DEVON XATIN NABILSIN
Turkiyni eplamas necha mullalar
Arab tilin, devon xatin nabilsin.
Alifdan sharmanda, quruq sallalar,
Har so‘z hol-u ahvolotin nabilsin.
Eksang bar undirmas asli puch chigit,
Ablah-u nodondir, olmas hech o‘git.
Nomussiz, g‘ayratsiz, ta’sibsiz yigit
Mahbub qadri ham qimmatin nabilsin.
Boraverar har kim solsa to‘shaklar,
Bog‘da turmas izzat ko‘rsa eshaklar.
Ko‘cha-kuyda yurgan erka mushuklar
Qo‘ni-qo‘shni, yaqin-yotin nabilsin.
Maxtumquli, yigit chiqsa la’nati,
Hojating bitirmay ko‘pdir minnati.
Harfin xarob aylar, buzar lazzatin
Matn, tashdid, ostin-ustin nabilsin.
RANG BO‘LAR
Yong‘oqning po‘sti-yu, ozargun guli,
Suvin sochga surtsang, qora rang bo‘lar.
Iching sharrdan saqla, tiling g‘iybatdan,
Saqlamasang ko‘ngil ko‘zgung zang bo‘lar.
Har kim agar yomonlikka qasd aylar,
Ikki dunyo o‘z ishina ko‘st aylar.
Yaxshi qiliq dushmaningni do‘st aylar,
Fe’ling yomon bo‘lsa, ishing jang bo‘lar.
Yigitning bo‘lmasa so‘zda kesari,
Mushkuldir, ayrilmas oyoqdan sari.
Har kimda bo‘lmasa iymon asari,
Yuragi erimas – siyo, sang bo‘lar.
Odam o‘g‘li ovoradir, osiydir,
Bir so‘z desang yaxshi erning basidir.
Bilib bo‘lmas Haqning do‘sti qaysidir,
Olqish olgan sayin ishing o‘ng bo‘lar.
Maxtumquli, so‘z qisqadir, sharhi ko‘p,
Bilmasga – hech, bilgan kasga narxi ko‘p,
Erning erdan, yerning yerdan farqi ko‘p,
Mushkul budir-so‘zlashganda teng bo‘lar.
KO‘RAR KO‘ZING ELINGNI…
Kel-ey ko‘nglim senga o‘git berayin,
Yiroq qilma ko‘rar ko‘zing-elingni.
Qimmatli tut, topib so‘zla so‘zingni,
Uzatmagil har nokasga tilingni.
Duo aylab, xayr so‘ylab yashagin,
Hurmatlagil go‘zal elning ushog‘in,
Or-nomusda ori saqla to‘shaging,
Joyi bordir, ajib saqla belingni.
Chaqirmagan joyda ko‘rinma, borma,
Eplasang so‘fining yuzini ko‘rma.
Fikr-u zikring dunyo molina berma,
Qorunga o‘xshatma aslo fe’lingni.
So‘zina javob ber, har kas so‘rasa,
O‘zni yiroq ayla nomard dorisa.
Bir miskin yolvorib, yig‘lab qarasa,
Baho bichmay, tekin bergin molingni.
Qo‘rqma nomardlarning ko‘p deb soninnan,
Qora ko‘rsa, bari kechar joninnan.
Evin topsang, o‘tma yaqin-yoninnan,
Baxillardan yiroq ayla o‘zingni.
Oqil bisyor, vale aql ishlatgan oz,
Totma sharob, buzar, ichsang boz-u boz.
Mard ko‘nglinda mudom bahor bilan yoz,
Dali daryo ichra solma solingni.
Maxtumquli, aqlim boshimnan uchdi,
Iqbolim uyquda, davlatim ko‘chdi.
Pir, qozilar pora istab qo‘l ochdi,
Harom ayla, ammo berma molingni.
EHSON QAYSI BILINMAS
Dardim ko‘pdir diyorimnan, davrimnan,
Xayr qaysi, ehson qaysi, bilinmas.
Zolimlarning jafosinnan, jabrinnan,
Islom qaysi, iymon qaysi bilinmas.
Suhbatinda haq kalomin so‘ylar yo‘q,
Majlisinda bir nasihat aylar yo‘q.
Halol qaysi, harom qaysi – saylar yo‘q,
Sud qaysidir, ziyon qaysi bilinmas.
Xaloyiqda ibrat-da yo‘q, ko‘rim yo‘q,
Boylarinda saxovat yo‘q, berim yo‘q.
Xotinlarda hayo, qizda sharm yo‘q,
Odob qaysi, ikrom qaysi, bilinmas.
Kishining molina ko‘zin oldirar,
Ta’sib aylab, ko‘ngla
173
ko‘ngla – ko‘ngilga.
[Закрыть] gina to‘ldirar,
Bir-birini nohaq urar, o‘ldirar,
Nurbat qaysi, omon qaysi, bilinmas.
Maxtumquli, jon mehmondir, gavda losh,
Yaxshiga do‘st ko‘p-u, yomon beqardosh.
Bu ayyomda bosh-oyoqdir, oyoq-bosh,
Yaxshi qaysi, yomon qaysi bilinmas.
QOLDI, NAYLAYIN
Bozorim savuldi
174
Savulmak – tarqamoq, ketayotgan yo‘lidan bir tarafga burilmoq, siyraklashmoq va h.
[Закрыть], xaridim qoldi,
Do‘konim iyasiz qoldi, naylayin,
Binosin tarqatdi, qaroqchi oldi,
Barin o‘rab-chirmab oldi, naylayin.
Mardlar nomard bo‘ldi, nomard mard bo‘ldi,
Qurtlar pashsha bo‘ldi, pashsha qurt bo‘ldi.
Yurtlar vayron bo‘ldi, zindon yurt bo‘ldi,
Shum falak lashkarni soldi, naylayin.
Oshiqlardan o‘tdi ishqning havasi,
Tortildi, yozildi, do‘zax pardasi.
Tog‘dan oshib Qizilboshning o‘rdasi,
Go‘zal elim vayron qildi, naylayin.
Yorni-yordan ayrib, mardni elindan,
Daryoni quvratdi, tog‘ni selindan.
Bog‘lar – sarvisinnan, bulbul – gulindan
Qon yig‘labon, judo bo‘ldi, naylayin.
Mahrum qildi go‘zal ko‘rking hunarin,
Oldi ota-ona ko‘ngil qarorin.
Har kun ochib qul-qirnoqning bozorin,
Nomusim bozorga soldi, naylayin.
Maxtumquli qo‘li bog‘liq, parishon,
Ajib dostonimnan qo‘ymadi nishon.
Zindonga tashlandi pir, xoja, eshon,
Sarbonni karvondan oldi, naylayin.
KAJDIR, YORONLAR
Namozxon darveshlar, davlatli boylar,
Falakning gardoni kajdir, yoronlar.
Minnat-la o‘qilgan namoz yo‘l olmas,
Davlatga tayanmang, puchdir, yoronlar!
Siqilsa burunlar, sarg‘aysa yuzlar,
Qurisa dudoqlar, bo‘lmasa so‘zlar.
Ko‘karsa tirnoqlar, oqarsa ko‘zlar,
Imondan o‘zgasi hechdir, yoronlar.
Asling hovuch qumdir, dam bir nafasdir,
O‘zingga bir boqqil, ishing habasdir.
Jasad bir manzildir, tan bir qafasdir,
Jon bir ko‘zi bog‘liq qushdir, yoronlar.
G‘ofil bo‘lmang, kelgan barcha o‘tarlar,
Munda xushvaqt bo‘lmang, bordir badtarlar,
Chekilar karvonlar, yurir qatorlar,
Bir izi uzilmas ko‘chdir, yoronlar.
Qutulgaysan haq yo‘linda jon bersang,
Hulla bo‘lar bir yo‘qsilga to‘n bersang,
Soya bo‘lar bir muhtojga non bersang,
Bir ochni to‘ydirmoq hajdir, yoronlar.
Bu dunyo deganing ikki varaqdir,
Yarmisi qoradir, yarmisi oqdir.
Bir kecha tush ko‘rding, ertasi yo‘qdir,
Dunyo misoli bir tushdir, yoronlar.
Firog‘iy, bo‘ysungil ushbu amrga,
Molga mashg‘ul bo‘la qolmagil gumroh.
Yuz yillik tadoruk besh kun umrga,
Fikr qiling, nechuk ishdir, yoronlar!
YOYLARI BORDUR
Qo‘nar mundan, anglamaslar, ko‘charlar,
Kerishsiz qurilgan yoylari bordur.
Yoqasiz, etaksiz bir to‘n bicharlar,
Eshiksiz, tuynuksiz uylari bordir.
Oxirat uyiga eltib solarlar,
Haq rahmat etsin deb duo qilarlar.
«Man
175
«Man-arabcha «kim» degani.
[Закрыть] rabbuk?» deb Munkar, Nakir kelarlar,
Javobin bermasang, voylari bordir.
Qilmishing ko‘p bo‘lsa, yer seni qisar,
So‘ngoking qaqshashib, yuraging siqar,
O‘ngingdan, chapingdan o‘t-yolqin esar,
Benamozning shundoq uylari bordir.
Asfalasofilin anga darkordir,
Shayton yana unga ko‘p madadkordir.
Jahannam degan bir do‘zaxi bordir,
G‘iybatkashning anda joylari bordir.
Necha zamon haromilik izlayur,
Topa bilsa pinhon joyda gizlayur,
O‘g‘ri gungdir, mol egasi so‘zlayur,
Sijjin, Vayl otlig‘ joylari bordir.
Ko‘ra olmas qardoshini, elini,
Kecha olmas anda Sirot yo‘lini.
Tamshana-tamshana chaynar tilini,
Fardo-qiyomatda voylari bordir.
Bismillo deb o‘qib Qur’oni Yosin,
Ko‘nglingdan chiqarma Haqning sanosin.
Maxtumquli, Haq kechirgay gunohin,
Jannatil-ma’vodek joylari bordir.
AMRI-XON KELAR
A’malan, solihan
176
Qur’oni karim 18-sura, 11-oyatga ishora.
[Закрыть], yaxshi amal qil,
Bir kun senga ravon amri-xon kelar,
Azroyil kelarda, siqar oyoqdan,
Og‘iz tarafingdan aziz jon kelar.
Umring oxir bo‘lsa, tandan jon ketar,
Jon turma, iklanmas, seni tark etar,
O‘g‘il-qizing yohu-vovaylo etar,
Surat yotar, na quloqqa un kelar.
Joningni qush qo‘ltig‘iga solarlar,
Suvratingni yer uyida qo‘yarlar.
«Man rabbuk?» deb Munkar, Nakir so‘rarlar,
Savolina javob juda qiyn kelar.
Omonat-xiyonat uzmasang qarzni,
Ado aylamasang sunnat-u farzni.
Munkar, Nakir solar, ul o‘tli gurzni,
Og‘izdan, burundan qaro qon kelar.
Tutaver buyrug‘in, ey Maxtumquli,
Jahd ayla kun kundan, ey, Maxtumquli
G‘ofil yurma munda, ey, Maxtumquli,
Qabrda ham savdo ko‘p, kalon kelar.
BIR OLLODIR
Yetti qat Osmonni, Yerni,
Mahkam etgan bir Ollodir.
Ikki jahonning sarvari,
Din Muhammad Mustafodir.
Muhammaddan avval o‘tgan,
Olloning sirina yetgan.
Tur tog‘inda maskan tutgan
Ul Muso Kalimullodir.
Necha mursal, nabi kechdi,
Dunyoning oxiri puchdi.
Kema bog‘lab, ul ham kechdi
Ul Nuhi Nabiullodir.
Chahoryolar – bari oliy,
Biri-biridan sanoli.
Ka’ba shahrinda binoli,
Ibrohim Xalilullodir.
Ya’qub zori-yig‘lar kunda…
Jigari bandi-tutqunda.
Yusufga Misr shahrinda,
Oshiq bo‘lgan Zulayxodir.
Chun tuproqdan bo‘lmish olli,
Isrofil suriga bog‘li.
Dovud payg‘ambarning o‘g‘li,
Ul Sulaymon podishodir.
Haqdan tilarlar umrni,
Tavakkal qildilar to‘rt yorni
Haq yetkazib Zulfiqorni,
Din quvvati Murtazodir.
Go‘zal Ollo nazar solgan,
Mar’yamning mahrinda qolgan.
To‘rt Kitobning birin olgan
Ul Iyso Barihullodir.
Maxtumquli, yo habibim,
Unutmasin seni tilim.
Hazrat Muhammad vakilim,
Sig‘inganim bir Ollodir.
BIR BAYON KELAR
Dobbatil arz
177
Dobbatil arz – ulov, ko‘lik.
[Закрыть] otliq Dajjol so‘nggindan
Marvadan, Safodan bir bayon kelar.
Yetti kundan so‘ngra aning jangindan
Uch kundan olamga bu nishon kelar.
Yuzi odam, kundek olnning
178
Olni – peshonasi, manglayi
[Закрыть] oqi,
Misli devga o‘xshar qo‘li, oyoqi.
G‘o‘ch damli, qush tanli, qalqon quloqi,
Teppasi ustinda to‘rt g‘iron
179
«G‘iron» so‘zi boshqa bir nusxada «Qur’on» deb ham berilgan.
[Закрыть] kelar.
Oz qolarkim, shoxi ko‘kka yetmog‘a,
Bir haftacha fursat topar yotmog‘a.
Jahon yig‘lib tomoshasin etmog‘a
Yaxshi-yomon, barcha musulmon kelar.
Qochib, annan hech kim topmas xalosni,
Mo‘‘minlar xush bo‘lar, havl etar osiy,
O‘ng qo‘linda bo‘lar Muso asosi,
Chap qo‘linda muhri-Sulaymon kelar.
Nechasina muhri-Sulaymon surar,
Nechasina Muso asosin urar.
Xalq yarmi qorayib, bir nasf oq turar,
Qora yuzli tahqiq beiymon kelar.
Xor bo‘lmas olganlar bilgannan bilik,
Do‘stni dushman aylar bo‘lsa bad qiliq.
Oq-uchmohlik derlar, qora-tamug‘lik,
Dunyoning so‘nginnan shul zamon kelar.
Dajjolgacha, tinglang oshiqning so‘zin,
Bilib bo‘lmas Oy, Kun, kecha-kunduzin.
Qirq kun qora tutun olamning yuzin,
Yer-u ko‘kni bosib, bo‘z tuman kelar.
Jonivor yo‘q bo‘lar, xalq annan tinar,
O‘g‘il, qiz kam turur, xalq uchi sinar.
Yer suyga o‘n malak osmonnan enar,
Yig‘lashib, har yonnan sad fig‘on kelar.
Maxtumquli uyar
180
Uymoq – ergashmoq.
[Закрыть] kalom so‘zina,
Yeru-ko‘k tutashar tog‘lar to‘zina.
Isrofil sur chalar Yerning yuzina
Umidsiz xok tanga qayta jon kelar.
QILGIL NAMOZNI
Odam o‘g‘li, sening yuraging tordir,
Aylanib-o‘rgilib, qilgil namozing.
Dunyo bir qup-quruq xas, xashak, xordir,
Aylanib o‘rgilib, qilgil namozing.
Namozing o‘qigil go’yo pir kabi,
Aylanib-o‘rgilib go‘yo sher kabi.
Bu dunyoning moli o‘tar sel kabi,
Aylanib o‘rgilib, qilgin namozing.
Garchi dunyo zavqi yemog‘u ichmoq,
Murdorlik emasmi besh vaqtdan kechmoq,
Ham Tamug‘ bor turur, ham tog‘i Uchmoq,
Aylanib, o‘rgilib, qilgin namozing.
Bul yerga urug‘ni separing bilgil,
Olloga tan berib, bitarin bilgil.
Besh kunlik dunyoning o‘tarin bilgil!
Aylanib o‘rgilib, qilgil namozing.
Maxtumquli, savol, javob qilinar,
Munda berilganlar anda olinar.
Qiyomatda qilday Sirot solinar,
Aylanib o‘rgilib, qilgil namozing.
BIR NON KELTIRDI
Bir kecha yotardim ul shoh Naqshband
Karami jo‘sh aylab, bir non keltirdi.
O‘ng qo‘linda boda-gulgun sharobi,
So‘l qo‘linda toza biryon keltirdi.
Uyg‘ondim uyqudan, qoldim tushimdan,
Hayron edim devonaning ishindan.
Bodasin no‘sh aylab, ketdim hushimdan.
G‘am-diydadan ashki-giryon keltirdi.
Jon xurujga keldi qaynabon-jo‘sha,
Yuragim mavj urdi to‘libon-tosha.
Bir ishorat bo‘ldi anga uchrasha,
Fahm etmadim, jonga armon keltirdi.
Anglamadim, bo‘ldim ishqqa xaridor,
Bilmadim, istadim dilbardan diydor.
Ishq dardina tushdim, qoldim giriftor,
Kimsa bul dard uchun darmon keltirdi.
Maxtumquli, turdim tavob etmog‘a,
Til farmon bermadi javob etmog‘a.
Ishq ahlining holin xarob etmog‘a,
Aqlim olib, masti-hayron keltirdi.
ALIDIR
Zarb urubon Janodilning shahrina,
Kofirlarga g‘azab solgan Alidir.
Ko‘z yumib-ocharda qirq kunlik yo‘lni
Duldulga bir farsax qilgan Alidir.
Boshlar ozod etgan dev quchog‘innan,
Ajdaho og‘zinnan, tog‘ puchmog‘innan,
Darvozasin chekib Haybar tog‘innan,
Haft qal’aga birdan to‘lgan Alidir.
Gasht aylagan tog‘u toshni elayib,
Xanjar, qilich chalib, qonlar yalayib,
To‘g‘ri kelib, Axtam qonin tilayib,
Maqotalga g‘avg‘o solgan Alidir.
Kalla keldi dargohina dod bila,
Nizom berdi sarhadlarga xat bila.
Qam-qam qilich bila, Duldul ot bila
Taxt-as-sarogacha borgan Alidir.
Maxtumquli aytar, tanda bu joning,
Yo‘linda nisor et Shohimardonning.
Qo‘l uzatib chor kunjina dunyoning
Muhammad dinina solgan Alidir.
BU DASTURDIR, AYRILIQQA YIG‘LARLAR
Sog‘-salomat, sarmast bo‘lib yurgan jon,
To‘rt baloning birisidan iglarlar
181
Iglamoq – ozib-to‘zib ketmoq, oriq-ozg‘inlik, muhabbatda-jununlik, quruq ustixon bo‘lib qolish. (A.J.)
[Закрыть],
Yo sovuqdan, yo issiqdan qurir qon,
Tan ustida tabiblarni saqlarlar.
Rizq vakili kelar rizqing yo‘q etib,
Gavdangni quvratib, yo‘ling berk etib,
Nafas farishtasi daming tugatib,
El-ulusing o‘zga yurtga chog‘larlar.
O‘ksuklaring soch yoyarlar, bosh to‘kib,
Yoru do‘sting yig‘lasharlar yosh to‘kib,
Qardosh-qurdosh qatnasharlar osh to‘kib,
Qo‘nsa-ko‘chmas qaror yurtga bog‘larlar.
Xabar tushar: «Falon kishi o‘tdi» deb,
«Chirog‘i so‘ndi» deb, «Kuni botdi» deb,
«Bu dunyodan u dunyoga ketdi» deb,
«Alloh rahmat qilsin!» deya tarqarlar.
Kim bordir ki, falak bag‘rin ezmamish,
Gavdasin qiymamish, ko‘nglin buzmamish,
Maxtumquli, tog‘-daryolar to‘zmamish,
Bu dasturdir, ayriliqqa yig‘larlar.
POYONI BO‘LMAS
Kech ko‘ngil, dunyodan, aylama havas,
Foniydir, hech kimga poyoni bo‘lmas!
Jon qushi bulbuldir, taning bir qafas,
Bir kun uchar, doim turgoni bo‘lmas.
Bir nechani shohlik bilan shod etib,
«Shahriyor» deb, olam ichra ot etib,
Ajalning qo‘lidan bir kun dod etib,
Ketdi bari, hargiz gumoni bo‘lmas.
Qolmadi Dorobing
182
Dorob – Doroning otasi
[Закрыть], na Shahriyoring,
Qani ul gulchehra, siymin uzoring?
Qani shahsuvoring, zarrin hisoring?
Hech birining nomu nishoni bo‘lmas.
Necha mursal o‘tdi, necha ming nabiy,
Necha bolig‘ kechdi, necha ming sabiy.
Hosil bo‘lib qay biring matlabi,
Foniy ichra boqiy qolgani bo‘lmas.
Kimni g‘aniy qildi, kimlarni qallosh,
Yo‘qsilni boylarga ayladi muhtoj.
Kelsa ajal bodi, bo‘lar noiloj,
Ketgusidir, yaxshi-yomoni bo‘lmas.
Moli-dunyo berib necha ming g‘ani,
La’lu javohirdan bo‘lib maskani.
Ketdi qo‘yib qasru, ko‘shku ayvonni,
Borganidan qaytib kelgani bo‘lmas.
Dunyoga kelganning bari yo‘q bo‘lar,
G‘ofil odam bilmaslikdan aldanar.
Yiqqanlaring bari dunyoda qolar,
Hech bir odam olib borgani bo‘lmas.
Qomati sarvidek nozik badanlar,
Sebi-zanaxdonli, g‘uncha dahanlar,
Gul yuzli parilar, siymin zakanlar,
Olamda shod bo‘lib, kulgani bo‘lmas.
Yo‘q vafosi, do‘stlar, foniy dunyoning,
O‘lguncha tark etma xayru ehsoning,
Borgandan, kelmoqqa yo‘qdir imkoning,
Inon, bu so‘zlarning yolg‘oni bo‘lmas.
Oqil uldir, mayl etmasa dunyoga,
Sidq ila sig‘insa qodir Olloga,
Maxtumquli, bir surati zeboga
Boqmagil, ularning poyoni bo‘lmas.
ZIYON KO‘RSA
Kishi o‘yini kam aylar tutgan ishin ravon ko‘rsa,
So‘ngin ko‘zlab, xafa so‘zlar har ishida ziyon ko‘rsa,
Xayolidan chiqarolmay, vujudiga erki yetmas,
Alohida nihon yo‘lda ko‘ngil degan juvon ko‘rsa.
Necha bo‘lsa och-u nahor farog‘at turar erlar bor,
Qarorsiz talminib urnar qarchig‘ay qo‘lda qon ko‘rsa.
Talabgorlikda mol topgan yigitlar ot qulog‘idan,
Quvonchin kuchliroq etgay bir savdoyi karvon ko‘rsa.
Balanddan boqib o‘ltirgan ul ovchilar taskin topmay,
Tilar yer ostidan yurmak yaqin joydan jayron ko‘rsa.
Savash joyida kam jur’at, yuraksiz behunar, nomard,
Jabru sitamni ko‘p aylar g‘animin notavon ko‘rsa.
Maxtumquli, gar ma’shuqam uchrasa bu ko‘ngil naylar,
Yurak yorilarga kelgay ko‘zi ko‘rlar jahon ko‘rsa.
O‘Z BOLASIN O‘ZI YUTIB TURIBDI…
Bir puch yong‘oq bilan jahon javharin
Ul ne qimorbozdir, yutib turibdi.
Chirik somon etmish matoh bozorin,
Gavharga barobar sotib turibdi.
Ne to‘shakdir, anga bosgan yorimas,
Ne kishti-daryoda cho‘kar, yurimas,
Ne onadir, o‘lmas, yitmas, qarimas,
O‘z bolasin o‘zi yutib turibdi.
Ne chirog‘dir, ko‘zsizlarga yoritar,
Ne ko‘zgudir, bu oynadan ori, tar,
Ne soqidir, piyolasin yuritar,
Bir qo‘li bo‘g‘zingdan tutib turibdi.
Ne maxluqdir, na erkakdir, na tishi,
Bir ko‘zi oppoqdir, bir ko‘zi choshi
183
Choshi – do‘nik, ola, g‘ilay.
[Закрыть],
Rangi qora, ola, o‘n ikki boshi,
Yeru-ko‘kni birdan tutib turibdi.
Boshi borib chiqmish Arshning ustiga,
Oyog‘i inmishdir Yerning ostiga,
Jonli, jonsiz, har ne kelsa dastiga,
Tanlamay dahanga tiqib turibdi.
Do‘stlar, havaslamang lo‘li ayolni,
Sizni aldar, ko‘pdir aning xayoli,
Bu dunyosi bir ko‘rsichqon misoli,
Ko‘klarni birma-bir kertib turibdi.
Do‘stlar, bir misoldir tilimga kelgan,
Fikr aylasa bilar ong-hushi bo‘lgan,
Jahon yuzin tutmish bir qudrat Yilon,
Quyrug‘i boshidan o‘tib turibdi.
Maxtumquli, mag‘rur o‘lma bo‘ so‘zga,
Hech mundoq jonivor ilmamish ko‘zga.
Yana bir qudrat bor, yetti kelpozga,
Ul ulug‘ yilonni yutib turibdi.
NE FOYDA
Karbalo dashtida javzo mavj ursa,
Bodi-boron oqqan seldan ne foyda.
Bulbul qafas ichra giryona tursa,
Bog‘larda ochilgan guldan ne foyda.
Orif bo‘lsang, quloq qo‘ygil o‘gitga,
Bir yaproq bitarmi qurigan tutga,
Qallosh bo‘lib qolgan molsiz yigitga,
Berimsiz boylarda puldan ne foyda.
Bedovning yaxshisi yorishga
184
Yorish – musobaqa.
[Закрыть] bo‘lar,
To‘ylarda chopilar, sovrinlar olar,
Toblanmagan otlar to‘zonda qolar,
Ustiga yopilgan juldan ne foyda.
Qulon, kiyik ul Qorunga mol bo‘lsa,
Bahodirlar kuni Rustam, Zol bo‘lsa,
Qudrat bilan bir o‘langlik ko‘l bo‘lsa,
Birkadan
185
Birka – ko‘l, hovuz. «Berkdan chekilgani» degan var. ham bor.
[Закрыть] chekilgan yo‘ldan ne foyda.
Faqir-miskin bilan safarga ketsang,
Yodidan chiqarmas marhamat etsang,
Aytar Maxtumquli, jahondan o‘tsang,
O‘g‘il-qiz, ayoldan, moldan ne foyda.
QORA TOSHDAN AYRILSA
Qora toshli, sari
186
Sar – bosh
[Закрыть] tuman bu tog‘lar,
Tuproq bo‘lar, qora toshdan ayrilsa.
Sel bo‘lar, ag‘darlib oqar bulog‘lar
Chilla to‘lib, qorlar qishdan ayrilsa.
Dunyoda bir g‘avg‘o uzoqdan bo‘lar,
Ko‘z kosasi bari barq yoshdan to‘lar.
Qur’on ko‘rmay yurgan pirlar och qolar,
El unutib, sari peshdan ayrilsa.
Cho‘x deyarman: dunyo qoldi yomonga,
Rahm etmas bo‘ldi u, boq, musulmonga,
Lochin qanot qoqib uchar osmonga
Harom o‘lgan sassiq loshdan ayrilsa.
Zinoxo‘r silamas eli-yurtini,
Ortga tisar, ko‘rsa erning mardini,
Odam o‘g‘li deya bilmas dardini,
Yurak yonib, chashmi yoshdan ayrilsa.
Nomard juvonparast, holi zabundir,
Mardni ko‘rsa yig‘lar, ko‘zlari xundir,
Do‘sti g‘arib qolsa, mardlar majnundir,
Nomard do‘st istamas oshdan ayrilsa.
Yurt dardiga ketar elda mardonlar,
Nomard qochmoq bilan, boqing, yoronlar,
Mol istab yurt kezar baxil-nodonlar,
G‘amga botar go‘zal xeshdan ayrilsa.
Nomard-zanon ganda, hech turqi bo‘lmas,
Vazirlar nodondir, bir erki bo‘lmas.
Kular yuzli yorning hech ko‘rki bo‘lmas,
Siyo zulf, qaro ko‘z, qoshdan ayrilsa.
Bozirgonlar mudom yo‘lga bel bog‘lar,
Nodon ketsa-yiroq ketsa, el chog‘lar,
Maxtumquli, Haqni yodlar, qon yig‘lar,
Shoh gadolar aql-hushdan ayrilsa.
SOG‘LIK ANING SULTONIDIR
Darddir bu joning zillati, sog‘lik aning sultonidir,
Tan mulkining sar davlati tinmas, o‘tar, mehmonidir.
Nafs aylabon sarkashlikni tan taxtining maydonida,
Ro‘zi-azal ruhning, yaqiyn, shu ahdi, shu paymonidir.
Bu maydonga kelgan kishi ixlosin ori aylasin,
Qobil bo‘lgan ixlosli qul mardonlarning mardonidir.
Desa bo‘lar sad ofarin, ruhin to‘qlab
187
Ruhin to‘qlab – ruhini qondirib.
[Закрыть], nafsin tiygan,
Haqiqat aning bozori, Haq majlisi maydonidir.
Voy holiga nafsin suygan, jon asarin ojiz qo‘ygan,
Ro‘zi-jazo yo‘ldosh anga, bad ishlarning pushmonidir.
Mard topmadim xizmat etsam, yo‘l topmadim hajga ketsam,
Bu ikki ish bu tan aro bu jonimning armonidir.
Maxtumquli, bir g‘amzada toki bu dard ila ketar,
Besh kun bu foniy dunyoda bir oshiqning davronidir.
GUMON KO‘RINAR
Bu dam g‘animatdir, nechun bilmassan,
Chiqsa dam, kirmog‘i gumon ko‘rinar.
Bizdan burun kelgan ko‘chmish tonglaga,
Yo‘l uzoq, qorong‘i, tuman ko‘rinar.
Oqil bo‘lsang, ista bu yo‘lda bir pir,
Rizqingga kafildir Alloh, muqaddar.
Oltin-kumush, olmos, yoqut ila dur,
Haqdan g‘ayri tamom ziyon ko‘rinar.
Allohni unutib, aqling yo‘qotma,
Har nafas ogoh bo‘l, g‘aflatda yotma,
Umringni befoyda, behuda tutma,
Dunyo baqosizdir, ayon ko‘rinar.
Xo‘ja, said, podsho – so‘ralmas nasab,
Hashr-nashr bo‘lsa, olarlar hisob,
Haromga azob bor, shubhaga – itob,
Munda yaxshi unda yomon ko‘rinar.
Maxtumquli, xabar oldim «Qur’on»dan,
Asar yo‘qdir avval o‘tgan karvondan.
Tongla yolg‘iz yotar yering-ul go‘rdan,
Qardosh, yilon bilan chayon ko‘rinar.
SEN HAM BORIB, BIR DAVRDA ICHARSAN
Mag‘rur bo‘lma bu qo‘nganing yurtingga,
Bebaqodir, iklanmassan
188
Iklanmoq – hayallamoq, turib qolmoq.
[Закрыть], ko‘charsan,
Soqi ajal davr-davr sunular,
Sen ham borib, bir davrda icharsan.
Bu rabotda tinglab, o‘qib-uqqan yo‘q,
Boshli bozor, bir qurilgi do‘kon yo‘q,
G‘amxonadir, aniq manzil-makon yo‘q,
Bu makonga kelgan bo‘lsang, kecharsan.
Ayrolik yurakda dardi-dog‘ingdir,
Tavba qil Tangriga, yigit chog‘ingdir.
Umring shu’la ursa, yurak-yog‘ingdir,
Yog‘ tugar ham filtang yonar, o‘charsan.
Gul bo‘larsan, qormoq uchun gulobga,
Lahab qumga do‘nar, xonang xarobga,
So‘ngoking surmaga, taning turobga
Do‘nib, to‘ymas yer qo‘ynini qucharsan.
Dunyo turur hech tugamas bir g‘alva,
Agar umr bersa, qirqdir bir palla,
Ajal o‘tdir, tan miltiqdir, jon-g‘ulla
189
G‘ulla – o‘q, (9 gramm qo‘rg‘oshin) sochma.
[Закрыть],
Rizq doriga otash tushsa, ko‘charsan.
Yaxshi soat, ajib vaqtdir, xush ayyom,
Umr ozdir, aql ko‘toh, ishing xom,
Jon bir qushdir, dunyo bir don, falak-dom,
Qachon bundan qutularsan, qocharsan.
Maxtumquli so‘zlar, so‘zin so‘nglamas,
Bedard kishi dardli so‘zin tinglamas,
Ahmoq so‘zdan huzur tuymas, anglamas,
Orif bo‘lsang, so‘z ma’nisin secharsan
190
Sechmoq – saylamoq.
[Закрыть].
BO‘LA-BO‘LA KETARSAN
Qora qonlar yutib, hasratlar chekib,
Molga mashg‘ul bo‘la-bo‘la ketarsan.
Dudog‘ing tebratib, yuraging yoqib,
Gumoning bor, olib, bila ketarsan.
Muncha jafo o‘g‘il, qiz-u zan uchun,
Muncha ishrat xok bo‘lajak tan uchun,
Ketmas g‘aromatni ikki kun uchun,
Ne bo‘yningga ola-ola ketarsan.
G‘ururlanma sanjobingga, samringga,
Ajal-dovud qo‘lin chekmish temringga,
Qilcha jonga, bu besh kunlik umringga,
Ne tadorik qila-qila ketarsan.
Molin ta’ma etma berimsiz boyning,
Topgan sayin ko‘zi to‘ymas gadoyning,
Mo‘‘min bo‘lsang, qil qullig‘in Xudoyning,
Besh vaqt esga ola-ola ketarsan.
Maxtumquli, xabar bergil, netarin,
Har yon borsang, ajal ermish guzaring,
Yos’xona
191
Yos’ – g‘am, aza.
[Закрыть] deb, yig‘lab o‘tdi padaring,
Senmi mundan kula-kula ketarsan.