Читать книгу "Асарлар. Махтумқули"
DO‘STLARIM
Vah, meni ranji-alam afgor qildi, do‘stlarim,
Otmoqqa mehnat o‘qin tayyor qildi, do‘stlarim,
Qayg‘u billa bizlarni bemor qildi, do‘stlarim,
El-ulus, teng-to‘shlarimga zor qildi, do‘stlarim,
Shum falak ayro solib, nochor qildi, do‘stlarim.
Jo‘shqinim firqat ichra qolmisham bu joyda men,
Ayriliqning hasratidan kecha-kunduz voyda men,
Tushmisham bir yor qo‘liga, ro‘zu shab «hoy-hoyda» men,
Yilda bir hashmatim tushar, o‘ksulurman bir oyda men,
Ushbu yorning hiylasi ham xor qildi, do‘stlarim.
Bir zamon rahm aylamas oshufta holimga mening,
Ro‘zu shab men yig‘laram o‘tgan xo‘b solimga mening,
Naylayin, ishim tushibdir ushbu zolimga mening,
G‘ussa-g‘amdan o‘zga hech kelmas xayolimga mening,
Bizga zulfin ko‘rsatib, ham mor qildi, do‘stlarim.
Ey ko‘ngil, kel, shukur qilgil, bo‘lmagil zoru zabun,
Bo‘laver mardona, ko‘nglim, bil o‘tar Sendan bu kun,
Jo‘shaver sen, ey ko‘ngil, kir bazmimga xandon shu kun,
Bir necha mehnatda yotding, endi kel, rohat bugun,
Ishq sargazdonligi ovora qildi, do‘stlarim.
So‘zlabon Maxtumquli, muncha fig‘on chekmak nedir,
Ko‘zdan yoshing oqizib, xunobalar to‘kmak nedir,
G‘ussani jon shahriga urug‘ etib ekmak nedir,
Dahr aro rasvo bo‘lib, ko‘ksingni chok etmak nedir,
Meni ishq savdosiga giriftor qildi, do‘stlarim.
AVJDAN-AVJGA KETIBDIR
Shoshma, ketma, Sendan xabar so‘rayin,
Ul nedir kim, avjda-avjga ketibdir?
Nechasi payg‘ambar, nechasi jamshid,
Necha sayyid, necha xoja ketibdir?
Haq o‘zi yaratdi bir yetim qizni,
U qildi tunu kun toat, namozni,
Har dam, har dam etib sirri-niyozni,
Xabar bergil, qaysi kecha ketibdir?
Ul kimsadir, borib dunyoni chopdi,
Ul kimsadir, islom dinini topdi,
Ibrohim qaysi yil Makka tuzatdi9393
Ka’bani ta’mir etdi demoqchi.
[Закрыть],
Tog‘lardan qaysi tog‘ hajga ketibdir.
Firog‘iy Haqqa qul, Rasulga ummat,
Mo‘‘minga shukr eting, Yazidga la’nat,
Payg‘ambar sarvari rasul Muhammad,
Qachon, aytgil, u Me’rojga ketibdi?
BU DUNYO
Xush qol endi, yoru do‘stlar, yoronlar,
Quvonma, hammadan o‘tar bu dunyo,
Chora topmadilar hatto valilar,
Barchaning boshiga yetar bu dunyo.
Birovni shoh aylar, berar ko‘p rivoj,
Bir nechalar yig‘lar bir pulga muhtoj.
Kimlar chora topmas, o‘tar noiloj,
Har kimga yuz alam berar bu dunyo.
Nazar qilsa, pora aylar toshlarni,
Bir nechaga og‘u etar oshlarni,
Bir nechalar olib keta boshlarni,
Bir yot o‘lkalarga eltar bu dunyo.
Nuridan yaratdi Isoni Jabbor,
Erk o‘zida har ne qilsa Biru Bor,
Bir g‘aribman, Sendan o‘zga kimim bor,
Meni ko‘p ummatga soldi bu dunyo.
Hazrati Odamni aylading hayron,
Havo judo tushdi, ko‘zlari giryon,
Xudoga roz aytdi hazrati Luqmon,
Tilarman, duch etma nomardga, dunyo.
Hazrati Iskandar, qani Sulaymon,
Oxirida bo‘ldi joyi go‘riston,
Qani Suhrob, purzo‘r-Rustami Doston,
Og‘ib, do‘nib turgan, lo‘li bu dunyo.
Maxtumquli, ko‘nglingda ko‘p kulfat bor,
Qazoning domiga bo‘ldik giriftor,
Yaratgan, xor etma, bo‘lgil xabardor,
Yo‘qsa ishim armon etar bu dunyo.
KO‘RGAN KO‘ZLARIM
Lutfi Haqdan behisob ehsonni ko‘rgan ko‘zlarim,
Yuz o‘ttiz to‘rt uyda bir mehmonni ko‘rgan ko‘zlarim,
Egninda to‘rt muxtalaf jomani ko‘rgan ko‘zlarim,
Ham oldida to‘rt taom alvonni ko‘rgan ko‘zlarim,
Do‘sti ikki, behisob dushmanni ko‘rgan ko‘zlarim.
Fazli Haq duchor bo‘lib, vahdat sharobidan ichib,
Silkinib to‘rt qanot birla, ul makonidan uchib,
Uch ming ikki yuz, yana ham ellik pardadan kechib,
Tangrining farmoni birla bu ikki ko‘zni ochib,
Axtaribon ushbu sargazdonni ko‘rgan ko‘zlarim.
Ming-da saksonning ichida topmisham shirin-shakar,
Uch ming ikki yuz, yana qirq bog‘ni kezdim sarba-sar,
Bog‘bonidan eshitdim bir ajoyib xushxabar,
Biri yetti, biri besh daryo gar istarman gavhar,
Bahr ila xanda arshda ko‘p-konini ko‘rgan ko‘zlarim.
Yuz-da o‘n to‘rt darvozadan ot chopib kezdim ravon,
To‘rt bozorni kezib, bir gavhar oldim begumon,
Uch bo‘lak a’rob kelib toshimni oldi nogahon,
To‘rt butoqli bir shajarga qochibon chiqdim ravon,
Shul daraxt ustida ming nig‘monni ko‘rgan ko‘zlarim.
Ey, Firog‘iy, o‘tdi umring, qilmading yaxshi amal,
Yo‘l uzoqdir, yuk og‘ir, tez ur qadam, qilma hayal,
Etti yuz chiroqni sen ravshan aylab qo‘lga sol,
Yellik to‘rt parli qushing uchgay kamol etmay mahal,
Ul qushning chin yo‘ldoshi imonni ko‘rgan ko‘zlarim.
YIG‘LASHMOQ BORDIR
Nodon ko‘nglim, bu ne shod o‘lib kulmoq,
Tongla kun g‘am kelar, yig‘lashmoq bordir,
Oqil ersang, olam ahlin suymagil,
Bepoyondir, ayro bo‘lishmoq bordir.
Do‘stlar, esar bir kun ajalning yeli,
Xazon urib so‘lar umring tar guli,
Aziz jonga o‘lim urar xanjari,
Istamay rishtalar uzlishmoq bordir.
Yer yutar bir kuni qaddi-dolingni,
Haqdan o‘zga hech kim bilmas holingni.
Yelib-yugurib yiqqan dunyo-molingni,
Bir-bir hisob qilib bo‘lishmoq bordir.
Boqiy yurtga eling eltib qaytarlar,
Yetti qadam qaytgach, so‘roq etarlar,
«Rabbing, dining, nabing yana kim?» derlar,
Toqat etib, javob olishmoq bordir.
Manmanlikdir bor odamning xayoli,
Tongla ma’lum bo‘lar hammaning holi,
Mezon-taroziga solib a’molni,
Xayran, sharran azm qilishmoq bordir.
Tongla kun qiyomat mahshar qurilar,
Qul, Xoja, Fil, Pashsha barobar bo‘lar,
Insu jin, jon ahli, hamma tirilar,
Shoh oldida hisob olishmoq bordir.
Do‘stlar, bordir Sirot otlig‘ bir guzar,
Ming yillik yo‘l bo‘lar, yo‘li sarba-sar.
Qildan incha va qilichdan tiz9494
Tiz – o‘tkir.
[Закрыть] kesar,
Ming yil inib, ming yil chiqishmoq bordir.
Maxtumquli shul xavflardan o‘tsang ham,
Imon topib, murodingga yetsang ham,
Yoki jannat ichra makon tutsang ham
Ancha titrab, hayron bo‘lishmoq bordir.
KETIB BORADIR
Do‘stlar, bu dunyoga yo‘qdir e’tibor,
Kimsa kelib, kimsa ketib boradir,
Xush o‘tar kimsalar, kimsa xoru zor,
Qora yer barchani yutib boradir.
Kimsalar qaridir, kimsalar yoshdir,
Kimsalar tavongar, kimsa qalloshdir,
Mahshar sari borgan bir ulug‘ ko‘chdir,
Izimizdan ajal yetib boradir.
Falak bir baqqoldir, dunyo bir bozor,
Kimsa yaxshi yo‘lda, kimsalar ozar,
Kimsalar Allohni bilmaslar hozir,
Kimsa Haq buyrug‘in tutib boradir.
Kimsalar baxshidir, kimsa mullodir,
Kimsaning tilida ismi Ollodir.
Kullisidan yodi Ollo avlodir,
Kimsa shayton so‘zin bitib boradir.
Maxtumquli, umid etmak Xudodan,
Yolvormoq gadodan, yalqamoq shodan,
Naf’i yo‘qdir, kim sanga mosuvollodan,
Kim shoshilib, kimsa yotib boradir.
ANDADIR
Ey yoronlar, g‘ofil o‘lmang, joni-jonlar andadir,
Achchiq zahru, shahdu shakkar, turfa bollar andadir,
Ul yovuz mahshar, musallat, «ur-ho, sol!» alar andadir,
Ul yovuz ohu nadomat qiylu qollar andadir,
Turfa beklar, turfa xonlar, turfa ellar andadir.
Har kim zulm aylasa, Haq do‘zaxning o‘tin sochar,
Har kimga lutf aylasa, jurmu gunohini kechar,
Pulsirotdan osiy qullar bir yomon yo‘ldan kechar,
Kimi besh yil, kimi o‘n yil, kimi yuz yilda kecharlar,
Baland tog‘lar, uzoq yo‘llar, suvsiz cho‘llar andadir.
Har kim o‘z holiga yig‘lar, na otang senga boqar,
Kukragay ham titragay qahru g‘azab birlan Saqar9595
Saqar – yetti do‘zaxning birining nomi.
[Закрыть],
Ko‘p ilonlar «vish-vish»lashib, bug‘ro sifat mo‘rlar, chaqar,
Ro‘za tutmas bandalarni Haq jahannamda yoqar,
Surati xinzir sifat naqshi-badanlar andadir.
Tongla ul tavfiqli qullar murshidiga daldadir,
Har kishi ehson etar, ehsoni kutib-olddadir,
Kimi shodu kimi o‘tda, har kishi bir holdadir,
Molu dunyo vafo qilmas, bozigardir, aldar ul,
Ul egarlangan Buroqlar, hulla to‘nlar andadir.
Ro‘siya Maxtumquli, soqi-ajal, ichsang kerak,
Xonimonu molu mulking baridan kechsang kerak,
Necha g‘iybat, necha yolg‘on so‘zga og‘iz ochsang kerak,
Tayrilib qil-sirotdan zoviga9696
Zoviya – do‘zax xandaklaridan biri. Bir nusxada «Hoviya» ko‘rinishida berilgan.
[Закрыть] uchsang kerak,
Ul qilichdan o‘tkir, qildan incha9797
Incha – ingichka, nozik.
[Закрыть] yo‘llar andadir.
UYLAR KO‘RARSAN
Foniydan baqoga borsang bir kuni,
Tuynuksiz, eshiksiz uylar ko‘rarsan.
Namoz qilmasang yo unutsang uni,
Tomug‘-do‘zax otli joylar ko‘rarsan.
O‘zingga do‘st bilma foniy dunyoni,
Yolg‘onchida qozonmagil guno(h)ni,
Bosh irg‘ab, ko‘z qisib etma zinoni,
Qabr ichinda chig‘ir, voylar ko‘rarsan.
Namoz bila besh ishingni joy etgil,
Tuproq bila o‘z ko‘nglingni toy etgil,
Muhammad zomindir, shunda voy etgil,
Ajdarho morlarga toylar9898
Teng, o‘xshashlar ma’nosida.
[Закрыть] ko‘rarsan.
Aslo tark aylama besh vaqt namozing,
Go‘r ichida o‘ksuk bo‘lmas ovozing.
Qishing ado bo‘lib, tugamas yozing,
Obi Kavsar otli suvlar ko‘rarsan.
Ko‘zlaring oqdirar o‘yib, bebokdir,
Yo‘ldoshing imondir, Yaratgan haqdir,
Manzillar yiroqdir, yo‘llar uzoqdir,
Botmas kunlar bilan Oylar ko‘rarsan.
Bir kun zoye aylar Osmon, Zaminni,
Daryolar g‘arq etar suvda kemani,
Ellar, bayon etsak yetti tomug‘ni,
Ichida zakotsiz boylar ko‘rarsan.
Sahar tur, sano ayt – vojibdir senga,
Ochga non ber, to‘n ber zor ko‘rsang, to‘nga,
Rahim yo‘ldosh etsa seni imonga,
Jannatlar ichida to‘ylar ko‘rarsan.
Asli kori qozoningda, oshingda,
Farishtalar jam’ul jamlar tashingda,
Hur qizlar ham tavoze’-la qoshingda,
La’lu javohirdan shaylar ko‘rarsan.
Banda Maxtumquli, chaqir Olloni,
Azozil shaytonga berma pallani,
Nasib etsa, jannat ichra hullani,
Minsang, buroq otli toylar9999
Bu o‘rinda ot-ulov ma’nosida.
[Закрыть] ko‘rarsan.
IR O‘LUR
Muxannasdan bo‘lur muxannas pesar100100
Pesar – o‘g‘il.
[Закрыть],
Nomarddan mard bo‘lmas, marddan mir o‘lur,
Yigit ustodidan o‘rgansa hunar,
Ham duosin olsa, ishi xayr o‘lur.
Ot arabi bo‘lsa, maydonni ko‘zlar,
Yigit botir bo‘lsa, urushdan so‘zlar,
Dushmanga ot qo‘ysa, qaytarmay yuzlar,
Ul yigit harbasi yoyu-tir bo‘lar.
Tavoze’ pesha qil, bo‘lib boadab,
Umr davlatingga bil uni sabab,
Ota-ona xizmatin qil ro‘zu shab,
Duo olsa kishi, yashab pir bo‘lar.
Bo‘ri bo‘lmas tulki bilan shog‘oldan,
Meva bo‘lmas, eksang har bir niholdan,
«Nasiba o‘zi» deb, qolma amaldan,
Munda amal, tongla senga yor o‘lur.
Shohlik qilib, sursin besh yuz yil davron,
Komiga aylansa bu charxi-gardon,
Qasrin kishi qilsin monandi rizvon,
Ne sud erur, axir xoja er o‘lur101101
She’r shu yerda tugagan.
[Закрыть].
BOQA-BOQA KETARSAN
Foniydan boqiyga ko‘ch-ho ko‘ch bo‘lsa,
Telmuribon boqa-boqa ketarsan.
Ajal jomin sunib, ich-ho ich bo‘lsa,
Jon achchig‘in cheka-cheka ketarsan.
Farzandlaring turar zor-u giryona,
O‘ksuklar soch yoyib, tushar larzona,
Moling taqsim bo‘lib, qolar talona,
Qo‘ling yuvib, chiqa-chiqa ketarsan.
Mol uchun injitib qardosh-tuqqaning,
Oz bilding tillodan sotib, yiqqaning,
Poylasharlar halol-harom yiqqaning,
Sen azobin cheka-cheka ketarsan.
Bu dunyodan borsang u yonga, qardosh,
Nelar ko‘rajakdir bu shum qora bosh.
Xayr qozon munda-yoningga yo‘ldosh,
Yo‘qsa go‘rga yolg‘iz-yakka ketarsan.
Odam o‘g‘li yodga solsa asilin,
Qazo qo‘ymish ajal otli mosilin,
Aqling bo‘lsa, oxiratning hosilin,
Bu dunyoda eka-eka ketarsan.
Jahonda ko‘rsatar qudrat ishlari,
Qanot quvvat berib, uchar qushlari.
Yigitlikning zo‘ri ezar toshlari,
Qirqdan oshsang cho‘ka-cho‘ka ketarsan.
Firog‘iy, tushibsan ishq guzariga,
Kim bordir so‘zlashsam borib nazariga,
Hech rivoj topmading so‘z bozoriga,
Xaridorsiz to‘ka-to‘ka ketarsan.
YUTIB BORADIR
Kimlar der: bu dunyo yolg‘onchi, foniy,
Surgan ham armonda, o‘tib boradir.
Kimlar qo‘lda tutib bu keng jahonni,
Halol-harom, barin yutib boradir.
Mardlar yurar bo‘ldi nomardga bog‘li,
Sherlarning tulkidan yuragi dog‘li.
Pir bo‘p, salla o‘rab, badfe’l sag o‘g‘li,
Harom nafsin oldda tutib boradir.
Benomus bek bo‘ldi, asilli ozib,
Azozil dunyoning siyratin buzib,
Tubbuzar ko‘paydi, yurt-bino to‘zg‘ib,
Qardosh, do‘st bir-birin utib boradir.
So‘zlasharlar nima kelsa dahana,
Bul hupbul vatandan topib bahona.
Boq oxunga, pirga, sultonga, xona,
Bo‘riday qopdim deb, yo‘rtib boradir.
Maxtumquli, zamin o‘xshar saroya,
Inson bir mo‘r yig‘ib-to‘plar bu joya,
Ko‘plar jannat qolib, do‘zaxga so‘ya,
Chaqirgandek bo‘lib, yetib boradir.
RO‘YI-SIYODAN G‘AYRI
Bormi bormoqqa joying oshna, Xudodan boshqa?!
Bormaganing bormidir ro‘yi-siyodan boshqa?!
Kezib bu charx ostida jahonda jonlar chekib,
Ne talab bor senga bu jabru jafodan boshqa?!
Haq qilib, nohaq qilib, yursang ko‘zdan qon to‘kib,
Hosiling nedir sening, jurmu gunohdan boshqa?!
Yeb-ichib, mahbub quchib, yotsang aysh-rohat ila,
Toqat, toating qani, ro‘yi-riyodan boshqa?!
Ko‘z – go‘zalda, nafs – molda, til daxi g‘iybat bilan,
Shavkating – sharr, boshda yo‘q bo‘lsa havodan boshqa?!
Avvali anglamadim, bilgan pandin olmadim,
Bu baloda kimsa yo‘q men benavodan boshqa?!
Fikr qil, Maxtumquli, foniyga boq, ne bordir,
So‘ngi yo‘q, aldovi cho‘x favti-fanodan boshqa?!
TOSGA QARSHI
Og‘iz ochdim, ko‘z yumdim,
Qo‘l sundim tosga qarshi.
Tos ustinda yotibdir,
Qalandar yos’ga qarshi.
Soqi turdi sas etdi,
Kim kech qoldi, kim yetdi,
Qalandar tosin tutdi,
Tushdim havasga qarshi.
Men bekamol ul yerda,
Ishq ichra tushdim darda,
Gul yuzda gulgun parda,
Tutdi palosga qarshi.
Xabar tutgan jonondan,
Ayrilar xonumondan,
Oshiqlar kechar jondan,
Tutilsa kosa qarshi.
Bu dunyo bir saroydir,
Klgan ketib boroydir,
Maxtumquli, horoy102102
Haroy – dod. Aminlik, amniyat. (A.J.)
[Закрыть] der,
Xizr, Ilyosga qarshi.
USTODGA, AMMO…
Ey og‘alar, bir kun bo‘lar, poy olar,
Xizmat etib yurgan ustodga, ammo,
Xudo O‘zi kimga to‘g‘ri ko‘zlasa,
Yetishar maqsadga, murodga, ammo…
Ul ayvonni ko‘rsang, mundan kecharsan,
Kavsar soqisidan sharob icharsan,
Aylanib-o‘rgilib, pari qucharsan,
Injilda, Zaburda, Tavrotda, ammo…
Jo‘sharsan, har so‘zni paydo qilarsan,
Jon bulbulin sayrab, shaydo qilarsan,
Falak bir baqqoldir, savdo qilarsan,
Avval-oxir yutar savdoda, ammo…
Mast bo‘larsan, johillikda jo‘sharsan,
Bilmassan, har ishga boshing qo‘sharsan,
Bir kun bo‘lar, bir zulmatga tusharsan,
Boshing chiqmay kechar g‘avg‘oda ammo…
Harom urib, qonlar to‘kding ellikda,
Kel, ne ish bitirding sakson yillikda,
Qaytib yomon yo‘ldan kezgin qulluqda,
Jannat debon yurgil ta’mada, ammo…
Ajal-daryo bo‘ylar, boshingdan oshar,
Sarishtang kam bo‘lar, ong-aqling shoshar,
Qirq kun avvalidan yaprog‘ing tushar,
«O‘lik» deb ot qo‘yar samoda ammo…
Karomul-Kotibon o‘ngu so‘lingga,
YOzib, nomang berur, mahshar, qo‘lingga,
Charxi-falak tuzoq qurmish yo‘lingga,
Sen uchun evrilib sayyodga, ammo.
Kimsadan olarsan, kimga berarsan,
Halolni farq etmay, haromin yersan.
«Bir shaydan arzonmi, savobim» dersan,
Tusharsan andan so‘ng zulmatga, ammo.
Choroyna bog‘labon, kiygan sovutlar,
Yer qo‘yniga kirdi minib tobutlar,
Maxtumquli aytar teng-to‘sh yigitlar,
Qardoshlar, yod aylang duoda, ammo!..
«TURG‘IL!» DEDILAR
(TUSH)
Bir kecha yotardim, tunning yarminda
Bir to‘rt otliq kelib: «Turg‘il!» dedilar.
«Anglatarmiz senga fursat yerinda,
Ul joyda erlar bor, ko‘rgil!» dedilar.
Nazarim yetishgach ul to‘rt mardonga,
Ko‘nglim jo‘shga keldi, boshim gardonga.
O‘shal chog‘ topilib ikki devona:
«Shoshil o‘g‘lon, u yon borg‘il!» dedilar.
Ul ikki devona tutdi qo‘limdan,
Oldilar-ketdilar turg‘on yerimdan.
Bir ishorat bo‘ldi aning birindan,
«Sayl-sayron aylab turg‘il!» dedilar.
O‘ltiruvdik, keldi ikki pirzoda,
Ko‘zindan yosh oqar, tili duoda.
«Huv-haq!» deya chiqdi olti piyoda,
«Odam endi kelar, ko‘rg‘il!» dedilar.
Bir to‘rt otliq keldi, bari sabzaboz,
Asolari yashil, oti tablaboz.
«Majlis xalqasini qurmang bo‘yla oz,
Odam ko‘pdir, ulug‘ qurg‘il!»! dedilar.
Toshdan chiqdi, oltmish otliq, ko‘rdilar,
«Muhammad!» deb tamom qarshi yurtilar.
Sog‘liq-salomatlik bir-bir so‘rdilar,
«Boshlang, qutlug‘ joyga, yurgil» dedilar.
Bir otliq ortiga meni berdilar,
Sayronda ul joyga borib turdilar,
Tamom o‘ltirdilar, majlis qurdilar,
«Yigit, sen oraga kirgil!» dedilar.
«Alidir» dedilar, tutdi dastimdan,
Bo‘ryo-to‘shagimni oldi ostimdan.
Men bilmadim, bir zot103103
Zot – narsa ma’nosida
[Закрыть] qo‘ydi ustimdan,
«Yo‘liqqan davrondir-surgil» dedilar.
Haydardan so‘radim barin otma-ot:
«Hazrati payg‘ambar uldir, bo‘lma yot,
Ul Salim xojadir, ul Bobo Zuryod,
Ul Vaysal-Qarodir,104104
Uvays – Qaraniy
[Закрыть] bilgil!» dedilar.
«Ul Bahovuddindir, ul ham bir erdir,
Biri Zangi bobo ul ham nomdordir.
Suyanishib turgan To‘rt choriyordir,
Maqsading ne bo‘lsa, ayg‘il!» dedilar.
O‘shal vaqtda hozir ikki shayxi-shob,
«Yigitga fotiha bering, dedi sof.
Yuz yigirma to‘rt ming anbiyo, ashob,
Barisi shulardir, bilgil!» dedilar.
Rasululloh aydi: «Yo Shohimardon,
Ayo Salim Xoja, yo Bobo Salmon,
Abubakr Siddiq, Yo Umar, Usmon,
Bu qulning matlabin bergil!» dedilar.
Salim, Bobo Salmon buyurdi mardga,
Piyolani tutib, soldilar dardga,
Ketdi aqlim-hushim, yotdim shul yerda,
«Arshda-farshda ne bor, ko‘rgil!» dedilar.
El bo‘ldim, yugurdim Yer tomirina,
Nazarim to‘qnashdi Arsh kamari-la.
«Jabrut olaminda Jalil sirina,
Kelib, o‘zing qarab ko‘rgil!» dedilar.
Neni xayol etsam qo‘lga keturdim,
Qayga boqsam, anga nazar yeturdim,
Shu hol ila men farog‘at yotardim,
Og‘zimga tukurib: «Tur, qul!» dedilar.
Rasululloh aytdi: «Ashoblar, yuring,
Yigitni uzoting, fotiha bering…
To‘rt otliqqa dedi: «Eltib, topshiring,
Keltirgan joyingda qo‘ygil!» dedilar.
Turib Maxtumquli ko‘zin ochibdir,
Boshina ne ko‘ylar kelib-kechibdir.
Mast inar105105
Inar – erkak tuya
[Закрыть]dek oq ko‘piklar, sochibdir,
«Bolam, Olloh yoring, borgil!» dedilar.
BESAVT-U SADO BO‘LDIM
Sanduvochi106106
Sanduvoch – bulbul
[Закрыть]-sarmastam, bargimnan judo bo‘ldim,
Bargimni xazon chaldi, besavt-u sado bo‘ldim.
Bir gulchehra yo‘linda behuda fido bo‘ldim,
Bad ishlarga boy bo‘ldim, xayr ishga gado bo‘ldim.
Firqat, vaslat, har ne ki aslin az Xudo bildim,
Barchani bedor ko‘rdim, o‘zim uyquda-bildim.
Dunyoga turo kelgan, iklanmay keto bildim,
Ezganim og‘u sondim,107107
Sonmoq – sanamoq, «o‘g‘ilsiz» degan var. ham bor
[Закрыть] kiyganim rido bildim,
Kuydim, pishdim, yor-do‘stlar, o‘rtandim, ado bo‘ldim.
Yoronlar, yo‘ldosh bo‘ldim, nafsi-havo zolimga,
Ohuday qochar, bormas, nasihatgo‘y olimga.
Sarkashligin subxona mashhur etdi olamga,
Men netayin yo do‘stlar, o‘g‘ursiz iqbolimga,
Qo‘ymadi o‘z holimga, yurirga majolimga.
Ne topganga quvonchim, ne xushvaqtlik molimga,
Jov miqdorina kechmas bu jahon xayolimga,
Bilmam, olam ne ko‘yda, men hayron o‘z holimga,
Kuydim, pishdim, yor-do‘stlar, o‘rtandim, ado bo‘ldim.
Jahl ishina chobukman, Olloh amrina sustar,
G‘arqi-zalolat bo‘ldim, hidoyatni sen go‘star!
Ne darveshman, ne mulla, ne so‘fi ahli-dastor,
Qardoshlar quloq bersa, aytsam so‘zimni rostar,
Fikr aylang, kim bordir Egamdan o‘zga do‘star,
Bandalikda bo‘lmasang, bo‘lg‘oning yaxshi nistar,
Ko‘rmadim Kun ostinda hargiz o‘zimnan pastar,
Otashga loyiq bo‘lmas ado bo‘lg‘on xokistar,
Kuydim, pishdim, yor-do‘stlar, o‘rtandim, ado bo‘ldim.
Sahrosinda Sulaymon gar sursa sad siyosat,
Kelsa pari podshosi Oqtemir-u Jonpo‘lat,
Yuz ming devga bosh bo‘lgan dev to‘rasi Temirbot,
Magas shohi Turtorus hamrolig‘ etsa, hayhot,
Mur maligi Munzara kelsa behad, beg‘oyat,
Muso ochib qo‘lini, Iyso o‘qib yuz oyat,
Hizr duo aylayub, Ilyos etsa munojot,
Mundoq murda jasadga maholdir topmoq najot,
Kuydim, pishdim, yor-do‘stlar, o‘rtandim, ado bo‘ldim.
Maxtumquli, miskinman, ko‘nglim uyi na ma’mur,
So‘zga yaqin bandaman, xayrim kam-u sharrim zo‘r.
O‘zim xalqqa noqobil, iqbolim kaj, baxtim sho‘r,
Na shoista a’molim, go‘yo qadam urar ko‘r,
Magar Egam istasa, bo‘lg‘oy nuri-a’lo nur.
Tir-turfatul-aynda tushgandir bo‘lib mashhur,
Badqiliq birla bo‘ldim jahon ichinda mashhur,
Tegirmonday bongirman, Samandar otashxo‘r,
Yondim, pishdim, yor-do‘stlar, o‘rtandim, ado bo‘ldim.
XABAR BER – JAVOBIMIZ SHU
MAXTUMQULI:
– Ul nimadir, qizil-yashil o‘sodir?
Ul nimadir, oyog‘i yo‘q, bosodir?
Ul nimadir, yetti daryo kezodir?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
DURDI SHOIR:
– U ekindir, olu yashil o‘sodir,
U yilondir, oyoqsiz yo‘l bosodir.
U baliqdir, ummonlarni kezodir,
Bizdan salom bo‘lsin, javob shul erur.
MAXTUMQULI:
– Ul nimadir, yoqasi bor, yoni yo‘q?
Ul nimadir, qanoti bor, qoni yo‘q?
Ul nimadir, odam yutar joni yo‘q?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
DURDI SHOIR:
– U kafandir, yoqasi bor, yoni yo‘q,
Kapalakdir, qanoti bor, qoni yo‘q,
Qora yerdir odam yutar, joni yo‘q,
Bizdan salom bo‘lsin, javob shul erur.
MAXTUMQULI:
– Ul nimadir, darvozasiz qal’adir?
Ul nimadir, derazasiz binodir?
Ul nimadir, bir-birinnan oladir?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
DURDI SHOIR:
– U ko‘ngildir, darvozasiz qal’adir,
U qabrdir, derazasiz binodir,
U Oy-Kundir, bir-birinnan oladir,
Bizdan salom bo‘lsin, javob shul erur.
MAXTUMQULI:
– Ul nimadir, yemadilar-to‘ydilar?
Ul nimadir, Ulug‘ kunga qo‘ydilar?
Ul kim edi tovoninnan so‘ydilar?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
DURDI SHOIR:
– U diydordir, yemadilar-to‘ydilar,
U namozdir, qiyomatga qo‘ydilar.
Nasimiyni tovonindan so‘ydilar,
Bizdan salom bo‘lsin, javob shul erur.
MAXTUMQULI:
-Ul nimadir, yetti o‘lka kezadir?
Ul nimadir, belin bir zot ezadir?
Ul nimadir odam yanglig‘ sezadir?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
DURDI SHOIR:
-U cho‘pondir, yetti o‘lka kezadir,
U qo‘y erur, belin tayoq ezadir.
Bedov otlar odam misol sezadir,
Bizdan salom bo‘lsin, javob shul erur.
MAXTUMQULI:
-Ul nimadir, turfoq uza surinmas?
Ul nimadir, kelsa ko‘zga ko‘rinmas?
Ul nimadir hech libosga o‘ranmas?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
DURDI SHOIR:
-Eranlardir, zalil bo‘lib surinmas,
U balodir, kelsa ko‘zga ko‘rinmas,
Yolg‘on gurung hech bir to‘nga o‘ranmas,
Bizdan salom bo‘lsin, javob shul erur.
AYRILDIM
Bulbulam ohu zor chekib,
Toza gulzordan ayrildim,
Ko‘zdan qonli yoshim to‘kib,
Ul sevar yordan ayrildim.
Yorga yarashar surmacha,
Sifatin so‘ylaram ancha.
Labi shakar, og‘zi g‘uncha
Ul zulfi tordan ayrildim.
Shirin jonda yo‘qdir toqat,
Jabri aning jonga rohat,
Qoshlari fitnayi-ofat,
Chashmi xunxo‘rdan ayrildim.
Ayrildim g‘uncha-gulimdan,
Siyo sochi sunbulimdan,
Xush ovozli bulbulimdan,
Shirin guftordan ayrildim.
Dali ko‘nglim orzumoni,
Kulli go‘zallarning xoni,
Sakkiz jannatning bo‘stoni,
Bog‘chali bordan ayrildim.
Ellari bor dingli-dingli,
Sovuq suvli, tar o‘langli.
Eli – go‘klang, ismi – Mengli,
Nozli dildordan ayrildim.
Maxtumquli, oshiq maston,
Bog‘ladim sha’niga doston,
Manzilgohi bog‘-u bo‘ston,
Olmali nordan ayrildim.