlar qo‘nar loshimizga.
Rahmi yo‘qdir shum falakning, ayirar do‘st-yorimizdan,
Boq, necha ayyom o‘tibdir, ko‘z tushmay qardoshimizga.
Shuncha arzlar qilib boqsam, yo‘llarina ko‘zim tikib,
Yuragi toshdan-da saxtroq, erimas nolishimizga.
Keksa mullodir Firog‘iy, o‘tdi yigitlik faslimiz,
Kunda yuz bor nolish etsam, chora yo‘qdir yoshimizga.
O‘LMASDAN BURUN
Sog‘liging qadrini bilgil xasta bo‘lmasdan burun,
Xastalik shukrini qilg‘il toki o‘lmasdan burun.
Tuz yerning qadrini bil daryoga to‘lmasdan burun,
Kishtida hushyor o‘tir girdobga kelmasdan burun,
YOshliging qadrini bil, toki ulg‘aymasdan burun.
Ulg‘ayding – ko‘nglingdadir yolg‘onchi dunyo qayg‘usi,
Ko‘zlaring go‘zal ko‘rib, seni gunohga qo‘ygusi.
Tillaring g‘iybat qilib, lof-u yolg‘onlar degusi,
Xotiring yuz-ming parishon, katxudolik qayg‘usi,
Ne ajab, xushhol eding, o‘zingni bilmasdan burun.
Yaratgan yodingdadir, boshing yomon holda ekan,
O‘tsa yuz yil yodga tushmas, magar xushholda ekan.
Umringni behuda tutma, fursating qo‘lda ekan,
Tegsa bir bodixazon so‘lgay hayot gul-da ekan,
Gulni yodingdan chiqarma toki so‘lmasdan burun.
Aqlu hushingga yetishding, aylading sayron-u sen,
Ko‘ngling istar jam yetam bu kulli-yu Eronni sen.
Yemading bir dam farog‘at Tangri bergan nonni sen,
Hay, xabaring bormi-yo‘q, bul dunyoning mehmoni sen,
Ozig‘ing tayyori qil karvon chekilmasdan burun.
Qolmamish bu ko‘hna dunyo Rustam ila Zolingga,
G‘arra bo‘lma ikki kunlik yegu-ichku molingga.
Haqiqat orifni ko‘r, atlasni berdi sholingga,
Tur sahar Maxtumquli, yig‘la bugun o‘z holingga,
Tongla ul mashhar kuni terlab-uyalmasdan burun.