282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » Махтумкули » » онлайн чтение - страница 17

Читать книгу "Асарлар. Махтумқули"


  • Текст добавлен: 29 апреля 2024, 17:20


Текущая страница: 17 (всего у книги 19 страниц)

Шрифт:
- 100% +

OSHIQLAR AHLINING SHOHI QALANDAR

 
Oshiqlar ahlining xoni, sultoni,
Tajalli taxtining shosi228228
  Sho – shoh.


[Закрыть]
qalandar.
Kezarman yo‘llarni yo‘qotib yorni,
Bilmasman, xabar ber, qaysi, qalandar.
 
 
Men bu yo‘lda shuncha zilla bo‘libman,
Manda qolib, ojizligim bilibman,
Shibliyni, Majnunni olib kelibman,
Pahlavon Puryoru, Vaysni, qalandar.
 
 
Xabar oldim bog‘i-bo‘ston gulidan,
Rangi so‘lmish bodi-xazon elidan,
Gardoni kaj qahba falak qo‘lidan,
Binafsha tutarmish yos’ni, qalandar.
 
 
Hushim yo‘qdir o‘ynamoqqa, kulmoqqa,
Raqib qo‘ymas bemalolroq kelmoqqa,
Bir xilvatda yor xabarin olmoqqa,
Senda bor oshnolik isi, qalandar.
 
 
Kunduzing fikrdir, o‘ydir oqshoming,
Bu da’bga kechirdim vaqtning ayyomin,
Yo Rab, lutf aylasang bizga bir jomin,
Qiymatin ayt, ne bahosi, qalandar?!
 
 
Suysang ul yaratgan qodir Subhoni,
Men g‘aribni shod aylagil pinhoni,
Ko‘tardi olamni, tutdi jahoni,
Oshiqning nolasi, sasi, qalandar.
 
 
Maxtumquli aytar, ustixon sening,
Tan seningdir, tomir sening, qon sening,
Qiymat uchun aql sening, jon sening,
Dudog‘imga tutgil tosi229229
  Tos – kosa, may kosasi, oltin piyola.


[Закрыть]
, qalandar.
 

VATANNI TARK ETIB KETUVCHI BO‘LMA

 
Kel-ey ko‘nglim, Senga nasihat qilay:
Vatanni tark etib, ketuvchi bo‘lma!
O‘zingcha ham yo‘q bir g‘ayri nomardning
Xizmat, qullug‘ini etuvchi bo‘lma!
 
 
Xizmat qilsang, bo‘lsin bir aslzoda,
Ota-bobosidan ulug‘ bekzoda,
Harchand agar bo‘lsa och-u uftoda,
Yonidan bir zamon ketuvchi bo‘lma!
 
 
Oqmasdan qolmagay bir oqqan ariq,
Bir tanda odamki, semizdir oriq,
Bir yuzi baruqdir, bir yuzi chirik,
Chirik deb, qattig‘ so‘z aytuvchi bo‘lma!
 
 
Yaxshilardan hargiz chiqmas yomonlik,
Asli yomon bo‘lsa, chiqmas omonlik,
Asliga tortadir yugrik, chamanlik,
Yugrikni chamanga230230
  Chaman – yomon yuruvchi ot.


[Закрыть]
sotuvchi bo‘lma!
 
 
Bir nasihat beray, pandimni olsang,
Imtiyoz aylagil o‘tirsang-tursang,
Indovsiz-taklifsiz bir joyga borsang,
Kishi oshin tuzin totuvchi bo‘lma!
 
 
Chaqirgan joyga bor, o‘tirgil, turma,
Chaqirmagan joyda ko‘rinma, borma,
Uyalmas odamday sudralib yurma,
Buyrilmagan ishni etuvchi bo‘lma!
 
 
Agarda Sen bo‘lsang narmu muloyim,
Sen muloyim bo‘lsang, quling bo‘loyin,
Qulog‘imga bergan panding oloyin,
Kishiga qattig‘ so‘z aytuvchi bo‘lma!
 
 
Nam tushmasa ko‘kdan, yer nay ko‘tarmas,
Ming qayg‘u yig‘ilsa. bir ish bitirmas,
Er yigit ko‘ngliga gina keltirmas,
Nomard o‘g‘li kabi qayg‘uchi bo‘lma!
 
 
Mard o‘g‘lidir, elga yozar dasturxon,
To‘g‘ri so‘z ustida berar shirin jon,
To umri o‘tguncha demas bir yolg‘on,
Jahd aylab, yolg‘on so‘z aytuvchi bo‘lma!
 
 
Saxti-dilning ichi hargiz bo‘sh bo‘lmas,
Har necha shodlansa, ko‘ngli xush bo‘lmas,
Ikki yaxshi bir-biriga duch bo‘lmas,
Yaxshini yomonga chatuvchi bo‘lma!
 
 
Tavakkal nar erur, andisha-moya,
Ko‘nglingni yuborma har qanday joya.
Barchaning inonchi qodir Xudoya –
Allohdan o‘zgaga suyanchi231231
  Suyanchi – suyanuvchi, suyanib qoluvchi.


[Закрыть]
bo‘lma!
 
 
O‘qir bo‘lsang, o‘q ur nafsning ko‘ziga,
Qara, chin ko‘z bilan Mushaf yuziga.
Aldanib kirmagil shayton so‘ziga,
Allohning amrini qo‘yguvchi bo‘lma!
 
 
Agar bo‘lsin desang yengil, og‘irlar,
Chiqqil bir yonga, to biryon bag‘irlar,
Yo‘liqsa ko‘zingga gungu sag‘irlar,
Alarning holiga kuluvchi bo‘lma.
 
 
Kichiklikdan ibodatga bo‘yin qo‘y,
Qiyomatning o‘yin qilsang, o‘yin232232
  O‘yin – o‘yin-mashg‘ulot ma’nosida.


[Закрыть]
qo‘y,
Tark aylab dunyoni, zavq-u to‘yin qo‘y,
Kir fano yo‘liga, qaytguvchi bo‘lma!
 
 
Urug‘lik men dema, tongla urug‘ bor.
Hisob-u noma-yu vazn, so‘rog‘ bor,
Yolg‘onchi banda, miz, sonsiz turog‘ bor,
Bilib, yolg‘on so‘zni aytuvchi bo‘lma!
 
 
May ichsang martaba hazor hashrda,
O‘tni ur Ka’baga tariqi-kunchda,
Qur’onni kuydirib, butga qil sajda,
Mardumga ozor ish etuvchi bo‘lma!
 
 
Gar topsang dunyoda mulki Iskandar,
Qorunning moli ham bo‘lsa muyassar,
Oxiri bo‘larsan yerga barobar.
Ko‘ngilda man-manlik etuvchi bo‘lma!
 
 
Agar yana bo‘lsang sohibi mansab,
So‘zin tingla, ko‘ngil buzguncha tanglab,
So‘z topsang so‘zlagil. topmasang, bo‘l hiff233233
  Hiff – mayda bir baliq turi. (A.J.)


[Закрыть]
,
Qo‘ldan kelmas ishni etuvchi bo‘lma!
 
 
Tong otsa muazzin chaqirar azon,
Buzilmasdir hargiz qismatda yozgan,
Yigitlik-bo‘stondir, qarilik-xazon,
Tasbihdan o‘zga so‘z aytuvchi bo‘lma!
 
 
Aytarlar: «Yirtiq to‘n ko‘rsa, it qopar»,
«Fe’li yomon banda, Xudodan topar»,
Oxiri bir kuni qilarsan safar,
Tor ko‘ngillik fe’lin tutuvchi bo‘lma!
 
 
Kitobin ochibon o‘qib mulla der,
Ko‘karadir yog‘ir suvi bilan yer,
Olqishi-fotiha. Duo birlar-er,
Mazlumga sitamlik etuvchi bo‘lma!
 
 
Izzat qilgan bilan kishi boy bo‘lmas,
Har qancha qatlansa234234
  Qatlanmoq – chiranmoq, jahd etmoq.


[Закрыть]
, mulki shay bo‘lmas,
Jahonni talx etib, ko‘ngli joy bo‘lmas,
Jannatda joyingdan ketuvchi bo‘lma!
 
 
Bir kun ketib yigitlikning quvvati,
Kelar-kelar qarilikning ofati,
G‘animat bil, g‘animat har fursati.
Murdadek uzanib yotuvchi bo‘lma!
 
 
Itning bolasini tula235235
  Tula – tozi, kuchuk.


[Закрыть]
ozdirar,
Xojasi kechirar, banda yozdirar,
Arg‘umoq bolasi borho o‘z-turar,
Bandasan, hojangga yozg‘uchi bo‘lma!
 
 
Davlatli o‘g‘illar yoshda bosh bo‘lar,
Ming yashasa bedavlatlar yosh bo‘lar,
Berahm zolimning bag‘ri tosh bo‘lar,
Borar joyga kesak otuvchi bo‘lma!
 
 
Er yigit bolasi borho bey bo‘lar,
Qamchining ostida yomon ey236236
  Ey – yaxshi.


[Закрыть]
bo‘lar,
Ma’raka ko‘rmagan yigit nay bo‘lar,
Bo‘lar-bo‘lmas so‘zni aytuvchi bo‘lma!
 
 
Mo‘’minning ginasi katon ro‘ymoli,
Quriguncha, bo‘lar ermish misoli,
Ko‘ngilni ginadan aylagil xoli,
Kufurdek ko‘p gina tutuvchi bo‘lma!
 
 
Ey ko‘ngil, kelgil sen, Haqni topaylik,
Nafsimiz markabin minib chopaylik.
Aytarlar, Haq ermish mehru vafolik.
Shu so‘zingdan hargiz qaytuvchi bo‘lma!
 
 
Haq ermish bandaga yaqindan-yaqin,
Kimga nasib etsa sevgisi lekin,
Jo-bajo keltirsang bandalik haqqin,
Xojaning buyrug‘in qo‘yuvchi bo‘lma!
 
 
Men aydim bir necha pandu nasihat,
Bilsang nasihatdir, ajib fasihat,
Fasihat so‘zladim, bilgil nasihat,
Yolg‘onchi so‘zlarni aytuvchi bo‘lma!
 
 
Maqsad-bu so‘zlarga qilgil e’tibor,
Umdatil-umro237237
  Umdatul-umro yoki Imdodul-umro – boshliqlar boshlig‘i.


[Закрыть]
mehtar238238
  Mehtar – xos ulug‘, yanada ulug‘roq. (A.J.)


[Закрыть]
inoq bor,
Anglamay so‘ylama: «tomda quloq bor»,
Ich siring kishiga aytuvchi bo‘lma!
 
 
Firog‘iy, ko‘ngilda ko‘pdir armoni,
Topmadi oqibat dardga darmonni,
Ammo etar bir kun Tangri farmoni,
Ro‘zu shab g‘aflatda yotuvchi bo‘lma!
 

IKKI DUNYONING SULTONI

 
Ey yoronlar, musulmonlar,
Ikki dunyoning sultoni.
Ro‘zi-azalda yaratdi
Rasul jasadida jonni.
 
 
Yerda Musoning Turidan,
Ko‘kda behishtning huridan
Yaratdi Rasul nuridan
Oy, Kunni, Yerni, Osmonni.
 
 
Orzu aylab gul ruxsoring,
Kezdim tog‘ida abrorning,
So‘rog‘ini qilib yorning
Gasht etdi ko‘nglim dunyoni.
 
 
Aqlim hayron bo‘lib, shoshdim,
Oxir bir joyga yetishdim,
Oltmish olti tog‘dan oshdim,
Kechdim o‘n ikki daryoni.
 
 
Maxtumquli, beqarorsan,
Bu ne o‘tdir, sen yonarsan,
Bor narsadan bekanorsan,
Bilmassan sudu ziyonni.
 

BILMAM NECHA YOSHINDADIR

 
Yer ko‘targan Sariq Ho‘kiz
Bilmam, necha yoshindadir.
To‘rt ming to‘rt yuz oyog‘i bor,
Hammasiyaim to‘shindadir.
 
 
Burnin Haromaynda tutar,
Quyrug‘i Farangdan o‘tar,
Bir shoxda Makkani tutar,
Madinaning qoshindadir.
 
 
Quyrug‘i zaminning yarmi,
Gavdasi dunyoning bari,
Mag‘ribdan Mashriqqa sari
Ikki shoxi boshindadir.
 
 
Yer yuzinda bordir xati,
Dunyoni tutar haybati,
Yer ostinda yotgan Mahdi
Ul ho‘kizning qoshindadir.
 
 
Maxtumquli, dunyo foniy,
Bu jahonda qolgan qani!
Bir juftga qo‘sha kim oni,
Tomosha bor ishindadir.
 
 
Maxtumquli etar to‘sha,
Har kimda bordir andisha,
Uch oyoqli Oqsoq Pashsha,
Ul Ho‘kizning qoshindadir.
 

O‘QIDIM QUR’ON ICHINDA

 
Ey yoronlar, musulmonlar,
Bir kecha sayron ichinda,
O‘ttiz ikki kishi ko‘rdim,
Ul Shohi-mardon ichinda.
 
 
Ularga berdim salomni,
So‘rdila sog‘lik, kalomni,
Shayx Sayyid ham mulla Jomiy,
Ul yetti Sulton ichinda.
 
 
Sulton Uvays, Pahlavoni,
Hakim Ota, Sulaymoni,
Xoja Yusuf Hamadoni(y),
Ul shohi Kan’on ichinda.
 
 
Turkiston egasi sarvar,
Imom Kozim, imom Ja’far,
Yahyo bilan Nuh payg‘ambar,
Boyazid sulton ichinda.
 
 
Go‘zal pirlar, go‘zal yorlar,
Chekdilar bu yo‘lda zorlar,
Imom Rizo, shohu pirlar,
Necha go‘zal jon ichinda.
 
 
Maxtumquli, sirim cho‘xdir,
Men naylayin, ochgan yo‘qdir,
O‘lmak haq, tirilmak haqdir,
O‘qidim «Qur’on» ichinda.
 

MENGZAR HUKMLI

 
Ko‘ngillar ko‘shkida xayolning xoni,
Avlodi-xun(g)239239
  Xun(g) – podsho, bu o‘rinda go‘zallar shohi degan ma’no ham bor. «Xung» shu ma’noni beradi.


[Закрыть]
korga o‘xshar hukmi,
Oshiq cheksa nolani
Yodga sola lolani,
G‘amzang solar talonni,
Yerda pashsha, podshoni,
Xudoga xush kelgoni,
Kipriging o‘q, qoshing yoydir chekimli.
 
 
Go‘zallarning vasfin etsalar qanda,
Olam og‘zi tamom jam’ o‘lur Sanda,
To jon bordir bu tanda.
Orzumandim bor240240
  Bor – hamma narsa, bari meva va h.


[Закрыть]
Sanda,
Oting Rumga ketdi, ovozang Hindga.
Layli Senga kanizak,
Zulayxo bo‘lsin banda,
Bog‘da gul chehra – Sen, bulg‘ur boqimli.
 
 
Ishqing otashini sochib Sen tuzga,
Jon po‘latdan bo‘lsa, to‘zmas bu ko‘’zga241241
  Ko‘’z – cho‘g‘.


[Закрыть]

Ko‘nsa dilbar, bu ko‘’zga
Zabon ketar har so‘zga.
Ko‘rking quyoshi tug‘sa
Ne son bordir yulduzga?!
Olma zanahdonga, bu kumush yuzga
Zulfing Siyo, suratgardir to‘kimli.
 
 
Xumo o‘tirishli, Lochin turishli,
Kabutar to‘piqli, maral yurishli,
Yangi-Hilol qoshli, marvarid tishli,
Tovus-qush ziynatli, Dovud tovushli
Tazarv shevali, kaklik naqshli,
Tug‘un242242
  Tug‘un, tarlon – ov qushlari.


[Закрыть]
qush tiymorli, tarlon boqimli.
 
 
Bog‘layibon chiqsang shitdani-gulzor,
Husning xayoloti olamni aldar.
Oshiq aytar: ey dildor!
Ko‘rsatgil diydor!
Topar hajning savobin,
Kim bir g‘aribni qo‘llar,
Maxtumquli, Sendek ko‘rmadim dildor,
Bu jonga yararli, ko‘ngla243243
  Ko‘ngla – ko‘ngilga.


[Закрыть]
yoqimli.
 

TUSHGAN KUNLARIM

 
To‘qqiz oy yotmisham onam qornida,
Ko‘z ochib, dunyoga tushgan kunlarim.
To‘rt oyoqda kezdim onam qo‘lida,
Sakkiz oyda ham kulishgan kunlarim.
 
 
Bir yoshda bilmadim yaxshi-yomonni,
Ikkida tanidim otam, onamni.
Uch yoshimda Tangri berdi zabonni,
To‘rt yoshimda tosh otishgan kunlarim.
 
 
Beshimni o‘tkazdim bahor-yoz bilan,
Olti yoshda quvalashdim soz bilan.
Yetti yoshda ishim bo‘lmas qiz bilan,
Sakkizimda tishim tushgan kunlarim.
 
 
To‘qqizimda berdim-Tangri salomi,
O‘nimda bo‘ynimda Haqning kalomi.
O‘n birimda tutdim dovot, qalamni,
O‘qib-o‘qib, ma’ni sechgan kunlarim.
 
 
O‘n ikkidan o‘tdim o‘n uch yoshimga.
O‘n to‘rt yoshda asar urdi boshimga.
O‘n beshimda qizlar kirib tushimga,
O‘n oltida qaynab-jo‘shgan kunlarim.
 
 
Yigirmada maston-maston kezardim,
Yigrimbeshda g‘animga o‘q uzardim.
O‘ttizimda otlar chopib-o‘zardim,
O‘ttiz beshda ters savashgan kunlarim.
 
 
Qirqimda quyulib, kosam to‘lmisham,
Ellikda qo‘limga tasbih olmisham.
Oltmishimda pirga murid bo‘lmisham,
Payg‘ambar yoshiga yetgan kunlarim.
 
 
Yetmishimda og‘riq indi tizzamga,
Saksonimda g‘ubor qo‘ndi ko‘zimga.
To‘qsonimda hush qolmadi o‘zimda
Aqlu hushdan judo tushgan kunlarim.
 
 
Yuz yoshga yetkazmay olarlar joning,
Uzatib qo‘yarlar, bicharlar to‘ning.
Maxtumquli, hamroh bo‘lsin imoning,
Jon jasaddan ayro tushgan kunlarim.
 

IZOHLI LUG‘AT

«A»

Abo 1.Erkaklar ustki kiyimi (jundan to‘qilgan). 2.Ota, padar.

Avom –1.Oddiy xalq. 2.Savodsiz.

Abyot –aytlar.

Abjad arab alifbosida sonlarni ifodalovchi sakkiz so‘z. Son tushunchasini harflar bilan ifodalashga abjad deyiladi.

Abjad – Arab alifbosining harflari yahudiy va Suriya alifbosining harf tartibi bo‘yicha tuzilgan (tizilgan) da paydo bo‘ladigan sakkizta ma’nosiz so‘zning birinchisidir. Ular tartib bo‘yicha shunday: (abjad, havvaz, hutti, kalaman, sa’fas, qarashat, saxxaz, zazag‘).

Matematik hisobning bir ko‘rinishi – Abjad hisobida har harf ma’lum (aniq) bir sonni anglatadi.

A-1, B-2, J-3, D-4, H-(h)-5, V-6, Z-7, X-8, G-9, I, Y-10, K-20, L-30, M-40, N-50, S-60, O‘(ayn)-70, F-80, S(sod)-90, K-100, R-200, Sh-300, T-400, S(se)-500, X(xe)-600, Z(zol)-700, Z(zod)-800, Z(zoy)-900, G‘(g‘ayn)-1000.

Abdol – 1.Darvish. 2.Qari. 3.Qalandar.

Abdi – Qul, banda.

Adad – Son,hisob.

Adam – Yo‘qlik.

Ajam – Eron mamlakati va xalqi.

Abdulla – Maxtumqulining dushmanlar tarafidan o‘ldirilgan akasi.

Ayn – 1,Ko‘z. 2.Xol, meng.

Alam – Bayroq, tug‘, alomat, belgi.

Aqtob – 1.Qutblar, mintaqalar. 2.Shohlar, janoblar.

And – 1.Bir necha. 2.Maxtumqulida 15.000, hazrat Navoiyda 12.000 yillik davr. 3.Ibtidodan intihogacha bo‘lgan davr. 4.Minnatdorlik bildirish. 5.Ikki ma’noli so‘z. 6.Umid, istak, orzu. 7.Buyon o‘simligi ko‘ki (tomiri).

Anbiyo – Payg‘ambarlar, nabiylar, mursallar.

Alayhissalom – unga salom.

Angiz – Qasd, tezlash, qo‘zg‘atish.

Arz 1.Yer kurasi. 2.Hudud. 3.Shikoyat. 4.Bayon etmoq.

Arsh – 1.Osmonlarning eng balandi. 2.Taxt. 3.Umuman balandlik va h.

Ayog‘– 1.Jom kosa. (May ichiladigan maxsus idish).

Avtod – 1.Qozilar. 2.Ruhoniylar, namozxonlar.

Abobil-1.Qaldirg‘och. 2.Qaldirg‘och sifat uzunqanot, juda tez uchadigan qush.

Abvob – 1.Eshiklar. 2.Boblar.

«Alastu be Rabbikum?» – Men sizning Parvardigoringiz emasmi?

Anta – Sen.

Anta Subhon! – Sen Xudoy!

Arba’in – Imom Husayn o‘ldirilganining qirqinchi kuni deb har yili Safar oyining 20-sida o‘tkaziladigan motam marosimi. (A.J.)

Ashob – 1. «Sohib» so‘zining ko‘plikdagi shakli. 2. Ega. payg‘ambar (s.a.v.)ning yaqin yoroni, safdoshlari.

Afgor – 1.Abgor, zabun, ramaqijon.

Afkor – Fikrlar.

Afrod – 1. «Fard» so‘zining ko‘plikdagi shakli. 2.Shaxs.

Afrodi-mano – O‘limga hukm etuvchi, taqdirni belgilovchi.

Afrodi manno’ – “Etmang!” deyuvchi, xalaqit beruvchilar.

Avlo – 1.Eng yaxshi, mumtoz. 2.To‘da. nasl.

Ahmadshoh – Ahmad Durroniy. Afg‘oniston davlatini asoslandirgan shaxs.

Abdol urug‘idan. (1747-1773) yillar taxtda o‘tirgan.

Nodirshohning eng yaqin odami. Lekin Nodirshohni o‘ldirish rejalarini tuzishda rahbarlik qilgan ham o‘zi. Nodirshoh

Hindistondan o‘lja olib, doim yonida olib yuradigan mashhur Dur ham Nodirshoh o‘limidan so‘ng Ahmadshohga o‘tdi. U shundan so‘ng Ahmad Durroniy laqabini olgan. (A.J.)

Aqim – eldek uchuvchi.

«B»

Bobo Umar Arablarning ikkinchi xalifasi. 634-yildan 644 yilgacha hokimlik qilgan.

Bayn – Oraliq, o‘rta, ora.

Bob – 1.Eshik. 2.Bo‘lim.

Badal –1.Evaz. 2.Ayribosh.

Bo’iy – 1.Zolim. 2.Xoin. 3.To‘polonchi. 4.Buzg‘unchi.

Bodi zud – 1.Kuchli. 2. Tez esuvchi shamol.

Bongir – 1.Ovoz chiqaruvchi. 2.Baqiroq.

Bahr – Dengiz, ummon (suv).

Burj – Ilmi nujumda Quyoshning yillik harakat doirasidagi 12 nuqtaning har biri (mas: Burji Hamal, Savr burji. Ko‘kdagi ayri-ayri Yulduzlar to‘dasi.

Bor – 1.Yuk. 2.Marta. 3.Mavjud. 4.Marotaba.

Barq – 1.Yildirim-chaqmoq. 2.YOrug‘lik. 3.Hozirda elektr toki.

Barot – 1.Sha’bon oyining o‘n to‘rti. 2.Xat, yorliq.

Barahna – Yalang‘och, chiploq.

Barkanda – Qo‘porilgan, sug‘rilgan.

Bo‘ryo – Bo‘yra, luxdan to‘qilgan to‘shak.

Buxl – Baxil, xasis.

Bilol –Hazrati Bilol Muhammad payg‘ambar (S.A.V.) ning azon aytuvchisi, birinchi muazzin. Habashlardan.

Bim, biym – Qo‘rquv, vahm.

Bistar – To‘shak.

Bug‘ro – Tuya, teva, shutur.

Budulo 1. «Bedil» so‘zining ko‘plikdagi ko‘rinishi. 2.O‘rinbosarlar. 3.Vakillar.

Bechun – Mislsiz, tengsiz.

Biroqmoq – 1.Qo‘yvormoq. 2.Ruxsat bermoq. (Biroqmaslik – yo‘l to‘smoq).

Burundiq – 1.Azaliy bor. 2.Ko‘p umr ko‘rgan.

Bo‘rk – Erkaklar bosh kiyimi.

Burron – 1.O‘tkir. 2.Yitig-tiz. 3.Keskir.

Behbud – Yaxshilik.

Bahouddin “Naqshbandiy” laqabli mashhur so‘fi, avliyo shaxs. U ulug‘ zot XV asrda yashab o‘tgan. So‘fizmdagi tariqlardan birining asoschisi.

Bexm etmak – Quvvatlamoq, paydo bo‘lmoq.

Boz – 1.Ov qilish. 2.Yana. 3.Qirg‘iy. 4.O‘yin.

Bodi po – Yelmoya, tezyurar.

«V»

Vahdat – 1.Birlik. 2.Toqlik.

Vird(vard) 1.Tasbih. 2.Mas’ala. 3.Qur’oni Karimning bir ju’zini uzluksiz o‘qish. 4.Odatbo‘lib qolgan. 5.Duo.

Vabol – 1.Gunoh. 2.Ziyon. 3.Qiyinchilik.

Vajh – 1.Sabab. 2.Yuz-chehra.

Vayl – 1.Do‘zaxda bir o‘tli quduq nomi. 2.Badbaxtlik. 3.Balo-badtarlar.

Varz – 1.Kor, ish. 2.Hunar, san’at.

Vahy – Ilohiy xabar.

Vasvosil-xannos – 1.Shayton vasvosi. 2.Shubhagumon.

Vasakkaxum-sharobon – Sharob suzuvchilar.

Vays-Vaysal Qoron – (Sulton Uvays Qarani)-Muhammad (S.A.V.) payg‘ambar zamonida yashagan arab so‘fisi. Ismi Uvays ibn Amir ibn Jaza ibn Malik Qarani (vafoti 657-658-yillar). (A.J.)

«G»

Gallabon – cho‘pon.

Garon – 1. Qimmat. 2. Davlat-mol. 3. Pul.

Gardon – 1. Aylanuvchi. 2.Oy.

Gira – 1.Otashgir. 2.Zulm-sitam. 3.Azob.

Gizlamoq – Yashirmoq.

Girih – 1.Qiyinchilik. 2.G‘arov ip. 3.Dor. 4.Chigal.

Go‘sha – Burchak, xilvat. Chet joy.

Go‘yanda – Baxshi, roviy, hikoya qiluvchi.

Gustoh – Odob-andishasiz.

Go‘sh – Quloq (bosh a’zosi).

Gudoz –1.Eriyotgan, kuyuk, pishgan. 2.Og‘riq, xo‘rlik. 3.Mehribon, mehrli, muloyim, yoqimli va h…

Gurk – Bo‘ri, qurt, jondor.

Gurz – To‘qmoq, urush quroli (temirdan yasalgan).

Gurba –Mushuk.

Gul-Farxor-Lutfiy (o‘zbek kl. shoiri). «Gul va Navro‘z» asariga qarang.

Guzasht – Kechish, o‘tish, gunohidan o‘tmoq.

Gov – 1. Sigir. 2.Ho‘kiz. 3.Botir-yurakli. 4.Uzunlik (uzog‘lik) o‘lchovi (6 mil atrofida.)

Go‘shmol-Go‘shimol – 1.Quloqlarni kesmoq jazosi. 2.Koyish, so‘kish.

Go‘yo – So‘zlovchi, sayroq.

«D»

Dovar – 1.Hokim, podsho. 2.Qozi. 3.Allohning mutloq egaligi.

Dovud – Payg‘ambarlardan biri. Sulaymon payg‘ambarning otasi. Isho Payg‘ambarning o‘g‘li. U temir ustasi (temirchi bo‘lib, sovut-qalqon yasagan). Dovudning o‘ta yoqimli xirgoyisi (ovozi) bo‘lgan. (A.J.)

Daqyanus – “Qur’on”da aytilishicha, zolim podsho bo‘lgan. Uning zulmidan qochgan yettovlon(bir Qitmir otli it bilan) kishilar haqida «Ashobi-Qahf» rivoyatida batafsil hikoya qilingan. (A.J.)

Dosh(tosh) – 1.Doshqozon. 2.Tashqari, uzoq. 3.Bardosh. 4.Yo‘ldosh, hamroh. 5.Ko‘zagar kurasipechi. 6.Sovg‘a, peshkash. 7. Kul saqlanadigan joy.

Dono(Don) – 1.Taniqli. 2.Mashhur.

Davvor – 1.Aylanuvchi. 2.Osmon gumbazi. 3.Ka’ba masjidi.

Dalol – 1.Noz ila qarash. 2.Ko‘z, qosh.

Dar – Eshik, qopu (qopug‘).

Dargoh – 1. Eshik. 2. Allohning yoni. 3. Arz joyi.

Darranda – 1. Yirtqichlar, vahshiylar. 2. Yovvoyi hayvonlar.

Dast – 1. Qo‘l. 2. Marta, karra. 3. Qayta. 4. Yordam, qo‘ldov.

Dastor – Salla.

Dehiston – Kaspiy (Hazar) dengizi Sharqiy kanorida qadimiy shahar va geografik joy nomi.

Doh – 1. Ort. 2. Dum, quyruq.

Dahr – 1. Dunyo, olam. 2. Er.

Doya – Enaga, tarbiyachi.

«E»

Eg – 1.Yaxshi. 2.Ortiq, ziyoda.

Ek – Yomon.

Elmak – Yugurmoq, chopmoq.

Em – 1. Dengiz. 2. Ummon (okean).

«YO»

Yos – 1. Aza. 2. Xafachilik. 3. Umidsizlik.

Yog‘iy – Dushman, raqib.

Yovuq – Yaqin.

Yovmut – turkman urug‘laridan biri.

Yovm – 1.Kun. 2.Zamon. (Yovmul-qiyomatQiyomat kuni).

«J»

Jola –1.Ho‘l. 2. Jala-yomg‘ir. 3. Ko‘z-yosh.

Jodda – Katta yo‘l, keng yo‘l.

Jabrut (Jaborut) – 1. Allohning qudratlar, ya’ni sirlar olami. 2.Karomat, kuch, 3.Ajoyiblik va h…

Jabhayi jon(dan) – Bu ibora «chin yurakdan», kamoli ixlos bilan degani.

Jazba – 1.Jazava. 2.Joziba-o‘ziga tortish.

Jamod – 1.Toy. 2.Jonsiz modda-ma’dan, unsurlar, jamodot.

Jim – Past, yaramas.

Jirjis – Payg‘ambarlardan biri. Uni yetti bor o‘ldirishsa (tanini bo‘lak-bo‘lak qilishsa ham) Allohning qudrati bilan qayta tirilavergan.

Jud – 1. Rahmlilik. 2. Saxiylik.

Junbanda (junbiyda) – Jonli-jondor, ichida joni bor barcha maxluqlar.

Jurm – Gunoh.

Jimo’-1.Yaqinlashish. 2.Jins aloqasi. Z.Qovushmoq.

Jayxun – Oks, ya’ni Amudaryoning bir nomi.

Julga – 1.Tog‘ etagi. 2.Pastlik-o‘tloq.

Joh – Martaba, daraja, post.

Johil – Ahmoq, yosh-tajribasiz.

Jabroyil – (Gabriil), to‘rt ulug‘ farishtaning biri, uning Amin degan laqabi ham bor. U payg‘ambarlarga Allohdan vahylar keltirgan.

Jadd – Urug‘, nasl, ota, urug‘boshi, ota-bobo.

Jalo – Shu’la, jilva, yolqin, yorug‘lik va h.

Jamshid – 1.(Taxmurasning o‘g‘li). Firdavsiyning «Shohnoma»sining qahramonlaridan biri. Podshoh. U ilk bor temirdan urush asboblari yasagan. Jamshid bir taxt yasab, taxtga chiqib o‘tiradi. Uning o‘sha taxtga chiqib o‘tirgan kuniga «Navro‘z» deb ot beradilar. O‘shandan buyon o‘sha kun bayram qilinar emish. Bu bizning Navro‘z bayramimizga to‘g‘ri keladi. Jamshid adolatli podsho bo‘lgan. Uning 300 yil podsholik qilgani, ammo oxirida manmanlik qilib, o‘zini Xudoman deb e’lon qilgani uchun el-ulusga malol kelib, xalq Zahhok shohga ko‘mak beradi. Zahhok Jamshidni taxtdan ag‘daradi. Jamshid yuz yillab qochib yuradi. Zahhok Jamshidni Xitoy dengizi bo‘ylarida ko‘rib qolib, uni asir oladi va bichg‘i, ya’ni arra bilan kesib o‘ldiradi.

Jamshidning ajoyib jomi ham bo‘lib, uning mayi ichgan bilan kamaymasmish va u jom go‘yo oynai jahonday, unda butun olamdagi voqealar ko‘rinib turar emish.

Javzo – 1.Egiz; hijriy-shamsiy yilning uchinchi oyining arabcha nomi.

Jo‘yanda – Axtaruvchi, topuvchi.

Jut – saxiylik, jo‘mardlik, berim.

Jumri – 1. O‘g‘ri. 2. Pastkash.

«Z»

Zov – 1.Qoya. 2.Kavak, uchut.

Zog‘ – Qarg‘a.

Zalolat – 1.Adashmoq. 2.Gumrohlik.

Zeru zabar – Ostin-ustun.

Zot – 1. Asil. 2. Narsa.

Zaboniya – Do‘zax farishtalari (malaklar).

Zunubiy – XVIII asr turkman shoiri. Maxtumqulining ustozlaridan biri.

Zur’ya – Zurriyot, farzand, bola-chaqa.

Zakot – Diniy soliq, (daromadning qirqdan bir qismi beriladi).

Zalil – 1.Xor. 2.Tuban. 3.Bechora-ojiz.

Zang –1.Mog‘or. 2.Qo‘ng‘iroq turi. 3.Ekinga karap tushishi. 4.Oy yo Kunning shu’lasi.

Zikr – Xudoy ismlarini takrorlash.

Zavq – 1.Havas. 2.Nozik tuyg‘u.

Zino – Aqdsiz qovushmoq, fahsh.

Zunnor – Zardushtiy ruhoniylar belbog‘i. Musulmonlar xristian (tarso)lar monaxlarining belbog‘ (qur)larini ham Zunnor deb ataydilar. (A.J.)

Zer – Har narsaning ostki bo‘lagi.

«I»

Ibhom – 1. Shak-shubha. 2.Xato.

Ibrohim – 1.Ibrohim payg‘ambar Xaliulloh. 2.Ibrohim Adham – Balx podshosi, so‘ngra taxtdan voz kechib, darveshlik ixtiyor etgan shaxs.

Ishoq – Payg‘ambarlardan biri.

Ish’o – Dovud payg‘ambarning otasi. Sulaymon payg‘ambarning bobosi.

Imdod (umdot) – ko‘mak, yordam.

Irfon – Bilish.

Isti’onat – Madad so‘ramoq.

Injil – Xristianlar diniy kitobi, Iso payg‘ambar kitobi.

Istig‘for Gunohni kechishni so‘rash, astag‘furillo aytish.

Iskandar –Aleksandr Makedonskiy (b. e. oldin 356-323 y.y.) Makedoniya podshosi, Filipp Ikkinchining o‘g‘li. U Eron, Arabiston, Hindiston kabi mamlakatlarni fath etgan. Sharq folklorida u haqda ko‘p narsalar to‘qilgan. Hazrat Navoiyning «Saddi Iskandariy»-(Iskandar devori) asarida Iskandarlar ikki nafar bo‘lgani aytiladi. Rivoyatlarga qaraganda, ikkinchi Iskandar juda uzoq-ikki asr umr ko‘rgan va shu uchun unga ham Zulqarnayn nomi berilganmish. Zulqarnaynikki qulpog‘, yoki ikki shoxli ma’nosini beradi (A.J.)

«Y»

Yig‘och – 1.Daraxt. 2.Uzunlik o‘lchovi. 3.Yog‘och.

Yig‘in – Qo‘shin, lashkar.

Yitmoq – Yo‘qolmoq.

«K»

Kayn – 1.Yaratish. 2. Tuzmoq. 3. Asir-qul. 4. Urug‘ nomi. 5. Shahar (Yamanda).

Kom – 1.Istak, mayl. 2.Og‘iz. 3.Panja. 4. Maqsad.

Kalim – 1.Suhbatdosh. 2.Yarador. 3.Muso payg‘ambar laqabi.

Kat – 1.Quduq-koriz. 2.Novxona. 3.Kanal.

Kafforat – 1.Xudo yo‘liga qurbonlik. 2.Gunohni yuvish uchun qilingan sa’y, ehson.

Kayvon – Saturn sayyorasi.

Kelpoz – Hajjiq, echkemar.

Karbalo – 1.Iroqda joy nomi. 2. Cho‘l.

Kishti – Kema, qayiq, sol.

Korkovi – (Korkobi) Iroqda tikiladigan kiyim turlaridan biri. (A.J.)

Kuvon – 1.Yonashmoq. 2.Jinsiy aloqa.

Kulundar – 1.Kunda. 2.Go‘dak.

Kurs (kursi) – 1. O‘tirg‘ich. 2. Taxt. 3. Vazifa. 4. Arshdan pastki osmon. 5. Markaz, poytaxt.

Kushoyish – 1. Yengillik. 2. Band ishlarning yechim topishi.

Kavnayn – Ikki dunyo (bu dunyoyu oxirat)

Kark – Karkidon.

Kufr – 1. Islomni tan olmaslik. 2. Kofirlik.

Kalomulloh-Alloh kalomi, Qur’on.

Karomul-Kotibon-Odamning ikki kiftida o‘tirib, gunoh va savoblarini umrbod yozib beruvchi ikki farishta. O‘ng kiftdagi savob va chap kiftdagisi gunohlarni yozarmish.

Qatlanmoq Chiranmoq, jahd etmoq, bir ishga qattiq kirishmoq va h.

Ketir – Sarob.

Katxudo – 1. Er. 2. Yoshi ulug‘ odam. 3.Oqsoqol. 4.Uy egasi, sohibi.

Keshik – Soqchi, qorovul.

Kubro – 1. Eng ulug‘. 2. Buyuk. 3. Baland.

Kurk – 1. Po‘stin. 2. Kurta (hozir kurtka).

Kura – 1. Eshik qulfi. 2. Zo‘ldir. 3. Temirchilik ustaxonasi.

Koshi – Eng a’lo balchiqdan (gil) yasalib pishirilgan tovoq. 2. Bosh kosasi. 3. Devorga Yopishtiriladigan plita.

«Q»

Qallosh – Kambag‘al.

Qarn – 1. Hayvon shoxi. 2. Asr. 3. Uzoq muddat.

Qiylu qol – Gap-so‘z, g‘almag‘al, g‘ala-g‘ovur.

Qovg‘a – 1. Burjlardan biri-dalv. 2. Quduqdan suv tortiladigan charm idish.

Qutbul – Aqtob – Ma’lum-mashhur so‘fi.

Qahkashon – Somonchi yo‘li (Yulduzlar to‘dasi).

«L»

Lo – Yo‘q.

Lo yazol – Abadiy, abadiylik, hamishalik.

Lot – Islomgacha Makkada bo‘lgan 360 Sanam (but) ning eng mashhur ikkitasidan biri. Ikkinchisi « Manot» deyiladi.

Lijom – 1.Jilov. 2.Tamg‘a.

Lam’at – Yolg‘in, nur shu’la, ishiq.

Lut – Payg‘ambarlardan biri.

Layl – Kecha, tun.

Lahab – Ko‘rpa

Lahad – Qabr ichida qabrcha.

Lo yutoq – Chidab bo‘lmas, toqat qilib bo‘lmaydigan.

Lam’at – Yorug‘lik, shu’la va h. QurL’oann-i Tkaarorinmi ”,–et“Mtinecnhi i hseucrha , v1a3q9t– oykaoti‘.r oBlmuayibsaonra!”“-Muso Payg‘ambar Allohdan diydor tilaganda berilgan javobdan. (A.J.)

«M»

Ma’bud – 1. Xudo, Tangri. 2. Ma’shuqa, sanam.

Mag‘rufat – 1.Taniq. 2. Shuhratli, obro‘li. 3.Teng. 4.Yarovli. 5.Alloh Taolo qullug‘ida yurmoq, unga yaqinlik.

Maqdam – Kelmoq, kelib tushmoq, yashash joyi, oyoq yetgan joy.

Modarzot – Tug‘ma, tabiiy.

Miyl – Bong.

Misoq – Ahd-paymon.

Maqolat – 1.So‘z. 2.Fikr, jumla. 3.Bo‘lim, bob.

Manzar –1. Ko‘rinish, manzara. 2.Shakl, surat. 3.Sifat.

Manjaniq – To‘p, tosh yoki olov otadigan qadimiy harbiy qurol. Bu qurolni ilk bor zolim Namrud ishlatgan. Namrudga bu qurolni yasashni Shayton o‘rgatdi. Ibrohim Xalil (payg‘ambar)ni shu qurol yordamida osmono‘par qilib qalangan o‘tin ustiga otganlar. (A.J.)

Mansur (Halloj) – X asr. «Anal Haq», ya’ni men Haq-Xudoman degani uchun dorga osilgan. Ba’zi ma’lumotlarda o‘tda yoqilgan, ba’zilarida esa suvga g‘arq etilgan deyiladi. Ba’zi ma’lumotlarda shu zikr etilgan jazolarning hammasi Mansurni halok etishda qo‘llanilgan deyilgan. (A.J.)

Moni’ – To‘siq, ma’n.

Maxluq – Yaratilmish (Odamlar va hayvonlar).

Mohi – Baliq.

Mouman – Panoh joyi.

Magas – Pashsha.

Manot – Sanam. Islomgacha Makkada bo‘lgan sanamlarning eng mashhurlaridan biri.

Marz – 1.Chegara, yurt, hudud. 2.Alkogolli ichimlik. 3.Ishlov berilgan er.

Matbax –Oshxona.

Mavlo – Alloh.

Maqsum etmak – Bo‘lmoq, bo‘lishtirmak.

Murattab – 1.Tartibga solingan, tartibli. 2.Harf teruvchi (bosmaxonada)-murattib.

Mursal – Elchi, payg‘ambar, kitobi bo‘lgan payg‘ambar. Mursallar 313 nafardirlar.

Mustag‘rok – 1. G‘arq bo‘lgan, cho‘kkan. 2. Chuqur o‘yga botgan.

Mushaf – kitob, «Qur’on».

Muxannas – Nomard, nokas, la’nati.

Mehnat – 1.Azob. 2.Kattakon.

Mujib – Sababchi, bois, tufayli.

Me’roj-Ko‘kka ko‘tarilish. (Me’roj tuni) Muhammad payg‘ambar (S.A.V.)ning bir tunda

Buroq otni minib osmonga uchganlari va Alloh bilan diydorlashgan tuni. Buroqda

Sidragacha borib, so‘ng Raf-rafda Arshga Alloh qoshiga – Qoba-kavsayngacha borildi. (A.J.)

Manda – Qolib ketgan, horigan. 2.Ko‘hna, eski.

Maks – Turib qolmoq, ko‘nmoq, tayanmoq.

Mil – 1.Qizigan temir, 2.Chegara ustunlari. 3.Uzunlik o‘lchovi. Dengiz mili, bir mil-1852 m. (A.J.)

Muqaddar – Oldindan keskitlangan, belgilangan, iqbol, tole’.

Mukaddar – 1.Qayg‘uli, g‘amli. 2.Xafa. bulg‘angan (suv haqida).

Murtazo – Hazrat Ali (r. a.)ning laqabi, uning Asadullo-Sheri-Xudo va boshqa ya’ni Karror, Safdar kabi laqablari ham bor.

Muxosim – Dushman, raqib, o‘ch oluvchi va h.

Mufattan (mufattin) – Orabuzar, chaqimchi, (agent), xoin.

Mahdi Diniy tushuncha bo‘yicha, qiyomat yaqinlashganda yerdan chiqib, Iso payg‘ambar ikkisi Dajjolga qarshi kurashar va Xardajjolni Sarandib (hozirgi Seylon yurtida) tutib o‘ldirarmishlar. 2. 12– imom, oxirgi imom. (A.J.)

Mahak – Oltin va kumushning sifatini aniqlashda ishlatiladigan ma’dan. (Tosh).

«N»

No, Na – nay (soz quroli). Nobino – Ojiz, ko‘zi ko‘r. So‘qir.

Nor – 1.O‘t-olov. 2.Tuya turi (erkagi). 3.Do‘zax o‘ti.

Norinj – Sitrus o‘simligi (apelsin).

Nabot – O‘simlik dunyosi, o‘t-o‘lan.

Namrud – 1. Zolim podsho. U Ibrohim Xaliulloh (payg‘ambarni) o‘tga tashlagan. Adabiyotda zolimlik ramzi. 2.Kofir.

Nujabo – Hokimlar, sultonlar.

Nuh – Payg‘ambarlardan biri. Uning zamonida olamni Azob suv bosadi. Hamma g‘arq bo‘lib, Nuh va uch o‘g‘il, uch kelini Nuh yasagan kemada omon qoladilar. Hozir Yer yuzidagi barcha odamlar Nuh avlodi deyiladi. Nuh ikkinchi Odam (Odam Ato) ham deyiladi. Uning Kan’on ismlio‘g‘li kishtiga minmay, suvga g‘arq bo‘ladi. U kofir sanaladi. (A.J.)

Nek – Yaxshi.

«O»

Ozodiy – Maxtumqulining otasi, shoir, alloma.

Oyilmoq – O‘ziga kelmoq, hushyor tortmoq.

Ori – Orasta, ta’miz.

Oyat – 1. Qur’on oyati, kalom-so‘z. 2. Bayroq, tug‘. 3. Voqea-hodisa. 4. Belgi-nishon, ramz. 4. Hayrn etuvchi narsa.

Or – Rost, to‘g‘ri, shubhasiz.

Og‘oz – Boshlanish, ibtido.

Ohangar – Temirchi.

Ohangir – Ashulachi.

Ol – 1.Qizil. 2.Makr-hiyla.

«P»

Po – Oyoq.

Payom(payam) – Xabar, darak. Xat-salom xati.

Po‘ta – Ipak o‘rama belbog‘.

Paykon – Kamon o‘qi (uchi).

Pand – O‘git-nasihat.

Pur – To‘la, (limmo-lim).

«R»

Rosttar – To‘g‘riroq.

Raxzan – Qaroqchi.

Ruqoba – 1. «Raqib» so‘zining ko‘pl. shakli. 2.Nazoratchilar. 3.Saranjon etuvchilar.

Ruku’ – Egilmoq.

Ruhullo – Iso payg‘ambar laqabi, (epiteti).

Riqqat – 1.Mushkul. 2.Sovuqlik.

Rabot – Yo‘lovchilar manzilgohi.

«S»

Sabiy – Yosh bola.

Sayha – Ovoz, sas.

Sang‘i – O‘y-fikr.

Safdar – Botir, qaytmas, yorib o‘tuvchi.

Saxt – Qattiq.

Samo – Osmon.

Sa’mo, Some’ – 1.Ashula. 2.Kuy. 3.Tinglamoq, eshitmoq.

Sano – 1.Maqtov, olqish. 2.Shukr qilmoq.

Satr – 1.Misra. 2.Yashirmoq, (gunohni, aybni yopmoq).

Safina – Kema.

Sir (ser) – To‘q, to‘yinish.

So‘y – Asl kelib chiqish, nasl.

Suy – 1.Taraf, tomon. 2.Suv.

Sun’ – Yaratilmish bor narsa.

Sijjin-Oltinchi qavatdagi do‘zax.

Saqo, soqiy – Sunuvchi, suv, sharob beruvchi.

Sirot – 1.Ko‘prik. 2.Pulsirot – Do‘zax ustidagi ko‘prik, qilko‘prik ham deyiladi.

Sifla – 1.Past, tuban. 2.Foniy dunyo.

«T»

Tag‘yir – O‘zgarish, bir turdan ikkinchi turga o‘tish.

Tayron – Uchmoq.

Talob – Hovuz.

Tamug‘– Do‘zax.

Tarfotil-ayn – Ko‘z ochib yumguncha. (lahza.)

Tariq – Yo‘l.

Tos – Oltin kosa, qadah.

Taboq – 1. Buzilgan, xor-zor. 2.Bo‘sh-puch. 3.Umidsiz.

Tajalliy – 1.Nur, shu’la. 2.Ochilish. 3.Tuzatmoq.

Tering – Chuqur.

«U»

Ujb – Takabburlik, mensimaslik.

Uz – 1.Kelishgan. 2.Badiiy. 3.Go‘zal.

Uqda – 1.Halol. 2.Tugun. 3.Chalipo.

«F»

Fayz – 1.Mo‘l, ko‘p. 2.Ziyoda, ortiq. 3.Chop etmoq. 4.Elim. 5.Xalqqa e’lon etmoq.

Fardo – Ertangi kun, tongla.

Farjom – 1.Xayr, foyda. 2.Natija.

Farsh – 1.Yer, o‘rin, joy. 2.Gilam, to‘shakcha.

Falak – Osmon, ko‘k.

Farron – Ravon, tez. Sidirg‘a.

Fano – Yo‘q bo‘lish, o‘lish.

Farang – Fransiya, fransuz.

«G»

G‘arra – Mag‘rurlik.

G‘avs – 1.Ko‘mak, yordam. 2.Madakor. 3.Suv tubiga sho‘ng‘ish.

G‘anim – Dushman, raqib.

G‘izo – Ovqat, taom. G‘azo – Yurish, jang.

«X»

Xob – Uyqu, tush.

Xazon – 1.Kuz. 2.Badbaxtlik. 3.Mavt.

Xannon – Eng rahmli, (Alloh sifatlaridan).

Xos – 1.Yuqori qatlam (aristokratiya). 2.Maxsus. 3.Ziyolilar.

Xuvt – Baliq, nahang, lu (v).

Xums – 1.Och, ochlik. 2.Bo‘sh, holi qolmoq.

«H»

Hashr – To‘planish joyi (Qiyomat kunida).

Hubob– 1.Pufak, suv yuzida). 2.Osmon gumbazi.

Haq – 1.To‘g‘ri, rost. 2.Alloh.

Harza – 1.Behuda. 2.Bema’ni so‘z. 3.Bekorchi.

Hotif – G‘oyibdan xabar beruvchi.

Haydar – 1.Alining bir laqabi. 2.Shamolning piri.

«CH»

Chobuk – Ildam, chust.

Chokar – Xizmatchi.

Chamandar – Yalqov (odam va mol, ot haqida).

Cho‘x – Ko‘p, mo‘l.

Chov – Xabar.

«SH»

Shahsuvor – 1.Chavandoz. 2.Ot mingan ulug‘ zot.

Shikovat – 1.Shumlik. 2.Shikoyat.

Sharor – Uchqun, o‘t.

Sharangiz – Fitnachi, sharr ish axtaruvchi.

Shatranj – Shohmot.

«E»

Eram – 1.Afsonaviy bog‘, uni Shaddod degan podsho 400 yil davomida bunyod etgan deyiladi. Hozirda Semirashida bog‘lari – osma bog‘lar deb tilga olinadi. 2.Yamanda bir bog‘, yoki behisht bog‘lari ma’nosida ham keladi. (A.J.)

«Q»

Qurbat – Yaqinlik.

Qur – Belbog‘ (o‘rama).

Qallosh – Yo‘qsil. Kambag‘al, g‘arib.

Qoyim – 1.Tik turuvchi, teng-baravar. 2.Bedor.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 | Следующая
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации