282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » Махтумкули » » онлайн чтение - страница 12

Читать книгу "Асарлар. Махтумқули"


  • Текст добавлен: 29 апреля 2024, 17:20


Текущая страница: 12 (всего у книги 19 страниц)

Шрифт:
- 100% +

EHSON QAYSI BILINMAS

 
Dardim ko‘pdir diyorimdan, davrimdan,
Xayr qaysi, ehson qaysi, bilinmas.
Zolimlarning jafosidan jabrindan,
Islom qaysi, iymon qaysi, bilinmas.
 
 
Suhbatida haq kalomin so‘ylar yo‘q,
Majlisinda bir nasihat aylar yo‘q.
Halol qaysi, harom qaysi-saylar yo‘q,
Sud qaysidir, ziyon qaysi bilinmas.
 
 
Xaloyiqda ibrat-da yo‘q, ko‘rim yo‘q,
Boylarinda saxovat yo‘q, berim yo‘q.
Xotinlarda hayo, qizda sharm yo‘q,
Odob qaysi, ikrom qaysi, bilinmas.
 
 
Kishining molina ko‘zin oldirar,
Ta’sib aylab qalbga gina to‘ldirar.
Bir-birini bir sababsiz o‘ldirar,
Nurbat qaysi, omon qaysi bilinmas.
 
 
Maxtumquli, jon mehmondir, gavda losh,
Yaxshiga do‘st ko‘pdir, yomon-beqardosh.
Bul ayyomda bosh-oyoqdir, oyoq-bosh,
Yaxshi qaysi, yomon qaysi bilinmas.
 

QOCHA BOSHLADI

 
Endi bildim zamonaning ozganin,
Yomonlar yaxshidan qocha boshladi.
Qayta badasllar asilzodadan
Pisand etmay, to‘rga kecha boshladi.
 
 
Riyo bo‘ldi ko‘p o‘qigan namozi,
Tangri hech birindan bo‘lmadi rozi,
Payg‘ambar o‘rninda o‘tirg‘on qozi,
Pora istab, qo‘lin ocha boshladi.
 
 
Shohlarda qolmadi hukmu adolat,
Bir pul uchun mufti berar rivoyat,
Bil, bul ishlar nishonayi qiyomat,
Zolimlar betavba o‘ta boshladi.
 
 
Dodxohlar turibon, yuzin sarg‘aytib,
Kim to‘rasin topib, rangin qizartib,
Zolimlar, mazlumga sirtin qabartib,
Qamchisindan qonlar socha boshladi.
 
 
Mujtahid so‘zina amal bo‘lmadi,
Munofiqlar Yaratganni bilmadi,
So‘filar pirindan ta’lim olmadi,
Dunyo uchin dindan kecha boshladi.
 
 
Bir bo‘lak so‘filar «so‘fiman» deyur,
So‘ramay zolimlar taomin yeyur,
«Bizni yaxshi odam desinlar» deyur,
Har eshikda xalqa qura boshladi.
 
 
Qariga aylandi biz ko‘rgan yoshlar,
Oyoq osti bo‘ldi biz ko‘rgan boshlar,
Bemahal yuk bog‘lab emdi qardoshlar
Oxirat azmina ko‘cha boshladi.
 
 
Oqil kishi g‘amda yuragin ezib,
Dardining darmonin so‘roqlab kezib,
Zamonaning fasod bo‘lg‘onin sezib,
Foniydan baqog‘a ko‘cha boshladi.
 
 
Ne asl beklarning navbati o‘tdi,
Qayta chug‘ul haromiga so‘z yetdi.
Dunyoda kim qolib murodg‘a yetdi,
Muhabbat charog‘i o‘cha boshladi.
 
 
Qozi degan bir javobda turmadi,
Tunlar zahmat chekib, kitob ko‘rmadi.
Shar’iat yo‘lida to‘g‘ri yurmadi,
Nafs uchun imonsiz o‘ta boshladi.
 
 
Maxtumquli aytar, davom yo‘l tani,
Besh kun sinamoqqa yubordi seni,
Sennan burun o‘tgan jononlar qani?
Har kim navbatinda o‘ta boshladi.
 

CHILIMKASH

 
Haq seni ra’yingga qo‘ymish jahonda,
Qila bilaring qil munda, chilimkash!
Devon qurilgan kun, hisob joyinda,
Javobing ne bo‘lur anda, chilimkash.
 
 
Quvvating qochirar, kuching oz turar,
Kayfi kallaga kep, aqling ozdirar,
So‘ngoking sizillar, eting qizdirar,
Bir nishona shudir senda, chilimkash!
 
 
Qo‘l uz endi bo‘yla nohaq taloshdan,
Puling kuyar, iching yonar bu ishdan,
Erta qorning to‘ldirarlar otashdan,
Zahmi chiqmay qolar jonda, chilimkash.
Ikki dunyo yaxshilik yo‘q egriga,
Odam bo‘lsang, qadam qo‘ygil to‘g‘riga.
Benamozga, g‘iybatkashga, o‘g‘riga,
Yo‘ldosh bo‘lar yovuz kunda chilimkash!
 
 
Maxtumquli, Mavlo jonnan yaqindir,
Chilim bir sho‘r suvdir, tan bir zamindir.
Iymon bir tulkidir, vujud bir indir,
Tulki dudga to‘zmas inda, chilimkash.
 

BEVAFOLARDAN

 
Aslo ko‘ngil berma bevafolarga,
Boq, kim vafo ko‘rmish bevafolardan!
Qo‘yma o‘zing ersiz bu jafolarga
Kim bahra topibdir bul jafolardan.
 
 
Ishqning ovozasin tingla tashindan,
Jon jabrinnan qo‘rqsang, borma boshindan,
Sarishtang kam bo‘lsa ishqning ishindan,
Bor, xabar ol ko‘rgan mubtalolardan!
 
 
So‘zim nasihatdir go‘sh-quloq soling,
Bandasiman so‘zga xaridor qulning.
Qirq o‘ynashli xotin yaxshidir, biling.
Sharrunnos, ko‘p tilli katxudolardan!
 
 
Sharoban-taxuran kimga jom bordir,
Ko‘ngil ko‘zgu yanglig‘ nuri anvardir.
Dunyo yetti boshli yalmog‘iz mordir.
Qochg‘onlar qutulmas bu balolardan!
 
 
Yotma, Maxtumquli, ishrating suyub,
Boqiy yotajaksan kafaning kiyib.
Hojatin toparmi, xojasin qo‘yib,
Tilak etgan kimsa qul-gadolardan?!
 

YOQQANCHA BO‘LMAS

 
Har safilga sochma darding, siringni,
Hasrat o‘ti jisming yoqqancha bo‘lmas!
G‘ussa bilan dona-dona ko‘zingnan
Ashki-nadomating oqqancha bo‘lmas!
 
 
Qonig‘ bo‘lib, izzatda tut o‘zingni,
Ta’ma qilib, sarg‘aytirma yuzingni.
Har nomardga hayf aylama so‘zingni,
So‘zingning binosin yiqqancha bo‘lmas.
 
 
Mag‘rur o‘lub yurma umring gulina,
Sovrilarsan bir kun xazon yelina,
Yuz yil yashab, tushsang ajal qo‘lina,
O‘ngingdan so‘lingga boqqancha bo‘lmas.
 
 
Sulaymondan ortiq bo‘lsa shavkating,
Larzona aylasa ko‘kni haybating,
Ko‘ksing uzra gurzi uzar riy’ating130130
  riy’ating – O‘pka


[Закрыть]
,
Ajalning jallodi qoqqancha bo‘lmas!
 
 
Ko‘ngli qora bilan bo‘lmanglar ulfat,
Yuqar annan turli-turli kasofat.
Har chandki ko‘mirga aylasang izzat,
Ustingga qarosi yuqqancha bo‘lmas!
 
 
Maxtumquli hargiz topmadi, omon,
Til yomoni tig‘dan, tabardan131131
  tabar – Bolta


[Закрыть]
yomon.
Yomon til yoninda zahri ko‘p yilon,
Chaqsa-da bir chivin chaqqancha bo‘lmas!
 

OBOD QOLSIN

 
Sahar tur, Ollohga yolvor,
Islom uying obod qolsin!
Yaxshilarga ammo yo‘l ber,
Shayton ishi barbod qolsin!
 
 
Yaxshi so‘zga quloq solgil,
Sahar chog‘i bedor bo‘lgil,
Yaxshilardan olqish olgil,
Umring ortib, ziyod qolsin!
 
 
Odamzod ko‘zdan sipguncha,
Esdan chiqar qon kepguncha.
Munda bir rabot yopguncha,
Haqdan tila, avlod qolsin!
 
 
Pes xotin boshga mehnatdir,
Dunyoning moli navbatdir.
Yigitga o‘g‘il davlatdir,
Mol qolguncha, zuryod qolsin!
 
 
Yigit moli ot-yarog‘dir,
Har ishga jur’at kerakdir.
Pes o‘g‘ildan yaxshiroqdir,
Firog‘iy, yaxshi ot qolsin!
 

ER YONINDA BILINAR

 
Yaxshilikni pes bilmas –
Er yoninda bilinar.
Ko‘rar ko‘zning qimmati,
Ko‘r yoninda bilinar.
 
 
Dali ko‘ngil tayanchi,
Yo‘q dunyoga inonchi.
Sog‘ quloqning quvonchi,
Kar yoninda bilinar.
 
 
Agar pirsan, agar yosh,
Qilma siring elga fosh.
Sir saqlagan mahaktosh,
Zar yoninda bilinar.
 
 
Bul dunyoning murodi,
Ot, zaifa, zuryodi.
Arvonaning quvvati,
Nar yoninda bilinar.
 
 
Bo‘lsa g‘amdan xalosim,
Yozga do‘nga qish faslim.
Maxtumquli, ixlosim,
Yor yoninda bilinar.
 

SO‘ZLARIM

 
Yondi jonim, naylayin ul yorga tushdi ko‘zlarim,
Zahr o‘lubdur, bilmadim, asal erurdi so‘zlarim.
 
 
Charx-falak aylanibon, ters kunni soldi boshima,
Yomg‘iri-boroni bir-la qish bo‘libdur yozlarim.
 
 
O‘tdi bizdan davlati, bir miskini gado menam,
Der Firog‘iy, uchdi lochin, bo‘ldi asir g‘ozlarim.
 

JONONGA NAZAR AYLA

 
Tan qafasda giriftor, kel jonga nazar ayla,
Boq ko‘ngil ko‘zgusina, jononga nazar ayla.
Ibrat ko‘zingni ochgil, jahonga nazar ayla,
Ikki kema tutmagil, bir yonga nazar ayla.
Hech kimga boqiy bermas, davronga nazar ayla,
Davronina tayangan insonga nazar ayla,
Bul qo‘nib-ko‘chib borgan karvonga nazar ayla!
 
 
Bul davron ichra ko‘ngil qushlari aylar parvoz,
Go‘yo murg‘i sahardir, shab suxan aylar og‘oz.
Bog‘ ichra bulbul o‘lub, o‘qir nag‘ma hazor soz,
Xudoga tavba aylab, dargohina do‘ndim boz.
Umr oz, davron daroz, na ro‘za bor, na namoz,
Uyg‘on xobi g‘aflatdan, go‘yo hashr fasli yoz.
Olimlar tasbeh o‘qir, har yonga nazar ayla!
 
 
O‘lmasman deb tushmasin, ko‘ngling bu gumon ichra,
Umrga yo‘q e’tibor, o‘tkinchi zamon ichra.
Ajal qo‘ymish o‘q-tirin, kerishga kamon ichra,
Bandaga ne armondir, jon bersa iymon ichra.
So‘zla, so‘zing yoyilsin bul yaxshi, yomon ichra.
Oz umrga ko‘p ishlar quribsan jahon ichra,
Muqim ishini tutgan mehmonga nazar ayla!
 
 
Vah, ne xublug‘ oshiqqa xilvat yorga ulashmoq,
Hol-ahvolin so‘rashib, qo‘l bo‘ynina solishmoq,
Mahsharning nushri yanglig‘ tan, jon kabi bulushmoq,
Bir-birga dardni to‘kib, sarguzashtin qilishmoq.
Tov berilgan rishtaday chirmashib-o‘ralishmoq,
Do‘stlar, ne mushkul ishdir qovushib, ayrilishmoq.
Visolga mag‘rur o‘lma, hijronga nazar ayla!
 
 
Maxtumquli, so‘zlamay turmog‘a qo‘ymas darding,
 Yolg‘onchida132132
  Yolg‘onchi dunyo demoqchi


[Закрыть]
aylanib, oltmish yonga qo‘l kerding.
Foniyni boqiy bilding, yeldek esding, yugurding,
Do‘stingga jabr aylab, dushmanga yuz o‘girding,
Aziz joning fido qil, soyasinda bir marding.
O‘ttiz to‘rt yoshga kirding, bul jahonda ne ko‘rding,
 «Qur’on»ga quloq qo‘yib, farmonga nazar ayla.
 

HIJRON QAYSI BILINMAS

 
Falak menga g‘am bodasin bergandan
Visol qaysi, hijron qaysi bilmadim,
Haq ishina tan bermisham ko‘rgandan,
Orzu qaysi, armon qaysi bilmadim.
 
 
Banda bo‘lsang, izla Haqning rizosin,
Jabr qilsa, chekavergil jazosin.
 
 
Ajal otar bir kun tiri-qazosin,
Kerish133133
  Kerish – kamon ipi


[Закрыть]
qaysi, kamon qaysi bilmadim.
 
 
Bir suvratman boqmang bu kun o‘zima,
Orif bo‘lsang go‘sh tut ayg‘on so‘zima.
Dunyo tubi yo‘q ko‘rinar ko‘zima,
Davr qaysi, davron qaysi bilmadim.
 
 
Oz umrni ko‘p savdoya sotibman,
O‘zim bilmay ul daryoya otibman.
Ne ummondir, ne tolobdir134134
  Tolob – hovuz, vashh


[Закрыть]
, botibman,
Zamin qaysi, zamon qaysi bilmadim.
 
 
Har kim kirsa ul tolobga, ummona,
Boshin olib chiqa bilmas bir yona.
Qadam qo‘ydim ul sahroya-maydona,
Jon qaysidir, jahon qaysi bilmadim.
 
 
Men dunyoni osmondagi rang bildim,
Issig‘-issig‘ qotilishdim, so‘ng bildim.
Emdi aning borin-yo‘g‘in teng bildim.
Sud qaysidir, ziyon qaysi bilmadim.
 
 
Maxtumquli, yo‘lning oldi, orti bor,
Chekar yukin har kishining mardi bor.
Yuragimda pinhon ishqning dardi bor,
Dard qaysidir, darmon qaysi bilmadim.
 

UCHA BILMAM, NAYLAYIN

 
Ko‘nglim istar kezsam dunyo-olamni,
Qanotim yo‘q, ucha bilmam, naylayin?!
O‘qirman, ko‘rarman Favzul kalomni,
Ma’nosini secha135135
  Sechmak – saylamoq, termoq


[Закрыть]
bilmam, naylayin?!
 
 
Ko‘plar anda g‘avvos bo‘lib suzarlar,
Menga zohir, xalqdan pinhon kezarlar,
Gul bodada gulgun sharob ezarlar,
Qo‘l uzatib, icha bilmam, naylayin?!
 
 
Uy tashindan sharob isin no‘sh qildim,
Ketdi aqlim, o‘zim bilmay, jo‘sh qildim.
May-mast o‘ldim, dar136136
  Dar – eshik, qopug‘.


[Закрыть]
siz uyga duch bo‘ldim,
Ruxsat bo‘lmay, ocha bilmam, naylayin?!
 
 
Yitdi yo‘lim, tog‘ qaysidir, tuz qaysi,
Ongmas ko‘nglim ma’no qaysi, so‘z qaysi.
Fahmim yetmas, yo‘l qaysidir, iz qaysi,
Umid uzib, qocha bilmam, naylayin?!
 
 
Maxtumquli, bul dunyoning hamasin,
O‘rab-chirmab elga berdim nomusin.
Fikr daryosina aqlim kemasin,
Botir misham, kecho bilmam, naylayin?!
 

«YO RABBIM!» DEYARLAR YOSHLAR ICHINDA

 
Tog‘lar qarib qolsa, daryolar-selsiz,
«Yo Rabbim!» deyurlar yoshlar ichinda.
Dahan yolg‘iz qolsa-bir barmoq tilsiz,
Ne chora aylasin tishlar ichinda.
 
 
Qari kuchdan qolar, yigitlar hushdan,
Sayyod ovdan qolar, lochinlar qushdan.
Shohda aql bo‘lmas, ahmoqlar boshdan
Ko‘p xayol qilarlar tushlar ichinda.
 
 
No‘x kalom o‘qig‘on-elning so‘fisi,
Joyi ma’lum ermas, qayda qopusi.
 
 
Ikki ko‘ks orasi juvon safosi,
Qoraqush makoni loshlar ichinda.
 
 
To‘qaylar bir zamon palangsiz bo‘lmas,
Hindi jondan kechar, filindan qolmas.
Qozoq echki suyar, gov, qo‘chqor olmas,
Makoni bo‘larmish ko‘chlar ichinda.
 
 
Maxtumquli, saqla uzun tilingni,
O‘rning bil-da mahkam bog‘la belingni.
Bahor fasli esdirmagil yelingni,
Yel makoni bo‘lar qishlar ichinda.
 

«QISSAS-UL ANBIYO» OTLI, YORONLAR!

 
Daftarlar ichinda bir kitob ko‘rdim,
«Qissas-ul anbiyo» otli, yoronlar!
Hazrati Yusufni bayon etarda
Qissasi shakardan totli, yoronlar!
 
 
Ranji azim, rohati ko‘p, sho‘yla bil,
So‘zlari hadisdir, oyati-dalil.
Bani Ishoq ibni Ibrohim Xalil,
Yalovuch urug‘i zotli, yoronlar!
 
 
O‘n ikki o‘g‘li bor. (Olti-da xotin…),
Xabar so‘rsang, budir bu asl zotin.
Illallo Tangrining ul mo‘‘jizotin,
Ya’qubni nobino etdi, yoronlar!
 
 
Yetti yoshda ko‘rgan, Yusufning tushi…
YOronlar, taajjub Ollohning ishi,
Sham’un, Ruybil otli… ul o‘n qardoshi…
Yusufni bir chohga otdi, yoronlar!
 
 
«Yusufjonni bo‘ri yedi» dedilar,
Bir bo‘rini tutib, bog‘lab keldilar.
Hazrati Ya’qub bir duo qildilar,
Bo‘ri o‘z holini aytdi, yoronlar!
 
 
«Bir bolam bor yitiribman yonimdan,
Uch kun bo‘ldi izlab topmam yobondan.
Tilaging qabuldir Sening subhondan –
Duo qil» deb, umit etdi, yoronlar!
 
 
…Yusufni soldilar tagi-zamina,
Aning dag‘i-ko‘ngli bo‘ldi kamina.
Haq amr etdi ul Jabroyil amina.
Bir damda Yusufni netdi, yoronlar!
 
 
Choh ichinda yotdi uch kecha-kunduz,
Hazrati Jabroyil saqladi ta’miz.
Bir Oy bilan bir Kun, ul o‘n bir yulduz
Yusufga ko‘p ta’zim etdi, yoronlar!
 
 
Bir karvon keladi Misrdan Shomga,
Nogahon yetdilar ushbu maqomga.
Buyurdi-Bashir-u Bashar g‘ulomga,
…Katdan qovg‘alarin tortdi, yoronlar!
 
 
Qovg‘alarni chiqarsalar tashina,
Yusuf chiqdi Oydek bo‘lib nishona.
Yuz ming shukur qildi ul dam Subhona,
Qullar iymon arzin aytdi, yoronlar!
 
 
Olloning amrina sunub bo‘ynini,
Beklar, ko‘ring, bul shum falak o‘ynini,
Hazrati Ya’qubning nuri-aynini,
Qullar xojasina eltdi, yoronlar!
 
 
Malik tujjor olib bordi Kan’ona,
Xabar topdi boqiy o‘n to‘rt devona.
Yusuf: «Sodiq qulman» dedi mardona,
O‘n sakkiz yarmoqqa sotdi, yoronlar!
 
 
Podishoning ismi Rayyon Malikdi,
Vazirining oti Aziz (Kerakdi)-(?)
Alar bari Zulayxodan darakdi,
Malik tujjor anga sotdi, yoronlar!
 
 
Dallollar yig‘ilib, baho qo‘ydilar,
«Bo‘yi tengi oltin, kumush» dedilar.
La’lu javohirdan ancha uydilar,
«Haliyam-ku arzon!» aytdi, yoronlar!
 
 
Shahar o‘rtasinda bir taxt qurdilar,
Yusuf: «Sodiq qulman» deya turdilar.
Qimmat qo‘yib, Zulayxoga berdilar,
Oxir murodina yetdi, yoronlar!
 
 
Oshiq bo‘ldi er Yusufning ko‘rkina,
Soldilar yetti qat yerning berkina,
Olti xotin qo‘ymadilar erkina,
Yusuf ham alarga netdi, yoronlar!
 
 
Xotinlar makridan qochdi, qutuldi,
Etagin kesdilar, tishda tutildi.
Necha yillar zindon ichra yotildi,
Yusufdan tamomi o‘tdi, yoronlar!
 
 
Yusuf sodiq yotar zindon ichinda,
Podsho bir mo‘‘jizot ko‘rdi tushinda.
Munajjimlar bari kelib qoshinda,
Har qaysi bir ta’bir aytdi, yoronlar!
 
 
Alqissa, bu ta’bir Yusufga yetdi,
Yusuf ham bul tushning bayonin etdi.
Ibrat olib, podsho ra’yindan qaytdi,
Tamomin musulmon etdi, yoronlar!
 
 
Yusuf taxtga chiqib, podsho bo‘ldilar,
Tamom Misr xalqin sotib oldilar.
Og‘alari kelib, ta’zim qildilar,
Kulli gunohlarin o‘tdi, yoronlar!
 
 
Maxtumquli so‘zlar haqning san’atin,
Bandasan, hotifning amrina kuygin.
Kimga besh kun berar, kimsaga o‘n kun,
Suravering, davron o‘tdi, yoronlar!
 

BOTDI, YORONLAR

 
To‘rt ming to‘rt yuz yoshli Luqmon hakimning,
Boshi qaro qumga botdi, yoronlar!
Raxsh bedovli, og‘ir gurzli Rustamning
Ajal jilovindan tutdi, yoronlar!
 
 
Yusufning orzusi – Ya’qub yoninda,
Sevgisi bag‘rinda, dardi joninda,
Kimning qadri bordir charxning yoninda,
Yusufni qul deya sotdi, yoronlar!
 
 
Olamga hukm etgan Iskandar sulton,
Ajal tadbirina topmadi darmon.
Taxtini yel chekkan hukmi – Sulaymon
Qolmadi, dunyodan o‘tdi, yoronlar!
 
 
Uch yuz o‘n uch mursal qolmadi biri,
Qani Osif-Sulaymonning vaziri?
Qani o‘l Haq Rasul, Haqning o‘z Sheri,
Qaro yer barchasin yutdi, yoronlar.
 
 
Maxtumquli aytar, g‘ofil o‘tirmang,
Qilcha jonni ko‘p qayg‘uga botirmang,
Yolg‘onchini hasrat bilan o‘turmang137137
  O‘tkazmang


[Закрыть]
,
Bir fasl davrondir, o‘tdi, yoronlar!
 

XABAR BER – BO‘YLADIR

MAXTUMQULI:

 
– Ul ne gavhar, bo‘lsin aning bayoni?
Yo, muallim, bizga mundan xabar ber!
Ne sandiqdir, aning manzil-makoni?
Ustod bo‘lsang, bizga mundan xabar ber!
 

ZUNUBIY:

 
– Imon gavhar, bo‘ldi aning bayoni,
Ustod desang, bizdan xabar bo‘yladir:
Ko‘ngil sandiq, aning manzil-makoni,
Bizni ustod bilsang, xabar bo‘yladir.
 

MAXTUMQULI:

 
– Ne tovusdir, bo‘lsin aning bayoni?
Qaysi manzil erdi aning makoni?
Ul ne ustod, ayg‘il, nedir do‘koni?
Ustod bo‘lsang, bizga mundan xabar ber!
 

ZUNUBIY:

 
– Rasul nuri tovus, bo‘ldi bayoni,
Shajarat-ul yaqin erdi makoni.
Qodir Olloh ustod, qudrat do‘koni,
Bizni ustod bilsang, xabar bo‘yladir!
 

MAXTUMQULI:

 
– Necha ayyom o‘shal manzilda bo‘ldi?
Yaxshi o‘ylab so‘yla, necha ish qildi?
Besh vaqt namoz asli ne beshdan qoldi?
Ustod bo‘lsang, bizga mundan xabar ber!
 

ZUNUBIY:

 
– Yetmish ming yil o‘shal manzilda qoldi,
Mir’ot-al hayyoa bir nazar soldi.
O‘z suvratin ko‘rib, besh sajda qildi,
Bizni ustod bilsang, xabar bo‘yladir.
 

MAXTUMQULI:

 
– Necha ma’bud bir ma’buddan bosildi?
Qaysi isbot o‘ldi, qaysi lo bo‘ldi?
Islom dini nedan quvvatli keldi?
Ustod bo‘lsang, bizga mundan xabar ber!
 

ZUNUBIY:

 
– “La ilaha illalloh” deb bitildi,
Uch yuz oltmish sanam Ka’bada o‘ldi.
Islom dini so‘ngra quvvatli keldi,
Bizni ustod bilsang, xabar bo‘yladir!
 

MAXTUMQULI:

 
– Ul ne daryo, kirgan qaytib chiqmayur?
Ne manzardir nazari Haq mehri bor?
Fahmi-shumor ila qilib ixtiyor,
Ustod bo‘lsang bizga mundan xabar ber!
 

ZUNUBIY:

 
– Ont bir daryo, kirsa chiqmas har banda,
Nazargoh bor har mo‘‘minning ko‘nglinda.
Uch yuz oltmish nazar aylar Haq kunda,
Bizni ustod bilsang, xabar bo‘yladir.
 

MAXTUMQULI:

 
– Ul ne bog‘dir, anda meva topilmas?
Ne bulutdir andan yomg‘ir, sel bo‘lmas?
Ne zulmatdir, Qamar shu’la nur solmas?
Ustod bo‘lsang, bizga mundan xabar ber!
 

ZUNUBIY:

 
– Be amal olimlar bog‘dir samarsiz,
Yog‘mas bulut-osiylardir xabarsiz.
Kufr ahli bir zulmatdir Qamarsiz,
Bizni ustod bilsang, xabar bo‘yladir.
 

MAXTUMQULI:

 
– Ne yerdan qildi Haq Odamning boshin?
Ne manzil xokindan ayladi tishin?
Ne yerdan ayladi bu ko‘ngil xo‘shin?
Ustod bo‘lsang, bizga mundan xabar ber!
 

ZUNUBIY:

 
– Baytulmuqaddasdan qildi boshini,
Kavsar tuprog‘indan qildi tishini.
Firdavs xokindan ko‘ngil xo‘shini.
Bizni ustod bilsang, xabar bo‘yladir.
 

MAXTUMQULI:

 
– Oyoqlarni bir-bir ayon aylagil!
Suyaklarni bir-bir bayon aylagil!
Ul chashmi qay yerdan, bayonin degil!
Ustod bo‘lsang, bizga mundan xabar ber!
 

ZUNUBIY:

 
– Oyoqlarni Hindistonnan ayladi,
Suyaklarni Dog‘istonnan ayladi.
Chashmin hovuz ul bo‘stonnan ayladi,
Bizni ustod bilsang, xabar bo‘yladir.
 

MAXTUMQULI:

 
– Muborak jamoling, bilgil, ne bo‘ldi?
Qo‘llarining xokin ne yerdan qildi?
Bayon ayla, tilin ne yerdan qildi?
Ustod bo‘lsang, bizga mundan xabar ber!
 

ZUNUBIY:

 
– Jannat tuprog‘idan qildi jamolin,
O‘ng qo‘lin Ka’badan, Forsdan so‘lin.
Toif tuprog‘indan shirin zabonin,
Bizni ustod bilsang, xabar bo‘yladir.
 

MAXTUMQULI:

 
– Ne huqqadir, ne barradir jahori?
Ne bulbuldir, ne ajdaho, ne bo‘ri?
Ne cho‘pondir, boqar layl-u nahori?
Ustod bo‘lsang, bizga mundan xabar ber!
 

ZUNUBIY:

 
– Ko‘ngil huqqasinda barra iymondir,
Nafsing ajdahodir, bo‘ri shaytondir.
Toating bulbuldir, aqling cho‘pondir,
Bizni ustod bilsang, xabar bo‘yladir.
 

MAXTUMQULI:

 
– Ne quyoshdir, hisobini qilaylik,
Chandon soldir ko‘zdan nihon, bilaylik,
Necha sirdir, sennan xabar olaylik?
Firog‘iy der, bizga mundan xabar ber!
 

ZUNUBIY:

 
– Rasul – Kundir, hisobini tutaylik,
Ming ikki yuz o‘n bir yildir, bitaylik.
Ajal ko‘prik, kel, diydora o‘taylik
Zunubiy der, bizdan xabar bo‘yladir.
 

RABBIM JALIL

 
O‘n sakkiz ming olam ahlin bor etgan Rabbim Jalil,
Do‘ndirib dargohina ham zor etgan Rabbim Jalil,
Qudrat ila Arsh uyin davvor etgan Rabbim Jalil,
Haybat ila farsh uyin hamvor etgan Rabbim Jalil.
 
 
Amr etib, bas, bayzoyi anvor etgan Rabbim Jalil,
Ayri savdoya solibon ra’yini har bandaning,
Xush ajib sarishta bir-la murdaning ham zindaning
Beshalar ichra arslon, har yirtg‘uvchi darrandaning
Yer yuzinda har ne bor, mo‘r-malax, junbandaning
Rizqini maqsum etib, tayyor etgan Rabbim Jalil.
 
 
Necha payg‘ambarlarga qilding atoyi-davlatni,
Imtihon aylab necha qullarga dardu mehnatni,
Lutf aylab berding u kun Musoga fathi nusratni,
Dinga da’vat aylagach, Firg‘un138138
  Fir’avn


[Закрыть]
ning ortib shirkati,
Barchani bul jahonda xor-zor etgan Rabbim Jalil.
 
 
Kimni sulton aylamish, kimning taninda joni yo‘q,
Kimisi ishrat bilan, kimning yemoqqa noni yo‘q,
Kimsa Qorun kabi yig‘mish, xayri yo‘q, ehsoni yo‘q,
Ham bu dunyo, ham u dunyo kimlarning armoni yo‘q.
Kimlarning o‘rnin azob-un-nor etgan Rabbim Jalil.
 
 
Ey, Xudo, Maxtumquliga lutfi ehson aylagil,
Barcha ummat jurmini avfingda yakson aylagil,
Avvalu oxir maqsudimni, kel-da, oson aylagil,
Kashf etib ilmi-ladunni, ahli irfon aylagil.
Bexabarlarga sir oshikor etgan Rabbim Jalil.
 

BUROQNING

 
Og‘alar, Buroqning vasfin so‘zlayin,
Arab tilin so‘zlar o‘zi Buroqning.
Bo‘yni uzun, ko‘ksi yassi, rangi oq.
Odamzodga mengzar yuzi Buroqning.
 
 
Olamga nur sochar olnining139139
  Olni – peshonasi, manglayi


[Закрыть]
oqi,
Yo‘g‘ondir buynuzi, yupqa dudoqi.
Yashil zabarjaddir ikki qulog‘i.
Tong yulduzi monand ko‘zi Buroqning.
 
 
Yildirimdek bo‘lar tuyoq qoqishi,
Sigir sifatlig‘dir quyruq chiqishi.
Orqasi taxtadir, bo‘lmas yo‘qushi
Enishi, chiqishi, tuzi Buroqning.
 
 
O‘t yemas, rahmatdan to‘lug‘dir ichi.
Qizil yoqutdandir olnining sochi.
Eshakdan yirikroq, xachirda kichi(k).
Yurisa bilinmas izi Buroqning.
 
 
Maxtumquli aytar: «Alhamdullilo»,
Davlat boqiysini o‘zing ber, Ollo!
Uni mingan Ahmad ibni Abdullo,
Keldi zabonima so‘zi Buroqning.
 

ANDA BOR

 
Ilk qavat zaminning nomi Ramkodir,
Iqlim otlig‘ yovuz ellar anda bor.
Yetmish ming farishta anda saqlovdir,
Ming qoyim burundiq bog‘lar anda bor.
 
 
Ikkinchi qat yerning nomi Haldadir,
Quyrug‘i nayzadek kajdum andadir.
Osiy odam uchun ko‘zi yo‘ldadir,
Zaharli, bug‘roday mo‘rlar anda bor.
 
 
Olti yuz oltmishdir umurtqa toshi,
Har birin olti yuz oltmishdir boshi.
Har boshda olti yuz oltmishdir tishi,
Tog‘lar to‘zmas, bad og‘ular anda bor.
 
 
Uchinchi yer nomi G‘arqoyi Ofoq,
O‘tini temirdan, tob bermas turpoq,
Do‘zax anguri bor tog‘dan ulug‘roq,
Haqiqat imonsiz qullar anba bor.
 
 
To‘rtinchi qat yerning nomidir Harfo,
Yilonlarin tishi misoli xurmo.
Issig‘i kuydirib, o‘ldirar Tir, Moh,
Tan, jon to‘zmas, tinmas voylar anda bor.
 
 
Beshinchi yer nomi Lag‘ar zamindir,
Olmos tosh-la urar kimi bedindir,
Oltinchi qat yerning nomi Sijjindir,
Tomug‘lik bo‘lajak jonlar anda bor.
 
 
Yettinchi yer nomi G‘ariba dalda,
Do‘zaxdan vahm ayla, Xudoni bil-da,
Shayton u yon kirib chiqar har yilda,
Firog‘iy der, yomon kunlar anda bor.
 

TORI UZILMASDAN BURUN

 
Jismi-qonundan nafas tori uzilmasdan burun,
Boshingda davri-qazo bazmi qurilmasdan burun,
Jupbayi-jon tiri-rihlatdan so‘tilmasdan burun,
Ey, ko‘ngil, qasring asosi – tan buzilmasdan burun,
Toqi-obro‘ kurasi-dandon to‘kilmasdan burun.
 
 
Qil nazar osori-sun’ullog‘a chashmi-did ila,
Kir haqiqat yo‘lina, bu jazbayi-tamhid ila,
Qurbi-vahdat istasang, bo‘lg‘il vasfi tamjid ila,
Uqdayi labdin girix och nuqtayi tavhid ila,
Ko‘z ochib senga deyoyin harza kulmasdan burun.
 
 
Bebaqodir qalb140140
  Soxta so‘zing


[Закрыть]
qo‘bling, bog‘lama iqbol anga,
Bo‘lma g‘arra oriyat dunyoda mulku molingga,
Yod etib go‘r-u qiyomat, yig‘la doim holingga,
Bir nazar sol mo’umannan kechib, o‘z ahvolingga,
Och ko‘zing ibrat ila tuprog‘a to‘lmasdan burun.
 
 
Davom umringniki sarf et, mardumning fahmida bo‘l,
Maqdamida bosh qo‘yib, ma’yusi mardum dida bo‘l.
Sarf qil pok tilingniki, xulqi xo‘sh bongzada bo‘l,
Qil duto pushting amalni, beriyo subhida bo‘l,
Hashrda mezon-tarozisi qurulmasdan burun.
 
 
Bebaqo foniy jahonni bilmagil sen joyi-bud,
Erta-yu oqshom ketarsan sel-u barqu, bodi-zud,
Qil bu kun tongla ishin, qilmas pushaymon anda sud,
Qil duto pushting ruku’da jazbayi-jonnan sujud,
To ajalning bodidan qadding bukilmasdan burun.
 
 
Sindirib usyon tuxumin, to‘k nadomat ashkini,
Keltir Olloga bu kun beqadar qiymat ashkini,
Joriy aylayub borho chashmi davomat ashkini,
Ko‘zlaringnan oqizib sho‘ri qiyomat ashkini,
Tavba jomin no‘sh qilg‘il, paymona to‘lmasdan burun.
 
 
Kechalar, Maxtumquli, yurgil axtarib bir rahbar,
Qo‘yma beyo‘ldosh qadam, manzil uzoqdir, yo‘l xatar.
Ko‘zlaringnan oh o‘rnina oqizib xuni jigar,
Sa’y qil, olg‘il bahor-u foyiz Haqdan bir samar,
Bodi-rihlatdan niholing bargi so‘lmasdan burun.
 

Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 | Следующая
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации