Читать книгу "Асарлар. Махтумқули"
KO‘RDIM-O
(Bu Maxtumquli alayhirahmaning ushbu muxammaslariki, payrov etib va yana ushbu ash’orni o‘qig‘onlari tasvirtahrir qilg‘oni)
Avvalo bo‘ldim fano, dorul-baqoni ko‘rdim-o,
Jumladan begona bo‘ldim, oshinoni ko‘rdim-o.
Charx urib turdim tamomi, suri Isrofilgacha,
Arshu kursni tay urib, taxt-as-saroni ko‘rdim-o.
Jumla saf-saf odimning xokini qildim tavob,
Sekiz jannatga borib, Odam, Havoni ko‘rdim-o,
Olti ming daryoni yutdim, to‘rt yuz qirq to‘rtdan,
Jabroyilning o‘rnini men tanhoda ko‘rdim-o.
Hasht jannatga borib, jumlasi kirgan erur,
O‘rtanib yurgan hazoron ro‘siyoni ko‘rdim-o.
Taxti-himmatg‘a chiqibon: «Ummatim-ho, ummatim»,
Degan ul xayrul basher Mustafoni ko‘rdim-o.
Choriyordan hazrati Abu Bakr-u Usmon, Umar.
Haydari safdar Ali sheri Xudoni ko‘rdim-o.
Karbalo dashtinda jon bergan shahidlar ketdilar,
Ham Hasan bir-la Husayn, Karbaloni ko‘rdim-o.
Qul Maxtum, to peshvo topmay shifo topmas kishi,
Toki men bir peshvo topdim shifoni ko‘rdim-o.
NURI IMON AYLADI
(Bu Maxtumquli alayhirahmaning Xudoytaolo bandalarini bir boshqa suratda qilmay, odam qilganiga shukru sano etib o‘qigan ash’ori)
Qodir Egam qudrat bilan bizni aziz jon ayladi,
Hamdilillo jon berib, ham nuri iymon ayladi.
Avval ulkam, haq yaratdi barcha olamnan burun,
Mustafoning nurini xurshidi tobon ayladi.
Arsh, kursini yaratdi, qildi nurini ayon,
Zohir aylab qudratini, yetti Kayvon ayladi.
Qatra-qatra nurinnan ja’mi malaklarning bari,
Bir aziz Odam yaratib, barchaga jon ayladi.
Haq taolo amr qildi «sajda qil, deb Odamga»
«Barchadin Odam sharif» deb, Tangri farmon ayladi.
Ulki bo‘yunsunmadi Tangrining farmonina,
Soldi tavqni bo‘ynig‘a, la’nati shayton ayladi.
Turli alvon qildi Xoliq maxluqni qudrat bilan,
Birga berdi aqli-komil, birni hayvon ayladi.
Birni qildi masx mal’un suratin o‘zga qilib,
Shukur Ollo, o‘zga qilmay, bizni inson ayladi.
Qudrati birla tafovut qildi inson bandasin,
Birni qildi kofir-u birni musulmon ayladi.
Mehribon Parvardigorim rizqu ro‘zni yetkurib,
Nozu ne’matlar berib, ko‘p lutfu ehson ayladi.
Hech ajoyib dunyoda mundog‘ ajoyib bo‘lmag‘ay,
Qadr-qimmat birla toshni la’lu marjon ayladi.
Oqizadur chashmalarni yog‘durib yomg‘irlarin,
Undirib turluk chechaklar, cho‘lni bo‘ston ayladi.
Soni’yi bechun Egam yerdan nabobot undirib,
Sonsiz ul ne’matlarini charxi-alvon ayladi.
Kechani kunduz qilib qudrat bila kunduz-kecha.
Yetti qat osmonlarini charxi-gardon ayladi.
Haq taolo Mustafoni barchadan a’lo qilib,
Osiy, jofiy bandalarga rohati jon ayladi.
Chahor yori bosafoni soqiyi-Kavsar qilib,
Ikki olamning charog‘i nuri iymon ayladi.
Ey bihamdilloki, bo‘ldik ul Muhammad ummati,
Mushkul erdi holimiz, Haq bizga oson ayladi.
Necha yillar qavmiga qildi nasihat Nuh nabi,
«Lo nazr» deb nolish etdi, g‘arqi to‘fon ayladi.
Saqladi o‘t ichinda avval Xalilulloni,
Namrud o‘tini anga Qodir guliston ayladi.
Ko‘rdi Ibroyim tushinda, Tangridan farmon o‘lub,
Tangri farmonini tutib, o‘g‘lini qurbon ayladi.
Hazrati Ya’qubning ko‘ngli firoq o‘ti bilan
G‘arqoyil zor yig‘latib baytulahzon ayladi.
Yusuf siddiq necha yil zahmati zindon chekib,
Oqibat berdi najotu Misrda xon ayladi.
Saqladi Muso kalimni bahrning girdobidan,
Tobutni qildi dobba, Fir’avn, Xomon ayladi.
Ayyub jabru jafolar tortdi qurtning zahmidan,
Sabr qildi, Haq aning dardina darmon ayladi.
Ul Zakar’yo payg‘ambar, Tangrining zokir quli,
Arra qo‘ydi boshig‘a, ul zikri Rahmon ayladi.
Anbiyoyu avliyo, ko‘rdi balolar dunyoda,
Dunyoni mo‘‘min quliga chohi-zindon ayladi.
Anbiyolarning nasibi bo‘ldi ranj-u mehnati,
Chun azaldan qismat erdi, Tangri farmon ayladi.
Ko‘p balolar ko‘rdilar mushriklarinnan kim alar,
Haq yo‘linda eranlar barchasi jang ayladi.
Bilmadi ul nosazolar anbiyolar qadrini,
Haq taolo ul kordonni ko‘r-u nodon ayladi.
Ko‘rsangiz, jonli-jondor barchasi tasbeh ila,
Dunyo bir ko‘hna rabot, elni karvon ayladi.
Ba’zilar «dunyo-menim!» deb, da’vo qildi Tangriya,
Qahr birla barchasin yer bilan yakson ayladi.
Birga berdi mol-u mulk, ul sohibi ne’matlarin,
Birni xor-u zor ayladi birni hayron ayladi.
Ey, Miskin Maxtumquli, tavba qil, rost yo‘lga kir,
Tavbali qullarni, bil, jannatda sulton ayladi.
ARAB TILLI SEVGILIM
Bo‘yadilar ko‘ylagingni qon bilan,
Otiqg‘onim, arab tilli sevdigim.
Ayrolig‘da yondi otang jon bilan,
Otiqg‘onim, arab tilli sevdigim!
Shom aboli, Rum qaboli jononim!
Yig‘lay-yig‘lay jafolarning dardindan,
Qo‘rqa-qo‘rqa sahrolarning qurtindan,
Ayrilding otangnan, Kan’on yurtindan,
Otiqg‘onim, arab tilli sevdigim,
Shom aboli, Rum qaboli jononim.
Chiploq o‘ldi141141
Chiploq o‘ldi – yalang‘och(ladilar)demoqchi
[Закрыть] gul badaning so‘yildi,
Dog‘i-hijron siynang uzra qo‘yildi,
Yig‘lamoqdan Ya’qub ko‘zi o‘yildi,
Otiqg‘onim, arab tilli sevdigim,
Shom aboli, Rum qaboli jononim.
Keldi ul dam qardoshlaring o‘kirib,
Qo‘rqqanidan qurtlar keldi yugurib,
Kelgan quduq uza turdi telmurib,
Otiqg‘onim, arab tilli sevdigim,
Shom aboli, Rum qaboli jonoim.
Maxtumquli aytar, olam yig‘ildi,
Falak seni Misrga op, chekildi,
Og‘alaring ayoqingga yiqildi,
Otiqg‘onim, arab tilli sevdigim,
Shom aboli, Rum qaboli jononim.
GUZASHT AYLA 142142
Guzasht etmoq – kechirmoq
[Закрыть]
Ey, karimu kori soz,
Gunohim guzasht ayla!
Ey, rahiymu chorasoz,
Gunohim guzasht ayla!
Bo‘lmasa karam sendan,
Ketdi ixtiyor mendan,
Jurmim oshirdim haddan,
Gunohim guzasht ayla.
Yuz g‘am birla tanda jon,
Cho‘x istar sennan omon,
Fazling birla, yo Subhon,
Gunohim guzasht ayla!
Garchi bo‘ldim gunohkor,
Satr ayla aybim, Sattor,
Karam ayla, yo G‘affor,
Gunohim guzasht ayla!
Lutfingni izhor aylab,
Ko‘nglimda qaror aylab,
Tavfig‘ingni yor aylab,
Gunohim guzasht ayla!
Aql yetmas zotingga,
Fikr rom sifatingga,
Birliging hurmatiga,
Gunohim guzasht ayla!
Maligi-maxluq, har na
Kim etdi sun’ing sirna,
Uch ming isming xotirna,
Gunohim guzasht ayla!
Biz bechora ummatning,
Ummati Muhammadning,
Hurmatiga Ahmadning
Gunohim guzasht ayla!
Tushib sun’ing shavqina,
Etding Ahmad zavqina.
Osmon, zamin haqqina,
Gunohim guzasht ayla!
Saxiylar ehsoni-chun,
Shahidlarning qoni-chun.
Junbandalar joni-chun,
Gunohim guzasht ayla.
Ko‘kda yulduz hurmati,
Yerda Navro‘z hurmati.
Kecha-kunduz hurmati,
Gunohim guzasht ayla!
Senga boqqan yuzlar-chun,
Sen deb yig‘lar ko‘zlar-chun,
Hamding aytar so‘zlar-chun,
Gunohim guzasht ayla!
Baland tog‘lar haqqina,
Cho‘llar, qirlar haqqina.
Yerlar, suvlar haqqina,
Gunohim guzasht ayla.
Sendan bo‘lmasa horoy143143
Yordam, ko‘mak, tavfiq, dod va h.
[Закрыть],
Bul mening holimg‘a voy.
Firog‘iy der, yo, Xudoy,
Gunohim guzasht ayla!
HAYRONDADIR-HAYRONDA
Oshiqlar Haq ishqinda,
Hayrondadir-hayronda.
Ko‘zlar zaif izinda
Giryondadir-giryonda.
Qildi anga Haq rahmat,
Nuri-tajalliy qudrat.
Xirqapo‘sh Xoja Ahmad,
Sayramdadir-Sayramda.
Yerdan ungan yig‘ochlar,
Tili sanoli qushlar.
Subhon suyar darveshlar,
Davrondadir-davronda.
Oyil, oshig‘im, oyil,
Majnun bo‘l, xalqqa yoyil,
Xalil o‘g‘li Ismoyil
Qurbondadir-qurbonda.
Tur tog‘inda turganlar,
Necha g‘oyib eranlar.
Jamolingni ko‘rganlar,
Farmondadir-farmonda.
Sharhlar ikki dunyoni,
Sochgan nur-u ziyoni.
Kulli ishning bayoni,
Qur’ondadir-Qur’onda.
Maxtumquli, och tillar,
Qulliq qil oylar, yillar,
Erta qulluqsiz qullar,
Armondadir-armonda.
KAFFORAT ETDI
Fahm ayla so‘zimni, oshiqlar boshi,
Kim o‘g‘lin Xudoga kafforat etdi?
Xalilullo Haqning Ka’bataroshi,
Kim andan so‘ng Ka’ba imorat etdi?
Oziqsiz, ulovsiz, ko‘ronsiz ko‘ch ne,
Olti ne, yetti ne, to‘rt nedir, besh ne,
Oqdan qora bo‘lgan sharafli tosh ne,
Nomi ne, har kimsa ziyorat etdi?
Bilarmisan, nechuk yo‘llar solindi,
Avval qaysi muxtor bo‘ldi, olindi.
Sha’mi shu’lalandi, yondi, bilindi,
Ul sha’mni Haq kimga karomat etdi?
Kim xatm istadi ko‘rib Tavrotda,
Yo‘liqibdir tosh oyoqlar barotda.
Bilarmisan, hayot oqar zulmatda
Xizr bilan ul kim tahorat etdi?
Suratparast nedir, vafosi hechdir,
Xabar bergil Nuhning kayni144144
Ishi, yaratgani, kabi va h
[Закрыть] ne ishdir.
Ozgan, to‘zg‘iganga dastgir ne qushdir,
Kimning turbatina ziyorat etdi?
Ul ne to‘rtdir enib keldi Sultondan,
Xalqlar shuhrat topdi, bil, necha jondan.
Qaysi malak enib tushdi osmondan,
Ne odam o‘g‘lina inoyat etdi?
Maxtumquli, u kim, bir joyga tushdi,
Ul kimni bir tunda dev olib qochdi.
Necha yildan so‘g‘in keldi, qovushdi,
Tangri panohinda salomat etdi?
GO‘ZAL HAQNING FALAGIDIR
Boshimizga savdo solgan,
Go‘zal Haqning falagidir.
Shayton chiqar tinglamoqqa,
Yulduzlar anga yog‘iydir145145
Yog‘iy – g‘anim.
[Закрыть].
Qalam yozganda Sarxatni,
Osiy bitmish biz ummatni.
Odam Atoning sulbati,
Yetti erning tuprog‘idir.
So‘zlarimga tutsang quloq,
Farishtalar turar lak-lak.
Ko‘k ko‘targan sakkiz malak,
«La ilaha» tilagidir.
Xalil keldi tig‘ chekmog‘a,
O‘g‘lini qurbon etmog‘a.
Qo‘ymagan qonin to‘kmog‘a,
Jabroyilning elagidir.
Qurt yig‘lar Ya’kub yoninda,
Duldul Alining sha’ninda.
Iyso eshagin minganda,
Sigir Muso ulovidir.
Xoliq yaratdi hayvonni,
Behisht ko‘rmas mahshar kuni.
Sakkiz hayvonning maskani
Derlar: jannat bulog‘idir.
Ajib yerlar, ajib joylar,
Kun qizdirmas, botmas Oylar.
Behisht o‘tlog‘ida yayrar,
Havzi Kavsar suvlog‘idir.
Namrud Haqqa o‘t tashladi,
Shaddod bir jannat boshladi.
To‘rt yuz yillikda ishladi,
Nomi ham Eram bog‘idir.
Maxtumquli, so‘z boqiysi,
Ko‘zingda g‘aflat uyqusi,
Qarshingda ajal soqiysi,
G‘ofil odam tuzog‘idir.
ARZMASMI?!
Zaboniya146146
Do‘zax farishtalari.
[Закрыть], malaklar,
Qo‘llarinda gurzmasmi?
Sakkiz arshni ko‘targan
«La ilaha!» varzmasmi?
Bilmas, kechar ahmoqlik,
Qayg‘u, g‘ussa chekmoqlik,
Ko‘zdan yoshin to‘kmoqlik
Qodir Haqqa arzmasmi?
Umidin uzmasin deb,
Behuda kezmasin deb,
Mo‘‘minlar ozmasin deb
Shar’iat bir marzmasmi?
Etmagil xiyonatni,
Yutmagil diyonatni.
Tangrining omonati –
Jon taningda qarzmasmi?
Maxtumquli, g‘avg‘omiz,
Boshdan osha savdomiz,
Qiyomatda guvomiz147147
Guvohimiz demoqchi
[Закрыть]
Sunnat bilan farzmasmi?
BO‘LMOQ HAQDIR
Ey yoronlar, odam o‘g‘li
Bo‘z tuproqdan bo‘lmoq haqdir.
Asli xokdan ungan odam,
Qumga qorlib qolmoq haqdir.
Kalomda bir ish bayondir,
Barcha ish Haqqa ayondir,
Inonsang shaksiz imondir,
O‘lmoq haq, tirilmoq haqdir.
Ayyub bo‘lmading sabrda,
Toqating yo‘qdir jabrga,
Munkar, Nakir tor qabrda
So‘roq, savol qilmoq haqdir.
Bor a’mol-ishing so‘ralar,
Kun qizar, mezon qurilar,
Tug‘ chekilar, a’lam urlar
YOvuz kunlar kelmoq haqdir.
Maxtumquli, ozsang yo‘ling…
Ul kun nechuk bo‘lar holing,
Bugun zo‘rlab olgan moling
Erta qaytib bermoq haqdir.
KO‘RDIM
Shukur Haqqa, biz ham bu yo‘lga tushdik,
Kechirdim, bir necha ayyomni ko‘rdim,
Ma’rifatning daryosina uloshdik,
Oriflar surarlar, yuz kema ko‘rdim.
Xizr sayron aylar qudrat olamin,
Muso o‘qir haqiqatning kalomin,
Yetti kun olmagan Tangri salomin,
Qutbul-aqtob otli badnomni ko‘rdim.
Porlab, tobon o‘lg‘on umrim charog‘i,
Qish xazoni tegsa, ko‘karmas bog‘i.
Ko‘z-ko‘z qip qarashida bir necha soqi,
Har biri o‘ynatar yuz jomni ko‘rdim.
Yig‘ladim, yiqildim, tutdim qo‘lini,
To‘rt peshvosi bilan Hazrat Alini,
Sanjarxon, Salimsho, yetti valini,
Zahro-yu, o‘n ikki imomni ko‘rdim.
Sulaymonni ko‘rdim, yotar ayvonda,
Bir necha g‘oyiblar jam o‘lmish anda,
Qulzum daryosinda, tubsiz ummonda,
Ali, Hotam solgan lijomni ko‘rdim.
Qorun bul dunyoni oldi mol bilan,
Iblis osiy bo‘ldi, kelmas yo‘l bilan.
Namangan shahrinda148148
«Samangon» degan var. ham bor.
[Закрыть] botir Zol bilan
Dev bilan jang solgan Rustamni ko‘rdim.
Maxtumquli, farmon bo‘ldi Ollohdan,
Yerga enib keldi arshi-a’lodan,
Jabroyil keltirmish ulug‘ dargohdan,
Muhammadga engan Kalomni ko‘rdim.
OLAJAKDIR
Ayo, Odam, bul dunyoda
Qo‘ymas, seni olajakdir,
Halol, harom yiqqan moling
Bari sendan qolajakdir.
Harchandki yashasang o‘zing,
Yaxshi-yomon qolar so‘zing,
Guldek yuzu xumor ko‘zing,
Xazon urib so‘lajakdir.
Tandan judo o‘lur qoning,
Etsiz qolar ustixoning,
Shuncha yilgi muqim joning,
Ayri boshqa bo‘lajakdir.
O‘tdi yozing, keldi qishing,
Namoz, ro‘za bo‘lsin ishing,
Bul dunyoda sulton boshing,
Ne savdolar ko‘rajakdir.
Bul dunyoga kelgan jonlar,
Biri-birina mehmonlar,
Xo‘ja, sayid, beklar, xonlar,
Oxir so‘ngda o‘lajakdir.
Xizmat qil qodir Xudoya,
Umringni o‘tkazma zoya,
Eshiksiz, tuynuksiz joya,
Bir kun eltib solajakdir.
Barham topib qolar joying,
Buzilar ko‘shking, saroying,
Yaratgan qodir Xudoying,
Tanho o‘zi qolajakdir.
Maxtumquli, osiy quling,
Kufur so‘zdan saqla tiling.
Qiyomatda to‘g‘ri yo‘ling,
Sirot-ko‘prik bo‘lajakdir.
QULING BO‘LDIM
Yo‘qdan bor aylading sen, men anda quling bo‘ldim,
«Alastu bi robbikum!» deganda quling bo‘ldim.
Iroda diyorinda-odamda quling bo‘ldim,
Gar foiny-yu, gar boqiy, har qanda quling bo‘ldim.
Mushti-xokka jon berding, bir zinda quling bo‘ldim,
Jonni tannan ayirsang, bir murda quling bo‘ldim,
Har hafta, har soatda, har damda quling bo‘ldim.
Har yildayu har oyda, har kunda quling bo‘ldim.
Gar ishrat birla yurdim, gar g‘amda, quling bo‘ldim,
Xudo-yo, men ne osiy-sharmanda quling bo‘ldim.
Ushbu dorul-fanodan yo‘qdir menimday badkor,
Barcha senga ayondir, ne hojat qilam izhor,
Yaxshidan yiroq qolib, yomon billa bo‘ldim yor,
Bormi gunoh dardina, yo, rab, menday giriftor,
Bu jurm ila kelibman dargohingga, yo, g‘affor,
Yuzim yo‘qdir aytarga, holimni men sharmisor,
Sen bo‘lmasang nigohdor, kimdir menga madadkor,
Seningday g‘afforim bor, jahonda ne g‘amim bor,
Na yuragimda orom, na ko‘nglim ichra qaror,
Xudoyo, men osiy-sharmanda quling bo‘ldim.
Go‘yoki bir sarbonman, karvon izin yitirgan,
O‘g‘rum-yo‘lim bilmayin, yo‘l ustinda o‘tirgan,
Yo, Rab, meni bo‘lg‘aymi bir manzilga yetirgan,
Boshim yo‘linda ko‘rsin bul ishlarni bitirgun149149
Shu satrdan so‘ng ba’zi qo‘lyozmalarda «Qiyomat xavfin ko‘rmas meni shunnan qutorgan» degan satr ham uchraydi.
[Закрыть],
Men ermasman xojamga qullik barjoy keturgan,
O‘zi erur bandani uyg‘otgan-u yotirgan.
Shinovarlig‘ bilmasman, tering150150
Tering – chuqur, tarang, teran va h.
[Закрыть] daryo botirgan,
Yo, Rab, tanob otgaymi bir kanorda o‘tirgan,
Yo‘qmish menday jahonda umrin g‘ofil o‘tirgan151151
O‘tkazgan.
[Закрыть],
Xudoyo, men ne osiy-sharmanda quling bo‘ldim.
Dunyo qayg‘usi birla bo‘ldi qora bag‘rim qon,
Oxiratni unutdim, yeldim, yugurdim har yon,
Bir dardga ulashibman, siynamda erur pinhon,
Bormikin surishtirsam, yo, Rab, bul dardga darmon,
Bilgan davosin etdi har bandayi-musulmon,
Bildim, qilmas ilojin yuz yil o‘tirsa Luqmon,
Tilim bormas tilarga, ko‘ngil yuz ming parishon,
Lutf aylagil, yo subhon, hasrat bila bordi jon,
Barcha mushkul ishlarim Sen O‘zing ayla oson,
Xudo-yo, men ne osiy-sharmanda quling bo‘ldim.
Maxtumquli, xatodan bo‘lak qo‘ldan ish kelmas,
Cho‘kdim gunoh chohina, yurak qaynab jo‘sh kelmas,
Xayr yiroq xayoldan, sharr ko‘nglimnan tash kelmas,
Masti-dunyo bo‘libman, aql ketar, xush kelmas,
Qo‘rqarman, ul dargohga zori qilsam xo‘sh kelmas,
Bag‘rim andog‘ qoyimdir, uhdasinnan tash kelmas,
Toshdan badtar qotibman, ko‘zlarimnan yosh kelmas,
Ijobat nishonina niyoz o‘qim duch kelmas,
Ixlos bilan tilangan dargohinnan bo‘sh kelmas,
Xudo-yo, men ne osiy sharmanda quling bo‘ldim.
BILOL 152152
Bilol (Janob Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning azon aytuvchisi – muazzin.) Habashlardan.
[Закрыть] BOR
Sahar turdi Payg‘ambar,
Masjid ichra Bilol bor,
Bilol tashga chiqdi-yu,
Ko‘rdi ikki Hilol bor.
Dovud qo‘linda po‘lat,
Muncha tutmas ne holat,
Ul yetmish ikki millat,
Yuzda o‘n to‘rt dalol bor.
Chorang yo‘q, betadbirsan,
Tongla ne javob dersan.
Ne uchun harom yersan,
Haq berdigi halol bor.
Yetti darvesh ahli-hol,
Isfandiyor, Rustam, Zol.
Qirq oshiq bor, qirq abdol,
Har boshda bir xayol bor.
Maxtumqulining bandi,
Dasht, eshit, bandar bandi.
Barcha ishning sarbandi
Yaratgan Zuljalol bor.
AYVONI TO‘RT
MAXTUMQULI:
MA’RUFIY:
– Topdim javobin, shoir, umringdir, devoni to‘rt,
Maloyik-chun qurilgan majlisning ayvoni to‘rt.
Imon o‘qdir, otilar, aning iz-paykoni to‘rt,
Shohimardon Alining ahd ila paymoni to‘rt.
Bir oyning to‘rt haftasi jum’adir – qurboni to‘rt,
MAXTUMQULI:
MA’RUFIY:
– Choy bilan non ustida Muso payg‘ambar turdi,
O‘shal o‘zi qo‘ylarga cho‘pon aylagan qurtni.
Sheri-xudo guliston-Eram bog‘iga kirdi,
Ali edi dunyoda Rashid pirini ko‘rdi.
Sheri-xudo Alining ham tig‘, ham burroni to‘rt.
MAXTUMQULI:
– Qaysi malik dundan o‘g‘ilsiz o‘tdi ketdi?
Ul qay xotin bir oqshom erini yutdi ketdi?
Ul kim edi dunyosin aboya sotdi ketdi?
Ul kim edi ganj-moli turfog‘a botdi ketdi?
Ul ne sadaf, ochilmish gavhari-g‘altoni to‘rt?
MA’RUFIY:
– Sulaymondir, dunyodan o‘g‘ilsiz o‘tdi-ketdi,
Ul himmatli Oy edi, erini yutdi-ketdi.
Xizr ja’mi dunyosin abog‘a sotdi-ketdi,
Qorunning ganj-u moli tuproqqa botdi-ketdi,
Sadaf gavhar ochilmish ham durri-g‘altoni to‘rt.
MAXTUMQULI:
– Ul kim edi dunyoda Qulzum-daryodan kechdi?
Ul kim edi Noranjli ajib bir boqqa tushdi?
Ul kim edi saxovat-jannat eshigin ochdi?
Ul kim edi barchaga o‘lchak to‘nini bichdi?
Ul kim erur, o‘ltirar jannatda, mehmoni to‘rt?
MA’RUFIY:
– Hamza edi, dunyoda Qulzum choyidan kechdi,
O‘zi ekkan naranjli ajoyib boqqa tushdi.
Shohi odil saxovat jannat qapug‘in ochdi,
Hayyot ajal dunyoda hammaning to‘nin bichdi.
Rasulillo o‘ltirar, yoninda mehmoni to‘rt.
MAXTUMQULI:
– Ul ne shokir, azalda xizmat qilar ustodga?
Ul ne shahri zinodir, bari do‘nmish barbodga?
Ul ne bulbul, ne o‘qir foyiz uchar samoda?
Qaysi payg‘ambar edi, bordi Ollohga dodga?
Qaysi payg‘ambar edi, tilinda sanosi to‘rt?
MA’RUFIY:
– Ruhul-amin Jabroyil xizmat qilar ustodga,
Lutning shahri zinodir, kulli do‘ndi barbodga.
Hamrohning bulbulidir, foiz ketar samoda,
Ul Ibrohim payg‘ambar bordi Olloga dodga.
Haqqa qildi munojot, tilinda sanosi to‘rt.
MAXTUMQULI:
– Maxtumquli, xabar ber, ul kim daryoga soldi?
Har dam na’ra chekkanda daryoda to‘fon qildi?
Ul kim edi bir nazar Ko‘himoronga soldi?
Aning vahimasinnan Eron-Turonga keldi?
Ul ne qushdir, uchadir osmonga, parvozi to‘rt?
MA’RUFIY:
– Ma’rufiy der, zuofiqor erdi, daryoga soldi,
Har dam na’ra tortganda daryoni to‘fon qildi,
Ali edi, bir nazar Ko‘himoronga soldi,
Eron-Turonni kezib, azmi-Xuroson keldi,
Ul ko‘ngildir, uchodir, osmonga, parvozi to‘rt.
YO‘LDA SENI
Habibulloh, istaganlar,
Topar qaysi yo‘lda seni,
Vallo, ko‘rmoqqa mushtoqdir,
Bek-da, xon-da, qul-da seni.
Oshiqlar gul yuzi so‘lar,
Ming kun yig‘lar, bir kun kular,
Bulbul sanoda orzular
Tar g‘uncha-yu gul-da Seni.
Ne gavharsan, yo‘q qimmating,
Jahonni tutmish himmating,
Bot-bot eslar bor ummating,
Tog‘da, tuzda, cho‘lda Seni.
Eranlar yo‘lingni izlar,
Darveshlar siringni gizlar155155
Gizlamoq – yashirmoq.
[Закрыть],
Mag‘rib, mashriq tamom ko‘zlar,
Barcha o‘ngu so‘lda Seni.
Davlat falak billa do‘nar,
Kimnan uchar, kimga qo‘nar,
Ko‘rmasa bor oshiq yonar,
Hafta, oyda, yilda seni.
Men ham ummating xoslarman,
YOd etarman, havaslarman,
Chaqirib, madad istarman,
Yaxshi-yomon holda Seni.
Maxtumquli der, o‘tim bor,
Arzim bor, Haqqa dodim bor,
Shafoatdan umidim bor,
Qil ko‘prikda, dalda seni.
ZAMONDIR, BEKLAR
Mard bilan nomardning o‘yni teng kelmas,
Nomardlar savashda zanondir, beklar.
Nomard mard yigitning qadrini bilmas,
Nomardning bor ishi vayrondir, beklar.
Komil yigit hargiz haqqingni yemas,
Dunyo molin bersang, nomardlar to‘ymas,
Nomard maslahatga, kengashga uymas,
Nomardning har ishi ziyondir, beklar.
Bir otada olti ota so‘yi bor,
Bir nodonning yuz xayollik o‘yi bor.
Mard yigitlar qayga borsa uyi bor,
Nomardga o‘z uyi zindondir, beklar.
Nomard davlat topsa, do‘st-yorin ko‘rmas,
Qazo kelsa, boshin yerdan ko‘tarmas,
Haqdan keldi demas, imon keltirmas,
Maxtumquli, shundoq zamondir, beklar.
OLLOHSAN
«Kun!» lafzingdan olamni,
Mavjud etgan Ollohsan.
Jabroyilning alinnan
Kavnni tutgan Ollohsan.
Ojiz-u sharmandaga,
Ko‘yingda darmondaga.
Azroyilni bandaga,
Nisbat etgan Ollohsan.
Avf aylarga loyiqsan,
Ham tabibi hoziqsan.
Xos, avomga roziqsan,
Qismat etgan Ollohsan.
Zamoyirni qo‘ndirib,
Arsh taxtina mindirib,
Oshiq ko‘nglin yondirib,
Hasrat etgan Ollohsan.
Hijob tutib yuzingga,
Isrofilni rozingga,
Habibingni o‘zingga
Qurbat etgan Ollohsan.
Oshiq yo‘lingda murda,
Uchramish sonsiz darda,
Faqirlarga mahsharda,
Nurbat etgan Ollohsan.
Maxtumquli, bim156156
Bim, biym – qo‘rquv.
[Закрыть] aro,
G‘ulom o‘lmish bechora,
Yuz ming menimday zora,
Himmat etgan Ollohsan.
SOCHDI MUHAMMAD
Avval-dastlab borib Haybar tog‘inda,
Kofirlar qonini sochdi Muhammad,
Lakloharda, Sakvon, Kobul shahrinda
Jafo chekib, dinni ochdi Muhammad.
Oshiqlar bosh o‘lub, ishqqa minganda,
Turga nazar tushib-tog‘lar yonganda,
Buroq ko‘kdan quyi-yerga enganda,
Raf-raf minib, Arshga uchdi Muhammad.
Mikoyil, Isrofil, Azroyil bila,
Keldilar-turdilar Jabroyil bila,
Sayr etdi Salsabil, Zanjabil bila,
Kavsar arig‘innan ichdi Muhammad.
Me’roj kechasida saylga borganda,
Yo Jabroyil amin billa yurganda,
Behisht qopusiga o‘tru turganda,
«Bismillo!» deb eshik ochdi Muhammad.
Maxtumquli, o‘zga dinni buzdilar,
Iqlim-iqlim, shahar-shahar kezdilar,
Jafo chekib, islom dinin tuzdilar,
Oltmish uch yoshinda kechdi Muhammad.
XAROB AYLAR
Mo‘‘min bo‘lg‘on munkir bo‘lmas so‘zima,
Jabbor bul jahonni, ko‘r, xarob aylar,
Ko‘p narsalar kelar-kechar ko‘zima,
Bul dunyoni bad-bad kor xarob aylar.
Ishi rivoj topar bad ish tutg‘onning,
Tilagi duch bo‘lmas haq deb yotg‘onning,
Yer yuzinda bo‘lar kuch-kuch etg‘onning,
Jahonni zulm ila zo‘r xarob aylar.
Ilmsizdek olimlari jad157157
Jad ya’ni – judning aksi
[Закрыть] bo‘lar,
Yo‘q ishlar yo‘l olar, bor ish bad bo‘lar,
Shari’at nist bo‘lar, bad ish sad bo‘lar.
O‘lkani bir necha tavr xarob aylar.
Balxni bo‘g‘z dardi, Nishopurni – tosh,
Ammon shahrin daryo, Basrani – otash,
Madinani ochlik, makkani – habash,
Hirot, Kandaxorni mor xarob aylar.
Rum shahrin aylagay sa’iqa xarob,
Yamanni xuloch yiqar, Mosulni – a’rob,
Ko‘fani do‘l-jala, Bag‘dod shahrin – ob,
Rey158158
Rey – tarixiy hudud, shahar nomi
[Закрыть] o‘lkasin tilnib, yer xarob aylar.
So‘zima go‘sh solur oqil hamisha,
Termizga to’un tusha, ranj shahri Keshga.
Avlodi-So‘fyonda zoti Qumisha,
Isfaxonni sohib kor xarob aylar.
Samarqandni qibtiy yig‘lib, bek bosar,
Buxoroni non qitligi, turk bosar,
Saraxsni marg buzar, Marvni rik bosar,
Sherozni turk, cho‘g‘ib-mo‘r xarob aylar.
Qashg‘arni, Xo‘tanni kofir hind egar,
Xitoyga osmondan kajdumlar yog‘ar,
Har kajdum tevadek bir-birna tegar,
Hindistonni oh-u zor xarob aylar.
Adan shohin bo‘lar Laxorga azmi,
Qaytgach, yurtin topmas tog‘mi yo tuzmi.
Obi-Jayxun bosar ul Xorazmni,
Atrofda har mulkkim, bor, xarob aylar.
Darg‘onning shahriga ko‘kdan sas kelar,
Ul bir yovuz sasdir, eshitg‘on o‘lar.
Bulg‘or shaharlarin o‘rislar olar,
O‘risni dajjol-u nor xarob aylar.
Maxtumquli, har kim tinglasa jondan,
Bu ishlar chov159159
Chov – xabar
[Закрыть] bo‘lar oxirzamondan,
Mahdi yerdan chiqar, Iyso osmondan,
Dajjolni shul ikki er xarob aylar.