282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » Махтумкули » » онлайн чтение - страница 16

Читать книгу "Асарлар. Махтумқули"


  • Текст добавлен: 29 апреля 2024, 17:20


Текущая страница: 16 (всего у книги 19 страниц)

Шрифт:
- 100% +

YETARSAN

 
Kelgan kechar, qo‘ngan ko‘char, odamzod,
Yurgil-sen ham bir manzilga yetarsan.
Bu dunyoda xo‘bdir qolsa yaxshi ot,
Bu dunyoga kelmish bo‘lsang, o‘tarsan.
 
 
G‘ofil odam yodlab yursa asilin192192
  Aslini – demoqchi.


[Закрыть]
,
Falak qo‘ymish ajal otli mosilin,
Kelgan ketsa, ekkan yig‘sa hosilin,
O‘rta yerda sen ne ishlar tutarsan.
 
 
Koyitmagil jafolarda bu joning,
Sarishtasi hech tutdirmas jahonning,
Tebrangancha dardi ortar dunyoning,
Qadam qo‘ysang, gavdang bilan botarsan.
 
 
Jo‘shqin keldi, haddin yordi, so‘z oshdi,
Bo‘ yo‘llardan to‘g‘ri borgan tuz oshdi.
Behuda emasdir umrning guzashti,
Har choshtingga bir kuningni sotarsan.
 
 
Tuzoq turur ul qumoshing, siym-zaring,
Guzargohin tutib turmish bu yerning,
Garm aylading, falak, sen bu bozoring,
Ma’lumdirki, bu savdoda yutarsan.
 
 
Bu to‘rt kunlik tiriklikka quvonma,
Qiyomatda xo‘rlik-otashda yonma,
Bu dunyoning borligiga inonma,
«Bor-bor» bilan, yo‘q bo‘larsan, yitarsan.
 
 
Maxtumquli, boshingda yuz ko‘y bordir,
Ayri manzil, ayri makon, joy bordir,
Lahad degan tor, to‘shaksiz uy bordir,
Ul uy ichra to qiyomat yotarsan.
 

OXIRAT ASBOBIN SHAYLAMAYINMI?

 
Umrga e’tibor, jonga turum yo‘q,
Oxirat asbobin shaylamayinmi?
Bandaman, borurga o‘zga yerim yo‘q,
Istagim o‘zidan aylamayinmi?
 
 
Yoronlar, yetmak yo‘q Subhon siriga,
Yo‘lim ochsa, yetsam do‘st asariga,
Riyozatni yuklab nafs shuturiga193193
  Shutur – tuya.


[Закрыть]
,
Ixlosga iytdirib, «Haylamayinmi?»
 
 
Yo‘g‘iga yonibon menlikning, tag‘in
Ashkimdan sug‘orsam nestlikning194194
  Nistlik – yo‘qlik.


[Закрыть]
bog‘in.
Ujbu riyo, kibr, hasad matohin
Bo‘lib, rahzanlarga poylamayinmi?195195
  Poylamoq – bu o‘rinda bo‘lib bermoq, tarqatmoq.


[Закрыть]

Obi-tavfiq yuvib jasadim novin,
Himmat bilan o‘tsam ibodat zovin,
Ruh-qushim to‘ydirib, nafsimning ovin
Fikr beshasidan196196
  Besha – to‘qay.


[Закрыть]
ovlamayinmi?
 
 
Maxtumquli, ne bor ichmoq, yemoqdan,
Jon jasaddan chiqar, et ham so‘ngokdan.
Ko‘z ko‘rmakdan qolar, til ham demoqdan,
Tilim tebranarkan, so‘zlamayinmi?
 

QALANDAR BILAN

 
Ko‘rarga sipoman, tanirga – dilkash,
Devona hamdamman qalandar bila,
Chekkanim g‘ussadir, yuragim g‘amkash,
Xo‘ragim otashdir Samandar bila.
 
 
Jasadim xushnamo, jigarim biryon,
Yuragim purg‘amdir, ko‘zlarim giryon,
Tilim qush tilidir, suratim – inson,
Hamzabonman barcha chamandar bila.
 
 
Falak gina chekmish, ayyom ont etmish,
Davlatim bo‘yniga qil kamand otmish,
Iqbolim eshigin baxtim band etmish,
Tashin temir, ichin kulundar197197
  Kulundar yoki kalandar – g‘ul, asir bo‘yni, oyog‘iga uriladigan kunda.


[Закрыть]
bila.
 
 
Hojatim bor, yo Haq, ayla tadbirim,
Maqsadim shoniga to‘qina tirim.
Darmonda qolibman, ayladastgirim
Xizr otani Iso payg‘ambar bila.
 
 
Maxtumquli aytar, yer yuzin kezsang,
Oxiri o‘limdir dunyoni tuzsang,
Uch yuz ellik olti yil olamni kezsang,
Filqus o‘g‘li shohi Iskandar bila198198
  Izohli lug‘at (Kitob oxirida)ga qarang.


[Закрыть]
.
 

BU DUNYO

 
Mag‘ribdan Mashriqqa dunyoning yuzi,
Bizga ma’lum siri mo‘ldir bu dunyo,
Obodi, xarobi, daryosi, tuzi,
Yuz qirq olti ming og‘och yo‘ldir bu dunyo.
 
 
Bu jahon yuzinda ishlar paydodir,
Tafarrujdir, tomoshadir, g‘avg‘odir,
Qirq olti ming yig‘och199199
  Og‘och, yig‘och – bu o‘rinda (daraxt, o‘simlik emas) uzunlik o‘lchovi – masofa, sath ma’nosida kelyapti.


[Закрыть]
dengiz, daryodir,
Yetmish ikki tusli tildir bu dunyo.
 
 
Bir ellik ming og‘och yo‘llar anda bor,
Dev-pari maskani, qullar anda bor,
Toshlar, tog‘lar, och arslonlar anda bor,
Ul yerda odamdan200200
  Turkmanchada – (Odam-inson va Adam-yo‘qlik so‘zlari bir ko‘rinishda yoziladi. Bu o‘rinda har ikki ma’noda tushunsa ham bo‘laveradi. (A.J.)


[Закрыть]
cho‘ldir bu dunyo.
 
 
O‘n ikki ming yig‘och joyi – Hindiston,
Olti ming og‘och yo‘l arzi201201
  Arz – yer.


[Закрыть]
– Rumiston,
To‘rt ming Saqlob, Sanjob, to‘rt ming Zangiston,
Go‘yo kechib borgan soldir bu dunyo.
 
 
To‘rt ming farsax Yaman, bir mingda Bulg‘or,
Zamini Yunon ham bo‘lar yak hazor,
Ming og‘och yo‘l tog‘dir, devi mardumxo‘r,
Anda og‘ib borgan soldir bu dunyo.
 
 
Ming yig‘och kalim go‘sh, yak dastu yak po,
Besh ming og‘och Ya’juj, ming og‘och sahro,
Yetti ming og‘och yer jazira202202
  Jazira – orol.


[Закрыть]
, daryo,
Ming og‘och yer ancha moldir bu dunyo.
 
 
Ikki ming uch yuz og‘och ahli Islomdir,
Iroq, Ozarbayjon, Misrdir, Shomdir,
Xuroson, Fors, Bozirko‘hda tamomdir,
Yo‘q bo‘lguncha qiylu qoldir bu dunyo.
 
 
Maxtumquli, bo‘lsin noming Firog‘iy,
Forig‘ bo‘lu chekil chetga sen dog‘i,
Hisob etdim-dunyo boshdan-oyog‘i –
Uch yuz oltmish yillik yo‘ldir budunyo.
 

SHOHLIK BILA

 
Teng bo‘lar deb o‘ylama, ishing bad-a’follik bila,
Hech qachon teng bo‘lmagay eshak bedov shohlik bila,
Qardosh o‘lma, san haromu fitna-rasvolik bila,
Boshingni g‘avg‘oya solma moli-dunyolik bila,
Tur, sahar yod ayla Haqni, yig‘la tanholik bila.
 
 
Bordi Turning tog‘iga, Haq birla bo‘ldi ul kalim,
O‘tdi onlar, qoldi dunyo, kechdi ayyomul-qadim,
Yotsa yer bo‘ldi to‘shak, o‘rtunchog‘i203203
  O‘rtunchok – yopinchiq.


[Закрыть]
parcha kilim,
Boqdm qo‘yin Shoyibning yetti yil Muso-Kalim,
Cho‘lda yurdi doimo roz aytishib Xoliq bila.
 
 
Ey oti yugruk yigit, o‘zi g‘o‘choq, gulgun-qabo,
Munda jabr etgan kishi ul kunda bo‘lgay ro‘siyo,
Har kishi zo‘r aylabon olsa bugun, bergay-sabo,
Ul valilar sarvari Sulton Uvaysdek avliyo,
To‘shagi, o‘rtunchog‘i bo‘ldi qora xoliq204204
  Xoliq – gilamcha.


[Закрыть]
bila.
 
 
Yaqub o‘g‘li Yusufning kokilidan tutdilar,
Urdilar-yig‘latdilar, eltib Misrda sotdilar.
Necha yil Ayyub payg‘ambar tanin qurt yeb yotdilar,
Qo‘l-oyog‘in bog‘lashib, Yunusni emga205205
  Em – dengiz, ummon.


[Закрыть]
otdilar,
Necha vaqt toat chekib, «Huv!» dedi bir baliq ila.
 
 
Sen nechuk, Maxtumquli, yomonliging unutmading,
Gohi-gohi zolim o‘lding, ko‘rganingdan qaytmading,
Gohi-gohi so‘fi bo‘lding, hech haromdan totmading,
Bilmadim, Sen qaysi bo‘lding, bir kabsi-kor etmading,
Na sipolig‘ birla bo‘lding, na-da mullolik bila.
 

KURS CHIQAR

 
Haqiqatda yo‘lga kirgan darveshlar,
Palla-palla Sidra bilan Kurs chiqar,
Berahbar, bafahm yo‘lga kirganlar –
Yo‘lin shayton urar, yo‘li ters chiqar.
 
 
Arvoh bor, jin ham bor, palang bor, gurk bor,
Qayg‘u bor, g‘ussa bor, yo‘l uzoq, dard bor,
Ushbu yo‘lga kirsang, bir talay shart bor,
Sharoitsiz yo‘ldan qarshi Bars chiqar.
 
 
Isrofil Sur chalsa, Yer, Ko‘k egilsa,
Shayton sar-sar ursa, tog‘lar dog‘ilsa206206
  Dog‘ilsa – tarqasa, sochilib ketsa demoqchi.


[Закрыть]
,
Dajjol Yerga insa, qo‘shin yig‘ilsa,
Izi Hindda bo‘lar, oldi Qars207207
  Arzi-Qars – Kichik Osiyoda bir shahar (viloyat) nomi (A.J.)


[Закрыть]
chiqar.
 
 
Chiltan, abdol ketar, g‘oyib qalandar,
Duogo‘y hech qolmas, bo‘sh qolar bandar,
Qof tog‘ining kemtigida Iskandar,
Dev yo‘liga qo‘ydirgani g‘o‘rs208208
  G‘o‘rs – qattiq, berk, mustahkam va h.


[Закрыть]
chiqar.
Maxtumquli aytar hech ne bilmasman,
Ishlar bordir, uhdasidan kelmasman,
Ey yoronlar, bu nedandir, bilmasman,
Xizr deya qo‘l urganim hirs chiqar.
 

YETMASDAN QOLMAS

 
Ixlos bilan bir komilga qo‘l bergan,
Yetar bir manzilga, yetmasdan qolmas.
Daryolarda yuzgan, cho‘llarda yurgan,
Dam hisobin tugal yetmasdan qolmas.
 
 
Chunki kelding bu yolg‘onchi jahonga,
Oyog‘ing qaramay, boqding osmonga.
Falak bozorida yeganing –nonga
Odam o‘g‘li umrin sotmasdan qolmas.
 
 
Hamrohim yo‘q, borib sirim ocharga,
Dardim bo‘lishibon, o‘tim o‘chirsa…
Dunyo bir manzildir kelib-kecharga,
Bu manzilga kelgan, ketmasdan qolmas.
 
 
Falak tomoshabin osmonga chiqib,
Odamzod mol uchun yuragin yoqib,
Dunyo ajdarhosi dam bila chekib –
Jumlaning urug‘in yutmasdan qolmas.
 
 
Maxtumquli, bu dunyoning davlatin,
Kelgan ko‘rar-chekar o‘lim mehnatin,
Mudom yuritarlar ajal sharbatin,
Bu sharbatdan hech kim totmasdan qolmas.
 

KO‘NGIL

 
Bilmasman hech, qaysi dardning mubtalosidur ko‘ngil,
Yo, Rab, ul bir bevafoning cho‘x havasidur ko‘ngil.
 
 
Ishq daryodir, tubi yo‘q, hijron olov ul-o‘chmagay,
Ishqqa mayil etgan bu o‘tlarga yonosidur, ko‘ngil.
 
 
Bilmasdan otmish o‘zin ishq o‘tiga parvonadek,
Endi bilmas chorasin kim, ne qilosidur ko‘ngil.
 
 
Isoning dami mahol, Luqmon u yerda gungu lol,
Yo, Rab, bu dardning bu mahal ishq davosidur, ko‘ngil.
 
 
Garchi ishqning dardidir devonayi jon ofati,
Oshno ahli bu g‘amni ayab yurosidur, ko‘ngil.
 
 
Necha mahrai benavolar topdilar andin navo,
Man’ aylagan andin mani baxtim siyosidur, ko‘ngil.
 
 
Yig‘labon Maxtumquli, dargohga arzing etaver,
Ne uchun ko‘p yig‘lagan bir kun kulosidur, ko‘ngil.
 

YOSHI NEDANDIR?

 
Durdi shoir Sennan xabar olayin,
O‘tgan payg‘ambarning yoshi nedandir?
Sulaymon podshoning yashil tovtini209209
  Tovtin – qarorgoh.


[Закрыть]
,
Me’rojning qopug‘i qoshi210210
  Qoshi – Eshigi va uning qoshi.


[Закрыть]
nedandir?
 
 
Ul ne kimdir, yurtdan qochdi-tarqadi,
Ul ne kimdir, do‘stin eldan sarg‘adi211211
  Sarg‘amoq – so‘ramoq, xabar topib kel demoqchi.


[Закрыть]
,
Ul ne kimdir, oshiq-cho‘lga o‘g‘radi212212
  O‘g‘ramoq – jo‘namoq, uchramoq.


[Закрыть]
,
Samardan asosi, peshi nedandir?
 
 
Ul kimdir boqiyda mubtalo qolgan,
Ul kimdir eliga tilonlar solgan,
Qirq yil ayriliqda sarg‘ayib-so‘lgan,
O‘ziga gurz urgan kishi nedandir?
 
 
Ul ne qordir, doim yog‘ar, erimas,
Ul ne daryo, mudom jo‘shar, yurimas,
Ul ne odam, suv ichida chirimas,
Oqar ko‘zlarining yoshi nedandir?
 
 
Ul ne daraxt oltmish ikki butog‘i,
Qirq sakkiz ko‘z o‘qning o‘n ikki sadog‘i,
Ul ne xondir, sakkiz ermish o‘tovi,
O‘tovin ichining oshi nedandir?
 
 
Ul kimdir boqiyda ravshan bir ko‘z bor,
Oldida ma’nisi to‘rt ming, to‘rt yuz bor,
Otasi eridir, oshiq bir qiz bor,
Qo‘shilmas hurlarga, toshi nedandir?
 
 
Maxtumquli aytar, yod etgil bizni,
Yettidir qorasi, oqdir sakkizi.
Bir suratda nedir, uldir to‘qqizi,
Boshidagi aqli-hushi nedandir?
 

YUSUF DEYA
(Taxmis)

 
Hijronida chokli erur yoqam Yusuf deya-deya,
Necha durdonalar ko‘zdan to‘kkum Yusuf deya-deya,
Qon yig‘larman shomu sahar, netgum Yusuf deya-deya,
«Men Ya’qubman, ohu zoring chekkum Yusuf deya-deya,
Ko‘zlarimdan qonli yoshim to‘kkum Yusuf deya-deya».
 
 
Bu dunyoning jafosidan girihlar tushdi qoshima,
Dushmanlarim qon yig‘lashar ko‘zdan oqqan sel yoshima,
Sirimni izhor aylasam, olamda bir yo‘ldoshima,
«Falak yig‘lar ko‘z yoshima, ne savdo tushdi boshima,
Majnun bo‘lib tog‘ boshiga chiqqum Yusuf deya-deya».
 
 
Boqmadimi Oy nozanin, gulgun yuz uzra sunbulga,
Mag‘rur o‘lma bo‘yla tilgakim, mushkin-anbar kokilga,
Gulning vafosi bo‘lmamish yuz nola qilsa, bulbulga,
«Bir tarafdan jilg‘a-jilg‘a, bulut o‘ynar, solar ko‘lga213213
  Ko‘lga – soya.


[Закрыть]
,
O‘n olti tog‘, yetti cho‘lga chiqqum Yusuf deya-deya».
 
 
Ishqin balosidan yetib xanjar menga ey siymu-zar,
Jonimga hajri o‘tidan bir turfa yetdi dardisar,
Bul vasfining zavqi ila yozdim bo‘lib xuni-jigar,
«Ketdi Yusuf, kelmas xabar, yig‘lab turarman har sahar.
Qal’a-qal’a, shahar-shahar so‘kkum Yusuf deya-deya».
 
 
Tarahhum qilmas ul dilbar hijronimda bu nolaga,
Og‘zim chuchib damo-dame, Layli kabi shakarxoga,
Qilsa tabassum agar ul, men jafoli dilafkorga,
«Magar Yusuf tushdi choyga, jamolin deb boqqum Oyga,
Iroq zamin, Karbaloga boqqum Yusuf deya-deya».
 
 
 Bul falakning shiddatidan, kim, dilimda zohir dog‘lar,
 Zulmi-bashar xayolikim, ko‘nglimda giribon bog‘lar,
 Ko‘rsa bu holimni har kim, holimga zoru zor yig‘lar,
 «Hasratimga falak yig‘lar, oshiq bo‘ldi tilsiz zog‘lar,
 Farhod bo‘lib baland tog‘lar yiqqum Yusuf deya-deya».
 
 
 Ko‘yingni istab, ey nigor, men bormisham yo‘ldan yo‘lga,
 Berdimki savtu nomingni jon birla har quldan-qulga,
 Qanot bog‘lab uchsam edi men g‘oz kabi ko‘ldan-ko‘lga,
 «Yusufo‘tartildan-tilga,shaydobo‘libcho‘ldan-cho‘lga,
 So‘roq solib eldan-elga chiqqum Yusuf deya-deya».
 
 
 Ichdi sening zolim ko‘zing mening qonim qona-qona,
 Zulfing domiga sayd o‘ldim, ko‘rib xolin dona-dona,
 Jonim fido qilsam ozdir Sening kabi jona-jona,
 «O‘tar ayyom do‘na-do‘na, kechar bu jon yona-yona,
 Har subhu shom Oy-u Kunga boqqum Yusuf deya-deya».
 
 
 So‘rsa Nizomiy dunyoda anglagay yaxshi so‘zidan,
 Topmay kushoda baxti ul tole ila yulduzidan,
 Ko‘rsa vafolarni mundog‘, har kim turib o‘z-o‘zidan,
 «Maxtumquli do‘st yuzidan, tinmas yosh oqar ko‘zidan,
 Bulbul bo‘lib Yor so‘zidan nutqim Yusuf deya-deya».
 

JO‘SHGA YETDING

 
Bir kun otang ishq yetdi.
Sulbidan214214
  Sulb – bel, umurtqa, urug‘, nasl.


[Закрыть]
jo‘shga yetding.
Avval suvding, qon bo‘lding,
Qondan so‘ng loshga yetding.
 
 
Hukm ayladi ul Xudoy,
To‘qqiz soat, to‘qqiz oy,
Bor andomlar joyba-joy,
So‘ngok uloshga yetding.
 
 
Go‘sh berdi, dahan berdi,
Dahanda zabon berdi,
Aql berdi, jon berdi.
Ko‘z berdi, qoshga yetding.
 
 
Yoshding, qo‘lga uloshding,
Yurib-yo‘lga uloshding,
So‘zlab-tilga uloshding215215
  Uloshmoq – yetishmoq, yetmoq.


[Закрыть]
,
Non yeding, oshga yetding.
 
 
Yettida maktab ko‘rding,
O‘qiding, yo‘lga kirding,
Qiz bilan bozi qurding,
To o‘n to‘rt yoshga yetding.
 
 
Haq berganin eb-ichding,
Har yo‘lga bir bosh qo‘shding,
Mahbub ila sevishding,
Yor-qalamqoshga yetding.
 
 
Yigirma yoshga kelding,
Yigit bo‘lib, sen yelding,
Ot minding, qilich olding,
Jangu savashga yetding.
 
 
O‘ttizingda yeringdan,
Tuman ketmas saringdan,
Yigitliging zo‘rindan
Gasht-tomoshaga yetding.
 
 
Surding, dunyoni surding,
Oxir vafosin ko‘rding,
Qirqingga qadam urding,
Komilsan, hushga yetding.
 
 
Bor olmading bog‘ingdan.
Xazon urdi tag‘’ingdan216216
  Tag‘‘in – ozg‘in, bosh ko‘tarish, o‘jarlik, bo‘yin egmaslik, to‘polonchi va h. Bu so‘zning «ta’i» ko‘rinishi ham bor. (A.J.)


[Закрыть]
,
Ellik soqol oqingdan
O‘ton, bir yoshga yetding.
 
 
Oltmishga yosh yetkazding,
Boshing g‘amga botqizding,
Xush kunlaring o‘tkazding,
So‘ngsiz tashvishga yetding.
 
 
Yetmishda «Haq!» deb qolding,
Quvvating yo‘q-yiqilding.
Qartayib, o‘zdan qolding,
So‘yla ne ishga yetding?
 
 
Saksonga yetishsa sol,
Nechuk kechar bunday hol.
O‘tdi qizg‘inli mahal,
Yozing yo‘q, qishga yetding.
 
 
To‘qsonda yang‘ilar217217
  Yang‘ilmoq – adashmoq, yanglishmoq.


[Закрыть]
so‘z,
Qora bo‘p ko‘rinar bo‘z.
Qaqshar suyak, ko‘rmas ko‘z,
Ming andishaga yetding.
 
 
Maxtumquli, o‘tirding,
Umring g‘ofil o‘turding,
Haq-chun ne ish bitirding
Agar yuz yoshga yetding.
 

MA’NI BILMAS YOSHINDA

 
Ey yoronlar, odamzod
Ma’ni bilmas yoshinda;
Beg‘am bo‘lar dunyodan
To‘rtinda yo beshinda.
 
 
Beshinda bekdir, bilmas,
Dunyoni ko‘zga ilmas.
Zarra qayg‘usi bo‘lmas,
Kezar o‘yin tashinda.
 
 
Agarki o‘n yosh kelar,
Bolalikdan hush kelar.
Yemak-ichmak xush kelar,
Ko‘y ko‘p bo‘lar boshinda.
 
 
O‘n beshga yetsa soli,
Qalqar ko‘ngil xayoli,
Chalar o‘smirlik yeli,
Juvon ko‘rnar tushida.
 
 
Juvonlik o‘ti yonar,
Bolalikdan narx do‘nar,
Har kun bir ishqqa minar,
Ul yigirma yoshinda.
 
 
Ko‘z oldirarsan molga,
Ketib sen xom xayolga,
Kuching kelar kamolga,
O‘ttizga uloshganda*.
 
 
Yoshda ko‘stu kam bo‘lar,
Ne unga marham bo‘lar,
Qirqda aql jam bo‘lar,
Odamzodning boshinda.
 
 
Yosh ellikka ketganda,
Bo‘lar qari otinda,
O‘lim bo‘lar yodinda,
Sang‘i yetar ishinda.
 
 
Tushmisham savdoya deb,
Savdoli g‘avg‘oya deb,
O‘tdi umrim zoya deb
Oh urar oltmishinda.
 
 
Yetmishda losh qoqlanar,
Jon jasadda saqlanar,
Qayg‘u hasrat cho‘qlanar.
Ko‘sti bo‘lar ishinda.
 
 
Quvvati yo‘q tutganda,
Injimasmi yotganda,
Yosh saksonga yetganda,
Tanimas uchrashganda.
 
 
Chiqmaydir uydan tashga,
Boqmas qavmu qardoshga,
O‘lik der boyaqishga,
Yosh to‘qsondan oshganda.
 
 
Maxtumquli, himmati,
Qolmas qadr-qimmati.
Payg‘ambarning ummati
Hech bo‘lar yuz yoshinda.
 

EL BILA

 
Ko‘z, ko‘ngil, til, aql turdi bu to‘rti,
Jon Vatan orzulab, turdi el bila.
Darxostim bor, kel tark etma bu yurtni,
Ishrat qilgin, suhbat qurgin gul bila.
 
 
Bir ajab manzildir, umiding uzma,
Vujuding sovutma, Vatan deb qizma.
Do‘koning tarqatma, bozoring buzma,
Tan ulkida bir necha kun qol bila.
 
 
Mehmon bo‘lding bu dunyoning uyiga,
Ko‘ngil berib ketma uning ko‘yiga,
Boshing bog‘lab, chekar o‘yin, o‘yiga,
Ketsang bermas, aldab kezar til bila.
 
 
Munda qul bo‘l, bor, ul jahon seningdir,
Alvon ne’mat, toza biryon seningdir,
Behisht, Buroq, hur-u g‘ilmon seningdir,
Osiy odam, to‘g‘ri kelsang yo‘l bila.
 
 
Falak qo‘ymas bu yurganing saroyda,
Bo‘ri-la qo‘y mador etmas bir uyda,
Dunyo to‘la g‘azna yig‘sang ne foyda,
Chin mol uldir-joyna218218
  Joyna – o‘z o‘rnida, o‘z joyida sarflamoq haqida (mol-dunyoni) gap ketayotir.


[Закрыть]
bersang qo‘l bila.
 
 
Ko‘kni bukib, yozsa219219
  Yozsa – to‘shasa demoqchi


[Закрыть]
Yerning yuzini,
Gurk qayrilib qopa bilmas qo‘zini.
Muborizlar tuta bilmas o‘zini,
Fil ham turar bog‘lasalar qil bila.
 
 
Maxtumquli Haq qullug‘in bitirsa,
Er ul bo‘lar-amrin barjoy ketursa,
Mavlom o‘zi devon uchun o‘tirsa,
Pashsha turib, da’vo boshlar fil bila.
 

O‘TIB BORADIR

 
Bu foniy dunyoga ko‘ngil qo‘yganlar,
Ishi o‘lda-jo‘lda, o‘tib boradir.
Qur’on ochib, ko‘ring, tole’ ko‘rganlar,
Iqbolni bir pulga soib boradir.
 
 
Jafosi ko‘p foniy – bu yolg‘on jahon,
Mard ko‘nglida tutar bo‘ldi u makon.
Iso anglab, Luqmon qilmas dard ehson,
Boqmay, qarshisidan o‘tib boradir.
 
 
Kimlar bu jahonda betashvish yotmish
Kimlar osmon uchib, kim loyga botmish,
Kimsalar molidan xayr-ehson etmish,
Kimlar hirsi dunyo tutib boradir.
 
 
G‘avg‘odan chiqmadi anchaning boshi,
Kimni yoqar bo‘ldi, padar, qardoshi,
Kimsalar har joyda tayyorlab oshi,
Kimsalar xums bo‘lib, yotib boradir.
 
 
Kimlar toju taxtda farmon jo‘natib,
Kimlar saman minar, surar o‘ynatib,
Kim padar, kim elin xor qip, unutib,
Gunoh zindoniga botib boradir.
 
 
Kimsalarning chiqmas aylagan zori,
Kimlarning bog‘ida bitmish anori,
Kimsaning tutashib joninda nori,
Xor-tikan taniga botib boradir.
 
 
Kimlar surar bo‘ldi doim davronni,
Kimlar o‘zin bilmas, untar220220
  Untar – unutar.


[Закрыть]
jahonni,
Kimsalarning doim do‘zax makoni,
Kimsalar behishtga yetib boradir.
 
 
Kimsalar bosh qo‘shar ajib jononga,
Kimsalar zan istab jabr etar jonga,
Kimlardir ko‘z tutib ul ganji-konga,
Dini-imonini untib boradir.
 
 
Kimsalarga bermas ul ikki ko‘zni,
Kimsa salosatsiz, so‘zlamas so‘zi,
Kimsalarning ajib ermishdir yuzi,
Kimlarning ro‘yini o‘rtib boradir.
 
 
Kimlar alam bilan og‘ibdir soli,
Kimlarda band etmish go‘zal xayolni,
Kimsalar umrida totmayin bolni,
Kimlar zahar-zaqqum yutib boradir.
 
 
Kimsalar haq desa, g‘alatga do‘nar,
Kimsalar uchar-u kimsalar qo‘nar,
Nechalarning farzand-zuryodi unar,
Anchalar befarzand o‘tib boradir.
 
 
Kimlar bu dunyoda iqbol otmishdir,
Kimsa tutgan niyatiga yetmishdir.
Kim Haqni chaqirib, yig‘lab yotmishdir,
Kimsa bu dunyoda yo‘rtib boradir.
 
 
Kimsa ojiz jonni mol deya yoqib,
Kimlar ketmish Vatanini tark etib,
Kimlar elni, din-imonni unutib,
Kimlar uni qoyim tutib boradir.
 
 
Maxtumquli, kimsa dashtdadir sarbon,
Kimsa aylar bo‘ldi bir zolim farmon,
Kimlar bu dunyoda aylabon armon,
Kimlar xandon bo‘lib, o‘tib boradir.
 

DUNYODIR

 
Ey yoronlar, musulmonlar,
Kelib, kechmali dunyodir.
Qurbi yetgan er yigitlar,
To‘kib-sochmali dunyodir.
 
 
Hech kim munda tutmas o‘rin,
Sog‘likda to‘kib-soch barin.
Muncha yig‘nab, netdi Qorun,
Tashlab qochmali dunyodir.
 
 
Bu dunyoning g‘amin yersan,
Odam o‘g‘li, bil, o‘larsan.
Par to‘shakni qattiq dersan,
Yerni quchmali dunyodir.
 
 
Zulm yog‘ar boshlaringga,
Og‘u qotar oshlaringga.
Munda yetgan ishlaringga
Hisob kechmali dunyodir.
 
 
Maxtumquli, o‘qib Qur’on,
Xudodan tilagil imon.
Har yigit o‘lsa benishon
O‘rni o‘chmali dunyodir.
 

NELAR BO‘LDI

 
Ey yoronlar, musulmonlar,
Jahon yo‘qdi, nelar bo‘ldi?!
Haq o‘zi-o‘ziga tutmish
Mingda bir pardalar bo‘ldi.
 
 
Nom-nishona yo‘qdi Yerdan,
Osmondan. Jannatdan. Hurdan.
Aning ich pardasi nurdan
Rasululloh-alar bo‘ldi.
 
 
Ul nurni qushga do‘ndardi221221
  Do‘ndardi – evirdi, o‘girdi, aylantirdi.


[Закрыть]
,
Bir daraxt uza qo‘ndirdi,
Izidan salom go‘ndardi222222
  Go‘ndarmoq – yubormoq.


[Закрыть]
,
Duridan Daryolar bo‘ldi.
 
 
Qudratdan bir daryo bo‘lib,
Haybat bilan nazar solib.
Ko‘k suvidan osmon qilib,
Ko‘pigidan Yerlar bo‘ldi.
 
 
Qushni ul Yerdan ko‘tartib,
Eltib Qandilda o‘tirtib,
Ul nur o‘zini tebratib,
Jumla maloyiklar bo‘ldi.
 
 
O‘tdan Azozilni etdi,
Yetti qat yerda joy tutdi.
Qullik aylab Ko‘kka yetdi,
Ustodi malaklar bo‘ldi.
 
 
Qodirning qudratdir ishi,
Yer mixidir tog‘i-toshi.
O‘ngi erkak, so‘li-tishi
Shunday qudrat devlar bo‘ldi.
 
 
Haq yaratdi ul peslarni223223
  Pes – palid, umuman yomonlar demoqchi.


[Закрыть]
,
Sakson gaz bo‘ldi pastlari.
Osmonga chiqdi saslari,
Ellik ming yil shov-vlar bo‘ldi.
 
 
Maxtumquli, oshding sardan,
Hech kimsa bilmas bu sirdan.
Tuproq olib yetti yerdan
Odam Safiyulloh bo‘ldi.
 

MENING SOHIBJAMOLIMNI KO‘RDINGMI?!

 
Shu’la solar-ketar zulmat tunida
Mening Sohibjamolimni ko‘rdingmi?!
Bahor ayyomida, Hayhot kunida,
Mening Sohibjamolimni ko‘rdingmi?!
 
 
Anqo-sifat turib «Huv!» deb qalqqan qush,
Kechasi tirikdir, kunduzi behush.
Ridosi janda-yu, egni hirqatpo‘sh,
Mening Sohibjamolimni ko‘rdingmi?!
 
 
G‘am aylabdir falak bag‘rim firoqda,
Al-mudom yurarman yor deb so‘roqda.
Ka’ba atrofida, Shomda, Iroqda,
Mening Sohibjamolimni ko‘rdingmi?!
 
 
Rumda, Qipchoqda, Chinda-Mochinda,
Zamoel o‘rnida, Arshning ichinda.
Iqlim tegrasida, falak burchinda,
Mening Sohibjamolimni ko‘rdingmi?!
 
 
Oshiqlar ohida, Qulzum davrinda,
Qubbatul-islomda, Jayxun bahrinda.
Sidra sahrosida, Iso shahrinda,
Mening Sohibjamolimni ko‘rdingmi?!
 
 
Hazrat Ali etgach, olamga dovi224224
  Dov – o‘yinda navbat. Urush, janjal va h.


[Закрыть]
,
Qofdan Qofga225225
  Bu satr ko‘pchilik nusxalarda: «Qofdan-Qabaketdi» shaklida berilgan. Ammo Fanlar Akademiyasi nashriyoti, Ashxobod-Boku, 1960 yil, arab grafikasida chop etilgan kitobda: «Qofdan-Qofga ketdi…» ko‘rinishida berilgan. Bizningcha, shunisi to‘g‘ri. Sabab, Yer atrofini «Qof» yetti marta o‘rab olgan… degan afsona bor. Muallif shunga ishora qilyapti. (A.J.)


[Закрыть]
ketdi hazratning chovi.
Yo, Iqlim egasi Ahmad Yassavi(y),
Mening Sohibjamolimni ko‘rdingmi?!
 
 
Maskan tutmish Qoratog‘ning burninda,
Alining mulkida, Iso o‘rninda.
Yerning orqasida, Ko‘kning qorninda
Mening Sohibjamolimni ko‘rdingmi?!
 
 
Maxtumquli chekar Yorning g‘amini,
Kezib, topa bilmas ro‘yi-zamini,
Yo, oti Jabroyil-Haqning amini,
Mening Sohibjamolimni ko‘rdingmi?!
 

O‘G‘LIM OZODIM
(Ota-o‘g‘il aytishuvi)

Ozodiy:

 
– Fosh ayla siringni, saqlama pinhon,
Ammoki so‘zimdan chiqmagil o‘g‘lim!
Kunda yuz ko‘y kelib, kechar bu boshga,
Og‘ritma, ko‘nglimni yiqmagil o‘g‘lim!
 

Maxtumquli:

 
– Uyalardim, sirim fosh aylamasdim,
Fosh aylayin, xabar olsang, Ozodim!
Yuz ko‘y kelib-kechar har kuni boshga,
Istar erdik, safar qilsak, Ozodim!
 

Ozodiy:

 
– Qynama o‘zingni, chaqir Mavloni,
Orzu qilma xonni, bekni, sultonni,
Yetar bizga avval Tangri bergani,
Ketkizma ko‘nglingni-ketmagil o‘g‘lim!
 

Maxtumquli:

 
– Ketmayapmiz olti bilan, besh bilan,
Sayron etsak ancha tengu to‘sh bilan,
Magar shunda g‘amgin ko‘nglim xush bo‘la,
Ko‘ngil qalqar, qaror etmas, Ozodim!
 

Ozodiy:

 
– Varzishing yo‘q, yoshsan, keta bilmassan,
Shovur226226
  Shovur – kechasi yo‘l yurmoq (A.J.)


[Закрыть]
bor, shovqin bor, chiday bilmassan,
Har ishga bosh qo‘shib, yeta bilmassan,
Ketmoqlik qarorin etmagin, o‘g‘lim!
 

Maxtumquli:

 
– Kishi so‘zlamasa, siri fosh bo‘lmas,
Yaxshidan, yomondan voqif yosh o‘lmas.
Shu gal yubormasang ko‘ngil xush o‘lmas,
Ra’yimiz qaytarma, qo‘yvor, Ozodim!
 

Ozodiy:

 
– Bizni nechuk bo‘yla tark etmoqchisan?!
Bu yo‘l behudadir, sen ketmoqchisan
Darxostim bor-ketma, ne etmoqchisan?!
Qayg‘u xarajatga botmagil o‘g‘lim!
 

Maxtumquli:

 
– Qalbimga kiribdir Islom havasi,
Tangadir, dirhamdir ellar ta’masi.
Ko‘nglim narov etma, o‘tar hammasi,
Bir safar ishidir, qo‘yvor, Ozodim!
 

Ozodiy:

 
– Qur’on o‘qib yurgil, yaxshi kalomdir,
Berahm afg‘ondir, dini Islomdir.
Qaroqchili yo‘llar, xezu haromdir,
O‘lgungmi-netgungmi, ketmagil, o‘g‘lim!
 

Maxtumquli:

 
– Sinayin, ko‘rayin bu kun iqbolim,
Yaxshi kun, xush soat kelganmi solim,
Qasd etib jonimga yetsa ajalim,
Bu yerda ham bo‘lsa topar, Ozodim!
 

Ozodiy:

 
– Bilaturib, o‘zing qayga otarsan?
Nechuk ishdir buni mundoq tutarsan?
Ayt-chi, qani, kimlar ila ketarsan?
Dam chekib, har yonga boqmagil, o‘g‘lim!
 

Maxtumquli:

 
– Jilovdori bo‘lgum Yazirxon pirning,
Ko‘ngil qushi parvoz urar faqirning,
Bu kun yetti kundir, «Alhamd» o‘qirin227227
  O‘qirin – o‘qirman.


[Закрыть]
,
Shod ayla ko‘nglimni, qo‘yvor, Ozodim!
 

Ozodiy:

 
– Ozodiy der, billa safo suraylik,
Esam yuboraylik, sinab ko‘raylik,
«Omin!» de, tur, o‘g‘lim, duo beraylik,
Bir Tangri yor bo‘lsin, mayli bor, o‘g‘lim!
 

Maxtumquli:

 
– Maxtumquli aytar, qolmisham cho‘xdan,
Ko‘ngil qushi talvos urar yiroqdan,
Har qachon sog‘ligim tila ul Haqdan,
Duo qilib, Haqqa yolvor, Ozodim!
 

Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 | Следующая
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации