282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » Махтумкули » » онлайн чтение - страница 8

Читать книгу "Асарлар. Махтумқули"


  • Текст добавлен: 29 апреля 2024, 17:20


Текущая страница: 8 (всего у книги 19 страниц)

Шрифт:
- 100% +

BORMI, YORONLAR

 
Ishq yo‘lin havas aylab
Kelgan bormi, yoronlar?
Dardimni bayon etsam,
Bilgan bormi, yoronlar?
 
 
Bo‘lmisham mastu shaydo,
Hazor pesha, sad savdo,
Olamda menday rasvo,
Bo‘lgan bormi, yoronlar!
 
 
Tashim dard, ichim biryon,
Qilarman nola-giryon,
Menimday mastu hayron,
Qolgan bormi, yoronlar?!
 
 
Yolg‘on dunyoda yayrab,
Kezarsan kulib-o‘ynab,
Ishq matbaxinda qaynab,
O‘lgan bormi, yoronlar?
 
 
Ishq duch bo‘lsa bir mardga,
To‘z bo‘lar, do‘nar gardga.
Menimday o‘zin dardga,
Solgan bormi, yoronlar?
 
 
Tob etmayin zulmga,
Bordi holim o‘limga.
Yig‘lamayin holimga,
Kulgan bormi, yoronlar?
 
 
Maxtumquli jon cheksa,
Rahm etmaslar, yosh to‘ksa,
Ishqning yo‘linda yo‘qsa,
Talon bormi, yoronlar?
 

ODAM ATO-LA UCHRASHDI

OZODIY:

 
– Shaytonning qaysi o‘g‘lidir,
Odam Ato-la uchrashdi?
Haqning rasuli – Payg‘ambar
Haybarda qancha urushdi?
 

MAXTUMQULI:

 
– Shaytonning Xannos o‘g‘lidir,
Odam Ato-la uchrashdi.
Haybar tog‘inda Payg‘ambar
Chun yetti oylab urushdi.
 

OZODIY:

 
– Hozir egasi Duldulning,
Kimlar erur, o‘g‘lim, biling?
Qaysi kun Qobil Hobilning
O‘ldirib qonini ichdi?
 

MAXTUMQULI:

 
– Hozir egasi Duldulning
Malak, farishtadir, biling!
Shanba kun Qobil Hobilning
O‘ldirib, qonini ichdi.
 

OZODIY:

 
– Ne ul qalqib ko‘kka uchdi?
Nesindan zaminga tushdi?
Necha kunda Nuhning kishti
Junud tog‘ina etishdi?
 

MAXTUMQULI:

 
– Daryo qalqib, ko‘kka uchdi,
Ko‘pigindan yerga tushdi.
Yetmish kunda Nuhning kishti
Junud tog‘ina yetishdi.
 

OZODIY:

 
– Rum degan shahar sardori
Qayda yaratgan gulzori?
Qaysi Qal’aning devori
Muhammad-la Me’roj oshdi?
 

MAXTUMQULI:

 
– Shaddod Rum shahrin sardori,
Shomda yaratgan gulzori,
Muqaddas shahar devori
Muhammad-la Me’roj oshdi.
 

OZODIY:

 
– Ozodiy aytadir: yetmish,
Nedir bul dunyoni tutmish?
Qaysi payg‘ambardir-yitmish,
Qayda qardosh-la o‘g‘rashdi?
 

MAXTUMQULI:

 
-Maxtumquli aytar, yetmish,
Iqlimdir dunyoni tutmish,
Yusuf payg‘ambardir yitmish,
Misrda qardosh-la uchrashdi.
 

SIYNAMIZGA ISHQDAN BIR DOG‘ YETISHSA…

 
 Ey Xudoyo, bizga bir tavfiq bersang,
Siynamizga ishqdan bir dog‘ yetishsa,
Sidq ila tilimga tavba yiborsang,
Sahar diydalarim uyg‘oq yetishsa.
 
 
Sahar turib ishqning kitobin ochsam,
O‘qib-o‘qib durri-ma’nilar sochsam,
Qirqlar-la jam bo‘lib, piyola ichsam,
Kunji mayxonada ayog‘108108
  Ayog‘, oyoq – kosa, bulg‘ur


[Закрыть]
yetishsa.
 
 
Bir murshid etagin tutsam, yig‘lasam,
Ishq o‘tina jism-u jonim dog‘lasam,
Ollohga sidqidil ko‘ngil bog‘lasam,
Qiyomat zoyirdan bir so’ yetishsa.
 
 
Yaxshilar izinda yursam davomat,
Farzi-vojib, tark etmasam ham sunnat.
Eranlar yo‘linda tortib mashaqqat,
«Shifo ber, Rasul» deb, sado’ yetishsa.
 
 
Ilmi qol, ilmi hol – barin jam etsam,
Ma’rifat yo‘lini mudom kom etsam.
Nafsi-shayton, dunyo hirsin lo109109
  Lo – yo‘q


[Закрыть]
etsam,
Sharoban-taxuran bulog‘ yetishsa.
 
 
Necha yillar yurdim hoyu-havasda,
Barcha qilg‘an ishim, bildim, abas-da.
G‘arq bo‘lib dunyoga, qoldim qafasda,
To‘ti kabi tarki tuzog‘ yetishsa.
 
 
Qodir Egam bul g‘amlardan qutqarib,
Xatarli joylardan omon o‘tkarib,
Fazli bir-la barcha ishim bitkarib
Huru g‘ilmon ichra farog‘ yetishsa.
 
 
Isrofil sur chalib, xalqlar tirilsa,
Ahli olam arosatga surilsa.
Shafoatxoh Rasul munoda qilsa,
«Maxtumquli» deya so‘rog‘ yetishsa.
 

BIR NECHA MISOL

 
Nasib etdi Hizr-u Ilyos-la visol,
Ko‘nglim ichra keldi bir necha misol.
 
 
Qo‘l ko‘tardim, turdim niyoz-nazrga,
Dedim: «Ruxsat bo‘lsa, aytoyin savol…
 
 
Dedim: Bul ochunda nedir tiriklik?»
Dedi: «Uxlasang – tush, uyg‘onsang – xayol».
 
 
Dedim: «Yo Rab, dunyo nimaga mengzar?»
Dedi: «Qari zandir, yuzinda yuz xol».
 
 
Dedim: «Nedir mulki-jahon sevgisi?
Dedi: «Dardisardir, yo bo‘yna vabol».
 
 
Dedim: «Dunyo uchun nedur bahsi-jang?»
Dedi: “Behuda bo‘g‘z yirtmoq, benaf qiylu qol?”
 
 
Dedim: «Ahli zamon ne-la band o‘lmish?»
Dedi: O‘g‘il, qiz sevgisi deb jam etmog‘a mol.
 
 
Dedim: «Bul sevgidan, moldan ne hosil?»
Dedi: Yig‘mog‘i azobdir, ketmog‘i malol.
 
 
Dedim: «Ahli zamon ne toyfadandir?»
Dedi: “Bo‘ri, Itdir, Mushukdir, Shog‘ol”.
 
 
Dedim: «Andin nafsim nechuk rom o‘lur?»
Dedi: “Odat bo‘lsa, qaytmoq cho‘x malol.”
 
 
Dedim: «Banda jahd-la komin olurmi?»
Dedi: «Aslo, istamasa Zul-jalol».
 
 
Dedim: «Yo Rab, katxudolik nechadur?»
Dedi: «Hafta-ishrat, azob-qolgan sol».
 
 
Maxtumquli, so‘zim durdir bilganga,
Boshda hushing bo‘lsa, so‘zga quloq sol!
 

NUQSONGA KELGAY

 
Muslimlar tig‘ ursa biri-biriga
Davlat do‘nib, dinlar nuqsona kelgay.
Zulm aylab, bir-birin olsa asirga,
Falak bul fikrdan pushmona kelgay.
 
 
Bir-birin o‘ldirmoq erlikdan ermas,
Bul ish shaytoniydir, ko‘rlik erur, bas!
El ahil bo‘lmasa borligi abas,
Davlat do‘nib, navbat dushmona kelgay.
 
 
Urf-odat yo‘qoldi, bir xasb qoldi,
Yamon yalovlandi, yo‘l kesib qoldi.
Shariat nist bo‘ldi, taassuf qoldi,
Zamonaning zavqi shaytona kelgay.
 
 
Go‘sh sol, maskan tutg‘on kishi cho‘llarda,
Tasaddug‘ kamaysa ulug‘ ellarda,
Xalq ustina zil-yuk tushib yillarda,
Xastalik ko‘payib, qasd jona kelgay.
 
 
Musulmon sen, xabar olg‘il zuloldan,
Qochaver haromdan, ista haloldan,
Kim to‘q bo‘lib, ko‘zi to‘ymasa moldan,
Barakati ko‘chib osmona kelgay.
 
 
Kimdir so‘zim tinglab, olar quloqqa,
Murodim – nasihat aylamak xalqqa.
Qozisi anglamas, begi pes o‘lka,
YOg‘in yog‘may, yerlar yobona kelgay.
 
 
Sharrga shuhrat bermak – shaytonning kori,
Qahrin yutmoq erur Rahmonning kori,
Ko‘paysa har elning sari-sarkori,
Nizomlar buzilib, vayrona kelgay.
 
 
Parvardigor O‘zi faqirga panoh,
Ba’zilar tilinda bo‘lmagay sano.
Qaysi viloyatda ko‘paysa zino,
Zamin junbush aylab, larzona kelgay.
 
 
Firog‘iy, boshlasam so‘zim sochmog‘a,
Onglamaslar, yuz tutarlar qochmog‘a,
Qay el odat etsa sharob ichmog‘a,
Balo-qazo o‘shal makona kelgay.
 

BO‘LDIM GIRYONA

 
Yozug‘im yod etib, yuzim xok etib,
Sahar nolish bilan bo‘ldim giryona.
Diydamdan yosh to‘kib, siynam chok etib,
Telbadek o‘zimni urdim har yona.
 
 
Ko‘nglimni uzdim bul jumla jahondan,
Na jahonnan balki qo‘l uzdim jondan.
Xizrdan, Iysodan, Shohimardondan,
Himmat istab boqdim so‘yi osmona.
 
 
Osmonning yuzinnan qahkashon uchdi,
Nogahon uch yerga nazarim tushdi.
Ikki yashil kiymish, bir safidpo‘shdi,
Ko‘zim ko‘rdi, tilim kelmas farrona.
 
 
Biri kelib, qo‘lin ko‘ksimga urdi,
Biri bir tig‘ ila yuragim yordi.
Og‘zima tukurib, biri dam urdi,
Dedilar: «Arzing ayt Shohimardona!»
 
 
Alar shunday degach, tilim ochildi,
Qona-qona may – muhabbat ichildi.
Ko‘nglimdan yetti tavr savol kechildi.
Dedim: «Ruxsat bo‘lsa, kelsin zabona».
 
 
Ikki daroz erdir, bir qisqa qaddir,
Dedilar: «Xo‘sh vaqtdir, yaxshi fursatdir».
– So‘zing bo‘lsa, so‘ra, deylar – ruxsatdir,
Ko‘nglingga kelganin keltir bayona.
 
 
Dedim: «Ko‘kdan og‘ir, yerdan mard nadir?
Daryodan boy nadir, toshdan saxt nadir?
O‘tdan yoquvchiroq, muzdan sard nadir?
Zahardan, zaqqumroq nadir bul jona?»
 
 
Derlar: «Nohaq tuhmat og‘ir osmonnan,
Qahrsiz narm so‘z kengdir jahonnan,
Munofiqning bag‘ri saxt sangistonnan,
Ahli-qonig‘ mengzar bahri-ummona.
 
 
O‘tdan yoquvchiroq shohi sitamgar,
Baxil yaxdan sovuq, zot so‘rasang gar.
Faqirga ozgina jabr ham-zahar,
O‘gitdir bu so‘zlar, bizdan nishona».
 
 
Alar shunday degach, o‘rnimdan turdim,
Shoshib etagiga qo‘lim yeturdim.
Mast bo‘ldim, sust bo‘ldim, aqlim yitirdim,
So‘z-kalom topmadim, qoldim hayrona.
 
 
Dedilar: «Uch kishi bo‘ldik ustoding,
Boqiy doston bo‘lsin olamda oting.
Maxtumquli, vaqtdir, ista muroding»,
Sirin ahmoq yoyar, yo bir devona…
 

OTAMNING

 
Oltmish yoshda. Navro‘z kuni, luv110110
  Lu, luv – baliq, nahang


[Закрыть]
yili…
Turdi ajal, yo‘lin to‘sdi otamning.
Bu dunyoning ishi bo‘ylamish, vale,
Umrining tanobin kesdi otamning.
 
 
Molu dunyolarga ko‘ngil qo‘ymadi,
Bul jahonning ishratini suymadi.
Eski sholdan ortiq po‘shash kiymadi,
Oxirat o‘yi bo‘ldi qasdi otamning.
 
 
Derdi: «Dunyo turmas, umri boqiy yo‘q,
Kunduz ro‘za, kecha bo‘lsa uyqu yo‘q.
Munkir bilmas, muxlislarning shaki yo‘q,
Payg‘ambar dastidir dasti otamning.
 
 
Ko‘rmasam, so‘ylamam o‘y bila chandan,
Maqsadina yetar yig‘ilg‘on chindan.
Yarmisi malakdan, yarmisi jindan
Mujovirsiz bo‘lmas usti otamning
 
 
Nuqobalar, uch yuz eran o‘g‘rashdi,
Chiltanda otamga nazarim tushdi.
Nujabolar haftanlarga qorishdi,
Abdollardir chin payvasti otamning.
 
 
Olam ichra odam qolmas, ot kezar,
Bu sirlardan jahon xalqi yot kezar,
Joni jannat ichra, ko‘kda shod kezar,
Yerda xushvaqt yotar po‘sti otamning.
 
 
Maxtumquli, gizlin111111
  Gizlin – panhon, kezli, yashirin


[Закрыть]
siring bor ichda,
Komil topsang, qil qulug‘in sarishta.
 
 
Mashhar kuni beg‘am kirar behishta,
Har kim chindan bo‘lsa do‘sti otamning.
 

YURAGING QON ICHINDA

 
Ko‘nglim, ne ish bitirding, kelding, jahon ichinda,
Qolding dun g‘aminda, yuraging qon ichinda.
Obod deya qo‘l sunding, tubi vayron ichinda,
Tan tufrog‘dir, muqimmas javhari-jon ichinda,
Rustam qumga qorilib, qoldi yakson ichinda.
Sen alarning yonida kelmassan son ichinda.
 
 
Mol-dunyo deb yelarsan, to ichingda dam bordir,
Eng so‘nggi nafasgacha boshingda ming g‘am bordir,
G‘am ostinda yotarsan, na anga malham bordir,
To‘ymas ko‘zing to‘lmog‘a bir hovuchcha qum bordir,
Bul jahonda, odamzod, sennan g‘ofil kim bordir,
Qurt-qushlarga nazar sol, kulli farmon ichinda.
 
 
Yoronlar, ul dunga borgan bor-u kelgan yo‘q,
O‘lik-tirik holinnan xabar-xotir bilgan yo‘q.
Charxi falak dastinnan yig‘lar ko‘p-u kulgan yo‘q,
Fikr aylang, qardoshlar, eskilardan qolgan yo‘q,
Yolg‘on dunyo vafosi yo‘qdir desam, yolg‘on yo‘q,
Dunyoga bel bog‘lagan, qoldi armon ichinda.
 
 
Yo, ilohim, sen saqla qaroqchidan yo‘llarda,
O‘ngu so‘lda yo‘rtarlar, yo‘ling to‘sib cho‘llarda.
Ko‘ngil dunyo ishqinda, harom so‘zlar tillarda,
Men bir ojiz bandaman, kaminaman qullarda,
Ko‘p gunohlar qozondim, oz fursatli yillarda,
Xijolatga qo‘ymagil yaxshi-yamon ichinda.
 
 
Maxtumquli, aldayur lo‘li falak bezanib,
Ko‘nglingni moyil etma anga qarshi tuzanib,
Sen farog‘at yotibsan, qo‘l-oyog‘ing uzanib,
Ajal yotar ortingda o‘q-yoyini tuzanib,
Mahshar kuni boraver iymoningni qozonib,
Quruq kelding, bo‘sh ketma oxirzamon ichinda.
 

DOG‘U HASRATDAN NISHON

 
Topdi shuhrat xalq ichinda bul jaholatdan nishon,
Qalqdi darveshlar tilinda dog‘-u hasratdan nishon,
Qolmadi mazlumlarga dasti-nusratdan nishon,
Sarba-sar to‘ldi jahona bul bad ofatdan nishon,
Tegdi olam ahlina yuz ming xijolatdan nishon,
Er bilarlar kimda bo‘lsa, ul sharoratdan nishon,
YOdga olmas xayr ishni, topgan zalolatdan nishon.
Na muruvvatdan asar bor, na adolatdan nishon,
Shubha yo‘qdir, do‘stlarim, keldi qiyomatdan nishon.
 
 
Ul kimi bad’atga botir, oniki er bildilar,
Mahsharga munkir bo‘lib, yo‘q dunyoni bor bildilar,
Sharr ishin xom anglashib, xo‘b ishni badkor bildilar,
Rostlarni xoin bilib, xoinlarni yor bildilar,
Ta’mani qonig‘ bilib, qonig‘larni zor bildilar.
Kim shari’at ahli bo‘lsa, hajv aylayub xor bildilar.
Munkirni murshid bilib, yolg‘onni iqror bildilar.
Gumrohni taqvo sanab, taqvoni inkor bildilar,
Shak deguldir, do‘stlarim, keldi qiyomatdan nishon!
 
 
Hurmat ahli bo‘ldi ul kimning qo‘linda sozidir,
Kim kalom o‘qisa xalq yoninda, xor-ovozidir.
Virdlari darveshlarning xilvatda xalq anbozidir,
O‘rtada qiz-u juvon, dersanki to‘ydir, bozidir,
Tashlanur qiz-u juvon ustingga, go‘yo tozidir.
Haq ishindan bexabar xalq ichra ba’zi qozidir.
Tobe’si jindir aning, haqqoniy shayton o‘zidir,
Tomug‘ning po‘kagi ul kimki bul ishga rozidir,
Shubha yo‘qdir, do‘stlarim, keldi qiyomatdan nishon.
 
 
Tangri, payg‘ambar so‘zindan bexabardir bu pirlar,
Fosiqni qozi bilib, noibni sulton derlar.
Har kishi avval kelib ko‘rsaki, rishvat yerlar,
Bog‘layub bo‘hton ila faqr ahlina taqsirlar,
Salla bog‘lab boshina och bo‘ri so‘fi-pirlar,
Aylayub xalq ustina ko‘p hiylayi-tazvirlar,
Gar halolu gar harom topsa tiqarlar-yerlar,
Ro‘zi mahshar haq-rasulga ne javobin derlar,
Shak deguldir, do‘stlarim, keldi qiyomatdan nishon.
 
 
Ayla kam Maxtumquli, so‘z bir-la darding har zamon,
Ne uchun zolimga navbat berdi bul davri-zamon,
Shul sabab eshitgannan ko‘rganda bor ko‘proq gumon,
Aylayub bir-birina da’voyi-botilni hamon,
Olti pullik mol uchun so‘zsiz berar qo‘ldin imon,
O‘zini er deb bilar kim ortiq ish yetsa yomon,
Bul ko‘ngil yuz shavq etar nohaq uchun to‘kmoqqa qon,
Kuchi yetsa pishakning, qoplonga hech bermas omon,
Shubha yo‘qdir, do‘stlarim, keldi qiyomatdan nishon.
 

TO‘LIB O‘TDI

 
Dunyo yastanib, boshima soya solib o‘tdi,
So‘z navbatida kosayi-davron to‘lib o‘tdi.
To mag‘rib-mashriq, ul batamomin olib o‘tdi,
Bir nag‘makori necha navolar chalib o‘tdi.
Majnunni ko‘ring, choki-giribon bo‘lib o‘tdi,
Laylini ko‘ring, g‘unchayi-xandon bo‘lib o‘tdi.
 
 
Bir nechalarning oshiga, ko‘r, og‘u qotildi,
Taqdir azal kotibga nedan bo‘yla, chatildi.
Mansur: «Anal Haq!» dedi-yu ul dorga osildi,
Mag‘rib shohining qizi bul Kan’onga chatildi.
Yusufni qul dedilar, ko‘ring qanda sotildi,
Oxirda ko‘ring, Misrda sulton bo‘lib o‘tdi.
 
 
Dunyoyi-palakat ilkidan dod, yana bedod,
Ul ayni aldag‘uchi jilvagari parizod.
Fir’avn-u Yazid o‘tdi, surib Namrud-u, Shaddod,
Hisrav o‘qidi necha g‘azal, bir necha abyot,
Shirinni dedi, chekdi jafo oshiqi Farhod,
Tog‘lar yuzini lola-yu rayhon qilib o‘tdi.
 
 
Men g‘amzadaning ko‘kka chiqib dod ila ohi,
Yuz jabr-u jafo qildi mening rangim gohi,
Bir nag‘makori-yu jon kishvar buzdi sipohi(y).
Shar’ina qalam yozdi murattab ki siyohi,
Zebo bo‘yiga kiygizibon hil’ati-shohi,
Ba’zini ko‘ring, be sar-u somon bo‘lib o‘tdi.
 
 
Hayf o‘tdi umr, bolaligim-fasli guliston,
Hay-hay, bu ne toqatdi-yu to‘ti shakariston,
No‘shirvoni odil, Hotami Toy, Rustami doston,
Ul parilar maskanidir bu shahri Shabiston,
Qarilikning ofatidir bu qahri zimiston,
Har kimsa bir ish ila pushaymon bo‘lib o‘tdi.
 
 
Maxtumquli, do‘st tutmaki sen dunyoni, yolg‘on,
Hozir kula sen, tong-la qilasen necha pushmon.
Oldingda xavotiri sirot ko‘prigi, mezon,
Sen etma jahon nafsina hech aqlingni hayron,
Oxirda ajal qo‘ymadi, ko‘p yashadi Luqmon,
Ko‘p bandalarning mulkini vayron qilib o‘tdi.
 

YO, ZULJALOLIM

 
Yo, qodir Ollohim, qudratli Jabbor,
Armonda qo‘ymag‘il, yo, Zuljalolim.
Nafsimning ra’yinda karamli g‘affor,
Farmonda qo‘ymag‘il, yo Zuljalolim!
 
 
Tanim dardli qilma, o‘zimni qallosh,
Ko‘nglimni keng ayla, qo‘yma yalang‘och,
Zolimga duch etma, nomardga muhtoj,
G‘am manda qo‘ymag‘il, yo Zuljalolim!
 
 
Saqlag‘il qayg‘udan, g‘amdan, mehnatdan,
Xoli etma dunyolig‘dan, davlatdan.
Noumid aylama rahmu rahmatdan,
Darmonda qo‘ymag‘il, yo Zuljalolim.
 
 
Ayo, Qodir, Sendan qudratli kim bor,
Karaming beshumor, gunohim bisyor,
Bir zolim qo‘linda aylab giriftor,
Hayronda qo‘ymag‘il, yo, Zuljalolim!
 
 
Maxtumquli, sharr ham bo‘lsa sha’nimda,
Xo‘ba do‘ndir, armon qo‘yma jonimda,
Azal-oxir do‘st-dushmanning yoninda
Sharmanda qo‘ymag‘il, yo Zuljalolim.
 

YO‘LMISH BU DUNYO

 
Adam diyorindan vujud shahrina
Uch yuz oltmish yillik yo‘lmish bu dunyo
Yurib-yurib, bir kanordan yetishdim,
Borsam, mendan burun to‘lmish bu dunyo.
 
 
Men o‘zimni bir majlisga yetirdim,
Jahon tomoshasin ko‘zga keturdim,
Quloq solib, bir go‘shada o‘tirdim,
Ber-ho bermish, ol-ho olmish bu dunyo.
 
 
Qaysi bir qudratin desam muyassar,
Birin-birin aytsam, kelmas sarba-sar.
Usti-falak, osti daxi yetti yer,
Andan quyi tushsam, yelmish bu dunyo.
 
 
Aytar Maxtumquli, yor bo‘lsa Xudoy,
Aning birligina ayla qul, parvoy.
Tug‘ilgan kun – to‘ydir, o‘lgan kuning – voy,
Boshdan-oyoq qiylu qolmish bu dunyo.
 

HAZOR OSTONA SARI

 
Andi odam yo‘l tutar,
Hazor ostona sari,
Falak-baqqol, o‘tkazar,
Bozoristona sari.
 
 
Qaro yer og‘zin ochar,
G‘ofildir, odam kechar.
Bulbullar istar-ko‘char,
Bog‘u bo‘stona sari.
 
 
Nurota, Bobo Darg‘on,
Tegrasi daryo, qo‘rg‘on.
Bordi qori Boqirg‘on,
Ul Turkistona sari.
Haqdan rahmat sepilar,
Imoratlar yopilar.
Ketsang Ka’ba topilar,
Ul Rumistona sari.
 
 
Kunchiqardan kunbotar –
Tarso, juhud ham tatar.
Shaharlar qator-qator
Mag‘ribistona sari.
 
 
Oshiq aytar: «Yo, Subhon,
Ayla mushkulim oson.
Shafoat qilg‘il yoron
Ul Dehistona sari.
 
 
Maxtumquli tillanar,
Ko‘zda yoshi sellanar.
Har kun ko‘chdir-yo‘llanar,
Mozoristona sari.
 

JONGA KELDIM

 
Ota belinnan tushdim, ona rahmina keldim.
Qirq-kuvon billa chiqib, bir zarra qona keldim.
Bir mohiyi bejonam, daryo, Ummona keldim.
To‘rt oy o‘n to‘rt soatda tirildim, jona keldim,
To‘qqiz oy tamom bo‘ldi, shunda jahona keldim.
 
 
Otam-onam suydilar, ko‘tardilar quchog‘a,
Engil-boshim kiydirib, chirmadilar yo‘rg‘oga,
Gohi yemaklar yedim, goh turardim oyog‘a,
Onam ko‘ksin emardim, do‘nardim so‘l-u sog‘a,
Ikki yoshga yetamda, yemog‘a nona keldim.
 
 
Uch yoshima yetamda sho‘x-sho‘x o‘ynab-kulardim,
Besh yoshima boramda, onadan zot tilardim.
Yetti yoshga yetamda, do‘st-dushmanni bilardim,
To‘qqiz yoshga yetamda, besh vaqt namoz qilardim.
O‘n yoshimga yetamda, odob-ikroma keldim.
 
 
O‘n ikkida har kimga qayrilib so‘z qotardim,
O‘n uch yoshga yetamda og‘ir majlis tutardim.
O‘n beshimga yetamda tiri-to‘fang otardim,
O‘n yettiga boramda, ishq savdosin ko‘tardim,
Ishqning savdosi billa surib, maydona keldim.
 
 
O‘n yettidan o‘tib so‘ng, shuhrat uyina kirdim,
Oldim bir nozaninni, zavq ila safo surdim.
Bu g‘unchayi-gulzorning alvon gulini terdim,
Yigirmaga yetamda, falak jabrini ko‘rdim,
Falak oldi yorimni, oliy g‘amxona keldim.
 
 
O‘ttizga kirdi umrim, kirdi tiri-kamona,
Ko‘ngil xuruj ayladi, bo‘ldim dalli-devona.
Ot minib, yarog‘ osib, surib kirdim maydona,
Rustami doston kabi savash qildim mardona,
Qirqqa yetganda umrim, o‘qib Qur’ona keldim.
 
 
Qirq-la xayr-xo‘shlashib, ketdim ellik yoshima,
Keldi o‘lim nishoni, raxna kirdi tushima.
Har kim qari der edi, hayron qoldim ishima,
Keksaydim, tushkun o‘ldim, g‘avg‘o keldi boshima,
Qo‘lga aso ko‘tarib, to‘g‘ri makona keldim.
 
 
Oltmishga ketdi umrim, ko‘rmas bo‘ldi ko‘zlarim,
Qartaydim, holsiz o‘ldim, qishga do‘ndi yozlarim.
Menim so‘zim etmaslar ham o‘g‘il, ham qizlarim.
Olamga xush kelmadi menim shirin so‘zlarim.
Olamga yolvormoqqa tushdim-omona keldim.
 
 
Yetmishga bordi umrim, yig‘lar edim zoru zor,
Ko‘zimdan yosh ketardi misli abri-navbahor.
Quloqlarim yopildi, ko‘zlarim tutdi g‘ubor,
Tegramga yig‘ildilar qavmu qardosh, har ne bor,
Kiyimlarim so‘yildi, taxti-ravona keldim.
 
 
Yotar erdim bistarda, nogoh Azroyil keldi,
Bulbul tilim tutilib, qizil yuzlarim so‘ldi,
Yuz ming jafo-jabr ila jismimdan jonim oldi,
Dunyoni puch kechirdim, barcha armonim qoldi.
Keldi o‘lim nishoni, ajal g‘amxona keldi(m).
 
 
G‘assol yengini chirmab, maytimni yuvdilar pok,
Og‘och otga mindirib, eltdilar ul so‘yi-xok,
Azroyilning jangindan ruhim o‘lubdir chok-chok,
Ikki gurzili keldi, saxmnoku g‘azabnok,
Ruhim taslim etdilar, tirildim – jona keldim.
 
 
So‘radilar: «Ey odam, ayt, boqay, holing nadir,
Dunyoda xayr etmading, bu qiyl-u qoling nadir,
Ketding shayton ra’yina, javob-savoling nadir,
Emdi turpoq ostinda ilmi-kamoling nadir.
Gurzi soldi teppamdan, choki homona keldim.
 
 
Jondan dedim: «Yo Ali!» Topildi Shohimardon,
Og‘oyi mushkul kushod, ul amiri mo‘minon.
Maxtumquli der jonim, dema sen anga qurbon.
Ul Munkar-u Nakirlar iklanmadi bir zamon.
Shul joyda Rabbim ko‘rib, to‘g‘ri makona keldim.
 

KELGAN HAM BORDIR

 
Kunda yuz ming ko‘ch ham bo‘lsa baqog‘a,
Shul miqdor foniyga kelgan ham bordir,
Yuz ming ahmoq bo‘lib ozsa yo‘lindan,
Yuz ming o‘zin yo‘lga solg‘on ham bordir.
 
 
Yuz ming darvish-siyna dog‘lab o‘ltirg‘on,
Riyozatda belin bog‘lab o‘ltirg‘on,
Necha joyda ko‘rsang, yig‘lab o‘ltirg‘on,
Necha joyda beg‘am kulg‘on ham bordir.
 
 
Sayl aylasang bul dunning to‘rt burchin,
Qotishibdir halol-harom, arvoh, jin.
Nechalar fahmlab yo‘l ketarlar chin,
Necha yuz ming gumroh bo‘lg‘on ham bordir.
 
 
Beravo ayyomlar anglamas yerlar,
Koshki so‘rg‘on bo‘lsa, sochaydim durlar,
Qani ul Sulaymon, Rustamlar, sherlar,
Demang, pisib-qochib qolg‘on ham bordir.
 
 
Firog‘iy, ko‘ngilga qayg‘u keturman
Bul bir ish fursati-o‘zing yitirma.
So‘zim anglar yo‘q deb, lolday o‘tirma,
Jahon kengdir, chandon bilg‘on ham bordir.
 

INSON YARATDI

 
Bir Ollohga aytay hamdu sanolar,
Bir siqim tuproqdan Inson yaratdi.
Tan qafasin qilmoq uchun munavvar,
Jon nurindan sha’mi tobon yaratdi.
 
 
Ko‘rmakka ko‘z berdi, tilga maqolat,
Jonni qo‘ydi besh kun tanda omonat.
Azalda har kimga qilsa inoyat,
Ko‘kraginda nuri iymon yaratdi.
 
 
Dastlab yaratdi haq Odam Atoni,
Anga juft ayladi Momo Havoni.
Firdavs-a’loda erdi makoni,
Anga dushman mal’un-shayton yaratdi.
 
 
Haqdan nozil o‘ldi Musoga «Tavrot»
«Injil» vasfin Iyso ayladi isbot.
Dovud «Zabur» o‘qib, qildi munojot,
Muhammad sha’ninda «Furqon» yaratdi.
 
 
Muhammadni sarvar aylab jahona,
Dedi: «Payg‘ambari oxirzamona».
Jabroyildan vahiy yo‘llab ravona,
Kufurlarg‘a Shohimardon yaratdi.
 
 
Birovni past qildi, birni sarbaland,
Birni faqir aylab, birni davlatmand.
Birni xor ayladi, birni arjumand,
Birni soyil, birni sulton yaratdi.
 
 
Ovozasi tushib Rumu Yamanga,
Misr, Shomu, Hindistonu, Dakanga.
Chovi tushib Xitoy birla Xo‘tanga
Bir amiri Sohibqiron yaratdi.
 
 
Korkovisi112112
  Korkovi – Iroqda tikiladigan bir xil libos


[Закрыть]
beklar ichra shohona,
Shijoat bahrinda durri yagona.
Eshmuhammad shohdan qoldi nishona,
Tangrim oni mardi-maydon yaratdi.
 
 
Qaro yerdan yashil sabza ko‘kartib,
Har og‘ochdan turli meva chiqartib,
Kun-kundan bog‘larning samari ortib,
Gul ochilib, bog‘u-bo‘ston yaratdi.
 
 
Maxtumquli aytar Haqqa sitoyish,
Har mushkul ishimga Sensan kushoyish,
Kechayu kunduzga aylab namoyish,
Xurshid ila Mohi-tobon yaratdi.
 

YASHIL ZUMURRAD

 
Birinchi ko‘k tutmish axtardan ziynat,
Nomi Rafe’, asli yashil zumurrad.
Farishtasi bordir, Sigir suvratlig‘,
Biyiklari bordir Ismoyil otlig‘.
 
 
Ikkinchi qat ko‘kni aytsam bir boshdan,
Nomi Arklovundir, asli kumushdan.
Farishtasi bordir Burgut suvratlig‘,
Biyiklari bordir Qoboyil otlig‘.
 
 
Uchinchi ko‘k rangin farqi kam o‘tdan,
Nomi Kaydum, asli qizil yoqutdan.
Farishtasi bordir Bo‘ri suvratlig‘,
Biyiklari bordir Ko‘kboyil otlig‘.
 
 
To‘rtinchi qat osmon so‘rsang, nedandir?
Nomi Mo’un, asli bir oq ma’dandir.
Farishtasi bordir Oq ot suvratlig‘,
Biyiklari bordir Nunboyil otlig‘.
 
 
Beshinchi qat ko‘kni so‘rasang mendan,
Nomi Ranko, asli qizil oltindan,
Farishtasi bordir Hurlar suvratlig‘,
Biyiklari bordir Saftoyil otlig‘.
 
 
Oltinchi osmonni so‘ylasam yoddan,
Nomi Dafna, asli sarig‘ yoqutdan,
Frishtasi bordir Vildon suvratlig‘,
Biyiklari bordir Oboyil otlig‘.
 
 
So‘rsang yettinchi qat ko‘kdagi sirdan,
Nomi Aja-bodir, osmoni nurdan,
Farishtasi bordir Odam suvratlig‘,
Biyiklari bordir Nurboyil otlig‘.
 
 
Yeru osmondagi bor sarishtaga,
Nizom bergan o‘shal to‘rt farishta-da.
Mikoyil, Isrofil, Azroyil otlig‘,
To‘rtinchisi bordir Jabroyil otlig‘.
 
 
Maxtumquli, fosh aylasang, sirning ham,
Egasi bor daryoning ham, yerning ham.
Yerlar biyigi bor Sarsoyil otlig‘,
Daryolar biyigi – G‘arqoyil otlig‘.
 

Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 | Следующая
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации