282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » Махтумкули » » онлайн чтение - страница 18

Читать книгу "Асарлар. Махтумқули"


  • Текст добавлен: 29 апреля 2024, 17:20


Текущая страница: 18 (всего у книги 19 страниц)

Шрифт:
- 100% +
«YU»

Yunus – Payg‘ambarlardan biri. U baliq ichida bir necha kun yashashga majbur bo‘ladi. Xudoning qudrati bilan Aynalxiton otli nahang (kit) uni yutadi-yu ammo yemay (xazm qilmay) tirik saqlaydi. (A.J.)

Yusuf – Ya’qub payg‘ambarning o‘g‘li, payg‘ambarlardan biri. Uning og‘alari hasaddan suvsiz quduqqa tashlaydilar. Ammo Yusufni Ilohdan farmon bo‘lib. Jabroyil Yerga tushirmay ushlab qoladi. U oxiri Misrda podsho bo‘lib, og‘alari bilan uchrashadi va h.

«YA»

Yaqiyn – Ishonch.

Ya’qub – Payg‘ambarlardan biri.

Yalavoch – Payg‘ambar.

Yag‘mo – Talon.

«YO»

Yo! – Ey!

Yori – Ko‘mak, yordam.

QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR

*Imom Din, shariat yo‘lboshchisi. Ko‘pchilik bo‘lib namoz o‘qiganda ular peshvosi; Ali va uning naslidan bo‘lgan 11 odamning har biri.

*Imomayn –Ikki imom. Imom Hasan va imom Husayn.

*Imomi A’zam Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobitning laqabi. 699 – 700 yillarda Kufada tug‘ilgan. Asli Afg‘onistonning Kobulidan. U islom sunniy sektasining to‘rt mazhabining «Hanafiya» nomli yo‘nalishini yaratgan. Muhaddis. Ko‘p kitoblar yozib qoldirgan. Abu Hanifa 767-77-yillar (taxminan) Bag‘dodda tutqun (asirlik)da vafot etgan.

*Imom Ja’far Abu Abdulla Ja’far ibn Muhammad shialardan. Uning «Sodiq) hamda «Rostgo‘y» degan laqablari bo‘lgan. 699-700, 767-770-yillarda yashagan. Makkalik. Shia mazhabi asoschisi. Uning zamonida ilm-ma’rifatga (al-kimiyoga alohida) e’tibor berilgan. U o‘zi ham kimiyo fani bilan izchil shug‘ullangan.

*Imom Muso Kozim Imom Ja’farning o‘g‘li. Imom Muso shialarning yettinchi imomidir. «Kozim» esa laqabi (taxallusi)dir.

*Imom Muhammad Bakir-Imom Zaynul-Obidinning o‘g‘li Bakir (676-733.) shialarning beshinchi imomi.

*Imom Muhammad Taqiy(Tag‘i-bo‘ysunmas) – Imom Rizoning o‘g‘li Muhammad Taqiy (811-835.) shialarning to‘qqizinchi imomi.

*Imom Naqiy Abulhasan Alining o‘g‘li Muhammad Naqiy (829-965.) shialarning o‘ninchi imomi.

*Imom Rizo Muso Kozimning o‘g‘li Abulhasan Ali shialarning sakkizinchi imomi. 770-yilda Madinada tug‘ilgan. 816-817-yillarda abbosiylar halifasi uni tantana bilan Marv (hozirgi Mari shahri)ga chaqirib, o‘z tojtaxtiga merosxo‘r qilib tayinlaydi. U o‘zi istamasa ham bu vazifani qabul qilib olishga majbur bo‘ladi. Keyinchalik Ma’mun qilgan bu ishidan pushaymon bo‘ladi va Ali ibn Musoni zahar berib o‘ldirish payiga tushadi. Nihoyat Ali ibn Musoni uzum suviga qo‘shilgan zahar bilan Tusga yaqin hududda og‘ulab o‘ldiradilar. Ali ibn Musoning laqabi – Rizodir.

*Imom Hasan lining katta o‘g‘li. U 624-625-yillar Madinada tug‘ilgan. Onasi Muhammad (S.A.V.) payg‘ambarimizning qizilari Fotimadir. U ukasi Imom Husayn bilan bolalikda Payg‘ambarimiz (bobosi)ning tarbiyasini olgan. Keyinchalik ularni otasi – Ali(r.a.) ning o‘zi tarbiya qilgan. 660-661-yillarda Ali o‘ldirilgach, imom Hasan otasi o‘rnida xalifalik qilgan. Ammo Muoviyaning qarshiligi tufayli va Kufa tarafga qo‘shin tortmog‘i sabab, Hasan xalifalikdan voz kechadi. Hokimiyat Muoviya qo‘liga o‘tadi. Muoviya Hasan ayollaridan biri orqali uni zaharlab o‘ldiradi. Bu dahshatli voqea 669-700-yillar sodir bo‘ladi. (A.J.)

*Imom Husayn Alining ikkinchi o‘g‘li. Ul 625-626-yilda Madinada tug‘ilgan. Yazid xalifa bo‘lganida unga bo‘ysunmaydi va Madinadan Makkaga ko‘chib o‘tadi. U yerda Yazidning tarafdorlari unga tinchlik berishmaydi. Ozorlardan bezor bo‘lgan Husayn o‘z odamlari bilan Karbalo cho‘lida Yazidga qarshi urushishga majbur bo‘ladi. Xuddi shu janglarda u ham o‘ldiriladi. Bu dahshatli fojea 680-681-yillarga to‘g‘ri keladi.

*Imom Mahdi Hasan Askarning o‘g‘li Abul Qosim Muhammad shialarning o‘n ikkinchi imomi. Uning «Mahdi» va «Sohibzamon» taxalluslari ham bor. Bu bizningcha xato. Chunki «Sohibzamon» laqabi Iso Bariullohga tegishli. Qiyomat yaqinlashganda Iso osmondan tushadi, Mahdi Yerdan chiqadi degan rivoyatda ikkisining nomi doimo birga tilga olingani va «Sohibzamon» so‘zi qo‘shib ishlatilganidan ko‘pchilik chalg‘ib, adashyapti.

*Imomi Mursalin Payg‘ambarlar imomi – Muhammad (S.A.V.)

*Imomi-umom ummatlar imomi, xalqning imomi.

*Imom Askar Abu Muhammad Hasan-(846 – 873.), shialarning o‘n birinchi imomi.

* * *

Malik Abbos Abu Abdulla Malik ibn Anas-sunniylarning to‘rtinchi imomi. Malikiy mazhabining asoschisi. U 101-yil hijriy (719-720) yilida Madinada tug‘ilgan. O‘sha yerda o‘qib, ilm olgan va bir ulug‘ ruhoniy olim bo‘lib yetishgan. Mansur xalifa undan badgumon bo‘lib, uni qamchilashga buyuradi. Bu voqea xalq orasida Malik Abbos obro‘sini yanada oshmog‘iga olib keladi. U ulug‘ zot 182-hijriy (798-799) yillarda vafot etgan. (A.J.)244244
  G‘ozg‘urubon degan zolim dev jasadini yegan va bosh chanog‘i kelib janob payg‘ambarimiz (sallollohi alayhi vassalom)dan yordam so‘ragani haqdagi rivoyatga ishora.


[Закрыть]

Imom Shofi’iy 1. Imom Abdulla Muhammad ibn Idris Shofi’iyning laqabi. Shofi’iy asosiy to‘rt sunniy tariqning birini asoslandirgan ulug‘ shaxs. 2. Shofi’iy – ya’ni Muhammad Shofi’iyning yo‘lini davom ettiruvchi demak hamdir.245245
  Yana bir nusxada «Taxt-al-shajaragacha» deyilgan. (A.J.)


[Закрыть]

TURKMAN SHE’RIYATI SORBONI

Shunday kishilar borki, ularning ismi barcha zamonlarda va xalqlarda katta, zarhal harflar bilan bitishga arziydi. Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Hofiz Sheroziy, Navoiy, Dante, Shekspir, Gyote, Rustaveli, Tagor, Pushkin kabi turli millatlar farzandlari bo‘lgan daholar jahon madaniyati, adabiyoti xazinasiga qo‘shgan hissalari, o‘lmas durdonalari bilan ana shunday sharafga loyiq insonlar hisoblanishadi. Ular safiga yorqin iste’dod sohibi, turkman xalqining otashnafas, mumtoz shoiri, faxri va quvonchi bo‘lgan Maxtumquli (Firog‘iy)ni ham kiritish mumkin, albatta.

XVIII asrdan buyon nafaqat turkman xalqining, balki jahondagi ko‘plab millat vakillarining qalbi-ongida, binobarin, xonadoni-uyida yashab kelayotgan, o‘zining benazir, beqiyos ijodi, o‘lmas, hayotbaxsh she’riyati bilan yillar, asrlar o‘tgan sayin yangi-yangi hududlarni, qalblarni zabt etayotgan Maxtumquli haqida, uning hayoti va ijodi, she’riyati, qilgan ezgu amallari haqida ko‘p va xub gapirish mumkin. Shuni faxrlanib qayd etish joizki, bugungi kunda turkman xalqi deganda, kishining ko‘z oldiga Maxtumquli, Maxtumquli deganda esa turkman xalqi keladi. Shoir bunday sharafga xalqini joni-dilidan sevgani, uning baxt-saodati va kelajagi deb butun hayoti davomida kurashgani, yoshligi va baxtini, kuch-g‘ayrati va bilimini, mehnatini, ijodini, xullasi kalom, butun umrini sarf etgani tufayli erishdi.

Maxtumquli turkman adabiy tilining asoschisi, bu tilni bir necha barobar yuksak pog‘onaga ko‘targan qomusiy alloma, buyuk mutafakkir hisoblanadi. U qoldirgan boy adabiy meros mana asrlarki, o‘zining salmog‘i, badiiy barkamolligi, tilining go‘zalligi, badiiy pishiq-puxtaligi va boshqa qator fazilatlari bilan she’riyat muhiblarini maftun va lol etibgina qolmay, boshqa ijodkorlar uchun qo‘l yetmas she’riyat mezoni, ibrat rolini ham bajarib kelmoqda. Bir necha yillardan buyon turkman adabiy jamoatchiligi, olimlari Maxtumqulining shoirligi yuqorimi yoki olimligi degan masala ustida bejiz tortishishayotgani yo‘q. Biri, u shoir sifatida benazir, tengsiz desa, ikkinchisi, alloma sifatida ham ta’rifiga til lol bo‘ladigan ishlarini birma-bir sanab, o‘z haqligini isbotlashga urinadi. Bu xususda tarixchilar, din arboblarining ham o‘z fikr-nuqtai nazarlari bor. Albatta, ularning har biri o‘zicha haq. Darhaqiqat, Maxtumquli ham ulug‘ shoir, ham tilshunos-olim, ham tarixchi, ham fiqh olimi, ham geograf, ham Qur’onni yoddan ayta oluvchi va sharhlovchi, diniy ilmlardan mukammal xabardor zot bo‘lgan.

Maxtumqulini xalqparvar shoir sifatida e’zozlaymiz va sevamiz. U o‘z davrining farzandi edi. Maxtumquli otlarning dupuri, qilich-qalqonlarning jarang-jurungi qisqa muddatga bo‘lsin tinmagan, o‘zaro jangu jadallar, chetdan bo‘lgan bosqinchilik yurishlari avj olgan, onalarning, mazluma ayollar, farzandlari qul-cho‘ri qilib sotilgan ota-onalarning faryodi, ohu nidosi ko‘kka o‘rlagan, turkman xalqi tarixidagi eng olag‘ovurli bir davrda yashab, ijod qildi. Ha, XVIII asrning ikkinchi yarmi o‘zga yerlik bosqinchilarning vayrongarchilik, o‘lim va ocharchilik, ko‘plab kishilarga baxtsizlik, xo‘rlik keltiruvchi yurishlaridan turkman tuprog‘i hamisha qon edi. Eron shohi, Buxoro amiri va Xiva xonining talonchilik yurishlari ustiga turkman urug‘aymoqlarining o‘zaro noahilligi, kelishmovchiligi tobora avj oldi. Men sendan ustun bo‘lsam bordir, kam emasman. Sen menga bo‘ysunishing kerak, degan kalta o‘ylov bilan urug‘-aymoqlarning bir-biri bilan kelisha olmasligi, to‘qnashuvlargacha borishi, noahilligi bosqinchilarga munosib javob berish imkonini yo‘qqa chiqarar, notinchlik, to‘qnashuv, urush-janjallardan, ayniqsa, oddiy xalq katta zarar ko‘rardi. Bunday hol shoirning yongan yuragini badtar o‘rtardi. Maxtumquli ijodining ichidan o‘q-tomir bo‘lib o‘tgan bosh g‘oya, asosiy leytmotiv o‘z xalqining birikib, bir yoqadan bosh chiqarmog‘iga erishish edi. Shunng uchun ham shoir o‘z urug‘-aymog‘i bo‘lmishlarga qarata:

 
Ustimizga dushman kelib-olibdir,
Mo‘min bari jafo chekib qolibdir,
O‘g‘il-qizni ne kuylarga solibdir,
Hamma yov ustiga surilsin endi.
 
 
Firog‘iy yuz tutar turkman eliga,
Dushman qo‘l urmasin qizil guliga,
Do‘stlar, bizni oxiratning seliga
G‘arq etmasdan raqib qirilsin endi,
 

deb murojaat qiladi.

Shoirning asarlarida vatanparvarlik g‘oyalari hamsha birinchi o‘rinda turadi. Maxtumquli Vatanni, xalqni barcha narsadan ustun qo‘yadi. Faqir-fuqarolarning achinarli ahvoli, nochor turmushi, chekayotgan jabru jafolari shoir yuragiga tikan bo‘lib qadaladi:

 
Naylay, kunba-kundan yomon,
El-yurtimni tutdi tuman,
Mard mingan ul ajib saman,
Boq, bu kun ul xarga do‘ndi.
 

Shoirning bor o‘y-xayoli ana shunday yomon hayotdan qutulmoq edi. Vatan va xalqiga katta ixlos bilan qaragan shoir ba’zi urug‘-aymoqlari, xonlar, ularning sodiq qullari mulla, eshonlar, boy va qozilarning qilmishlari, hiylagarliklarini ayovsizlik bilan fosh etadi. U Nodirshoh, Ahmadshoh Durroniy, Og‘amuhammadshoh G‘ojar kabi hukmdorlar-ning siyosati, davlat yuritishi guvohi bo‘ldi. Ular tomonidan ezilgan xalqqa arzirli bOixroirr znaamf oknealm” ashsleig’riigdaanis hmoniscrha lharo:sil qildi. Mana, uning“

 
Mullalar ilmiga etmadi amal,
Shariat ishiga aylamay jadal,
Fe’limiz buzilib, ko‘paydi kasal,
Bilmadim, yaqinmi oxir zamona?
Muftilar mol olib, rivoyat berar,
Nohaq pulni olar, haqni kuydirar,
Fe’llari buzilib, fasod ko‘payar,
Bilmadim, yaqinmi oxir zamona?
 

Xalq bilan bir jon, bir tan bo‘lgan Maxtumquli ajdodlarining, o‘z davri kishilarining ezgu o‘y-xayollarini, intilishlarini olamga doston qilishning uddasidan chiqa olgan buyuk qalam sohibi sifatida o‘ziga mangulik haykal qo‘ydi. Maxtumqulini to‘la tushunish-anglash, she’rlarini talqin qilish, sharhlash uchun uning davrini, shoirning tarjimai holini, diniy va so‘fiyona istilohlarni, rivoyat va afsonalarni, o‘z davriga xos, hozirda bir oz arxaiklashgan turkman tilini, adib davrida ro‘y bergan tarixiy voqea-hodisalarni yaxshi bilish talab qilinadi, albatta.

Maxtumqul Firog‘iy 1733-yilda Gurgan daryosi bo‘yida, Kumbathovuzdan sharqdagi Hojiqovushqon degan go‘zal bir qishloqda tug‘ilgan. U bu haqda bir she’rida: Bilmagan, so‘rganlarga ayting, bu g‘arib otimiz, Asli-gerkaz, yurti-Etrak, ismi Maxtumqulidir, deb bitadi. Shunisi ham borki, Turkmaniston Respublikasining Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning qaroriga ko‘ra, 2014-yilda Maxtumquli tavalludining 290 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlanadi. Hozir ana shu tantanalarga qizg‘in tayyorgarlik ketayapti. Demak, shoirning tug‘ilgan yili xususidagi avvalgi taxminlarga aniqlik kiritilgan deyish mumkin. Biz tilga olgan raqam bo‘yicha esa Firog‘iyning 290 yilligi nishonlanishiga hali o‘n yildan ko‘proq vaqt bor edi.

Maxtumqulining otasi Davlatmamat Ozodiy bilimma’rifatli, dunyo ko‘rgan, fikr doirasi keng kishi edi. U arab, fors, turkiy tillarni yaxshi bilar, dunyoviy va diniy ilmlardan boxabar inson edi. O‘zi ham she’rlar yozardi. Uning “Va’zi Ozod”, “Behishtnoma”, “Hikoyati Jobir Ansor”, “Munojot” kabi dostonlari, ko‘plab ruboiy va lViraik’z isOhez’orlda”r idboostro. nSihpoairnndinnog moalt ixumsiunsgiymatiisgraa deagna biboo‘lriabt“, ushbu asarini yaratishda fors-tojik, o‘zbek adabiyoti an’analaridan, jumladan, Navoiy asarlaridan ilhomlangan. Turkman olimi Said Qoriyev ta’kidlaganidek: ”Ozodiyning “Va’zi Ozod” poemasi buyuk o‘zbek shoiri Navoiy ijodi bilan ham aloqadordir”( S. Garriyev, Azadinin “Vagzi Azat” eseri va Sovet Gundogari xalqlarinin edebiyati hakinda,” Izvestiya AN TSSR”. Seriya obshestvennix nauk, 1966. 5, 3-s.)

Va’zi Ozod” dostonini ozarboyjon, O‘rta Osiyo xalqlari adabiyotidagi dostonchilik an’analari bilan qiyosiy o‘rgangan Said Qoriyev bu dostonni yara-tishda Davlatmamat Ozodiy Nizomiyning Maxzan ul-asror”, Sa’diyning Bo‘ston” va Guliston”, o‘zbek adibi Poshshoxo‘janing Miftoh ul-adl” va Gulzor” asarlaridan ham bahramand bo‘lganligini ana shu kitobida ta’kidlab o‘tgan (66-67-betlar). Shoir Davlatmamat Ozodiy serfarzand bo‘lib, Maxtumquli oilaning yettinchi yoki sakkizinchi farzandi sifatida dunyoga keldi. Unga bobosi Maxdum ota hurmati-xotirasi uchun Maxtumquli (aslida Maxdumquli) ismini qo‘yishadi. Bo‘lajak shoirning bobosi Maxdum yo‘nachi (yonachi), ya’ni ko‘nchi bo‘lgan. Bu kasb Maxtumqulilar oilasining doimiy mashg‘uloti edi. Oila a’zolarining yonachilar deb nom olishiga ham ana shu kasblari sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, otao‘g‘il—Davlatmamat Ozodiy va Maxtumqulilar mohir zargar va najjorlar (duradgorlar) ham bo‘lishgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, ular yasagan zebu ziynat buyumlari hali-hanuz ayrim xonadonlarda, muzeylarda saqlanar ekan. Bu mohir ustalar qo‘lidan chiqqan egar va to‘qimlar juda xaridorgir bo‘lgan.

Maxtumqulining otasini mulla Davlatmamat deyishgan, ya’ni ismiga hamisha “mulla” laqabini qo‘shib aytishgan. Chunki u Qur’onni yod bilgan, o‘zi maktab ochib, bolalarni o‘qitgan. Shu o‘rinda Davlatmamat Ozodiyning ismi-sharifi, taxallusi xususida fikr bildirsak.

Mulla Davlatmamatning Ozodiy taxallusini olishi bilan bog‘liq shunday rivoyat ham bor. U bir kecha tush ko‘rsa, payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vassallam aytibdilarki, ey, Davlatmamat, qo‘llaringni duoga och, shu ondan boshlab sening isming Ozod(iy) bo‘ldi, ya’ni sen tongla jahannam azobidan xalos bo‘lding, jazodan ozodsan, Ozodiysan, degan emish. BRuansui llMulaloxhtuqmoq‘yuglai nhiasmm inb iOr zsohden’rii,dOatatma’kDidalvalba tom‘tagmaant:“ mullo haqqi-chun”. Shunisi ham borki, Davlatmamat ba’zi she’rlariga Sahroyi deb ham taxallus qo‘ygan.

Davlatmamat boshqa farzandlari qatori Maxtumqulining ilm-hunar o‘rganishiga katta e’tibor berdi. Bo‘lajak shoir dastlab otasi qo‘lida xat-savod chiqardi. So‘ngra esa qishloq maktabida Niyoz Solih degan kishi qo‘lida tahsil oldi. Shoirning bu ustozi ba’zi manbalarda Niyoz Siddiq tarzida tilga olinadi. Anchagina xat-savodi chiqib qolgan Maxtumquli keyinchalik Xivadagi mashhur Sherg‘ozi madrasasida o‘qidi. Bu yerda Muhammad Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Nizomiy Ganjaviy, ibn Sino, Umar Xayyom, Hofiz, Jaloliddin Rumiy, Hakim Ota, Mahmud Qoshg‘ariy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur, Fuzuliy va boshqa Sharq ilm-fani, she’riyati daholari ijodi bilan yaqindan tanishdi. Diniy ilmlar bilan puxta oshno bo‘ldi. Arab, fors, qadimiy turkiy tilni o‘rgandi. Ana shu ajoyib damlarini minnatdorchilik bilan o‘zining “Go‘zal Sherg‘ozi” she’rida to‘lib-toshib kuylaydi.

Maxtumquli madrasada o‘qib yurgan kezlari she’rlar ijod qilishda davom etdi va Firog‘iy taxallusini qo‘llay boshladi. Xo‘sh, nega u bunday taxallus tanladi degan savol tug‘iladi. Ma’lumki, ”firoq” so‘zi ayriliq, judolik ma’nolarini beradi. Gap shundaki, Maxtumquli hali o‘spirinlik chog‘idayoq sevgi dardiga mubtalo bo‘lgandi. U qishloqning go‘zal qizlaridan biri Menglixonni sevib qoladi. Shuning uchun bir qancha she’rlarini ana shu sohibjamolga bag‘ishlagan:

 
Menglixonim qo‘lin tishlab,
Bizdan ko‘p hayo qiladi.
Goh taranib, uz yurish-la
Bizdan xo‘b hayo qiladi.
Kiyinibdur yashil-olni,
Bilmam, nedir yor xayoli,
Ko‘z-ko‘z qip yovmut, ahalni,
Bizdan xo‘p hayo qiladi.
 

Yoki boshqa yana bir she’ri mana bunday:

 
Ellari bor dingli-dingli,
Sovuq suvli, tar o‘langli,
Eli—Go‘klan, ismi Mengli,
Nozli dilbardan ayrildim.
 

Ha, o‘n yetti yoshida ana shu go‘zal qizga yor bo‘lish baxtiga erishgan Maxtumquli uch yil o‘tmay, undan judo bo‘ladi. Uning yori bizga noma’lum bo‘lgan qandaydir sabab bilan vafot etadi yoki galdagi urush-janglarning birida asir qilib olib ketiladi… So‘ng Sherg‘ozi madrasasida o‘qiyotgan paytida otasi Davlatmamat Ozodiyning vafoti haqidagi sovuq xabar kelib, qalbini tilka-pora qiladi. Maxtumquli o‘qishini tashlab, yurtiga qaytishga majbur bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay, onasi O‘rozbibining o‘limi, akasi Abdullaning uzoq safarga ketib, bir necha yil mobaynida qaytmagani va u dushmanlar tomonidan o‘ldirilganligi haqidagi mash’um xabar, yana bir akasi Mamatsafoning Abdullani izlab, uzoq vaqt dom-daraksiz ketishi, yaqin do‘sti-sirdoshi Chovdur polvonning yigitlik chog‘ida qazo qilishi, vatanidagi tinimsiz urush-janjallar, og‘ir yo‘qotishlar Maxtumqulini ana shunday taxallus tanlashga majbur qildi deyish mumkin. Shuning uchun shoir bir she’rida ochiq-oydin qilib: ”Ayrilib…dan Firog‘iy qo‘ydik ismimiz”, deb bitadi. Holbuki, bugungi kunda ayrimlar, jumladan, Eron adabiyotshunoslari uni Farog‘iy tarzida tilga olishmoqda. Bu noto‘g‘ridir. Chunki umrida rohatfarog‘at ko‘rmay o‘tgan, ko‘plab yo‘qotish va oxiri yo‘q ayriliqlardan bag‘ri kabob bo‘lgan shoirning farog‘atrohat ma’nosini beruvchi “Farog‘iy” taxallusini tanlashi mumkin emasdi. Akasi Abdulla safardan qaytmagach, esir egasi sifatida uni yangasiga nikohlab qo‘yishadi. Ammo Maxtumquli bu bilan ham baxt topmaydi. Yangi nikohdan tug‘ilgan Ibrohim va Sari degan o‘g‘illari hali go‘dakligidayoq vafot etishadi. Shoir she’rlarida zamon bevafoligidan, adolatsizligidan nolish ohanglari kuchayishi ana shu azob-uqubatlar, baxtsizlik mevalaridir.

Ma’lumki, Maxtumquli ellik yoshga yaqinlashgach, darvishlikni ixtiyor qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, bu davrdagi bitiklarida tarkidunyochilik, foniy dunyodan bezish hissiyotlari ustun turadi. Maxtumqulining Iroqdan keltirilgan ana shunday asarlarining o‘zi 600 tadan oshar ekan.

Keyinroq Maxtumquli bilimini oshirgani, jahonni kezib, musofirchilik ko‘rgani safarga otlanadi. Uning hozirgi Lebiob viloyatidagi Idrisbobo, Bu-xorodagi Ko‘kaldosh madarasalarida ham ma’lum vaqt o‘qigani haqida ma’lumotlar bor. Shoir Eron, Ozarboyjon, Hindiston, Chin-Mochin mamlakatlarida bo‘ldi, Xuroson bo‘ylab kezdi, Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan va boshqa yirik shaharlarda to‘xtab, xalqning ahvoli, ruhiyati bilan tanishdi, qayerda bo‘lmasin, o‘z bilimini oshirishga harakat qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, u Eronda asirlikda ham bo‘lgan. Sakkiz yil Eron zindonlarida yotgan ekan.

O‘z yurtida qaynoq ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan shoir xalq baxt-saodati uchun kurashdi. Hayoti qil ustida tursa-da, mahalliy xonu beklar, noinsof mulla, eshonlar, el ichida nomardlik yo‘lini tutganlar, zo‘ravonlar, poraxo‘r qozilarga qarshi o‘z she’riy lashkarini tizgan shoir qiyofasida mard, o‘z yurti, xalqi uchun fidoyi insonni ko‘ramiz.

Maxtumquli hayoti va ijodiga u bilan zamondosh bo‘lgan, suhbatlar, adabiy munozaralar qilgan Durdi, Mag‘rufiy, G‘oyibiy kabi shoirlar ijodi ham ijobiy ta’sir qoldirgan. Xususan, ular ichida Durdi shoir alohida ajralib turadi. U Maxtumqulilar oilasining yaqin do‘sti, hammaslagi, dardkashi edi. Maxtumquli bilan Durdi shoirning bir qancha aytishuvlari bo‘lib, ular orasida U nimadir?” deb nomlangan she’riy savol-javoblari ajralib turadi:

 
U nimadir, olu yashil o‘sadir?
U nimadir, oyoqsiz yo‘l bosadir?
U nimadir yetti daryo kezadir?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
 

Durdi shoir Maxtumquli ijodiga katta hurmatehtirom bilan qaraydi. Uni o‘z davri va barcha zamonlarning eng zo‘r ijodkori, Xudo bergan iste’dod sohibi deb biladi. U bir kuni kamtarlik bilan Maxtumquliga qarata: “Menikini sel olar, yel olar, Senikini (ijodingni) el olar” degan gapni aytgan.

Shuningdek, shoirni e’zozlagan, uning ijodidan bahra olib, o‘zi ham barkamol she’rlar yarata olgan zMamago‘rnudfo”snhinlagr idmaan’ nboisrii eMsaagt‘arnuifqiyli , (Moqa ’rkiofi‘yn geiml, aXs)uddiro.“ qulligida yurmoq demak. Bu iste’dodli qalam sohibi Mag‘ruf degan qishloqdan bo‘lib, tug‘ilib-o‘sgan maskani nomini taxallus qilib olgan. Mag‘rufiy og‘ir kunlarda Maxtumquliga hamdard, hamsuhbat bo‘lgan, ko‘ngil ko‘taruvchi gaplari, she’rlari bilan unga taskintasalli baxsh etgan, shoir bilan aytishuv-munozaralar tashkil qilgan. Mag‘rufiy she’rlari ham badiiy zavqi, ravon va musiqiyligi, samimiyligi, poetik fikrining qalbga yetib borishi kabi fazilatlari bilan Maxtumquli bitiklaridan qolishmaydi:

 
“Zabur”ni Dovudga, Isoga “Injil”,
“Tavrot”ni Musoga ayon kelturdi,
Haq elchisi bir kun Jabroyil amin
“O‘qi!” deb Rasulga “Qur’on” kelturdi.
 

Mag‘rufiy bilan do‘stlik iplarini qalin bog‘lagan boshqa bir turkman shoiri G‘oyibiy ham zamondoshi, benazir ijodkor Maxtumquliga katta hurmat-ehtirom ko‘rsatdi, uni yaqin do‘st-hammaslaklaridan biri deb bildi. Bu to‘rt ijodkor hamisha bir-birlarini yo‘qlab, suhbatlar qilib turishgan, aytishuvlar tashkil etishgan. Oddiy xalq bu aytishuv– suhbatlardan katta bahra, zavq olgan, shunday ulug‘ ijodkorlar bilan zamondosh bo‘lganlaridan shodlanishgan. Ma’lumki, iste’dodli shoir bo‘lgan G‘oyibiydan ko‘plab she’rlar bilan bir qatorda ”O‘ttiz ikki urug‘(tuxum) qissasi” nomli masnaviy usulida yozilgan ramzli munozara dostoni saqlanib qolgan.

Maxtumquli davrida qog‘oz, qalam kam, xat-savodli kishilar ham barmoq bilan sanarli edi. Ammo xalq shoir she’rlarini yoddan aytar, otashin misralar og‘izdan og‘izga, eldan elga ko‘chardi. Baxshilar, qo‘shiqchilar, darvish-qalandarlar, ziyolilar Maxtumqulining eng otashin muxlislari, targ‘ibotchilari edilar. Xattotlar shoir she’rlarini ko‘chirib-ko‘paytirib, tarqatardilar. Shuning uchun Maxtumquli hali tirikligidayoq jahoniy shuhrat qozondi, uning she’rlari sarhad bilmay, hududdan hududga parvoz qilaverdi. Shoir she’rlarining ta’sirchanligi xususida quyidagi rivoyatni hikoya qilishadi.

Bir kishi bo‘taloqli tuyasi bilan cho‘lga saksovul(o‘tin)ga boribdi. U bir qo‘tonda qo‘ylariga dam berib, o‘zi chetroqda choy ichib o‘tirgan cho‘ponni uchratib qolibdi. Cho‘pon qunt bilan kitob mutolaa qilib o‘tirgan ekan. Salom-alikdan so‘ng choy ustida haligi cho‘pon, Maxtumqulining she’rlaridan eshiting, deb unga kitobdan bir qancha she’rlarni o‘qib beribdi. Bu she’rlardan hayratlangan va ta’sirlangan o‘tinchi Shu kitobingni menga sotasan”, deb turib olibdi. Cho‘pon hadeganda ko‘navermabdi. O‘tinchi tuyasi bilan bo‘talog‘ini haligi cho‘ponga topshirib, “Ol, shu kitobingning haqi”, deb, kitobni yulqib olib, uyiga jo‘nabdi. Cho‘pon uning izidan “Ey, falonchi, uyingga borsang, buni ko‘chirtirib, elga tarqat”, deb baqirib qolibdi.

O‘tinchi uvadasi chiqib ketgan kitob bilan eshikdan kirib kelganini ko‘rgan xotini“Qani, tuya-bo‘taloq, qani, oT‘utiyna”,bidlaenb bsoo‘t‘raalobqdni.i bEerrii bq, os‘hliud akgitiobknitiooblndii mk”o,‘ rdseaytidbi,“. Xotin jahllanib, baqirib qoladi. Eri Maxtumqulidan ifodali qilib she’r o‘qiy boshlaydi. Ta’sirlangan xotin iyib ketib, ”Chol, siz yaxshi ish qilibsiz. Endi buni har kuni bolalaringizga o‘qib bering!” – deydi.“Bir kitobning bahosi bir bo‘taloqli tuya” degan gap turkmanlar orasida mashhur. Bu rivoyat turkman xalqining o‘z shoiriga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatini bildiradi.

Maxtumquli-Firog‘iy ayni ijodiy kuch-quvvatga to‘lgan bir paytda – 1783-yilda – 50 yoshida vafot etdi. Padari buzrukvori Davlatmamat Ozodiyning ham, uning ham so‘nggi qo‘nimgohi hozirgi Eron mamlakatining Gurgon viloyatidagi Oqto‘qay degan maskandadir. Ota-o‘g‘il (ustoz-shogird) qabrlariga munosib yodgorliklar o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan gullar arimaydi. Bu ulug‘ shoirdan minnatdor xalqlarning ulkan mehri-muhabbati ifodasidir.

Maxtumquli ko‘p va xub yozgan shoir. Mustaqilik sharofati va keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar bois uning merosi salmog‘i tobora ortib bormoqda. Avvallari shoir yozib qoldirgan asarlar soni 700 ta deb hisoblanar edi. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda, yana shuncha miqdordagi boshqa asarlari topilgan. Iroq va boshqa mamlakatlardan bobomiz tomonidan yozib qoldirilgan va haligacha turkmanistonliklarning o‘ziga ham ma’lum bo‘lmagan she’rlari topilayapti. Shuningdek, ulug‘ shoir qalamiga mansub “Marv shohi jahon” nomli dostoni ham borligi ayon bo‘ldi. Ba’zan radioda va boshqa ommaviy axborot vositalarida Maxtumqulining hali ko‘plarga noma’lum she’rlari Eron yoki Turkmanistonning falon qishlog‘ida yashovchi falon baxshi yoki kishidan yozib olindi, degan ma’lumotga ko‘p duch kelamiz. Demak, Maxtumquli merosini to‘plash, uning ijodini o‘rganish, ijodiy merosining tanqidiy matnini tayyorlash, to‘la asarlar to‘plamini chop etish poyoniga yetgani yo‘q. Hozirgacha chop etilayotgan asarlari orasida uslubiy jihatdan va til xususiyatlariga ko‘ra Maxtumquli qalamiga mansub bo‘lmagan ijod namunalari ham bor. Ba’zi hollarda esa taxallus tirkalgan oxirgi bayt yo‘qolganligi bois uslubiy jihatdan Firog‘iyniki ekanligi yaqqol bilinib turgan she’rlar ham turli manbalarda ko‘p uchraydi. Shuning uchun ham bu ezgu ishda qardoshlarimiz turkman olimlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shunisi ham borki, ayrim xattotlarning e’tiborsizligi, beparvoligi natijasida xato ko‘chirish, shoir she’rlarining og‘izdan og‘izga ko‘chib yurishi jarayonida ba’zi so‘z va misralarning o‘zgarib ketishidek holga Maxtumquli ijod namunalari misolida ham ko‘plab guvoh bo‘lish mumkin. Masalan, shoirning:

 
Savash kuni er yigitda muyn bo‘lmas,
Qarshi boqar, paykon-yoyga qaramas,
 

satrlari ko‘pchilikka tanish. Lekin ushbu misralar qo‘lyozma nusxasida quyidagicha:

 
Savash kuni muxannasda un bo‘lmas,
Erga boqar, o‘zga yoqqa qaramas,
 

tarzida ekanligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Muallifi aslida boshqa ijodkorlar bo‘lgan she’rlar Maxtumqulining turli davrlarda chop etilgan deyarli barcha kitoblarida uchraydi. Aksincha holga ham ko‘plab duch kelgan hollarimiz bo‘lgan. Ya’ni mana men, Maxtumquli qalamiga mansubman deb turgan she’r-g‘azallar boshqa mualliflar asarlari sifatida taqdim qilingan.

Buyuk ijodkorning hayoti va ijodi xususida gap ketar ekan, yana bir narsa xususida to‘xtab o‘tish, masalaga oydinlik kiritishni zarur deb o‘ylaymiz. Ma’lumki, Firog‘iy davrida surat olish bo‘lmagan, shoirning rasmini biror bir musavvir chizib qoldirgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Firog‘iyning hozirgi, hammaga tanish bo‘lib qolgan, sersoqol, papoq kiygan holatdagi surati – uning tashqi qiyofasi esa u haqda kishilar fikr-mulohazalari hisobga olinib, yaratilgan. Shoir qiyofasi haqida uning Vatanida bildirilgan xulosalar xususida Maxtumqulining mohir tarjimoni, ushbu to‘plamni o‘zbek she’rxonlariga yetkazish yo‘lida katta sa’y-harakat qilgan, fidoyilik ko‘rsatgan Abdumo‘min Jumayev quyidagicha hikoya qiladi:

– 1996-yilda Ashxobodda o‘zini Maxtumquli bobomizning sakkizinchi avlodiman deb tanishtirgan, Erondan tashrif buyurgan nuroniy chehrali eshon bobo bilan uchrashdim. Majlisxonada turli yurtlardan kelgan yEunzdlai bsom‘zeOhmtaoenslhaor njabmo beodgila“a,r .dYediig.‘ ilishni olib boruvchi:“

Sahnaga oq yaktagi va oq dastori o‘ziga yarashib turgan, past bo‘ylikkina qariya chiqdi. U ma’ruzasida, shu davrada bobom Maxtumquliga ko‘p hurmat ko‘rsatildi. Mana, meni ham boshga toj qilib o‘tiribsiz. Buning uchun cheksiz minnatdorman. Keling, Sizlarga bir sirni ochay, dedi. Ma’lumki, Maxtumquli bobomizning haqiqiy rasmini, haykalini ko‘rgan kishi bo‘lmasa kerak. Ammo bizga ota-bobolarimiz uqtirishardiki, Maxtumquli bobomiz sariqdan kelgan, siyrak soqolli, ya’ni ko‘sanamo, muloyim, ruhan esa sherday baquvvat bir zot bo‘lgan ekanlar, – dedi.

Shu yerda “Rassomlarimiz buyuk bobomizning rasmini qayta chizib, haykaltaroshlar boshqa haykallar bunyod etadilarmi?” degan savol tug‘ildi. Shunda Ota eshon bobomiz: ”Yo‘q, endilikda olam ahli mavjud haykal va rasmlarni ko‘rib, ko‘zlari o‘rgangan. Shu bois ham hamma narsa o‘z holicha qolgani ma’qul, duoga qo‘l ko‘taring, o‘z holicha qolsin!” dedilar. – Hammamiz duoga qo‘l ochdik, – deydi tarjimon.

Qo‘lingizdagi ushbu kitobda Maxtumquli qalamiga mansub “Turg‘il, dedilar” sarlavhali ajoyib she’r ham berilgan bo‘lib, u shoirning ko‘rgan-kechirganlari haqida yozilganligini rivoyat qilishadi. She’rda Chahoryorlarning kelib, Maxtumqulini osmoni falakka olib uchganlari va olam jahonni – yer usti, yer ostini sayr ettirib, yana to‘shagiga keltirib qo‘yganlari haqida gap boradi. Bunday voqeani hozirgi paytda o‘zga say-yoraliklar olib ketdi, degan mazmunda gap qilishadi. Shu vMoaqxetaugma qbuolgin‘loamb ab”o ‘lksait okbeirdaak: y“Koziumv chmi eOng‘rao z“QYaOydmagli‘gir“i bilinmas?” she’rini yaxshigina asoslab, tushuntirib bersa, men o‘sha odamni bilimdon olimlar sirasiga qo‘shaman”(Ashxabot, Turkmaniston madaniyat xazinasi, 1992, 19-bet), degan gapni aytadi.

Ko‘p narsani bilgan, rivoyat qilishlaricha, Xo‘jayi Xizrga duch kelgan, Ilyos payg‘ambar bilan uchrashib, unga savollar bergan, bir tunda Muhammad sallollohu alayhi vasallamdan duo olib, borib Jabarut olamini ko‘rgan orif, fozil, donishmand insonning she’rlari teran ma’noli bo‘lishi turgan gap. Ammo shunisi ham borki, Maxtumquli she’riyati ommafahmligi, ravon va musiqiyligi bilan ham ajralib turadi. Shuning uchun ularni ko‘p kishilar, oddiy xalq vakillari ham yod olib, aytib yurishgan. Bu yuksak soddalik esa mahorat, buyuklik mevasidir. Aytishlaricha, qandaydir sabab bilan Maxtumquli kitobini yo‘qotib qo‘ygan bir kishi yoshi ellikdan oshganda, uni yana bir o‘qib chiqib, ”Maxtumqulini ellik yoshimda qayta o‘qidim, taassurotlarim juda boshqacha bo‘ldi”, deb gurung bersa, uni tinglab o‘tirgan sakson yoshli qariya “Sen uni sakson yoshingda ham bir o‘qib ko‘rsayding, ana o‘shanda taassurotlaring yanada boyroq, boshqacharoq bo‘lardi”, degan ekan. Darhaqiqat, shoirni turli yoshda va turlicha kayfiyatda o‘qigan kishilarga u turlicha ta’sir qiladi. Xullas, Maxtumquli devonidan har kim o‘ziga kerakli narsani oladi.

Shoirning hayoti va ijodi haqida gap ketar ekan, bir narsaga e’tiborni qaratib o‘tish foydadan xoli bo‘lmaydi, deb o‘ylaymiz. Hali-hanuzgacha Turkmanistonda va boshqa joylarda chop etilayotgan asarlarda, maqola va ko‘rsatuvlarda Maxtumqulini goh Maxtumquli, ba’zan Maxdumquli tarzida yozish va aytish uchrab turibdi va bu xususda hanuzgacha uzil-kesil bir to‘xtamga kelinmagan. Biz – o‘zbeklar Maxtumquli” deymiz. Maxtum” so‘zining ma’nosi: 1. Muhrlangan, muhr bosilgan, 2. Ado bo‘lgan, tamom bo‘lgan, demakdir. 1960-yilda Ashxabod-Bokuda bosilgan, Turkmaniston Fanlar akademiyasi tomonidan arab yozuvida chop etilgan shoir saylanmasida uning ismi Maxtumquli” tarzida bitilgan. Ammo 1988-yilda Ashxaboddagi Ilm” nashriyotida arab yozuvida chop etilgan kitobda Maxdumquli” ko‘rinishida berilgan. ”Maxdum”ning ma’nosi maxtum”dan farq qilib, ulug‘ zot, martabali kishi, ulug‘ning avlodi” ma’nolarini beradi. Hozirda esa turkmanlar o‘z shoiri ismini Magtimguli” shaklida yozishayapti. Izohi esa xizmati qilingan” deb berilayapti. Yuqoridagilardan kelib chiqib ay-tish mumkinki, shoir ismini o‘zbekchada Maxdumquli” tarzida qo‘llash ma’no-mazmun jihatidan to‘g‘ri bo‘lardi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 | Следующая
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации